Reja: Sinxron mashinalar


Download 87.96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi87.96 Kb.
#1187656
Bog'liq
Akobir Murodov sinxron generatorlar pdf



Sinxron generatorlar
Reja:
1.Sinxron mashinalar
2.Stator
3.Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi
4.Generatorlarning magnit maydonini so‘ndirish
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar
Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator va
rotordan tashkil topgan bo’ladi. Statorning oʻzagi o'zaro
izolatsiyalangan elektrotexnik poʻlat yaproqchalardan yigʻilgan boʻlib,
silindrsimon yaxlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali
oʻzgaruvchan tok choʻlgʻamlari joylashtiriladi.
Stator (ing . stator, lot. sto — turaman) — 1) elektr mashinada —
magnit oʻtkazgich vazifasini bajaruvchi qoʻzgʻalmas qism. Oʻzak va
staninadan iborat. Oʻzak lok bilan izolyasiyalangan elektrotexnika
poʻlati listlaridan (0,35—0,5 mm qalinlikda) paket (tahlam) tarzida
yasaladi. U quyma yoki payvandlab yasalgan korpus — staninaga
mahkamlangan; 2) gidrotexnikada — gidroafegat massasidan
nagruzkani va suv bosimini GES binosiga uzatuvchi qism;
gidroturbinashtg poydevor qismi. U spiralsimon beton kamerali qilib
yasaladi. Yirik turbinalar uchun moʻljallangan Statorlar odatda,
payvandlab tayyorlanadi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari,
dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi.
Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik xususiyatlariga
ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati
800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan.
Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha
kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida
esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper —
transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi. Mashina oʻqiga
mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi


mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas tok oʻlchovi
choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati
uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich
ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina
quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator
hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi. Elektr
yuritma tizimlarida sinxron dvigatellar keng qo‘llanilmoqda. Bu
an’anaviy katta quvvatga ega bo‘lgan ayon qutbli va ayonmas qutbli
rotorli mashinalar bilan birga maxsus sohalarda ishlaydigan yangi
konstruksiyaga ega bo‘lgan dvigatellarning paydo bo‘lishi bilan
bog‘liqdir.
Ba'zi hollarda sinxron motorlardan foydalanish afzalroqdir:
Quvvat faktorini yaxshilash uchun.
Tez-tez ishga tushirish va to'xtash kerak bo'lmagan uzoq texnologik
jarayonlarda.
Shunday qilib, ushbu turdagi dvigatellarning "plyuslari" "minuslardan"
sezilarli darajada oshib ketadi, shuning uchun hozirda ular talab katta.
Sinxron dvigatelni, qurilmani va uning ishlash tamoyilini o'rganib,
uning ishlash shartlarini hisobga olgan holda, siz maqsadingizga mos
keladigan (himoyalangan, yopiq, ochiq) jihoz turini tez va oson
tanlashingiz mumkin va undan maksimal samaradorlik bilan
foydalanish kerak.
Sinxron generatorning qo‘zg‘atish tizimi deb qo‘zg‘atish tokini hosil
qilib, uni boshqarishni ta’minlab beruvchi elektr mashina yoki elektr
jihozlari yig‘indisiga aytiladi (qo‘zg‘atgich, yordamchi va rostlovchi
qurilmalar majmuyi). Qo‘zg‘atgich rotor chulg‘amlari bilan kontakt
halqalari va cho‘tkalar orqali elektr jihatdan ulangan bo‘ladi.
Qo‘zg‘atish tizimining ishonchli, mustahkam, tejamli qo‘zg‘atish tokini
ruxsat etilgan chegaralarda rostlash imkonini beradigan, tez ishlovchi,
avariya holatlarida qo‘zg‘atish tokining eng katta qiymatini ta’minlab
beradigan bo‘lishi talab qilinadi. Qo‘zg‘atish tizimi 2 guruhga bo‘linadi:


mustaqil qo‘zg‘atishli, o’z-o‘zidan qo‘zg‘atishli. Birinchi guruhga
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi barcha elektr mashinali
qo‘zg‘atgichlar kiradi. Ikkinchi guruhga bevosita generator
chiqishlariga maxsus pasaytiruvchi transformator orqali ulangan
qo‘zg‘atish tizimlari kiradi. Mustaqil qo‘zg‘atish tizimlarining ishlashi
tarmoq holatiga bog’liq bo'lmaganligi sababli keng tarqalgan. Hozirgi
paytda generatorlarda quyidagi qo‘zg'atish tizimlari keng ko‘lamda
qo‘llaniladi: o‘zgarmas tok elektr mashinali; yuqori chastotali; tiristorli
va cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimli. O‘zgarmas tok mashinali qo‘zg‘atish
tizimlari 150 MW quwat- gacha bo‘lgan generatorlarda ishlatiladi. Bu
qo‘zg‘atish tizimlarining kamchiligi ularning qo‘zg‘atish tokini o‘sib
borish tezligining yuqori emasligidadir. Katta quwatli generatorlarda
yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichga ega bo‘lgan qo‘zg‘atish tizimlaridan
foydalaniladi. Bunda generator bilan bitta umumiy valga qo‘shimcha
generator ulangan bo‘lib, uning kuchlanishi to‘g‘rilagichlar orqali rotor
chulg‘amlariga uzatiladi.
Generatorning qo‘zg‘atish tizimining sxemasi: K(IG) — induksion
generator; BVU — boshqarilmas ventilli o‘zgartirgich; QQCH—
induksion generatorining qo‘zg‘atish chulg‘ami; QAR — qo‘zg‘atishning
avtomatik rostlagichi; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish
chulg'ami; SG — sinxron generator; T — kuch transformatori; KT —
kuchlanish transformatori.
Bu yerda energiya manbayi bo'lib, induksion generator xizmat qiladi.
Qo‘zg‘atish tizimlarida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tez- ligini
oshirish uchun jadallashtirish, ya’ni qo‘zg‘atish tokini keskin oshirish
— forsirovkalashdan foydalaniladi. Elektr mashinali qo‘zg‘a- tish
tizimida qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi t = 0,4 +0,5 soniya
bo‘lsa, yuqori chastotali qo‘zg‘atish tizimlarida t = 0,3+0,4 soniyaga,
jadallashtirish karraligi Kr = 2 ga teng. Yuqori chastotali qo‘zg‘atish
tizimlari 300 MW gacha bo‘lgan generatorlarda qoTla- niladi (2-rasm).
Tiristorh qo‘zg‘atish tizimlarida o'zgartirgich sifatida tiristorlardan
foydalaniladi. Tiristorli boshqarish sxemasi orqali esa qo‘zg‘atish
tokining qiymati o‘zgartiriladi. Bu tizimning afzalligi jadallashtirish
koeffitsiyenti K(>2, qo‘zg‘atish tokining o‘sib borish tezligi esa t =
0,02+0,04 soniyani tashkil etadi. Shuning uchun bu qo‘zg‘atish


tizimlari 500 MW gacha bo‘lgan sinxron generatorlarda qo‘llaniladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan qo‘zg‘atish tizimlarining umumiy kamchiligi
ularda kontakt cho‘tka jihozining mavjudligi bo‘hb, bu narsa
tizimlarning ishonchlihgini pasaytirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi
paytda katta quwatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari
qo‘llaniladi (2-rasm). Bu qo‘zg‘atish tizimlari 800+1200 MW quwatli
sinxron generatorlarda qo‘llanadi. Ularda qo‘zg‘atish tokining o‘sib
borish tezligi t = 0,1s. Ikkinchi guruhga kiruvchi o‘z-o‘zidan
qo‘zg‘atishli tizimlarning ishonchliligi kamroq, chunki ularda
qo‘zg‘atgichning ishlashi o'zgaruvchan tok tarmog‘ining holatiga
bog'liq bo‘ladi.
2-rasm. Katta quvvatli generatorning yuqori chastotali qo‘zg‘atish
tizimi: BV — tiristorli to‘g‘rilagich; GQCH — sinxron generatorning
qo‘zg‘atish chulg'ami; TBS — tiristorni boshqarish sxemasi; QAR —
qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagich; TN — kuchlanish transformatori; T
— kuch transformatori; SG - sinxron generator.
3-rasm. Katta quvvatli generatorlarda cho‘tkasiz qo‘zg‘atish tizimlari:
K(AG) — aylantirilgan (обращенный) generator; BV - tiristorli
boshqarish sxemasi; QQCH - K(AG) generatorining qo‘zg‘atish
chulg‘ami; BVU — tiristorli to‘g‘rilagich generator; GQCH - sinxron
generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami; SG — sinxron generator; Tr —
kuch transformatori; KT — kuchlanish transformatori; QAR —
qo‘zg‘atishning avtomatik rostlagichi; TBS — tiristorni boshqarish
sxemasi.
4-rasm. Generatorlarning quzg‘atish tizimi: 0 ‘ET - o ‘z ehtiyoj
transformatori; M - asinxron mator; Q — qo‘zg‘atgich, ya’ni
qo‘zg‘atmas tok generatori; QQCH — qo‘zg‘atgichning qo‘zg‘atish


chulg'ami; GQCH — sinxron generatorning qo‘zg‘atish chulg'ami; SG —
sinxron generator, 0 ‘E — o ‘lchov elementi.
Tarmoqdagi har qanday o‘zgarish qo‘zg‘atish tizimining normal
ishlashiga putur yetkazadi (4-rasm). Bu tizimlarda qo'zg'atish jihozi
bo‘lib, o‘z ehtiyoj shinalaridan ta’minlanuvchi asinxron motor va
o‘zgarmas tok generatori xizmat qiladi. Bu qo‘zg‘atish tizimlaridan,
odatda, elektr stansiyalarida qo‘zg‘atishning rezerv manbayi sifatida
foydalaniladi.
Generatorlarning magnit maydonini so‘ndirish deb, ularning
qo‘zg‘atish magnit oqimining qiymatini nolgacha kamaytirish
jarayoniga aytiladi va bir vaqtda generatorning elektr yurituvchi kuchi
kamayadi. Magnit maydonini so‘ndirish ayniqsa generatorning ichida
shikastlanishlar yuz bergandagi avariya holatlarida katta ahamiyatga
ega. Generatorlarning ichidagi qisqa tutashuvlar, odatda, elektr yoyi
orqali yuz beradi. Shu sababdan bunday hollarda stator chulg‘ami va
aktiv po‘lat ko‘p shikastlanadi. Bu qisqa tutashuv toklari generator
chiqishlaridagi yuz beradigan qisqa tutashuv toklariga qaraganda
ancha katta bo‘ladi. Bu holatlarda generatorning magnit maydonini
so‘ndirish avariya ko‘lamini kamaytirish va stator chulg'ami hamda
po‘latni kuyib ketishdan saqlash uchun zarurdir. Maydonni so‘ndirish
uchun generatorning rotor chulg‘amini qo‘zg‘atgichdan uzish kerak.
Biroq bunda rotor chulg‘amini katta induktivlikka ega bo‘lganligi
sababli uning chiqishlarida izolatsiyaning teshilishiga olib keluvchi
kuchlanganlik hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maydonni
shunday so'ndirish kerakki, natijada qo‘zg‘atgichni uzish bilan bir
paytda generator rotor chulg‘amining magnit maydonini tez
so‘ndirishga erishish zarur. Bunda chiqish- lardagi kuchlanganlik
ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketmasligi kerak. Hozirgi paytda
generatorning quvvati va uning qo‘zg‘atish tizimining xususiyatiga
qarab magnit maydonini so‘ndirishning 3 ta usulidan foydalaniladi: 1)
rotor chulg‘amini so‘ndiruvchi faol qarshilikka ulash; 2) rotor
chulg‘ami zanjiriga tez ishlovchi avtomatning yoy so‘ndiruvchi
panjarasini ulash; 3) qo‘zg‘atgichni teskari ulash. Birinchi 2 ta usulda
qo‘zg‘atish zanjiridagi zaruriy ulashlarni maydonni so‘ndirish avtomati
(AGP — автоматическое гашение поля) deb ataladigan maxsus
kommutatsion jihozdan foydalaniladi


Xulosa
Sinxron generatorlar operatsion prinsipi elektromagnit induksiyaga
asoslangan . Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish
xususiyatiga ega. Elektr mashinasi generator sifatida ishlaydi (uning
rejimida). Bunday holda stator va rotorning magnit maydonlarining
aylanish chastotalari bir xil bo'ladi. Elektr stantsiyasini ishga tushirish
vaqtida rotor kuchsiz magnit maydon hosil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati
Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R.
Allaev, I.H. Siddikov .
Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev,
F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar
ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012.
Siddikov I.X. Aloqa qurilmalari qayta tiklanuvchi elektr ta’minoti
manbalari fanidan uslubiy qo’llanma – Toshkent, TATU, 2016 .

Download 87.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling