Режа: Синтетик (жамланма) ва аналитик (тахлилий) хисобнинг мазмуни


Biznes faoliyatini oʼlchash va baholash


Download 26.44 Kb.
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1362365
1   2   3
Bog'liq
5-МАВЗУ. БАНКЛАРДА СИНТЕТИК ВА АНАЛИТИК ҲИСОБИНИ ЮРИТИШ

2.2. Biznes faoliyatini oʼlchash va baholash.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv.
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi.
Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi.
Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi.
Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi.
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini topadi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin.


Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling