Reja: sssrning tashkil topishi


Download 45.31 Kb.
Sana21.09.2023
Hajmi45.31 Kb.
#1683557
Bog'liq
SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOBIQ SOVET RESPUBLIKALARIDA MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI


MAVZU: SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOBIQ SOVET RESPUBLIKALARIDA MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI


REJA:


1. SSSRning tashkil topishi

2. SSSRning parchalanishi

3. MDHning tashkil topishi






SSSR tarkibiga kirgan davlatlar Rossiya Ukraina Belorussiya

Armaniston Gruziya Ozarbayjon

1925-yilda O‘zbekiston Turkmaniston

1929-yilda Tojikiston

1936-yilda Qozoqiston Qirg’iziston

1940-yilda Moldova Latviya

Litva Esoniya

SSSRning parchalanishi 1990-yil


Litva
Latviya
Estoniya
1991-yil
Rossiya
O‘zbekiston
Gruziya
Turkmaniston
Qozog‘iston

MDHning tashkil topishi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991- yil 8 - dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan.


MDH
Rossiya
Ukraina
Belorussiya

MDH bayrog’i Davlatlar

Imzoladi

Armaniston

1991-yil 21-dekabr



Ozarbayjon

1991-yil 21-dekabr



Belorussiya

1991-yil 8-dekabr



Qozog’iston

1991-yil 21-dekabr



Qirg’iziiston

1991-yil 21-dekabr



Moldova

1991-yil 21-dekabr



Rossiya

1991-yil 8-dekabr



Tojikiston

1991-yil 21-dekabr



Turkmaniston

1991-yil 21-dekabr



Ukraina

1991-yil 8-dekabr



O‘zbekiston

1991-yil 21-dekabr


Gruziya MDHga 1993-a’zo bo’ldi Moʻgʻuliston MDHning baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda. 2008-yili MDH tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, MDHning „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.

MDH sammitidan lavha

Gruziya 2008-yili, Ukraina esa 2014-yildan MDH faoliyatida qatnashmasligini ma’lum qildi.

2000-yillardan boshlab MDH davlatlari yaxshi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatib kelmoqda. 2012-yil natijalari bo‘yicha MDH davlatlarida YIM n in g o‘sishi 4 % ni tashkil qildi. Aholi jon boshiga YIM n in g hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq kabi mintaqalarni quvib o‘tdi.


Bolsheviklar qanday jamiyat qurmoqchi bo`lgan edilar?
Bolsheviklar oʻzlari qurmoqchi boʻlgan yangi jamiyatni kommunistik jamiyat deb ataganlar. Ularning fikricha: bu jamiyat oʻz taraqqiyotida ikki bosqichni bosib oʻtishi kerak edi. Birinchi bosqichni sotsializm, ikkinchi bosqichni esa kommunizm deb ataganlar.
Sotsializm — kommunistik jamiyatning quyi bosqichi, kommunizm esa yuqori bosqichi edi. U sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida vujudga kelar edi.
1917- yilning 14-noyabrida Sovet hukumati xususiy zavod va fabrikalada ishchi nazoratini oʻrnatish toʻgʻrisida qaror chiqardi.
Noyabr oxirida yirik sanoatni milliylashtirish (davlat ixtiyoriga olish) boshlandi. 14-dekabrda esa xususiy banklarni, temiryoʻl transportini milliylashtirish, tashqi savdoga davlat ffionopoliyasini oʻrnatish, ichki va tashqi qarzlarni bekor qilish haqida dekret qabul qilindi. Shu tariqa 1918- yil bahoriga kelib yirik xususiy sanoatning talaygina qismi: koʻmir, metallurgiya, neft, kimyo, mashinasozlik, toʻqimachilik va qand sanoati, transport, savdo floti va tashqi savdo ham milliylashtirildi va Sovet davlati xalq xo'jaligining yetakchi tarmoqlarini oʻz qoʻliga oldi.
Bu tadbirlar shunday shiddatkorlik va murosasizlik, terror yoʻli bilan amalga oshirildiki, bolsheviklar rahbari V. I. Lenin bu hodisani «kapitalga qizil gvardiyachasiga hujum qilish», deb mag'rurona baholagan edi. Mulkdorlar jon saqlash uchun chet ellarga qochib ketdilar.
Xalq xoʻjaligi davlat sektorini boshqarish maqsadida 1917-yilning 1- dekabrida Xalq xoʻjaligi Oliy Kengashi tuzildi. Bu Kengashga juda katta vakolatlar berildi. Jumladan, u istagan korxonani musodara qila olar, egallab olar, shuningdek yopib qoʻyar edi.
1918- yilning bahoridan boshlab «Yer toʻgʻrisida»gi dekretni amalgoshirish boshlandi. Barcha yer davlat mulki deb e'lon qilindi. Pomeshchik yer egaligi tugatildi. Yerni dehqonlarga taqsimlab berish boshlandi. Yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanish taqiqlandi.
Yerni taqsimlab berish jarayonida Sovet hokimiyati faqat kambagʻal dehqonlar manfaatini koʻzlab ish tutdi. Bu esa oʻrta hol (oʻziga toʻq) va boy dehqonlar (quloqlar — yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanuvchilar)ning keskin noroziligiga sabab boʻldi. Bolsheviklar quloqlarni qishloq burjuaziyasi, deb ham atashardi. Tovar gʻallaning asosiy qismi quloq xoʻjaliklarida yetishtirilardi.
Sovet hukumati siyosatidan norozi boʻlgan quloqlar oʻz gʻallalarini davlat belgilagan narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi roʻy berdi. Bareha markaziy sanoat gubernalarida ochlik boshlandi. Petrograd va Moskvada ishchilarga 50 grammdan non beriladigan boʻldi.
Shunday sharoitda Sovet hukumati g'alla yetishtiruvchi asosiy tabaqa — quloqlar bilan sogʻlom aql nuqtayi nazaridan til topishish oʻrniga zo'ravonlik siyosatini qoʻllashga oʻtdi. 1918-yilning mayidan boshlab mamlakatda oziq-ovqat diktaturasi oʻrnatildi. Oziq-ovqat komissarligiga (vazirligiga) favqulodda vakolatlar berildi. Mamlakatda don bilan erkin savdo qilish taqiqlandi. Donga qat’iy baho belgilandi. Dehqonlar oʻzlariga iste’mol va urugʻ uchun belgilangan normada gʻalla qoldira olar, qolganini esa davlatga topshirishga majbur edilar. G 'allani yashirganlar «xalq dushmani» deb e’lon qilinardi va ularni 10 yillik ozodlikdan mahrum etish hamda mol-mulkini musodara qilish jazosi kutardi.
1918-yilning o'zidayoq quloqlardan 13 mln. pud don va 50 mln. gektar yer tortib olinadi. Davlat, ayni paytda, dehqonlarga boʻlib berilganidan ortib qolgan yerda sovet xoʻjaligi(sovxoz), ya’ni sovet davlatining qishloq xoʻjalik korxonasini tuza boshladi. Sovxozlarda ishlovchilar qishloq xo'jaligi ishchilari hisoblanardi. 1918-yilning oxiriga kelganda sovxozlar soni 3 mingdan ortiq boʻlib, ularning yer maydoni 2 mln. desyatinaga yaqin edi.
Sovxozlardan tashqari, dastlabki jamoa xo'jaligi — yerni birgalashib ishlovchi shirkatlar ham tuzila boshlandi. Bu shirkatlarga asosan hech narsasi yoʻq dehqonlar va batraklar birlashgan edilar.
Sovet davlati oʻzining 74 yillik umrining eng gullab-yashnagan davrida ham aholisini chet eldan gʻalla sotib olib ta'minlashga majbur boʻlgan edi. Buning ildizi 1918-yilga borib taqaladi. Chunki xuddi shu yildan boshlab gʻalla yetishtirivchi asosiy qatlam — boy dehqonlar yoʻqotila boshlangan edi. Bu boy dehqonlar, aslida, bugungi rivojlangan davlatlardagi ishbilarmon, tadbirkor fermerlar kabi edi.
Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi
Umumiy koʻlamdagi fuqarolar umshi 1918-yilning yozidan boshlandi va 1920-yilning oxirigacha davom etdi. Ayni shu yillar davomida Antanta davlatlari bosqinchilik yurishlari ham uyushtirdi. Shuning uchun 1918-yilning yozidan 1920-yilning oxirigacha boʻlgan davr Sovet davlati tarixiga fiiqarolar umshi va chet el intervensiyasi davri sifatida kirdi. Xoʻsh, fuqarolar umshi va chet el intervensiyasining sabablari nima edi?
1918-yilning yanvar oyida Ruminiya Sovet hukumatining ogʻir ahvolidan foydalanib, Bessarabiyani bosib oldi. Mart-aprel oylarida Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH Murmansk va Arxangelskka, Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya Uzoq Sharqqa qo'shin tashladi. Turkiya esa Armanistonni va Ozarbayjonning katta qismini bosib oldi. Buyuk Britaniya qoʻshinlari esa Turkmanistonning bir qismini egalladi.
Antanta rahbarlari birinchi jahon urushi yillarida Avstriya — Yengriyaning asir olingan Rossiyadagi chex va slovak millatiga mansub askarlaridan foydalanishga ham qaror qildilar. Antanta Muvaqqat hukumat bilan kelishgan holda ulardan alohida chexoslovak korpusi deb atalgan korpus tuzdi va qurollantirildi. 45 ming kishilik bu korpus Antanta qoʻmondonligiga boʻysunar edi.
Biroq sovet hukumati urushdan chiqqach, bu harbiy korpusning urush harakatlarida qatnashishiga yoʻl qo'ymadi va bu korpusni mamlakat hududidan chiqarib yuborishni istadi hamda uning Vladivostok orqali Fransiyaga jo ʻnab ketishiga ruxsat berdi. Korpusning eshelonlari Volgadan to butun Transsibir temir yoʻl magistrali bo'ylab choʻzilib ketgan edi. 1918- yilning may oyi oxirida korpus Sovet hokimiyatiga qarshi isyon koʻtardi. Aslida bu sovet davlatiga qarshi Antanta uyushtirgan ochiq harbiy hujum edi. Ularga Sovet hokimiyatining barcha ichki dushmanlari qoʻshildi. Isyonchilar qisqa vaqt ichida Volgaboʻyi, Ural, Sibir va Uzoq Sharqni egalladilar va u yerlarda Sovet hokimiyatini ag'darib tashladilar.
Shu tariqa Sovet Rossiyasi tarixida fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi davri boshlandi. Bolsheviklar armiyasi qizil armiya deb, ularning ichki dushmanlari armiyasi esa oq gvardiyachilar, deb atala boshlandi.
1918-yilning yozi oxiriga kelganda Sovet hokimiyati ahvoli nihoyatda ogʻirlashdi. Ana shunday sharoitda Sovet hokimiyati oʻzini saqlab qolish uchun qator qat'iy va favqulodda choralar koʻrdi. Qizil armiyada mustahkam tartib oʻmatdi. 1918-yil oxiriga kelib qizil armiya soni 1 mln. kishiga yetkazildi. Sobiq podsho Rossiyasining 75000 general va zobitini oʻz tomoniga tortishga erishdi. Ularsiz zamonaviy muntazam armiyani tuzib boʻlmas edi. Armiyadan qochganlar uchun eng ogʻir jazo belgilandi. Bundan tashqari, Sovet hukumati Sovet davlatini «yagona harbiy lager» deb e’lon qildi.
1918-yilning sentabr oyida V. I. Leninga uyushtirilgan suiqasddan soʻng mamlakatda qizil terror tartibi joriy etildi. 80 mingdan ortiq kishi konsentratsion lagerlarga tashlandi. Ayni paytda Sovet hokimiyati 1919-yildan boshlab mamlakatda harbiy kommunizm» siyosatini joriy etdi. Uning mazmunini oziq-ovqat razvyorstkasi deb atalgan tartib joriy etilganligi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyorstkasi — bu dehqonlarning oʻzlaridan ortiqcha qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hammasini davlatga majburiy tartibda topshirishidir. Davlatga gʻalla ochqolayotgan shahar aholisini (Sovet hokimiyatining asosiy tayanchi boʻlgan ishchilami) va qizil armiyani non bilan ta’minlash uchun zamr edi.
Bundan tashqari, «harbiy komunizm» — bu xususiy savdoning batamom taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida taqsimlash, faqat yirik va oʻrta sanoatgina emas, hatto mayda sanoatni ham milliylashtirish, boshqamvning oʻta markazlashtirilishi ham edi.
Xoʻsh, nega bu siyosat «harbiy kommunizm» siyosati deb atalgan? Bu iboradagi «harbiy» soʻzi — bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida qoʻllanilganligini anglatadi. «Kommunizm» soʻzi esa 1919—1921-yillarda Sovet Rossiyasida marksizm-leninizm ta'limoti tasawuridagi komunizmga xos quyidagi xususiyatlarga amal qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin, mehnat uchun pul tolanmasligi; aholiga iste'mol mollarini taqsimlab berishning amal qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi.
Frontlardagi o'zgarishlar
Toʻrtlar ittifoqining yengilishi Antantaga Sovet Rossiyasi hududiga kiritilgan qoʻshinlarining sonini ko'paytirishga imkon berdi. Chunonchi, 1919-yilning fevral oyida Antantaning Rossiya janubiy hududiga tashlangan qoʻshinining soni 130 ming, Uzoq Sharq va Sibirdagi q0ʻshini esa 20 ming kishiga yetkazildi. Ayni paytda, Antanta oq gvardiyachiiami qoʻllab quvvatlay boshladi.
1918- yilning 18-noyabrida Sibirda hokimiyat oq gvardiyachi admiral A. V. Kolchak qo`liga oʻtdi. U oʻzini Rossiyaning Oliy hukmdori deb elon qildi. 1919-yilning yanvarida Shimolda general Ye. K. Miller, shimoli-gʻarbda general N. N. Yudenich, janubida A. I. Denikin diktaturasi oʻrnatildi.
Biroq Antanta oʻz niyatiga erisha olmadi. Uning qo shiulari mahalliy aholi, qizil armiya qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz tashviqotlari haru qattiq ta'sir koʻrsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan bosh torta boshladilar. Ish hatto ularning oʻz hukumatlari intervensiya siyosatjga qarshi isyon ko'tarishlarigacha borib yetdi. Isyonning eng yirigi Odessa va Sevastopol shaharlari portlarida turgan fransuz harbiy kemalarida yuzberdi. Jangchilaming toTa bolsheviklashuvidan xavfsirab qolgan Antanta oiiy kengashi 1919- yilning aprelidan boshlab oʻz qo'shinlarini Sovet Rossiyast hududidan olib chiqib ketdi.
Endi ulaming asosiy umidi oq gvardiyachilar edi. Antanta davlatlari ularga har tomonlama yordam koʻrsatdilar. 1919-yilning mart oyjda A. V. Kolchak qoʻmondonligidagi yaxshi qurollangan 300 ming kishilik armiya hujumga oʻtdi. S. S. Kamenev va M. V. Frunze qoʻniondonligidagi sovet armiyasi 1920-yil boshida A. V. Kolchak armiyasini tor-mor etdi. Uning oʻzi asir olindi va otib tashlandi.
1919- yilning yozida Janubiy frontda hal qiluvchi janglar boshlandi. 3- iyui kuni general A. I. Denikin armiyasi hujum boshladi. Biroq u ham maqsadiga erisha olmadi. A. I. Yegorov qoʻmondonligidagi Janubiy front qoʻshinlari oktabr oyida A. I. Denikin armiyasining asosiy qismini tor-mor etdi. Uning qolgan qismiga qoʻmondonlik qilish 1920-yilning aprei oyjda general P. N. Vrangel qoTiga oʻtdi va ular Qrimda mustahkamianib oldilar. 1920- yilning iyun oyida P. N. Vrangel armiyasi hujumga 0ʻtdi. Biroq M. V. Frunze qoʻmondonligidagi Janubiy front qoʻshinlari uning hujumini toʻxtatdi. 28-oktabrda esa qarshi hujumga oʻtib, Qrimni toʻla egalladi. Oq gvardiyachilaming qolgan-qutganlari va ularga tarafdor fuqaro qochoqlar kemalarda chet ellarga joʻnab ketdilar.
Shunday qilib, sovet Rossiyasining Yevropa qismida oq gvardiyachilar toʻla tor-mor etildi.
Sovet — Polsha urushi. Chet el intervensiyasi va fuqarolar urushining tugashi
Fransiyaning mablag'iga qurollantirilgan Polsha armiyasi 1920-yilning 25-aprelida Sovet Ukrainasiga hujum qildi va 6-mayda Kiyev shahrini bosib oldi. Polsha hukmron doiralarining maqsadi Boltiq dengizidan Qora dengizgacha choʻziladigan Buyuk Polsha davlatini vujudga keltirish edi. Biroq bu maqsad amalga oshgani yoʻq. 1920-yil 14-may kuni M. N. Tuxachevskiy qoʻmondonligidagi Gʻarbiy front va A. I. Yegorov qoʻmondonligidagi Janubi-G'arbiy front qoʻshinlari qarshi hujumga oʻtdilar. Iyul oyida Polsha armiyasi mamlakat hududidan surib chiqarildi. Shunday boʻlsada, Sovet davlati rahbariyati urush harkatlarini toʻxtatmadi.
Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom ettirish, Polsha poytaxtini egallash va Polshada sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini qoʻydi. Hujum davom etayotgan bir sharoitda hatto F. E. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda komissiyasi raisi) boshchiligida boiajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha zarur ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G ʻarbiy front qo'shinlari Varshava shahri ostonalarida magiubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polshani sovetlashtirish siyosati barbod boidi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha — Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga koʻra, Ukraina va Belomssiyaning gʻarbiy qismlari Polshaga oʻtdi.
Polshani «sovetlashtirish» siyosati barbod bo'lgan boʻlsa-da, Sovet hukumati bu siyosatni boshqa chekka oʻlkalardagi xalqlarning milliy-ozodlik harakatini qonga botirish orqali amalga oshirdi. Chunonchi, 1920-yilning aprel oyida Ozarbayjonda, noyabr oyida esa Armanistonda, 1920-yilning fevral-mart oylarida Gruziyada shunday qilindi.
Oʻrta Osiyoni sovetlashtirish maqsadida Turkiston ASSR tuzildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi oʻrnida 1920-yilning fevralida Xorazm, oktabr oyida esa Buxoro Xalq Respublikalari tuzilganligi e’lon qilindi.
A. B. Kolchak armiyasi tor-mor etilgach, Qizil Armiya 1920-yilning bahorida Uzoq Sharq tomon yurish boshladi. Uzoq Sharqni bu davrda Yaponiya egallab olgan edi. 1922-yilda Qizil Armiya Vladivostok shahrini egalladi va Uzoq Sharq oq gvardiyachilar hamda interventlardan toʻla tozalandi.
Shu tariqa fuqarolar umshi va chet el intervensiyasi bolsheviklar gʻalabasi bilan tugadi. Bolsheviklar g'alabasining asosiy sababi — ularning mamlakat aholisi asosiy qismi boʻlgan mayda va oʻrta hol dehqonlar tomonidan qoʻllabquwatlanishga erishganliklari edi. Ayni paytda milliy chekka oʻlkalarda ham ularni qoʻ llab-quvvatlovchi kuchlar bo'lgan edi.
Oq gvardiyachi hukumatiar esa Rossiya hududining bodinmasligi va davlatning yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, ularning milliy chekka oʻlkalarda qoʻllab-quwatlanmasligiga sabab boʻlgan.
1919-yildan Sovet hokimiyati oʻrta hol dehqonlarga nisbatan siyosatni o'zgartirdi. Agar awalgi yillarda u oʻrta hol dehqonlarni betaraf qoldirish siyosatini yuritgan boʻlsa, endi uni oʻz tomoniga ogʻdirish siyosatini yurita boshladi. Ayni paytda Sovet davlati Antanta davlatlari oʻrtasidagi ziddiyatlardan ustalik bilan foydalana oldi. Chunonchi, oʻziga qoʻshni davlatlar — Finlandiya, Estoniya, Latviya va Litva bilan tinchlik shartnomalari, Shvetsiya va Daniya bilan oʻzaro manfaatli savdo shartnomalari imzolay oldi.
Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatining tor-mor etilishi
Bolsheviklar ilgari surgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaq yot tushuncha edi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu mafkurani avval boshdanoq oʻziga singdira olmadi. Ikkinchidan, Sovet hukumati oʻrnatilgan dastlabki kundanoq unga mahalliy aholi vakillari jalb etilmadi. Bu bilan bobolarimiz milliy gʻururi va haq-huquqi inkor qilindi. Shu tariqa, Turkistonda oʻrnatilgan sovet tuzumi podsho Rossiyasi mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi dastlabki kunlardanoq oshkor boʻlib qolgan edi. Uchinchidan, Sovet hokimiyati mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlarini toptagan, oyoq osti qilgan edi. Shuning uchun ham millatparvar, erksevar kuchlar 1917-yilda Turkiston Muxtoriyatini tuzdi.
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan fargʻonaliklar Turkistonda birinchi boʻlib bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Turkistonda milliy-ozodlik harakati 1918-yilning fevral oyida boshlandi. Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom pahlavon va Yormat Maxsum kabilar bu harakat yo'lboshchilari bo'ldilar. Sovet hokimiyati Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatini bosmachilik harakati, deb tahrirladi.
«Bosmachi» deyilganda xalq oʻrtasida harbiy sohaga aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻrilar va bezorilar toʻdasi tushunilgan. Xoʻsh, Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining harakatlantiruvchi kuchlari ana shunday jinoyatchi toʻdalar edimi? Aslo unday emas. Ular Turkistonni bosqinchi bolsheviklar armiyasidan tozalash, Sovet hokimiyatini tugatish, milliy mustaqil davlatga ega boʻlish uchun kurashganlar. Bu kurash 1935- yilgacha davom etdi. Biroq bu harakat Sovet hokimiyati tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi.
Yangi iqtisodiy siyosat
Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi natijasida Sovet Rossiyasi katta talafot ko'rdi. Chunonchi, xalq xoʻjaligiga yetkazilgan zarar 50 mlrd. oltin soʻmni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 1920-yilda 1913- yilga nisbatan 7 baravar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish esa 3 foizga kamaydi. Urush maydonlarida, shuningdek, ochlik va kasallik, oq va qizil terror natijasida 8 mln. kishi halok boʻldi. 2 mln. kishi siyosiy boshpana izlab mamlakatdan chiqib ketdi. Ulaming 75 mingdan ortigʻi ilgʻor va talantli ziyolilar edi.
Ishchilarning soni 2 baravar kamaydi. Ularning ma’lum qismi sinfiy qiyofasini yo'qotdi. Ishsizlik kuchaydi, bu hol ularda afsuslanish, loqaydlik, tushkunlik kayfiyatini kuchaytirdi. Ayni paytda, ishchilar orasida sovet hokimiyati siyosatidan norozilik ham kuchayib bordi. Ishchilar madadidan ayrilish sovet hokimiyati uchun hayot-mamot masalasi edi. 1920-yilning oxiriga kelganda dehqonlar oziq-ovqat razvyorstkasi siyosatiga ochiqdanochiq qarshi chiqa boshladi.
Bu tahdid sovet hokimiyati uchun qanday oqibatga olib kelishi mumkinligini 3,5 millionli Qizil Armiyaning 77 foizini dehqonlar tashkil etganhgidan bilsa ham boʻlar edi. Ahvol shaharlarda ish tashlashga, qishloqlarda esa dehqonlarning isyoni kuchayishigacha borib yetdi.
Norozilik armiyaga ham kirib bordi. Chunonchi, 1921-yilning fevral oyida Kronshtadt harbiy-dengiz qafasida isyon koʻtarildi. Sovet hukumati isyonni kuch bilan bostirdi. Sovet hukumati «harbiy kommunizm» siyosatini bekor qilishga, 1921-yil bahorida uning oʻmiga yangi iqtisodiy siyosat (nep)ni joriy etish yo'lini tutishga majbur boʻldi. Yangi iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlarini mashhur iqtisodchi M. A. Lorin ishlab chiqqan.
Yangi iqtisodiy siyosat tez orada oʻz samarasini koʻrsata boshladi. Chunonchi, 1922-yilda mahsulotlami taqsimot asosida berish bekor qilindi. 1925- yilga kelib don yetishtirish 1909— 1913-yillar oralig'idagi yillik ko'rsatkich darajasidan oshdi. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha 1926- yilda 1913-yilgi koʻrsatkichga erishildi. Sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishda 1913-yil koʻrsatkichiga 1926—1927-yillarda erishildi. Iste’mol buyumlari ishlab chiqarish esa 1913-yildagi koʻrsatkichuing 72 foizini tashkil etdi.
SSSRning tashkil etilishiBolsheviklar partiyasi har bir millatga oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini berish haqidagi va’dasidan tez orada voz kechdi.
Sovet davlati (RSFSR) rahbarlari sobiq Rossiya imperiyasi hududini mumkin qadar yana awalgi chegaralarda saqlab qolishga urindilar. Xoʻsh, nega shunday boʻldi? Bolsheviklar fikricha, birinchidan, yagona imperiya saqlanmasa, Rossiya jahon inqilobi tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi boʻlishdek strategik vazifaning uddasidan chiqa olmas edi.Ikkinchidan, dunyoda faqatgina mehnatkashlar davlati boʻlgan bolsheviklar davlati, ulaming oʻz soʻzlari bilan aytganda, kapitalistik qurshov siquviga bardosh bera olmaydi. Bolsheviklar oʻzlarining bu maqsadlari yoʻlida hech narsadan qaytmadilar.1922-yilning 30-dekabrida toʻrtta respublika yagona davlat — SSSRga — Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga birlashdilar. Bular: RSFSR, Ukraina, Belomssiya va Zakavkaze Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi Ozarbayjon, Armaniston va Gmziyani birlashtirgan edi. Ularning vakolatli vakillari syezdi (SSSR sovetlarining I syezdi) 1922-yilning 30- dekabrida SSSR tuzilganligi haqida Deklaratsiya va Shartnoma qabul qildi. 1924-yilda esa bu yangi davlatning Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Sobiq SSSRdan tashqari boshqa davlatlar tarixshunosligida bu davlat Qizil imperiya deb ataladi. Sovet davlati qon toʻkish hisobiga vujudga kelganligi uchun ular oʻz bayroqlarini qizil rangda tanlagan edilar. Qon rangi bolsheviklar tuzgan imperiyaga nisbatan ham ishlatilgan.
Bu imperiya 1940-yilgacha boshqa millatlar haq-huquqlarini poymol qilish hisobiga kengaya bordi. Ular Turkistonni 5 ta «davlat»ga bo'lib yubordilar. Bu yerda 0 ʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonni tuzdilar. 1925—1936-yillar oraligʻida ular birin-ketin «ixtiyoriy ravishda» qizil imperiya tarkibiga kiritildi. Bu imperiya 15 ta «mustaqil», «tenglar ichida teng» respublikalardan iborat edi. Aslida esa ular Rossiya tarkibidagi mustamlakalar edi.
Bolsheviklar (kommunistlar) Qizil imperiya hududida yashayotgan millatlar oʻzligini unutishlari uchun barcha yovuz ishlarni amalga oshirishdi. Biroq bu imperiya tarkibiga kimvchi hech bir millat, shu jumladan oʻzbek millati bolsheviklar oʻylab topgan yangi birlik — sovet xalqi boʻlib shakllanmadi.
Download 45.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling