Reja: sinonim so'zlar
Download 17.43 Kb.
|
SINONIM VA ANTONIM
O'ZBEK TILIDA SINONIM VA ANTONIM SO'ZLARNING QO'LLANILISHI, AHAMIYATI REJA: 1. SINONIM SO'ZLAR 2. ANTONIM SO'ZLAR 3. ULARNING QO’LLANISHI VA AHAMIYATI Dunyodagi barcha tillarning asosini so'z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so'zlarning qo'llanilishiga bog'liq. Nutqimizning ravon bo'lishi va so'zlagan so'zlarimizning takrorlanmasligi uchun so'z boyligimiz ko'p bo'lishi va sinonim so'zlarni qo'llashimizga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. Til birliklarining bir xil ma'noga ega bo'lish hodisasasi sinonimiya deyiladi. Sinonimiyaning birligi bir umumiy ma'noga ega bo'lgan so'zlar ya'ni, sinonimlardir. Sinonim yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "bir nomli" degan ma'noni anglatadi. Sinonimlar qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug'aviy, frazeologik va sintaktik sinonimlarga bo'linadi. Sinonimlar o'zbek tilida ham keng qo'llaniladi. O'zaro sinonim bo'lgan so'zlar guruhi sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatoridagi bir so'z bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh so'z o'zining ma'nodoshlariga nisbatan ommabop bo'ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo'yoq, uslubiyatga ko'ra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, ingliz tilida ham ushbu holat kuzatiladi. Masalan, o'zbek tilidagi chiroyli va inglizcha beautiful so'zlarini solishtirsak, chiroyli so'ziga go'zal, xushro'y, ko'hli, zebo, husnli, suluv, sohibjamol, kelishgan so'zlarini sinonim sifatida olsak bo'ladi. Beautiful so'zining ma'nodoshlari esa, pretty, adorable, prepossessing, nice, attractive, lovely, pleasant, handsome, gorgeous va boshqalar. Bir ma'noni anglatuvchi bu so'zlar ko'p bo'lsada, ikki tilda chiroyli va beautiful so'zlari keng qo'llaniladi. Ular bosh so'z bo'lganligi uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Shuningdek bu so'zlar turli sohalarda turlicha ishlatiladi. Misol tariqasida ayol va erkaklarni olishimiz mumkin. O'zbek tilida ham, ingliz tilida ham ikki xil jins vakilini ajratish maqsadida, ularning har bir jihatlari bir-biriga o'xshash bo'lmaganligi sababli bir sifatni ko'rsatish uchun ikki jins vakiliga ikki xil so'z ishlatiladi. Masalan, chiroyli so'zi ayollarga xos bo'lsa, kelishgan so'zini bevosita erkaklarni sifatlash uchun qo'llashimiz joizdir. Xuddi shunday ingliz tilida ham, bular beautiful-handsome shaklida ifodalanadi. Bu kabi hodisalar ikki tilning ayrim aspektlari bir-biriga qanchalik yaqin va o'xshashligidan dalolatdir. Shun ta'kidlash joizki, sinonim so'zlar uslubiy jihatdan qo'llanilishiga ko'ra farqlanadi. Masalan, chiroyli-sohibjamol yoki beautiful-prepossesssing so'zlari. Ushbu keltirilgan namunalarda ham o'zaro farqlar mavjud. Garchi ular bir ma'noni anglatsada, ularning uslubi o'zgachadir. Chunki oddiy so'zlashuv uslubida sohibjamol yoki ingliz tilidagi prepossessing so'zlarini ishlatganda biroz noqulay tuyulishi yoki aksincha, chiroyli va beautiful so'zlarini adabiy nutqda ishlatish esa biroz g'alizroq ko'rinishi mumkin. Shu sababli ularni qo'llashda xatoga yo'l qo'ymaslik va e'tiborli bo'lish talab etiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, sinonim so'zlar frazeologizmlar(iboralar) orasida ham uchraydi. Masalan, o'zbek tilidagi "do'ppisini osmonga otdi" va "og'zi qulog'iga yetdi" kabi iboralari bir xil ma'noni ya'ni, "xursand bo'ldi" degan ma'noni anglatadi. Bu iboralarni majoziy ma'noda qabul qilmasak, albatta, bir- biriga uzviy bog'liq bo'lmagan so'z birikmalarini ko'rishimiz mumkin. Ammo, ularning frazeologizm sifatidagi asosiy negizi bir nuqtaga taqaladi. Ushbu hodisani ingliz iboralari orasida ham kuzatishimiz mumkin. Bunga misol keltirishdan oldin shuni eslatib o'tmoqchiman, sinonimlar odatda bir yoki bir nechta jihatdan farqga ega bo'lishi mumkin bo'lib, ulardan biri ma'no qirrasidagi farqdir. Hozirgi misol esa aynan ma'no qirrasi jihatiga xosdir. Inglz tili so'zlashuv uslubida tarqalgan "lower one's credit" va "blot one's copybook" iboralari "nomiga dog' tushurmoq" ma'nosini anglatadi. Bu iboralarning ikkisi ham bir xil (so'zlashuv) ulubiyatiga xoslangan bo'lsada, ikkinchi iborada ma'no biroz kuchliroq. Buni uslubiy bo'yoqdorlik bilan izohlash mumkin. Shu o'rinda yana bir fikrga to'xtalib o'tmoqchiman, yuqoridagi sinonimik holatlarni gaplar tuzilishida ham uchratish mumkin. Barcha tillardagi kabi ingliz va o'zbek tillarida ham fikr bir necha xil tarzda tinglovchga yetkaziladi. Ularni quyidagicha qiyoslaganimizda, I loved the girl/Men qizni sevdim; the girl I loved/men sevgan qiz. Ushbu namunalar sintaktik sinonimiyaga yaqqol misol bo'la oladi. Nutqimizda shu kabi sinonimlardan foydalanish orqali turli xildagi qaytariqlardan, bir xil va zerikarli jumlalardan qochib, nutqning yanada jozibali, takrorlanmas, uslubiy xilma-xil bo'lishi va adabiy tilning o'ziga xos funksiyasini o'tashi uchun imkon bergan bo'lamiz. O'zbek, ingliz va shu kabi tillarda muloqotga kirishganda ularda qo'llaniladigan sinonimlarni salmog'ini oshirish bevosita nutqimizni barqarorlogiga va bo'yoqdorlik darajasi yuqori bo'lishiga hissa qo'shadi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, tilshunoslikda olib borilayotgan har bir izlanish nafaqat o'zbek adabiy tilining boyib borishiga balki, shu tilda muloqot qiluvchi xalq ma'naviyatiga ham ta'sir ko'rsatishiga aminmiz. Mana shunday mavzu va g'oyalarni ingliz tili va boshqa xorijiy tillar bilan hamohang holda o'rganish har bir tadqiqotchi va o'quvchlar uchun asos vazifasini bajarib, o'rganilayotgan obyektni yanada takomillashib, sayqallanib borishida muhim ahamaiyat kasb etadi. Antonimlar Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland – past, uzun – qisqa); 2) affik-sal A. (suvli – suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz – tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam. Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y – ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan). Antonim badiiy nutqda qo‘llanib tazod yaratish uchun xizmat qiladi: Yaxshining ehsoniga yomonning boshi og‘rir. Antonimlarni kel – kelma, bor – borma kabi birliklardan farqlamoq kerak, bu birliklar fe’lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklidir. Antonimlar faqat bir xil so‘z turkumlari doirasida kuzatiladi yaxshilik – yomonlik (ot), uzun – qisqa (sifat), ko‘p – oz (ravish), keldi – ketdi (fe’l). Nutqimizda lug‘aviy antonimlardan foydalanish fikrimizni ta’sirli ifodalashda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy adabiyotda zid ma’noli so‘zlarni bir-biriga zidlash asosida badiiy san’at hosil qilinadi. Bunday san’atga tazod san’ati deyiladi. Sinonimlar Sinonimlar (yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.l ar qatori 2va undan ortiq suzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. S.lar qatoridagi bir suz bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng quotlanadi. Mas, chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... S. qatorida chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgixususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan esa ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi birinchi soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi, hamda, xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllaniladi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgi-xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va hokazo. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega. Download 17.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling