Reja: shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar


Download 48.5 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi48.5 Kb.
#134380
Bog'liq
O'spirinlik va yetuklik davri psixologiyasi


Shaxs taraqqiyotining yoshga bog’liq xususiyatlari. Uspirinlik va etuklik davri psixologiyasi.

Reja:


  1. SHaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.

  2. SHaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish.

  3. O’smirlik va uspirinlik davrlarida shaxs ijtimoiyilashuvining o’ziga xosligi.

  4. YOshlardagi attraktsiya va yuksak xis-tuygular.

SHaxs individual taraqqiyotining muxim omillaridan biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. CHunki xar bir yosh o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklariga va o’zgarishlariga e’ga bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iktidorli, bilim jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.

YOsh taraqqiyoti davrlarining xam sifat, xam mikdor o’zgarishlariga e’ga bo’lgan ko’rsatkichlar bor. Xar bir bosqichda shaxsning fazosiga e’rishadi. Ms: olamni sensar jixatdan bilish etuklik fazosi 18-25 yosh, inteletual ijobiy etuklik-35 yoshlarda, shaxsning etukligi 50-60 yoshlarda e’ng yukori nuktasiga e’rishadi. Ammo jismoniy etuklik qayta boshlaydi.

YOsh tarakkiyot davrining yana bir o’ziga xosligi shundaki, xar bir yoshda biror funktsiyalarning rivojlanishi boshqa bir funktsiyalarning susayishi xisobiga ruy beradi.

Psixologiyaning maxsus tarmogi xisoblanmish yosh davrlari psixologiyasining e’ng asosiy muammolaridan biri shuki, inson psixik tarkkiyotida xar qanday omillar-genetik- tugma va orttirilgan-ijtimoiy omillar roli etakchi e’kanligi masalasidir.

Bu muammolar utsida bosh kotirgan olimlar (L. Vjgotskiy, J. Piaje, S.Rubinshteyn, A.Leontev va b.) ikkala omil rolini xam inkor qilmagan xolda ijtimoiy muxitning etakchi ta’siri to’g’ri sidagi fikrni baravar yoklaganlar. Negaki inson dunyoga kelgandan so’ng uni o’rab olgan muxitning roli katta (maxala, oila, maktab, kasbi va x.). shu boyisdan xam mutsaqillikning birinchi yillaridanok «soglom avlod uchun» shiorining utsiga tashlanishi, anashu bolalar tarbiyasiga ta’sir e’tuvchi ijtimoiy ta’sirni ularni yanada soglomlashtirish borasidagi davlatimiz Prezidenti boshlab bergan datslabki kadam e’di.

2-savol. SHaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi.

SHaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish buyicha ko’p olimlar bosh kotirib, o’zlarining taqliflarini va sxemalarini kiritganlar. Ammo davrlar utishi bilan bu sxemalar o’zgarib to’rgan, negaki, vakt utishi, davrlar utishi, avlodlar utishi bilan yosh davrlarda xam bir muncha o’zgarishlar paydo bo’ladi.

Davrlarga bo’lishga karatilgan klassifikatsiyaning o’zi 2 xil bo’ladi:



J.Piajen intelektning rivojlanishini 3 bosqichga bo’ladi.

  1. Sensomotor-(0-2 yosh) bunda asosan 6 bosqich farklanadi;

  2. Kankret operatsiyalarni bajarishga tayyorlash va uni tashkil e’tish bosqichi. (3-11 yosh);

  3. Formal operatsiyalar bosqichi (12-15 yosh) mukamal fikrlash davri.

Tarakkiyotni yosh davrlarga bo’lishning o’ziga xos klassifikatsiyalari xam bor. Ms: E’. E’rikson shaxs «Men»ning rivojlanish bosqichlarini ajratgan va xar birida xam ijobiy, xam salbiy jixatlarni ajratgan.

1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik)- bu xayotning 1-chi yili.

2-bosqich (mutsaqillik va kat’iyatsizlik)-2-3 yoshlar.

3-bosqich (tadbirkorlik va gunox xisi)-4-5 yoshlar.

4-bosqich (chakkonlik va etishmovchilik)-6-11 yosh

5-bosqich (shaxs identifikatsiyasi va rollarning chalkashligi)-12-18 yosh

6-bosqich (yaqin lik va yolgizlik)-etuklikning boshlanishi.

7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish)-etuklik davri

8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik)-keksalik.

Ushbu klassifikatsiyaning o’ziga xos avzalligi shundaki, unda shaxsning o’zi to’g’ri sidagi tasavvurlarining jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi.

Ushbu davrning axamiyatini bilishning moxiyati shundaki, xar bir yosh davri o’ziga xos intelekt xususiyatga e’ga va shunga yarasha muomila, to’g’ri pedagogik takt va bilimdonlikni talab e’tadi.


YOsh davrlar

E’rkaqlarda

Ayollarda

CHakoloklik

1-10 kun

1-10 kun

E’miziklik davr

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

Ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

Bolalikning 1davri

3-7 yosh

3-7 yosh

Bolalikning 2davri

8-12 yosh

8-11 yosh

O’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

Uspirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

Uta etuklik davri







Birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

Ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

Keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

Karilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

O’zok umr kuruvchilar

90 yosh va yukori.

90 yosh va yukori

3 – savol. O’smirlik va uspirinlik davrlarida shaxs ijtimoiyilashuvining o’ziga xosligi.

O’smirlik davri- e’ng murakkab va tarakkiyot bosqichidir. Bu davr o’z navbatida ikkiga bo’linadi:


  1. Ilk o’smirlik-11-13 yosh

  2. Katta o’smirlik-14-15 yosh

Bu davrning e’ng muxim o’ziga xosligi shundaki, u bolalikdan o’smirlik, kattalikka, yoshlikdan etuklikka utish davridir.

O’smirlik davrining o’ziga xos xarakterlari:



  • SHiddat bilan noteks usish;

  • Tananing intensiv rivojlanishi;

  • Suyaklar kotadi;

  • YUrak kon tomir tizimida notekislik kuzatiladi;

  • Bola fe’li o’zgaruvchan bo’ladi;

  • Jaxli tez chiqadi, tez tormozlanadi;

  • Asab tizimida o’zgaruvchanlik kuzatiladi;

  • Depressiya xolati kuzatiladi;

  • Tushkunlikka tushishi mumkin;

  • Jinsiy etilish va uning bilan bog’liq o’zgarishlar kuzatiladi.

Bo’lardan tashqari:

  • Dikkat, xotira, tavakkur jarayonlari rivojlanadi.

  • Mutsaqil fikrlash rivojlanadi.

  • Kattalik xisi paydo bo’ladi.

Ammo ularda kattalik xisi mutsaqillik shakllangan bilan xam ba’zi muammolarni o’zlaricha echa olmaydilar, negaki ular xali moddiy tamondan ota yoki onasiga karamdirlar.

O’smir shaxsning takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo’ladigan omillardan biri - bu uning O’quv faoliyati motivlaridagi sifat o’zgarishlardir. Ular kichik maktab yoshidagilarga uxshab xar kun «5» baxo olishga e’mas, balki ular o’z tengkurlari ichida ma’lum bir ijobiy mavkeni e’gallashga xarakat qiladi.

O’smirning shaxs sifatidagi taraqqiyotida ikki xil xolat kuzatiladi.


  • Birinchidan uning tengkurlari bilan birga yaqin rok aloqada bo’lishga intilishi.

  • Ikkinchidan mutsaqillik tufayli bolada ichki kechinmalar paydo bo’ladi. Tengkurlari tamonidan o’zining tan olinishini xoxlaydi. Agar ushbu xolat biron-bir sababga ko’ra ruy bermasa o’smir maktabga xam bormay kuyadi va xatto, suitsidal xarakatlarni (o’z joniga o’zi kasd qilish) amalga oshirishi mumkin. Ana shu xolatdan chiqarishning biron-bir yo’li-bu uni biror-bir yo’nalishiga kiziktirish, uning shu intilishini ragbatlantirish, unga uta tajribali pedagogik maxorat bilan yondoshish, kerak bo’ladi. SHundagina u o’z «men»iga ishonadi.

Uspirinlik davr. Ushbu davrning o’ziga xosligi.

  • Turli xil kasblarga kizikuvchan bo’ladi.

  • Kim bo’lishini ko’p uylaydi.

  • Kelajakdagi tanlagan kasbi ruxi bilan yashaydi va intiladi.

  • Optatsiya (lotincha so’z optatio-xoxish,tanlov) bosqichini boshdan kechiradi.(11-12 yoshdan 14-18 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.)

Professional kizikish bosqichini olimlar o’zi 4 bosqichga bo’ladilar.

1-bosqich 12-13-o’zgaruvchan, asl iktidor bilan boglanmaganligi bilan xarakterlanadi. 2-bosqich 14-15 –kizikishlar paydo bo’ladi, bilish imkoniyatlari oshadi. 3-bosqich 16-17-kizikishlar jinsiy va individual xususiyatlar bilan bog’liq rivojlanadi

4-bosqich - professional kizikish shakllanib bo’ladi. Kasb tanlash bilan yakunlanadi.

Inson xayotida professional o’z-o’zini anglash katta urin tutadi va u yoshlikdan boshlanadi. Va uni turtta bosqichda tasavvur qilish mumkin.

Birinchi bosqich.- bolalar uyini (artits, suxondon, traktorchi va boshqa rollar.)

Ikkinchi bosqich.-o’smirlik fantaziyasi bunda u o’ziga e’ng yaqin professional rolni xayolan e’gallaydi (yoshlikdan nimani kursa, ota onasining kasbi va b.)

Uchunchi bosqich.-kasb-xunarni datslabki tanlash. Ms: nachor bemorlarga yordam berish itsagi-demak vrach bo’lishim kerak.

Turtinchi bosqich.-amaliy karor qabo’l qilish. Kasbni tanlash. Bunda ms: avval intsitut tanlanib, keyin mutaxasislik tanlanadi. Bundan tashqari,tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar- oilaning moddiy sharoti, O’quv maskaning o’zokligi, tayyorgarlik darajasi, e’motsional etuklik, sog’liqni ng xolati va boshqalar kiradi.


Savol. YOshlardagi attraktsiya va yuksak xis tuygular.

O’smirlik va uspirinlik davri nafaqat kasb tanlash,bilki yoshlar o’zligini anglash davri xam.

Attaraktsiya- (lotincha so’z attrahere-yoktirish, o’ziga jalb qilish)-bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yokishi va yoktirishi, o’zaro moyillikni tushuntiruvchi e’motsional xisdir.

Bu bir odamda boshqa bir odamga nisbatan shakllanadigan ijtimoiy utsanovkaning bir kurinishi bo’lib, simpatiya-yoktirishdan tortib, to sevgi muxabbat kabi chukur e’motsional bog’liqlik xam shu xis asosida paydo bo’ladi. Ushbu xolat ko’pchilik xolatlarda kurib, tez-tez uchrashib, suxbatlashib yurgan odamlar o’rtasida sodir bo’ladi. Ushbu jarayonlar quyidagi kurinishlarda paydo bo’lishi mumkin:

Dutslik-psixologiya tili bilan aytganda duts- bu «alter-e’go» ya’ni ikkinchi «men» bo’lib, u usha paytdagi «men»ning bir qismi sifatida idrok qilinadi. Bu sirdosh dardini aytadi. Odatda dutslik bir jinsli kishilar o’rtasida 2 kishi ayrim paytlarda 3-4 kishilar o’rtasida bo’lishi mumkin.

Albatda dutslikdan ko’zlangan maqsad bo’ladi. Dutslikning asosiy sharti-bu o’zaro bir-birini tushinish. Bu shart bo’lmasa dutslik to’g’ri sida gap xam bo’lishi mumkin e’mas. Agar shu xususiyat bo’lsa dutslar bir-birlarini gapsiz tushunadilar.

Dutslikning sifatlari.


  • bir-birini ayash.

  • Gamxurlik qilish.

  • Ishonch.

  • SHaxsiy muammolarga befark bo’lmaslik.

  • Qo’llab-kuvatlash.

  • Mexr.

Anashu sifatlarga zid ish qilinsa xaqiqiy duts iztirob chekadi, ranjiydi. Dutsi yo’q inson, Ayniqsa uspirin o’zini juda nochor va baxtsiz xis qiladi.

Sevgi. Agar dutslik attraktsiya namoyon bo’lishining birinchi kurinishi bo’lsa, sevgi kalblar yaqin lashuvining muxim alomatidir.

Sevgi- bu nafaqat xissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati xamda sevimli bo’la olishdir. Aynan o’smirlik va ilk uspirinlik davrdagi sevgi begubor, tinik, samimiy bo’lib u yosh utgan sari uning mazmuni boyib, boshqa kadriyatlar xam urin e’gallay boshlaydi. Uspirinlik davrdagi sevgida asosiy mezon-bu kurinish, intelektual imkoniyat, ijtimoiy mavkielari bo’lsa, etuklik davrdagi sevgining asosiy mezoni-insoniy fazilatlar bo’ladi.

Sevgi-bu shunday tuyguki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs utsidan mutlok utsinligi yoki avzalligini inkor e’tadi. Bunday xissiyot sevgi bo’lmaydi. Sevgi teng xukukli munosabatda bo’lishi kerak. Sevgi tamonlarni faqat axlokan va ma’naviy jixatdan yaqin bo’lishini takoza e’tadi.



Sevgi datslabki bosqichda- o’zaro yoktirib kolish-simpatiya bo’lib, bunda asosan sevgi ob’ektining tashqi jozibasi rol uynaydi. Ms: tuyda, tug’ilgan kunda uchrashib yoktirib kolish va keyinchalik uchrashib turishlar orqali u sevgiga aylanadi. Bundan tashqari uspirinlik yillarda sevgi va muxabbat nafaqat karama-karshi jinslar o’rtasida, balki ota-onani kadrlash, aka-ukalarga apa-singillarga vatanga, Xalqka, yaqin kishilaringa, kasbga nisbatan xam sevgi-muxabbat bilan munosabatda bo’lish xususiyatlari shakllanishi kerak.
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling