Reja: Sopolimerlanish


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1085203
Bog'liq
Презентация



SOPOLIMERLANISH REAKSIYASI 
BO`YICHA OLINADIGAN SINTETIK 
KAUCHUKLAR


REJA:
1.Sopolimerlanish 
reaksiyalarining ahamiyati va 
mohiyati.
2.Sopolimerlanish 
reaksiyalarning turlari.
3.Sopolimerlanish konstantlari.
4.Monomer va sopolimerlar 
tarkibining o`zaro bog`liqligi.


1. SOPOLIMERLANISH REAKSIYALARINING AHAM
IYATI VA MOHIYATI.
Sopolimerlanish reaksiyasi deb ikki va undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish
reaksiyasiga aytiladi. Hosil bo`lgan polimer esa sopolimer deb ataladi. Sopolimerlanish
reaksiyasida har qanday monomer ikkinchi komponent sifatida qatnashib, hosil bo`ladigan
polimerni o`ziga xos yangi xususiyatlar bilan boyitadi va polimerning fizik – kimyoviy xossalarini
o`zgartiradi. Masalan, akrilonitrilning gomopolimeri tola hosil qiluvchi xossaga ega, lekin olingan
tolalar mo’rt va yaxshi bo’yalmaydi. Bu kamchiliklarni yoqotish va tolaning elastikligini oshirish
uchun akrilonitrilning metakrilat va itakon kislotasi bilan sopolimerini hosil qilish kerak







• Sopolimerlarning kimyoviy tuzilishi monomerlarning xossalariga va reaksiya sharoitiga bog’liq
bo’ladi. Sopolimer zanjirining o’sishida monomerlarni biriktirishiga ko’ra sopolimerlanish
reaksiyalari 4 turga bo’linadi: 1. Statistik sopolimerlanish. Bunda initsiator va katalizatorga
nisbatan reaksion qobiliyati bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. 
Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: nA + mB →…– A – B – B – A – B – A –
A – B –…


• Agar monomerlarning reaksion qobiliyati har xil bo’lsa, zanjirning o’sishi turli tezlikda, turli
yo’llar bilan ketishi mumkin. Bu holda polimerlanish jarayonida monomerning konsentratsiyasi
va sopolimer tarkibi o’zgaradi. Statistik sopolimerlanish radikal va ionli mexanizm bo’yicha
borishi mumkin. 2.Almashinib keluvchi sopolimerlanish. Reaksiyaga kirishish qobiliyati bir xil, 
ammo qutbliligi har xil bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha
tasvirlash mumkin: nA + mB →… – A – B – A – B – A – B – … Agar sistemada
sopolimerlarning donor-akseptor kompleksi hosil bo’lsa, u holda makromolekula zanjirida
monomer bo’g’inlarining qat’iy almashinib kelishi kuzatiladi.


3.BLOK SOPOLIMERLANISH.
• Bunda qutbliligi bir xil bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha
tasvirlash mumkin: nA + mB →…– A – A –
А – B – B – В – А – А – А –… Blok sopolimer, asosan, 
ikki yoki undan ortiq chiziqsimon polimer yoki chiziqsimon polimer bilan monomerlarning o`zaro
ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Blok sopolimerlarning sintezi radikal va bosqichli mexanizm bilan
borishi mumkin. Amalda blok sopolimer quyidagi yo`llar bilan sintez qilinadi: a) ikki xil polimer
makromolekulalari turli yo`llar bilan makroradikallarga aylantiriladi va bunday makroradikallarni
o`zaro biriktirish natijasida blok sopolimer hosil qilinadi; b) biror polimer makromolekulalarini
aktivlashtirish yo`li bilan makroradikallar hosil qilinadi, so`ngra bu makroradikallarga ikkinchi xil
monomer ta`sir ettirib blok sopolimer olinadi; v) makromolekulalarining uchlaridagi funksional
guruhlari turlicha bo`lgan ikki xil polimer makromolekulalarini o`zaro kondensatlanish reaksiyasiga
kiritish bilan ham chiziqsimon blok sopolimer hosil qilinadi.


• 4. Payvand sopolimerlar
chiziqsimon biror polimer makromolekulasining yoniga boshqa
chiziqsimon polimer zanjirini ulash yoki biror monomerni unga payvand polimerlash natijasida
hosil qilinadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:





4.
MONOMERLAR VA SOPOLIMERLAR TARKIBINI
NG O`ZARO BOG`LIQLIGI.
• Sopolimerlanish reaksiyasida monomerlarning reaksion qobiliyati gomopolimerlanishdagi kabi
monomerlarning kimyoviy tuzilishiga, undagi o`rinbosarlar va qo`sh bog`larning qutblanish
ta`siriga bog`liqdir. 1 – egri chiziq (r1 = 0,1; r2 = 1,0) B monomer aktiv bo`lgandagi
sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi. 2 – egri chiziq esa (r1 = 1,0; r2 = 0,1) A monomer aktiv
bo`lgandagi sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi. 3 – egri chiziq r1 va r2 ning qiymatlari
o`zaro teng bo`lgan sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi (masalan, r1 = r2 = 0,135). 4 – egri
chiziq r1 va r2 ning qiymatlari o`zaro teng va 1 dan katta bo`lgandagi sopolimerlanish
reaksiyasini ifodalovchi nazariy chiziq, ya`ni bunday hol tajribada shu vaqtgacha
uchratilmagan. Tajriba yo`li bilan topilgan nisbiy aktivlik koeffitsientlarining ko`paytmasi har
doim 1 dan kichik yoki unga teng bo`ladi


SOPOLIMER 
TARKIBINING 
DIAGRAMMASI


E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling