Reja: Siyosiy karta tushunchasi. Dunyo siyosiy kartasining qisqacha shakllanish bosqichlari


Download 32.61 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi32.61 Kb.
#1580754
Bog'liq
asadbek 2


DUNYONING HOZIRGI ZAMON SIYOSIY XARITASI, JAHON MAMLAKATLARINING SOTSIAL-IQTISODIY GURUHLARI
REJA:
1. Siyosiy karta tushunchasi. Dunyo siyosiy kartasining qisqacha shakllanish bosqichlari.
2. BMTning tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni guruhlashtirish.
3. Dunyo siyosiy kartasi va hozirgi xalqaro munosabatlar.
4. Dunyo siyosiy kartasida XX asr boshlarida va 80-90 yillardagi o’zgarishlar.
5. Bahsli hududlar.


Jahonning siyosiy xaritasida, 2018-yil holatiga ko'ra, 240 dan ortiq mamlakat bo'lib, jumladan jahon hamjamiyati tomonidan mustaqilligi ras- man tan olingan 194 ta suveren davlat mavjud. Bulardan 193 tasi BMTning faoliyatida a'zo davlatlar sifatida, 1 tasi (Vatikan) esa kuzatuvchi-davlat bo'lib ishtirok etmoqda. Siyosiy karta-geografik karta bo’lib mamlakatlarning, mintaqalarning va dunyoning siyosiy bo’linishi jarayonini ifodalaydi. Siyosiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim tarmog’i bo’lib, siyosiy geografik holat va davlatlarning chegaralari, hududlarining shakllanishi, davlat tuzumi va siyosiy ma’muriy bo’linishi hamda jamiyatning siyosiy-ijtimoiy tarkibini davlatlarning hozirgi dunyo siyosiy- iqtisodiy tizimidagi roli va o’rnini o’rganadi. Siyosiy geografiya deb: A) hozirgi bosqichda dunyodagi mamlakatlarning davlat va jamiyat qurishning bosh belgilari va xususiyatlari, mamlakatlarning ichki va tashqi siyosatining asosiy yunalishlari. B) mamlakatlarinnig siyosiy-geografik ya’ni (geostrategik) mikromezo va makro holati davlat chegaralarining, hududiy tarkibini shakllanish bosqichlari. V) mamlakatlar aholisining milliy-ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotidagi roli va o’rni. G) mamlakatlarning jahon hamjamiyatidagi xalqaro, siyosiy, iqtisodiy va nodavlat tashkilotlardagi o’rnini mamlakatlardagi siyosiy maqsadlari va xalqaro munosabatlar tizimidagi ishtirokini tadbiq qiladi. Siyosiy geografiyadagi eng muhim geografik muammolardan biri dunyo siyosiy kartasining shakllanish jarayonidir. Bu jarayon iqtisodiy Xarakterga ham ega bo’lib ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining “vaqt chizig’i” davomida rivojlanish bosqichlarini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi jarayoni avvalo ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi, xususiy mulkchilikning rivojlanishi sinflarini va turli ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning ijtimoiy-siyosiy xodisa sifatida tashkil topishini ifodalaydi. Dunyo siyosiy kartasining shakllanishi quyidagi bosqichlarga bo’lib 5 o’rganish maqsadga muvofiq. 1.Miloddan oldingi IV ming – III minginchi yillardan to million asrgacha qadar: 2. Miloddan V asrdan to XVII asrning o’rtalari: 3. XVII asr o’rtalaridan to XIX asr o’rtalari: 4. XIX asr 70- yillaridan to XX asr boshlari (1913): 5. XX asrning 20-90 yillari va XX asr boshlari. 1. Miloddan oldingi IV ming – III minginchi yillardan to miloddan V asrgacha qadar. Bu bosqichda Atlantika okeanidan Tinch okeaniga qadar bo’lgan mintaqalarda o’z davrining yirik quldorlik davlatlari shakllandi. Rim imperiyasida 50,0 million aholi Hindiston va Xitoyda 40-50 milliondan aholi yashagan. Dastlabkt davlatlar bilan bir qatorda davlat tuzumining 2 shakli (qadimgi Misr, Vavilon, Ossuriya, Eron va Rim imperiyasi) monarxiya va (Finikiya, Gretsiya shahar davlatlari, qadimgi Rim (1 bosqichda)) respublika yuzaga keldi. Ayni vaqtda, quldorlik mintaqasidan tashqari yirik hududlarda turli qabila va xalqlar yashab taraqqiyotboshlang’ich bosqichida ekanligi bilan Xarakterlanar edi. Eramizning 1 asrida xalqlar va qabilalarning buyuk ko’chishi yirik quldorlik davlatlarining siyosiy jihatdan talvasaga soldi. Jumladan, 5 asrda Rim imperiyasi quladi va quldorlik tuzumi barbod bo’ldi. 2. Milodning 5 asridan to 17 asrning o’rtalarigacha bu bosqich Yevropada 7 asrgacha davom etdi. 1500 yilga kelib yer shari aholisining soni 400-500 million kishiga yetdi. Buning ¾ qismi Osiyo qit’asiga to’g’ri keladi. SHahar hayoti bo’yicha osiyo Yevropadan o’zib ketdi. Ammo, Yevropada uzoq davom etgan turg’unlikdan so’ng shaharlar hunarmandchilik, savdo, madaniy va siyosiy markazlar sifatida katta rol uynay boshladi. Natural xo’jalik va mehnat taqsimotining pastligi oqibatida siyosiy karta g’oya mayda-mayda bo’laklardan iborat edi. (Birgina Germaniya hududida 300 dan ortiq kichik davlatlar bo’lgan). Ichki bozorning shakllanishi xalqlar o’rtasida etnik konsolidatsiyaning kuchayishi bilan yirik markazlashgan absolyut monarxiya tipidagi davlatlar- Fransiya, Angliya, Ispaniya, Rus davlati, Hindiston, Xitoy, Temur davlati va boshqalar yuzaga keldi. 3. XVII asr o’rtalaridan XIX asr o’rtalariga qadar bo’lgan, bosqichda tom ma’nosi bilan Yevropada “sanoat inqilobi” davri bo’lib, manufaktura (qo’l bilan ishlab chiqarish) bu bosqichdan fabrika zavod ishlab chiqarish bosqichiga o’tayotganligi bilan Xarakterlanadi. Yevropa mamlakatlarida industrlashtirish, sanoatining moddiy ishlab chiqarishning bosh sohasiga aylanishi jarayoni boshlanadi. Bug’ mashinasining (1784) yil ixtiro qilish esa sanoat va transportda (parovoz, paroxod) inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. 1789 yil 1793 yillardagi buyuk frantsuz inqilobi siyosiy ustqurmada ham muhim o’zgarishlarga olib keldi. Absolyut monarxiya o’rniga (Fransiyajda) konstitutsion monarxiya (Buyuk Britaniya, Niderlandiya) tizimlari qaror topdi va bugungi kunga qadar ham saqlanib kelinmoqda. Bu bosqichning muhim ijtimoiy oqibatlari avvalo aholisining sonining g’oyat tez ko’payishi (1650 yilda 550 million kishidan, 1850 yilda 1250 million kishiga yetdi). Bu shaharlarning yiriklashuvi kontinentlararo migratsion harakatlarning jonlanishi (asosan Yevropa mamlakattalridan Amerika, 6 Avstraliyaga) millatlarning shakllanishi bilan Xarakterlanadi. Osiyo, Amerika, Avstraliyaning ichki rayonlarini o’zlashtirish davom etdi. 4. XIX asr 70 yillaridan XX asr (1913 yil boshlarigacha) bu bosqichda ishlab chiqarish kuchlari yanada rivojlandi. Ayniqsa, sanoat tarmoqlari gurkirab o’sdi. 1870-1913 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 martaga ko’paydi. Sanoatning yangi tarmoqlari elektroenergetika, neft qazib chiqarish, mashinasozlik, kimyo tez rivojlandi. Yevropada Germaniya (1871) yilgi birlashuvidan so’ng iqtisodiy taraqqiyot yuliga kirib Angliyadan o’tib ketdi. Fransiya va G’arbiy Yevropadagi boshqa bir qator mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyot nisbatan sekin ekanligi bilan Xarakterlansa SHarqiy va Janubiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy taraqqiyotning ancha bo’sh edi. Osiyo (Yaponiyadan tashqari) Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bo’lib qolaveradi. Xuddi shunday holat Rossiyaning mustamlakasi hisoblangan Turkiston o’lkasi uchun ham xos bo’lib u tekis agrar xuddi tayyor mahsulotlar sotiladigan o’lka edi. 5. XX asrning 20-90 yillari va XXI asr boshlari XX asrning 20-90 yillari va XXI asr bo’sag’asida dunyo siyosiy kartasida va jahon xo’jaligida muhim iqdor va sifat o’zgarishlari yuz berganligi bilan ajralib turadi. Dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlar. A) 1917 yil Rossiyada Oktyabr to’ntarilishi bilan bog’liq jahonning 2 ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bo’lib yuborilishi. B) 1939-1945 yillardagi 2 jahon urushi oqibatida Yevropa siyosiy kartasida Germaniyaning 3ga (GFR, GDR va G’arbiy Berlin) bo’linishi: SHarqiy Yevropada xalq demokratiyasi shaklidagi davlatlarning (PXR, CHSSR,VXR, BXR, YuSFR, AXDR, GDR, Osiyoda- XXR, KXDR, VSR) Lotin Amerikasida esa 1959 yil Kubaning 1970 yil o’rtalaridan LXDRni yuzaga kelishi: V) XX asr 50 yillarining o’rtalaridan mustamlaka va qaram hududlarda mustaqillik uchun kurashning oqibatida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi, Okeaniya hududida 120 dan ortiq mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi va taraqqiyot yuliga kirishi bu mamlakatlarning dunyo siyosiy kartasida umumiy nomi bilan “rivojlanayotgan mamlakatlarning” deb yuritilishi. G) XX asrning 80- yillar o’rtasidan boshlab sotsialistik tuzumning ijtimoiy – iqtisodiy tizimi sifatida tanazzulga yuz to’tishi avvalo SHarqiy Yevropa mamlakatlarida so’ngra 90- yillarning boshlarida sobiq Ittifoq hududida sifat jihatidan yangi mustaqil davlatlar- Polsha, CHexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, (Serbiya va CHernogoriya birgalikda Yugoslaviya ittifoqini tashkil qildilar), Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gertsegovina hamda Latviya, Litva, Estoniya, Belorus, Moldaviya, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston va Turkmanistonning tashkil topishi va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi va Germaniyaning yagona davlat sifatida birlashuvi. D) Yaqin SHarqda Isroil-Falastin muammosini bosqichma-bosqich hal qilish jarayonining boshlanishi 1993-1999 yil bilan bog’liq, shuningdek bu bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar. Bugungi dunyo siyosiy kartasida 209ta davlat mavjud. 1900 yilda dunyo 7 siyosiy kartasida 55ta mustaqil davlat bo’lsa 1947 yilda 57 ta, 1980 yilda 160 ta va 1999 yilda 187 taga yetdi. Dunyo siyosiy kartasida mamlakatlarini turli ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlashtirildi. Jumladan: Hududlar bo’yicha-chunki mamlakat hududi va aholisining kattaligi siyosiyiqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi omilidir. SHunga ko’ra dunyo siyosiy kartasidagi mamlakatlar yirik, o’rta kichik (mitti) davlatlarga bo’linadi. Hududi va aholisi soni jihatidan mamlakatlar, o’rtasida farq juda katta, ya’ni Rossiyadan (17,8 mln.kv.km) to eng mittii davlat Vatikanga (0,44 km.kv) qadar bo’linadi. 3 mln.kv.km.dan ortiq hududga ega bo’lgan (Rossiya, Kanada, XXR, AQSH, Braziliya, Avstraliya, Hindiston) ya’ni 7 davlat quruqlikning 50,0 foizidan ortig’ini egallaydi. 100,0 mln.dan ortiq aholiga ega mamlakatlar 10 ta bo’lib jahon aholisining 3-5 qismini tashkil qiladi. Mamlakatlarning siyosiy- iqtisodiy-geografik holati bo’yicha (N.N.Baranskiy) guruhlashtirish: dunyo siyosiy kartasida davlatlarning joylashi holatiga ko’ra orol, yarimorol, arxipelag mamlakat, dengizbo’yi mmlakatlariga bo’linadi. 40ga yaqin mamlakat esa dengizga va dunyo okeanlariga chiqa olmaydi. Dunyo mamlakatlarining ma’muriy-hududiy bo’linishiga qarab guruhlashtirish. Bugungi kunda dunyodagi 187 ta mustaqil mamlakatlarning va ma’muriy-hududiy bo’lish turlichadir. Dunyo mamlakatlari ma’muriy-hududiy bo’linishiga ko’ra unitar va federativ davlatlarga bo’linadi. Dunyo siyosiy kartasidagi federativ davlatlar 20ga yaqin bo’lib yo milliy-etnik xususiyatlariga ko’ra (Rossiya, Belgiya, Hindiston, Nigeriya) yoki tarixiy geografik xususiyatlari (GFR, Avstriya, AQSH) bilan bog’liq holda federatsiya sifatida tashkil topgan. Unitar davlat (frantsuzcha-“unitar”, lotincha “unitas”) birlik, yaxlit birlashgan bir butunni tashkil qiluvchi qismlari davlat maqomiga ega bo’lgan davlat. Bunday davlatda yagona oliy Konstitutsiya, yagona fuqarolik, yagona siyosiy qonun chiqaruvchi, yagona boshqaruv sud organlari mavjud bo’ladi. Unitar davlatning u yoki bu qismida faoliyat ko’rsatayotgan davlat organlari mahalliy davlat organlari hisoblanadi. Unitar davlatma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari markaziy organlari tomonidan qabul qilingan. Qonunlar asosida o’zgartiriladi va buning uchun mahalliy davlat organlari yoki aholi roziligi talab qilinmaydi. Davlat organlari faoliyatlarini markazdan ta’minlaydigan maxsus vakili (gubernator, komissar, hoqim va hokazo) nazorati asosida amalga oshiradi. Federativ- lotincha “federal” – ittifoq bo’lib mustahkamlash- davlat tuzumini shakllaridan biri. Federativ davlatlar murakkab tuzilishga ega davlatlar deb ham yuritiladi. Buning boisi shundaki federativ davlatodatda davlatlarning o’z siyosiy mustaqilligin ixtiyoriy ravishda va muayan doirada cheklanishi yuli bilan ittifoqqa birlashuvi natijasida yuzaga keladi. Keyingi 50 yilda dunyo siyosiy kartasida g’oyat murakkab siyosiy- ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga boyligi bilan ajralib turadi, ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyo 2 yirik sistemaga bo’linadi (kapitalistik va sotsialistik) ko’plab harbiysiyosiy ittifoq va bloklar yuzaga keladi. SHuningdek dunyo siyosiy kartasida 2 8 jahon urushidan so’ng o’ziga xos bosh “qaynoq nuqtalar” vujudga keldi- Yaqin SHarqda (Isroil davlatining 1949 yil tashkil topishi va Falastin muammosi, Hindixitoy yarim orolida V’etnam, Kampuchiya) Koreya yarimorolida (KXDR va Koreya respublikasi o’rtasida) Afrika va Lotin amerikasi hududlari. Bu hududlarda shu hududdagi mamlakatlargina emas balki ko’plab boshqa mamlakatlar manfaatlarining ham to’qnashuvi yuz berdi. Dunyo siyosiy kartasida 80 yillarning o’rtalaridan boshlab xalqaro munosabatlarda yirik davlatlar (sobiq SSSR, AQSH, GFR, Buyuk britaniya, Fransiya, Yaponiya, Italiya) o’rtasida kuch ishlatishdan o’zaro bir-birini tushunish va o’zaro hamkorlik tomon yuz to’tishi ya’ni “sovuq urush” siyosati o’z o’rnini xalqaro xavfsizlik va tinchlikni saqlash siyosatiga bo’shatib beradi. Dunyo siyosiy kartasida Germaniyaning yagona davlat bo’lib birlashuvi, sotsialistik tizimni yagona davlat bo’lib birlashuvi sotsialistik tuzilishi va SSSrning tarkalishi, yangi mustaqil davlatlarning yuzaga kelishi, Varshava shartnomasining tarkab ketishi bilan NATOning siyosiy ittifoqqa aylanishi kabi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar katta voqe’likka aylandi. Keyingi yillarda xalqaro munosabatlar tizimi yuzaga kelgani 100 dan ortq mintaqaviy mojarolar, kelishmovchiliklarni siyosiy yullar bilan xal qilishda xalqaro hamjamiyat BMTning bevosita tashabbusi bilan markaziy Amerikada (Nikaragua, Salvador) Afrikaning janubida (Namibiya va Angola) Janubi-SHarqiy Osiyodan (Kampuchiya) qarama-qarshiliklar siyosiy yullar bilan hal qilindi, chunki mintaqalardagi milliy etnik, urug’-aymoqchilik, diniy ekstremistik guruhlar orasidagi o’zaro kurashlarga xalqaro jamiyatning (BMT doirasida aralashuvi zaruriyatga aylandi. Birgina 1988 yilda BMT tinchlikni saqlash maqsadida 30 ga yaqin operatsiyalar o’tkazdi. Ayni vaqtda XXI asr boshlarida ham hali yer sharining turli nuqtalarida “qaynoq hududlar” Afg’oniston, Tojikiston, CHecheniston, Bolqon yarimoroli, Yaqin SHarq, Hindixitoy yarimoroli Afrikada mavjudligi dunyo xalqlarini xushyorlikka undaydi va o’z kuch va g’ayratlarini tinchlik maqsadlarida birlashtirishni taqozo qiladi.) SHunday qilib dunyo siyosiy kartasida davrning o’ziga xos oynasi bo’lib xalqaro hayotning siyosiy-iqtisodiy ijtimoiy va boshqa tomonlarini ifoda etadi. Bu guruh mamlakatlarida XX asr 80- yillarning o’rtalaridan boshlab dastlab Polshada so’ngra SHarqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari va 90- yillarning boshlaridan SSSR va Yugoslaviyada yirik siyosiy iqtisodiy ijtimoiy hayotda katta tarixiy o’zgarishlari boshlandi, 90-yillarning oxiriga kelganda Polsha, CHexiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya va O’zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar o’zining natijasini berdi va iqtisodiy ijtimoiy hayotda sezilarli o’zgarishlar barqaror iqtisodiy sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda shaharlar tez rivojlandi. CHunonchi XVII asr boshlarida Londonda 200000, Parij va Neapolda 300000 dan ortiq aholi yashay boshladi. Aholining migratsion harakatlari kuchaydi. Bu jarayonlar Yevropa mamlakatlaridan Angliya, Niderlandiya, Fransiyaga ozroq Italiya, Ispaniya, Germaniyaga xos bo’lib Osiyo, Afrika, shimoliy va janubiy Amerika, Avstraliya va Okeniyada ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti past darajada qolaverdi. 9 Natijada Yevropa jahon xo’jaligida yetakchi mavqega ega bo’lib qoldi va bugungi sanoatlashgan qiyofa uchun asos solindi. Yevropaning bu davrda jahon xo’jaligida yetakchi mavqeiga ega bo’lishiga va buyuk geografik kashfiyotlarda asosiy rol o’ynashga quyidagi shart-sharoitlar: 1. Iqtisodiy, ya’ni tovar-pul munosabalarining shakllanishi; 2. Ijtimoiy-yangi yerlarni ochish va o’zlashtirish uchun malakali mutaxassislar mavjudligi; 3. Texnik krovellanishi, kompas va kartalarning yaratilishi; 4. Ilmiy-tabiiy fanlardagi yutuqlar; 5. Tarixiy geografik kashfiyotlar. (Amerika Yangi Dunyoning kashf etilishi) jahon siyosiy kartasining va jahon xo’jaligining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Buyuk geografik kashfiyotlar oqibatida Ispaniya-Amerikada, Portugaliya va Gollandiya-Osiyoda dastlabki mustamlaka-qaram hududlarga ega bo’ldi. Mustamlakalardan Yevropaga qimmatbaho metallar shakar, choy va boshqa “mustamlaka mahsulotlari” keltirildi. Asosiy savdo yullari Atlantika va Hind okeaninng ichki dengizlaridan o’tdi. Yevropada-Lissabon, Sevilya, Antverpen va Amsterdam kabi yirik port shaharlar yuzaga keldi. Geografik mehnati, taqsimoti yanada chuqurlashdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar odatda iqtisodiy geografik holatlariga ko’ra mintaqalar bo’yicha guruhlashadi. Tahlil qilish maqsadlarida ular faol to’lov balansiga ega mamlakatlarga va kapital import qiluvchi mamlakatlarga bo’linadi. Kapital import qiluvchi mamlakatlar o’z navbatida energoresurslarini eksport qiluvchi va energo resurslarini import qiluvchi mamlakatlarga bo’linadi. Energo resurslarini eksport qiluvchi mamlakatlarda dastlabki energo resurslarini ishlab chiqarish (Toshko’mir, Magniy, Neft, gaz, gidro va atom energetikasi) o’zining ehtiyotlaridan kamida 20,0 % ortiqroq bo’lishi lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlar safida faol tulo balansiga ega, energoresurslarini import qiluvchi keyingi yillarda tayyor buyumlarni katta muvaffaqiyat bilan eksport qiluvchi Osiyo mamlakatlari va hududlar (Syangan, Koreya respublikasi, Singapur va Tayvan) mavjud. Rivojlanayotgan mamlakatlar orasida keyingi yillarda chuqur iqtisodiy tabaqalanish yuzaga kelmoqda. Ularni bugungi kunda 3 ga ajratish mumkin. 1 guruhni sanoati rivojlangan mamlakatlar- yangi industrial mamlakatlar guruhi tashkil qiladi. Bunga – Argentina, Braziliya, Syangan, Koreya, Meksika, Singapur, Tayvan va Turkiya kiradi. Oraliq guruhga yalpi ijtimoiy mahsulot, sanoat ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha sezilarli darajada orqada bo’lgan Yaqin SHarq mamlakatlari kiradi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyotning tarmoq tarkibi aholisining ijtimoiy qatlamlari va jamiyatdan holati g’oyat turlichadir. Hozirgi kunda dunyoning turli nuqtalarida o’zaro yer talashish, millatchilik, mustaqillik uchun kurashish kabi katta-kichik janjallar bo’lib turibdi. XX asrning boshiga kelib bunday “qaynoq hududlar” Afg’oniston, Tojikiston, CHecheniston, Yugoslaviya, Yaqin SHarq, Hindiston, Pokiston, Iroq, Hindixitoy yarimorollari mavjud. Xususan, Afg’onistonda tolibonlar harakati hukumat uchun kurashib va 10 bunga AQSHnin aralashuvi natijasida bu mamlakatda tinchlik qaror topmoqda. Tojikistonda ham shunga o’xshash nizolar. CHechsenistonda esa Rossiya tarkibidan ajralib chiqishi uchun kurashlar olib borilyapti. 1996 yildan boshlab XXI asr boshlarigacha Yugoslaviya tarkibidagi millatlarni o’zaro mustaqilligi uchun kurashishi natijasida 4 ta kichik davlatlarga ajralib ketishi: 1. Xorvatiya; 2. Serbiya-CHernogoriya; 3. Bosniya Gertsegovina; 4. Makedoniya. Yaqin SHarqda G’azo sektorida yuz berayotgan mamlakatlar mojarolari Isroil va Falastin orasidagi Quddus shahrini talashi bo’layotgan urushlar va Hindiston va Pokiston orasidagi Kashmir vodiysi uchun bulayotgan nizolar hudud talashi uchun misol bo’la oladi. 2003 yilda aprel oyida esa AQSH va Iroq orasidagi sovuq urushlar dunyodagi Bahsli hududlarni eng qaynoq hududlariga aylanadi. Bunday hududlarni majudligi xalqlarni xushyorlikka undaydi. Ayniqsa hozirgi diniy ekstremizm va terrorizm avj olayotgan vaqtlarda xushyorlikka katta e’tibor berilib xavfsizlik choralarini ko’rilib turli xil nizolarga yul ochib bermaslik lozim, aks holda bahsli hududlarni soni yanada ortib ketishi jarayoni sodir bo’ladi. Mavzu yuzasidan savollar 1. Dunyo siyosiy kartasining qisqacha shakllanish bosqichlarini sanab bering? 2. BMTning tamoyillari deganda nimani tushunasiz? 3. Dunyo siyosiy kartasi va hozirgi xalqaro munosabatlarning holati haqida fikringiz? 4. Dunyo siyosiy kartasida XX asr boshlarida va 80-90 yillardagi o’zgarishlarni tavsiflang. 5. Bahsli hududlar deganda nimani tushunasiz? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Boltayev M.J. Chet mamalakatlar iqtisodiy geografiyasi. Ma’ruzalar matni. –T., 2000. 2. Липeтс Ю. Г. Пуляркин В. А., Шлихтeр С. Б. Гeография мирового хозяйства. -М., 1999. 3. Социално-экономичeская гeография зарубeжного мира. под рeд. В.В.Волского. –М., 2003. 4. Экономичeская и социалная гeография стран ближнeго зарубeжя. Под рeд. М.Ратанова. –М., 2004. 5. Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. –T., 2004. 6. Iqtisodiy geografiya. E. Nigmatov. Toshkent-2016. 7. Копылов В.А. Гeография промышлeнности России и стран СНГ. -М., 2001. 8. Ломакин В. Х. Мировая экономика. -М., 1998. 9. Goudie A. Physische Geograhfie. –Munxen: «Westerman», 1997. 10. Kulke E. Wirtschafts - geograhfie. -Munxen – Zurich: «Ferdinand Schoningh», 2004. 11. Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.





Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling