Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari
Hazrat Bahouddin Naqshband
Download 67.95 Kb.
|
mustaqil ish 2
Hazrat Bahouddin Naqshband kishilar hayotida go’shanishinlik, xilvatchilik — tarkidunyochilikda hayot kechirsin degan xulosa chiqarmaydi, balki shu dunyoda, tabiatda shod va hurram yashash kerak deydi. Bu narsa uning fikricha, xudoni, kelajakni unutib qo’yishga olib kelmasligi lozim. U jamiyatdan, insonlardan ajralgan holda yashash, yakkalikda kuch kechirish, xilvatxonalarda maskan qilib olib hayot kechirish inson uchun nomaqbul deb biladi, hurram hayot kechirishga da’vat etadi. Undan tashqari Bahouddin «kishi zoxirida odamlar bilan, botinadi (ichdan) esa xudo bilan bo’lishi kerak», - deydi. O’z qo’l kuchi bilan, o’z mehnati bilan, o’z mehnatidan olinadigan daromad bilan kun kechirish, tirikchilik o’tkazishni targ’ib va tashviqot qilgan.
Shunday qilib, islom dini singari tasavvuf falsafasi ham oda har doim xushyor bo’lishga, harom yo’llardan uzoq, yurishga, insofli-tavfiqli bo’lishga, o’zidan yaxshi iz qoldirishga mlarni iymon, odob-axloq, diyonat, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifatga da’vat etgan. Odamzodni hech qachon yomon yo’lga boshlamagan. Odam bolasini undagan. «Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o’zo’zini idora etishga, yaxshi xislatlarini ko’paytirib, yomonlaridan halos bo’lishga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so’z bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo bo’lgan. Uni sinovlarga bardosh berishga, yopyg’ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat o’z navbatida odamlarga kuch-quvvat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan». «Ma’lumki, insonparvarlik g’oyalari bilan oziqlangan Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi zotlar asos solgan muqaddas g’oya va tariqatlarning Vatani ham Turkiston zaminidir»16. Sharq mutafakkirlarining, islom va tasavvuf falsafasi allomalarining, buyuk muhandislarining asrlar davomida odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida birlashishga, hamjihat bo’lishga chaqirgan g’oya va o’gitlari mustaqil O’zbekiston Respublikasi taraqqiyoti uchun ijobiy ta’sir etmoqda. Download 67.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling