Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari


XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar


Download 67.95 Kb.
bet9/12
Sana09.02.2023
Hajmi67.95 Kb.
#1182575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
mustaqil ish 2

5. XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar
Ilm-fan, aql-zakovat va ilmiy tafakkur, madaniyat va ma’naviyat, ma’rifatning qadr-qimmati jamiyat taraqqiyoti, xalq va millat kamoloti, Vatan istiqboli uchun muhim ahamiyat kasb etishini targ’ib-tashviq etish O’rta Osiyoning barcha mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida azal-azaldan yetakchi o’rin tutib kelgan.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan ma’rifat haqidagi ajoyib g’oya va ta’limotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar, faylasuflar, ziyolilar tomonidan o’ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi, yangicha ma’no va mazmun bilan boyitildi.
Turdi Farg’oniy, Boborahim Mashrab, Mujrim Obid, Shermuhammad Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muhammad Rizo Ogahiy va boshqalar o’sha murakkab tarixiy davrning el-yurt nazariga tushgan fan arboblari, atoqli shoir va yozuvchi-olimlaridir.
Xalqimizning tub manfaatlarini, ozodlik, mustaqillikka bo’lgan intilishlari, orzu-niyatlarini o’zida aks ettirgan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur - ma’rifatparvarlik Turkistonda XIX asrning oxirlaridan boshlab paydo bo’la boshladi. Ularning yirik namoyondalari Ahmad Donish (1827-1897 yy.), Furqat
(1858-1909 yy.), Zavqiy (1853-1921 yy.), Avaz O’tar (1884-1914 yy.) hisoblanadi.
Tariximizda ma’rifatparvarlar deb ataladigan ahli donishlarning barchasiga xos bo’lgan umumiy tomonlar mavjud. Mamlakatni mustamlakachilik qulligidan abadiy qutilib, ozod, hur, mustaqil bo’lishini ko’rish — xalqimiz asl farzandlari, adiblari, ilm-fan, madaniyat arboblarining hammasiga xos bo’lgan umumiy tomonlaridan bo’lib hisoblanadi.
O’zining butun hayoti va borlig’i, aql-idroki va tafakkuri qudratini xalqi va Vatani istiqboli yo’liga tikkan olimu fuzalolarning diqqat markazida turgan, ularning hammasiga bir xilda daxldor bo’lgan umumiy tomon va asosiy maqsadlardan yana biri — xalqni ilmli, madaniyatli qilish, milliy ong va g’ururini o’stirish asosida el-yurtni yakdil, yaktan qilib birlashtirish, odamlar ko’zini g’aflat uyqusidan ochish yo’li bilan Vatanimiz mustaqilligi, millatimiz erkinligi va ozodligini ta’minlashdan iborat edi.
Chor amaldorlari ming bir makr-xiyla ishlatib, zo’rlik-zo’ravonlik qilib, odamlarni aldab, qo’rqitib, masjidu — madrasalarni berkitib, milliy madaniyma’naviy boyliklarimizni talab xalqni jaholat sari sudrab, ilm-ma’rifat yo’liga to’g’anoq bo’lib turgan bir paytda xalqimizning ma’rifatparvar fidoiy farzandlari bunga qarshi xalqni bilimli, ongli bo’lishiga, jaholatdan yiroq turishga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlarni o’z davrining jasur, xalqparvar, millatparvar, vatanparvarlari deb atash mumkin.
Elim, yurtim deb yashashni o’zlari uchun yuksak maqsad deb bilmaganlarida, boshlaridan kechgan azob-uqubatlarga, tazyiqlarga, kamsitishlarga, quvg’inlaru darbadarliklarga, o’z Vatanlarida begonalardek bo’lib yashashlariga chiday olmagan bo’lar edilar. Xalqqa, Vatanga qo’lidan kelgancha, ozmi-ko’pmi xizmat qilishni o’zlari uchun shon-sharaf, buyuk maqsad deb bildilar. Ana shu niyatda ulardan biri o’zining o’tkir satirik asari bilan, boshqasi chuqur ma’noli she’rlari, g’azallari, o’ta ta’sirchan publitsistik maqolalari, falsafiy asarlari bilan yurt qayg’usi, xalqning dardu-hasratini imkoni boricha bayon etdilar. Kelajak orzu-umidlari yo’lida ijod qildilar. Yuksak saviyali ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlar yozdilar.
Ma’rifatparvarlarning - xalqimiz asl farzandlarining asarlari, ilmiy-falsafiy, madaniy meroslari ular yashab ijod etgan murakkab davrning mazmunini, mohiyatini, murakkabliklari va ziddiyatlarini o’zida chuqur va tiniq aks ettirgan bamisoli tarixiy ko’zgudir. Ulardan bizlarga ilmiy, madaniy meros bo’lib kelayotgan, milliy ma’naviy boyligimizning tarkibiy qismi hisoblangan badiiy, falsafiy asarlar, hikoyalar, odob-axloq majmualari, ruboiylari, nazmiy va nasriy maktublar, dostonlar, xotirotlarni o’qib, mazmuni bilan tanishib, xalqimizning dardu hasratini, orzu-armonlarini, kechmish tarixini ko’ramiz.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar harakati vujudga keldi. G’oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, kelajakni oldindan ko’radigan, el-yurt qayg’usi bilan yonib-kuyib yashaydigan, milliy istiqlol uchun kurashga hamisha shay turgan olimlar, adiblar, faylasuflar, fan va madaniyat arboblari ko’rina boshlaydilar.
Xalqimizning zukko farzandlari Madmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy shular jumlasiga kiradilar. Ular xalqni ma’rifatli qilish, bilim saviyasini ko’tarish, fikr doirasini o’stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb tushundilar va ana shu olijanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay harakat qildilar. Turkistonning kelajak taqdiri to’g’risida, millatning istiqboli haqida tinmay qayg’urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar.
«Mustaqillik poydevoriga xalqimizning boshiga tushgan og’ir kunlarda qatag’onga uchrab, gunohsiz qurbon bo’lgan minglab zabardast, unutilmas farzandlari tamal toshini qo’yganlar. Shuning uchun ham mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o’chirilgan mu’tabar insonlarning nomlari birinketin tiklanyapti. Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va Usmon Nosir kabi Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab siymolarning ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda»17.

Download 67.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling