Reja: Sopolimerlanish
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Презентация
SOPOLIMERLANISH REAKSIYASI BO`YICHA OLINADIGAN SINTETIK KAUCHUKLAR REJA: 1.Sopolimerlanish reaksiyalarining ahamiyati va mohiyati. 2.Sopolimerlanish reaksiyalarning turlari. 3.Sopolimerlanish konstantlari. 4.Monomer va sopolimerlar tarkibining o`zaro bog`liqligi. 1. SOPOLIMERLANISH REAKSIYALARINING AHAM IYATI VA MOHIYATI. Sopolimerlanish reaksiyasi deb ikki va undan ortiq tur monomerlarning birgalikda polimerlanish reaksiyasiga aytiladi. Hosil bo`lgan polimer esa sopolimer deb ataladi. Sopolimerlanish reaksiyasida har qanday monomer ikkinchi komponent sifatida qatnashib, hosil bo`ladigan polimerni o`ziga xos yangi xususiyatlar bilan boyitadi va polimerning fizik – kimyoviy xossalarini o`zgartiradi. Masalan, akrilonitrilning gomopolimeri tola hosil qiluvchi xossaga ega, lekin olingan tolalar mo’rt va yaxshi bo’yalmaydi. Bu kamchiliklarni yoqotish va tolaning elastikligini oshirish uchun akrilonitrilning metakrilat va itakon kislotasi bilan sopolimerini hosil qilish kerak • Sopolimerlarning kimyoviy tuzilishi monomerlarning xossalariga va reaksiya sharoitiga bog’liq bo’ladi. Sopolimer zanjirining o’sishida monomerlarni biriktirishiga ko’ra sopolimerlanish reaksiyalari 4 turga bo’linadi: 1. Statistik sopolimerlanish. Bunda initsiator va katalizatorga nisbatan reaksion qobiliyati bir xil yoki bir-biriga yaqin bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: nA + mB →…– A – B – B – A – B – A – A – B –… • Agar monomerlarning reaksion qobiliyati har xil bo’lsa, zanjirning o’sishi turli tezlikda, turli yo’llar bilan ketishi mumkin. Bu holda polimerlanish jarayonida monomerning konsentratsiyasi va sopolimer tarkibi o’zgaradi. Statistik sopolimerlanish radikal va ionli mexanizm bo’yicha borishi mumkin. 2.Almashinib keluvchi sopolimerlanish. Reaksiyaga kirishish qobiliyati bir xil, ammo qutbliligi har xil bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: nA + mB →… – A – B – A – B – A – B – … Agar sistemada sopolimerlarning donor-akseptor kompleksi hosil bo’lsa, u holda makromolekula zanjirida monomer bo’g’inlarining qat’iy almashinib kelishi kuzatiladi. 3.BLOK SOPOLIMERLANISH. • Bunda qutbliligi bir xil bo’lgan monomerlar ishtirok etadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: nA + mB →…– A – A – А – B – B – В – А – А – А –… Blok sopolimer, asosan, ikki yoki undan ortiq chiziqsimon polimer yoki chiziqsimon polimer bilan monomerlarning o`zaro ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Blok sopolimerlarning sintezi radikal va bosqichli mexanizm bilan borishi mumkin. Amalda blok sopolimer quyidagi yo`llar bilan sintez qilinadi: a) ikki xil polimer makromolekulalari turli yo`llar bilan makroradikallarga aylantiriladi va bunday makroradikallarni o`zaro biriktirish natijasida blok sopolimer hosil qilinadi; b) biror polimer makromolekulalarini aktivlashtirish yo`li bilan makroradikallar hosil qilinadi, so`ngra bu makroradikallarga ikkinchi xil monomer ta`sir ettirib blok sopolimer olinadi; v) makromolekulalarining uchlaridagi funksional guruhlari turlicha bo`lgan ikki xil polimer makromolekulalarini o`zaro kondensatlanish reaksiyasiga kiritish bilan ham chiziqsimon blok sopolimer hosil qilinadi. • 4. Payvand sopolimerlar chiziqsimon biror polimer makromolekulasining yoniga boshqa chiziqsimon polimer zanjirini ulash yoki biror monomerni unga payvand polimerlash natijasida hosil qilinadi. Umumiy ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin: 4. MONOMERLAR VA SOPOLIMERLAR TARKIBINI NG O`ZARO BOG`LIQLIGI. • Sopolimerlanish reaksiyasida monomerlarning reaksion qobiliyati gomopolimerlanishdagi kabi monomerlarning kimyoviy tuzilishiga, undagi o`rinbosarlar va qo`sh bog`larning qutblanish ta`siriga bog`liqdir. 1 – egri chiziq (r1 = 0,1; r2 = 1,0) B monomer aktiv bo`lgandagi sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi. 2 – egri chiziq esa (r1 = 1,0; r2 = 0,1) A monomer aktiv bo`lgandagi sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi. 3 – egri chiziq r1 va r2 ning qiymatlari o`zaro teng bo`lgan sopolimerlanish jarayonini ifodalaydi (masalan, r1 = r2 = 0,135). 4 – egri chiziq r1 va r2 ning qiymatlari o`zaro teng va 1 dan katta bo`lgandagi sopolimerlanish reaksiyasini ifodalovchi nazariy chiziq, ya`ni bunday hol tajribada shu vaqtgacha uchratilmagan. Tajriba yo`li bilan topilgan nisbiy aktivlik koeffitsientlarining ko`paytmasi har doim 1 dan kichik yoki unga teng bo`ladi SOPOLIMER TARKIBINING DIAGRAMMASI Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling