Reja: Sinxron mashinalar
Download 87.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Akobir Murodov sinxron generatorlar pdf
Sinxron generatorlar Reja: 1.Sinxron mashinalar 2.Stator 3.Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi 4.Generatorlarning magnit maydonini so‘ndirish 5.Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator va rotordan tashkil topgan bo’ladi. Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotexnik poʻlat yaproqchalardan yigʻilgan boʻlib, silindrsimon yaxlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan tok choʻlgʻamlari joylashtiriladi. Stator (ing . stator, lot. sto — turaman) — 1) elektr mashinada — magnit oʻtkazgich vazifasini bajaruvchi qoʻzgʻalmas qism. Oʻzak va staninadan iborat. Oʻzak lok bilan izolyasiyalangan elektrotexnika poʻlati listlaridan (0,35—0,5 mm qalinlikda) paket (tahlam) tarzida yasaladi. U quyma yoki payvandlab yasalgan korpus — staninaga mahkamlangan; 2) gidrotexnikada — gidroafegat massasidan nagruzkani va suv bosimini GES binosiga uzatuvchi qism; gidroturbinashtg poydevor qismi. U spiralsimon beton kamerali qilib yasaladi. Yirik turbinalar uchun moʻljallangan Statorlar odatda, payvandlab tayyorlanadi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xususiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi. Mashina oʻqiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas tok oʻlchovi choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi. Elektr yuritma tizimlarida sinxron dvigatellar keng qo‘llanilmoqda. Bu an’anaviy katta quvvatga ega bo‘lgan ayon qutbli va ayonmas qutbli rotorli mashinalar bilan birga maxsus sohalarda ishlaydigan yangi konstruksiyaga ega bo‘lgan dvigatellarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir: Quvvat faktorini yaxshilash uchun. Tez-tez ishga tushirish va to'xtash kerak bo'lmagan uzoq texnologik jarayonlarda. Shunday qilib, ushbu turdagi dvigatellarning "plyuslari" "minuslardan" sezilarli darajada oshib ketadi, shuning uchun hozirda ular talab katta. Sinxron dvigatelni, qurilmani va uning ishlash tamoyilini o'rganib, uning ishlash shartlarini hisobga olgan holda, siz maqsadingizga mos keladigan (himoyalangan, yopiq, ochiq) jihoz turini tez va oson tanlashingiz mumkin va undan maksimal samaradorlik bilan foydalanish kerak. Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi deb qo‘zg‘atish tokini hosil qilib, uni boshqarishni ta’minlab beruvchi elektr mashina yoki elektr jihozlari yig‘indisiga aytiladi (qo‘zg‘atgich, yordamchi va rostlovchi qurilmalar majmuyi). Qo‘zg‘atgich rotor chulg‘amlari bilan kontakt halqalari va cho‘tkalar orqali elektr jihatdan ulangan bo‘ladi. Qo‘zg‘atish tizimining ishonchli, mustahkam, tejamli qo‘zg‘atish tokini ruxsat etilgan chegaralarda rostlash imkonini beradigan, tez ishlovchi, avariya holatlarida qo‘zg‘atish tokining eng katta qiymatini ta’minlab beradigan bo‘lishi talab qilinadi. Qo‘zg‘atish tizimi 2 guruhga bo‘linadi: mustaqil qo‘zg‘atishli, o’z-o‘zidan qo‘zg‘atishli. Birinchi guruhga o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr mashinali qo‘zg‘atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhga bevosita generator chiqishlariga maxsus pasaytiruvchi transformator orqali ulangan qo‘zg‘atish tizimlari kiradi. Mustaqil qo‘zg‘atish tizimlarining ishlashi tarmoq holatiga bog’liq bo'lmaganligi sababli keng tarqalgan. Hozirgi paytda generatorlarda quyidagi qo‘zg'atish tizimlari keng ko‘lamda qo‘llaniladi: o‘zgarmas tok elektr mashinali; yuqori chastotali; tiristorli va cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimli. O‘zgarmas tok mashinali qo‘zg‘atish tizimlari 150 MW quwat- gacha bo‘lgan generatorlarda ishlatiladi. Bu qo‘zg‘atish tizimlarining kamchiligi ularning qo‘zg‘atish tokini o‘sib borish tezligining yuqori emasligidadir. Katta quwatli generatorlarda yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichga ega bo‘lgan qo‘zg‘atish tizimlaridan foydalaniladi. Bunda generator bilan bitta umumiy valga qo‘shimcha generator ulangan bo‘lib, uning kuchlanishi to‘g‘rilagichlar orqali rotor chulg‘amlariga uzatiladi. Generatorning qo‘zg‘atish tizimining sxemasi: K(IG) — induksion generator; BVU — boshqarilmas ventilli o‘zgartirgich; QQCH— induksion generatorining qo‘zg‘atish chulg‘ami; QAR — qo‘zg‘atishning avtomatik rostlagichi; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; SG — sinxron generator; T — kuch transformatori; KT — kuchlanish transformatori. Bu yerda energiya manbayi bo'lib, induksion generator xizmat qiladi. Qo‘zg‘atish tizimlarida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tez- ligini oshirish uchun jadallashtirish, ya’ni qo‘zg‘atish tokini keskin oshirish — forsirovkalashdan foydalaniladi. Elektr mashinali qo‘zg‘a- tish tizimida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi t = 0,4 +0,5 soniya bo‘lsa, yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimlarida t = 0,3+0,4 soniyaga, jadallashtirish karraligi Kr = 2 ga teng. Yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimlari 300 MW gacha bo‘lgan generatorlarda qoTla- niladi (2-rasm). Tiristorh qo‘zg‘atish tizimlarida o'zgartirgich sifatida tiristorlardan foydalaniladi. Tiristorli boshqarish sxemasi orqali esa qo‘zg‘atish tokining qiymati o‘zgartiriladi. Bu tizimning afzalligi jadallashtirish koeffitsiyenti K(>2, qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi esa t = 0,02+0,04 soniyani tashkil etadi. Shuning uchun bu qo‘zg‘atish tizimlari 500 MW gacha bo‘lgan sinxron generatorlarda qo‘llaniladi. Yuqorida ko'rib chiqilgan qo‘zg‘atish tizimlarining umumiy kamchiligi ularda kontakt cho‘tka jihozining mavjudligi bo‘hb, bu narsa tizimlarning ishonchlihgini pasaytirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda katta quwatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari qo‘llaniladi (2-rasm). Bu qo‘zg‘atish tizimlari 800+1200 MW quwatli sinxron generatorlarda qo‘llanadi. Ularda qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi t = 0,1s. Ikkinchi guruhga kiruvchi o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tizimlarning ishonchliligi kamroq, chunki ularda qo‘zg‘atgichning ishlashi o'zgaruvchan tok tarmog‘ining holatiga bog'liq bo‘ladi. 2-rasm. Katta quvvatli generatorning yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimi: BV — tiristorli to‘g‘rilagich; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; TBS — tiristorni boshqarish sxemasi; QAR — qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagich; TN — kuchlanish transformatori; T — kuch transformatori; SG - sinxron generator. 3-rasm. Katta quvvatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari: K(AG) — aylantirilgan (обращенный) generator; BV - tiristorli boshqarish sxemasi; QQCH - K(AG) generatorining qo‘zg‘atish chulg‘ami; BVU — tiristorli to‘g‘rilagich generator; GQCH - sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami; SG — sinxron generator; Tr — kuch transformatori; KT — kuchlanish transformatori; QAR — qo‘zg‘atishning avtomatik rostlagichi; TBS — tiristorni boshqarish sxemasi. 4-rasm. Generatorlarning quzg‘atish tizimi: 0 ‘ET - o ‘z ehtiyoj transformatori; M - asinxron mator; Q — qo‘zg‘atgich, ya’ni qo‘zg‘atmas tok generatori; QQCH — qo‘zg‘atgichning qo‘zg‘atish chulg'ami; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; SG — sinxron generator, 0 ‘E — o ‘lchov elementi. Tarmoqdagi har qanday o‘zgarish qo‘zg‘atish tizimining normal ishlashiga putur yetkazadi (4-rasm). Bu tizimlarda qo'zg'atish jihozi bo‘lib, o‘z ehtiyoj shinalaridan ta’minlanuvchi asinxron motor va o‘zgarmas tok generatori xizmat qiladi. Bu qo‘zg‘atish tizimlaridan, odatda, elektr stansiyalarida qo‘zg‘atishning rezerv manbayi sifatida foydalaniladi. Generatorlarning magnit maydonini so‘ndirish deb, ularning qo‘zg‘atish magnit oqimining qiymatini nolgacha kamaytirish jarayoniga aytiladi va bir vaqtda generatorning elektr yurituvchi kuchi kamayadi. Magnit maydonini so‘ndirish ayniqsa generatorning ichida shikastlanishlar yuz bergandagi avariya holatlarida katta ahamiyatga ega. Generatorlarning ichidagi qisqa tutashuvlar, odatda, elektr yoyi orqali yuz beradi. Shu sababdan bunday hollarda stator chulg‘ami va aktiv po‘lat ko‘p shikastlanadi. Bu qisqa tutashuv toklari generator chiqishlaridagi yuz beradigan qisqa tutashuv toklariga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Bu holatlarda generatorning magnit maydonini so‘ndirish avariya ko‘lamini kamaytirish va stator chulg'ami hamda po‘latni kuyib ketishdan saqlash uchun zarurdir. Maydonni so‘ndirish uchun generatorning rotor chulg‘amini qo‘zg‘atgichdan uzish kerak. Biroq bunda rotor chulg‘amini katta induktivlikka ega bo‘lganligi sababli uning chiqishlarida izolatsiyaning teshilishiga olib keluvchi kuchlanganlik hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maydonni shunday so'ndirish kerakki, natijada qo‘zg‘atgichni uzish bilan bir paytda generator rotor chulg‘amining magnit maydonini tez so‘ndirishga erishish zarur. Bunda chiqish- lardagi kuchlanganlik ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketmasligi kerak. Hozirgi paytda generatorning quvvati va uning qo‘zg‘atish tizimining xususiyatiga qarab magnit maydonini so‘ndirishning 3 ta usulidan foydalaniladi: 1) rotor chulg‘amini so‘ndiruvchi faol qarshilikka ulash; 2) rotor chulg‘ami zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy so‘ndiruvchi panjarasini ulash; 3) qo‘zg‘atgichni teskari ulash. Birinchi 2 ta usulda qo‘zg‘atish zanjiridagi zaruriy ulashlarni maydonni so‘ndirish avtomati (AGP — автоматическое гашение поля) deb ataladigan maxsus kommutatsion jihozdan foydalaniladi Xulosa Sinxron generatorlar operatsion prinsipi elektromagnit induksiyaga asoslangan . Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish xususiyatiga ega. Elektr mashinasi generator sifatida ishlaydi (uning rejimida). Bunday holda stator va rotorning magnit maydonlarining aylanish chastotalari bir xil bo'ladi. Elektr stantsiyasini ishga tushirish vaqtida rotor kuchsiz magnit maydon hosil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov . Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012. Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 . Download 87.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling