Reja: Shartsiz o’tish operatori


Download 35.5 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1117963
Bog'liq
javoxir4


Dasturlash tillarida tarmoqlanuvchi jaraonlarni algoritimlash va dasturlash
Reja:

  1. Shartsiz o’tish operatori

  2. Shartli o’tish operatori

  3. Tarmoqlanuvchi strukturali algorimlarni dasturlash

Tarmoqlanuvchi tuzilmali dasturlarni tashkil etishda albatta shart bo’ladi va bu shart bajarilishiga karab algoritmning blok sxemasida tarmoqlanishlar bo’ladi va bir-nechta operatorlar ketma-ketligi tanlanadi.


Shartsiz o’tish operatori
Tarmoqlarni tashkil etish uchun dasturda o’tish, shartli va tanlash operatorlari bo’lishi kerak.
SHartsiz o’tish operatori. SHartsiz o’tish operatorini umumiy ko’rinishi goto n bu yerda goto operator n- metka (satrga quyilgan nomer, belgi) N metka label yordamchi so’zi bilan quyilishi kerak.
Masalan:
Program t(output);
Label 7; var a,b:real;
Begin
……..
goto 7
………
7: a:=b*3
………
end.
Bu yerda boshqarish goto operatori orqali 7-metkaga (nomerga) utkazilayapti.
Metkalar to’rtta raqamdan oshmagan ishorasiz butun sonlar bo’lib, ular metkalarni tavsiflash bo’limida tavsiflanadilar.

Shartli o’tish operatori
SHartli o’tish operatori quyidagi umumiy ko’rinishdagi yozuvga ega:
А) if b1 then a1; qisqa yozilishi,
В) if b1 then a1 else a2; to’liq yozilishi
Bu yerda b1- mantiqiy ifoda; a1 ,a2 -operatorlar. Operatorning a) ko’rinishdagi yozuvi agar mantiqiy ifoda TRUE qiymatga ega bo’lsa, a1 operatorni hisoblashni tashkil etadi, aks holda a1 bajarilmaydigan shartli operatordan keyin turadigan operator bajariladi. b) ko’rinishda agar mantiqiy ifoda TRUE qiymatni qabul qilsa, unda a1 operator bajariladi, aks holda a2 operator bajariladi. Shuni takidlash kerakki ELSE operatoridan oldin “;” nuqta-vergul quyilmaydi.
Masalan: if y>0 then d:=sqrt(y) else d:=y
Ya‘ni u>0 bo’lsa, d= bajariladi aks holda d=y bo’ladi.
Case operatori dasturda tarmoqlanishni tashkil etib, bir necha operatorlar orasidan birini tanlash imkonini beradi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha;
case <ifoda> of
<operatorlar>
end
Masalan: case i of
2: x:=0;
3: x:=a*x;
100: x:=sin(x);
end;
a:=b;
Agar i 3ga teng bo’lsa x:=a*x bajariladi va boshqarish A:=V operatorga utadi.

Tarmoqlanuvchi strukturali algorimlarni dasturlash
Tarmoqlanuvchi strukturali algorimlarni dasturlashtirishda shatrsiz o’tish va shartli o’tish operatorlaridan foydalaniladi. Tarmoqlanuvchi strukturali algoritmlarda biror bir shartga ko’ra algoritmning keyingi kadamlari quyilgan shartga ko’ra tarmoqlarga bo’linib bajariladi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni misolda ko’rib utamiz.
Quyidagi funktsiyani hisoblash algoritmining blok-sxemasi va paskal tilidagi dasturini tuzamiz

bu yerda а=3,8; b=3,4.

Adabiyotlar ro’yxati:




  1. Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. “Ўзбекистон”, 1992

  2. Каримов И.А. Ислоҳотларни амалга оширишда қатъиятли бўлайлик. “Ўзбекистон”, 1996

  3. «Иқтисодий информатика» С.С.Ғуломов ва бошқалар С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 1999.- 546 б

  4. Ахборот тизимлари ва технологиялари”: Олий ўқув юртлари талабалари учун дарслик//Муаллифлар жамоаси: С.С.Ғуломов, Р.Х.Алимов, Х.С.Лутфуллаев ва бошк./; С.С.Ғуломовнинг умумий тахрири остида.-Т.: «Шарқ», 2000.- 592 б.

  5. Аюпов Р.Х., Исмоилов С.И., Аюпов Х.Р. Хусусий компьютерларда ишлаш. “Microsoft Word 2000 матн муҳаррири”. – Т.: ТМИ, 2002. 124 бет

  6. Марахимов А.Р., Раҳмонқулова С.И. “Интернет ва ундан фойдаланиш асослари.“ Ўқув қўлланма.-Т.:Тошкент давлат техника университети нашриёти, 2001.–176 б.

  7. Ғуломов С.С. ва бошқалар. Ахборот тизимлари ва технологиялари – Т.: «Шарқ», 2000

  8. Арипов М.М, Мухаммадиев Ж..У “Информатика ва информацион технологиялар”. Ўқув қулланма. Тошкент шахри, 2005 йил.

  9. Макарова “ Информатика “ Тошкент ш 2005 йил.

  10. Эрматов Ш “Шахсий компьютерларнинг операцион тизимлари,курилмалари ва воситалари”. Тошкент 2007 йил.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling