Reja: Shaxs faoliyatidagi ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning indikatori sifatida. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi. Korxona xacfsizligini qurish tamoyillari. Shaxs faoliyatdagi ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning ijtimoiy indikatori


Download 77.55 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi77.55 Kb.
#1198993
  1   2   3   4
Bog'liq
Korxonaning xavfsizligini takomillashtirish yo`llari

Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalari Universteti Energo-Mexanika fakulteti 7sA 19 TJA guruh talabasi Muhmmadov Ramziddinning Soha iqtisodiyoti va menejmenti fanidan



MUSTAQIL ISHI



Reja:
1. Shaxs faoliyatidagi ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning indikatori sifatida.
2. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi.
3. Korxona xacfsizligini qurish tamoyillari.

1. Shaxs faoliyatdagi ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning ijtimoiy indikatori
sifatida
Iqtisodiy xavfsizlik tizimida insonning, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi masalasi alohida o’rin egallaydi. Chunki taraqqiyotning keyingi bosqichlarida qarorlar qabul qilish jarayonlariga jamiyatning ta’siri oshib bormoqda, ya’ni inson omili ta’siri kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda insoniy rivojlanish va hayot sifati davlat boshqaruvi samaradorligining mezoniga aylanib qoldi. Bunday holat insonning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi – bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.
Inson shaxsining iqtisodiy xavfsizligi milliy iqtisodiy xavfsizlik, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda inson iqtisodiy xavfsizligining huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, respublika qonunlari va turli qonuniy hujjatlari tashkil etadi.
Alohida fuqarolar va jamiyat inson iqtisodiy xavfsizligining ob’yekti bo’lib hisoblanadi.
Ish o’rinlari, ijtimoiy ta’minot tizimi, moddiy ishlab chiqarish inson iqtisodiy xavfsizligining sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Quyidagilar insonning iqtisodiy xavfsizligi sohasida davlat faoliyatining predmeti bo’lib hisoblanadi:

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni tahlil va sintez qilish;

  • ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun xizmat qiladigan iqtisodiy siyosat va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ichki va tashqi tahdidlarni tavsiflash;

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi shart-sharoitlariga muvofiq keladigan mezon va iqtisodiyotning holati;

  • iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy choralar asosida insonning muhim manfaatlarini himoyalash;

  • insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasini bajarilishini nazorat qilish.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi fuqarolarning hayot faoliyatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko’zda tutadi:

    • oziq-ovqat bilan ta’minlash;

    • ish bilan bandlikni ta’minlash;

    • ta’lim olish uchun sharoit yaratish;

    • axborot bilan ta’minlash;

    • tibbiy xizmat ko’rsatish;

    • pensiya ta’minoti;

    • shaxsiy jamg’armalarini himoyalash;

    • uy-joy kommunal xizmatlari ko’rsatish;

    • ekologik xavfsizlikni ta’minlash.

Insonning iqtisodiy xavfsizligi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan bog’liq bo’lib, ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo’lgan daromad darajasini ta’minlashni ko’zda tutadi.



Download 77.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling