Tibbiy yordam : 1.Ovqatlanish tartibiga rioya qilish ya’ni har 3-4 soatda ovqat iste’mol qilish.
2.Oson hazm bo‘ladigan taomlar (mastava, yog`siz shovla, shirguruch, manniy krupa bo‘tqasi, dimlangan kotlet kabilar), qirilgan sabzi, maydalangan karam, dimlangan kodi, sholg‘om, meva suvlari.
3.Zardaga qarshi va ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi uchun omes, mezim, panzinorm ovqatdan keyin qabul qilinadi.
4.Og‘riqqa qarshi dorilar: no-shpa, platifillin, serukal tabletkalari.
Me`da - ichakdan qon ketishi.
Sababi: Me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi xuruj qilganda, suyak yoki boshqa o‘tkir buyum yutib yuborilganda, qorin tifi va ichburug‘ kasalligida, me`da-ichaklarning o‘sma kasalliklarida me`da-ichakdan qon ketishi mumkin.
Belgilari: 1.Me`da yarasidan qon ketganda bemor qon aralash qusadi.
2.O`n ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on ichaklardan qon ketganda bemorning najasida qon bo‘lganligi sababli najas qora rangda bo`ladi.
Tibbiy yordam: Tez yordam chaqiriladi. Tez yordam kelgunicha quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
1. Bemorning boshi baland qilib yotqiziladi.
2. Ovqat va ichimlik berilmaydi.
3. Qoringa muzli xaltacha qo‘yiladi.
4. Dorilardan quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- kalsiy xlorid 10%-1 osh qoshiq ichishga, kuniga 3-4 mahal;
- vikasol 1 tabletka kuniga 2 mahal, yoki ditsinon – 1 tabletka kuniga 2 mahal;
- qon ketish kuchli bo‘lsa: kalsiy glyukonat 10%-5-10 ml vena tomiriga yoki 2-3 ml novokain bilan muskul orasiga yoki kalsiy xlorid 10%-5-10 ml vena tomiriga sekinlik bilan;
- vikasol -1% -0,5-1 ml muskul orasiga;
-atropin 0,1% -0,5-1 ml teri ostiga.
5. Shifoxona sharoitida quyidagi davolash tadbirlari qo‘llanishi mumkin:
-bemorga 100-150 ml qon yoki 50-100 ml plazma quyiladi, fibrinogen flakonda 1-2 gramm, natriy xloridning 0,9 %-100 ml eritmasida eritib vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- aminokapron kislota flakonda 100 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- poliglyukin 300-500 ml, glyukoza 5-10 % li 300-500 ml, 0,9 % li natriy xlorid 100-200 ml vena tomiriga tomchilab.
Do'stlaringiz bilan baham: |