Reja: Soliq solish asosiy vositalar obyektlari


Download 24.69 Kb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1687889
  1   2
Bog'liq
Tijorat banklaridan olinadigan foyda solig


Tijorat banklaridan olinadigan foyda solig’ining o’ziga xosligi.
Reja:

  1. Soliq solish asosiy vositalar obyektlari.



  1. Kredit tashkilotlarining daromad va xarajatlarini aniqlash tartibi.



  1. Daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar.



  1. Xulosa.

Soliq solish maqsadida asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida mazkur asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning qo‘shimcha baholash summasining ushbu asosiy vositalar obyektlari va nomoddiy aktivlarning ilgarigi arzonlashtirishlar summasidan oshgan qismi foizsiz daromadlar tarkibiga kiritiladi.


Tijorat banklarining soliq solinadigan daromadi (foydasi) jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmlarining ko‘paygan summasiga, mazkur mablag‘larning yuqorida ko‘rsatilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirilishi sharti bilan kamaytiriladi.
Bunda jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishini hisoblab chiqarish uchun bazis davri sifatida hisobot yilining boshi qabul qilinadi va ko‘payish 20406, 20606, 22618 va 23604 hisobvaraqlar bo‘yicha hisobot davri (chorak, yarim yil, 9 oy, yil) boshi va oxirining farqi sifatida aniqlanadi.
Mazkur imtiyozni qo‘llash uchun tijorat banklari ko‘payish summasini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish uchun maqsadli foydalanilgan holda alohida hisob raqamda aks ettirishi kerak.
Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishi hisobiga imtiyozlarni qo‘llash hisob-kitobi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo‘yicha omonatlari va joylashtirilgan jamg‘arma sertifikatlari hajmining ko‘payishi hisobiga imtiyozlarni qo‘llashga doir shartli misol mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan.
Vakolatli banklar uchun jalb etiladigan bo‘sh valyuta mablag‘larini Birlashgan barqarorlashtirish jamg‘armasiga yo‘naltirishda olinadigan marja summasiga soliq solinadigan daromadlar (foyda) kamaytiriladi.
Tijorat banklarning Imtiyozli kredit berish jamg‘armasining resurslarini oshirishga yo‘naltiradigan va Jamg‘armaning kreditlari hisobiga olingan daromadlari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi tashkil etilgan paytdan boshlab 5 yil muddatga daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi.
O‘stirmaslik maqomini olgan kredit bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq daromadlar hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.
Kredit tashkilotlari Daromad (foyda) solig‘i hisob-kitobini davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etadilar. Hisob-kitobga 02041S-son shakldagi “Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot” ilova qilinishi lozim.
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi “Hisoblangan daromad soliqlari — to‘lanadigan” balans hisobvaraqda (tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari uchun 22502 balans hisobvaraqda, kredit uyushmalari uchun 22416 balans hisobvaraqda) “Daromad (foyda) solig‘i” alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Soliqni hisoblashda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 56902 “Daromad solig‘ini baholash”;
Kredit 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 56902 “Daromad solig‘ini baholash”;
Kredit 22416 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”.
Amalda to‘langanda quyidagi o‘tkazmalar amalga oshiriladi:
tijorat banklari bo‘yicha:
Debet 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10301 “O‘zRMB vakillik hisob raqamidan olinadigan — Nostro” yoki Davlat soliq inspeksiyasining hisobvarag‘i.
Kredit uyushmalari bo‘yicha:
Debet 22416 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Mikrokredit tashkilotlari bo‘yicha:
Debet 22502 “Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari — to‘lanadigan”;
Kredit 10503 “Banklarda joylashtirilgan talab qilib olinguncha depozitlar”.
Soliqlarni hisoblash uchun kredit tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari to‘lov vaqti hamda pulning kelib tushishi sanasidan qat’iy nazar, ular qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida aks ettiriladi va quyidagilarga bo‘linadi:
Kredit tashkilotlarining daromadlari:
a) hisoblangan foizli daromadlar.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan foizlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli muddat berilgan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar shartnomaga asosan olish muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining soliqqa tortiluvchi daromadi sifatida ko‘rilmaydi.
b) foizsiz daromadlar, jumladan:
vositachilik haqi va xizmatlar uchun to‘lovlardan olingan daromadlar;
xorijiy valyutalardagi foyda;
boshqa foizsiz daromadlar.
Kredit tashkilotlarining xarajatlari:
a) hisoblangan foizli xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida olingan kredit resurslari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida berilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar, shartnomaga asosan to‘lov muddati yetib kelmagunicha kredit tashkilotining xarajati sifatida ko‘rilmaydi.
b) foizsiz xarajatlar, jumladan:
vositachilik xarajatlari va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar;
xorijiy valyutalarda ko‘rilgan zararlar;
tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar;
investitsiyalardan ko‘rilgan zararlar;
boshqa foizsiz xarajatlar;
v) kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash;
g) foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan operatsion xarajatlar:
ish haqi va xodimlar uchun qilingan boshqa xarajatlar;
ijara va ta’minot xarajatlari;
xizmat safari va transport xarajatlari;
ma’muriy xarajatlar;
reprezentatsiya va xayriya;
eskirish xarajatlari;
sug‘urta, soliqlar va boshqa xarajatlar;
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash (kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash bundan mustasno).
1. Rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar, shu jumladan:
a) vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq;
b) ayrim tarmoqlar xodimlariga bepul ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, beriladigan ovqatlar, mahsulotlar qiymati, xodimlarga bepul beriladigan uy-joy haqini to‘lash xarajatlari (bepul berilmagan uy-joy, ko‘rsatilmagan kommunal xizmatlar va shu kabilar uchun pul kompensatsiyasi summasi);
v) jamoa shartnomasi bo‘yicha xodimlarga qo‘shimcha ravishda (qonunchilikda nazarda tutilgandan ortiqcha) berilgan ta’tillar, ular bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari;
g) xodimlarga beriladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) yoki umumiy ovqatlanish uchun yordamchi xo‘jaliklar tayyorlaydigan mahsulotlar narxlari bo‘yicha tafovutlar;
d) qonunchilikda nazarda tutilgan normalardan ortiqcha xizmat safarlari bilan bog‘liq to‘lovlar;
e) tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz to‘lanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yo‘qotishlar bilan bog‘liq nafaqalar;
j) xizmatlar qiymatini to‘lash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari bo‘yicha xarajatlar;
z) xodimlarga bayram va muhim sana bilan bog‘liq rag‘batlantiruvchi bir marta beriladigan mukofotlar;
i) xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish;
k) xodimlar xarajatlarini to‘lash (ovqatlanishga, yo‘l haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga va sayohatlarga yo‘llanmalarga, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlarga, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishga, obunaga va xodimlarning shaxsiy iste’mol tovarlariga hamda boshqa shu kabilarga to‘lovlarga);
l) pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar;
m) xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam, xodimning jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi va xodim oila a’zolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamdan tashqari.
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar.
3. Sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha ajratmalar, mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari bundan mustasno.
4. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha vakillik xarajatlari.
5. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqa xarajatlariga ajratmalar.
6. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash va boshqalar.
7. Xodimlarning ixtiyoriy sug‘urtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno.
8. Kredit tashkilotlari sohasiga to‘g‘ri kelmaydigan kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari.
9. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir bo‘lgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib ko‘rish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) bo‘yicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin bo‘lmagan miqdorda qoplanadi.
10. Qatnashchilardan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun to‘lov.
11. O‘z xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklariga sarflangan xarajatlardan ko‘rilgan zararlar.
12. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari.
13. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa ish turlari) bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar.
14. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa), madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
15. Sud xarajatlari.
16. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
17. Kredit tashkilotlarining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilish)dan ko‘rilgan zararlar, ular tomonidan uch yildan ortiq ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zararlar bundan mustasno.
18. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan, mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek, yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
19. Soliq qonunchiligi va boshqa qonunchilikni buzganlik uchun jarima va penyalar.
20. To‘langan boshqa jarimalar.
21. Boshqa operatsion xarajatlar.
21. Boshqa operatsion xarajatlar.
23. Qimmatli qog‘ozlarni sotishda yuzaga kelgan zararlar.
24. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini muddatidan oldin to‘lash munosabati bilan vujudga kelgan diskont, agar u budjetdan qarzlarni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa.

Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling