Reja: Sohaga oid qisqartmalar. Qisqartmalar imlosi Boshqa tillardagi qisqartmalar. Ilmiy ishda qisqartmalar


Download 3.32 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi3.32 Kb.
#1511878
Bog'liq
Sohaga oid qisqartmalar-fayllar.org


Sohaga oid qisqartmalar

Sohaga oid qisqartmalar

Reja: 1. Sohaga oid qisqartmalar. 2. Qisqartmalar imlosi 3. Boshqa tillardagi qisqartmalar. 4. Ilmiy ishda qisqartmalar.

Qisqartma soʻzlar - barqaror soʻz birikmalari komponentlarining bosh harflarini yoki maʼlum qismlarini olib qoʻshish bilan hosil qilingan soʻzlar. Masalan, IIV — Ichki ishlar vazirligi, XTB — Xalqtaʼlimi boshqarmasi, fil-fak — filologiya fakulteti. Qisqartma soʻzlar nutqda ixchamlikka erishish zarurati bilan dastlab yozma nutqda paydo boʻladi .

Qisqartmalar, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil 9ilinadi: 1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qisqartmalarning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"). Qisqartmalar, asosan, ot turkumiga mansub boʻlib, quyidagi yoʻllar bilan hosil qilinadi:

1) soʻz birikmasi kompo-nentlarining birinchi harflarini olib qoʻshish bilan (HDP — Xalq demok-ratik partiyasi, DTM — Davlat test markazi, OAK — Oliy attestatsiya komissiyasi); Qs.ning bu turi ilmiy adabiyotlarda abbreviatura deb ham ataladi; 2) soʻz birikmasi tarkibidagi 1-soʻzning 1-boʻgʻinini, qolgan soʻzlarning 1-harflarini olib qoʻshish bilan (OʻzMU — Oʻzbekiston milliy universiteti, "OʻzAS" ("Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼ-ati"). Qisqartma soʻzlar xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO), mamlakat va davlatlar (XXR, RF, AQSH), siyosiy partiyalar, harbiy uyushmalar (OʻzLDP, NATO), ilmiy-oʻquv muassasalari (OʻzR FA, OʻzDJTU, FarDU), vazirlik, idora, muassasatashkilot, korxonalar (XTV, DTM, Oʻzmashxolding , Toshshaharyoʻlovchi), mashina, asbob-uskunalar va inshootlar (EHM, ATS, GES) va boshqalarning nomlarini bildiradi. Q.s tayyor holda boshqa tillardan oʻzlashtirilishi (YUNESKO, FIFA, FIDE, NATO, AES) yoki muayyan til, mas. oʻzbek tili materiallari asosida hosil qilinishi mumkin.

Manbalarga ishora qiluvchi qisqartmalar ham, formula va chizmalarda qo`llaniladigan qisqartmalar ham fanda ikki xildir. Ularning birinchi turi ma`lum bir fan sohasida umumiylik sifatida qabul qilingan shartli belgilardir. Kimiyoda H (vodorod), O (kislorod), NaCl (osh tuzi); matemtikada " + " (qo`shish), " - " (ayirish), "  " (ildiz), " a2 " (istagan sonning kvadrati); fizikada F (kuch), V (tok kuchlanishi), W (tok kuchi) va h. shular jumlasidandir. Tilshunoslikda ham shunday shartli belgilar bor. Chunonchi, V - fe`l, Vtr - o`timli fe`l, Vin - o`timsiz fe`l, S - ega, P -kesim, Pv - fe`l kesim. , Pn - ot kesim. Tilshunoslikdagi bunday shartli qisqartmalar, odatda, "Tilshunoslikka kirish" o`quv qo`llanmalarida sharhlanadi.



http://fayllar.org
Download 3.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling