Reja: Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar


Download 23.05 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi23.05 Kb.
#1495891
Bog'liq
fayl2


Reja:


1.Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar.
2.Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar.

O‘z DSt 1.0 da standartlashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:


- O’zbekiston standartlashtirish tizimining qoidalarini xalqaro standartlashtirish tizimlari bilan uyg’unlashtirish;
- O’zbekiston me’yoriy hujjatlar Davlat fondini xalqaro, standartlari qo’llash asosida takomillashtirish;
- Yangi raqobatbardosh mahsulotlar va texnologiyalarga tegishli maxalliy standartlar asosida xalqaro standartlarini ishlab chiqish;
- Chet davlatlar bilan savdo-iqtisod va ilmiy-texnik xamkorlikni me’yoriy ta’minotini yaxshilash;
- Xalqaro standartlarni ishlab chiqishda O’zbekiston manfaatini ximoya qilish;

Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar:





  • Standartlashtirish bo’cha xalqaro tashkilot

International standartization organization (ISO)



  • Elektrotexnika bo’cha xalqaro komissiya

International elektrotechnical commission (IEC)



  • Elektroaloqa sohasida xalqaro uyushma

International Telecommunication Union (ITU)
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda BMTning standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi tomonidan tashkil etilgan va shu yili uning Nizomi qabul qilingan.
Nizomda uning maqomi, tarkibi, quyi idoralari, vazifalari va ish uslublari belgilangan,
ISOning birinchi Bosh assambleyasi 1946 yil 14 oktyabrda bo’lib o’tgan.
ISO o’z faoliyatini 1947 yil 23 fevralda 15 davlatning standartlashtirish bo’yicha idoralari tomonidan Nizom ratifikatsiya qilingandan so’ng rasman boshladi.


ISO Nizomida “Tashkilotning maqsadi,


- dunyo miqyosida xalqaro tovarayirboshlashni va o’zaro yordamni rivojlantirishga yordam ko’rsatish
- hamda intellektual, ilmiy, texnik va iqtisodiy faoliyat sohalarida hamkorlikni kengaytirish” ekanligi ko’rsatilgan.
ISOninag asosiy vazifasi texnik qumitalarda xalqaro standartlarni, rahbariy xujjatlar, qoidalarni ishlab chiqish. Bular a’zo davlatlar uchun ixtiyoriy xujjat hisoblanadi.
O’zbekiston davlat standarti O‘z DSt ISO/IEC 21 da xalqaro standartlar (xususan, ISO standartlari)ni O’zbekistonda milliy standart sifatida qo’llash tartibi belgilangan.
Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar orasida birinchilar qatorida tashkil etilgan.
1881 yilda birinchi marta elektr sohasi bo’yicha Xalqaro kongress bo’lib o’tdi.
Keyinchalik 1904 yilda o’tgan Xalqaro kongressda elektrotexnika sohasida standartlashtirish ishlarini olib borish uchun maxsus idora tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.
1906 yilda London shahrida bolib o’tgan konferentsiyada 13-ta davalt vakillari tomonidan qabul qilqingan qarorga ko’ra Xalqaro elektrotexnik komissiya (IEC) tashkil etildi.
IECning asosiy maqsadi – elektrotexnika sohasida,
shu jumladan elektronika, magnetizm va elektromagnetizm, elektroakustika, multiqurilmalar, masofaviy aloqa va energiya taqsimlanishi, elektr o’lchashlar va xavfsizlik, atrof muhithi muxofazalash kabi sohalarda xalqaro aloqalarga ko’maklashish.


Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengash
Mustaqil davlatlar xamdo’stligi mamlakatlari xukumatlari raxbarlari 1992 yil 3 martda Minsk shaxrida imzolagan “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida kelishilgan siyosatni olib borish bo’yicha Kelishuvga ko’ra,
- milliy idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish,
- davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarida to’siqlarni bartaraf etish
maqsadida, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha Davlatlararo kengash tashkil etildi.
Davlatlararo kengashga MDX xududida quyidagi vazifalar yuklatilgan: - yagona me’yoriy baza bo’lgan davlatlararo standartlar, klassifikatorlar va boshqa MHlarni qo’llash va rivojlantirish; - yagona etalon bazasini va o’lchovlar birliligini tahminlash tizimini shakllantirish; - mahsulotlar va xizmatlarni sinovi va sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olinishini ta’minlash.
Download 23.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling