Reja: String turidagi satrlar haqida
unsigned int find(const string &str
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
12-Ma\'ruza. C da satrli kattaliklar v ular bilan ishlash.
unsigned int find(const string &str,
unsigned int pos=0)const; Funksiya, uni chaqirgan satrning ko‘rsatilgan joydan (pos) boshlab str satrni qidiradi va birinchi mos keluvchi satr qismining boshlanish indeksini javob sifatida qaytaradi, aks holda maksimal musbat butun npos sonni qaytaradi (npos=4294967295), agar izlash o‘rni (pos) berilmasa, satr boshidan boshlab izlanadi. unsigned int find(char c.unsigned int pos=0)const; Bu funksiya oldingidan farqi ravishda satrdan s belgisini izlaydi. unsigned int rfind(const string &str, unsigned int pos=npos)const; Funksiya, uni chaqirgan satrning ko‘rsatilgan pos o‘rnigacha str satrning birinchi uchragan joyini indeksini qaytaradi, aks holda npos qiymatini qaytaradi, agar pos ko‘rsatilmasa satr oxirigacha izlaydi. unsigned int rfind(char c.unsigned int pos=npos) const; Bu funksiyaning oldingidan farqi - satrdan s belgisi izlanadi. Satrlar qismlarini solishtirish uchun compare funksiyasi ishlatiladi: int compare(const string &str)const; int compare(unsigned int pos1,unsigned int n1, const string & str)const; int compare(unsigned int pos1,unsigned int n1, const string & str,unsigned int pos2, unsigned int n2)const; Funksiyaning birinchi shaklida ikkita satrlar to‘la solishtiri-ladi: funksiya manfiy son qaytaradi, agar funksiyani chaqiruvchi satr str satrdan kichik bo‘lsa, 0 qaytaradi agar ular teng bo‘lsa va musbat son qaytaradi, agar funksiya chaqiruvchi satr str satrdan katta bo‘lsa. Ikkinchi shaklda xuddi birinchidek amallar bajariladi, faqat funksiya chaqiruvchi satrning pos1 o‘rnidan boshlab n1 ta belgili satr osti str satr bilan solishtiriladi. Uchinchi ko‘rinishda funksiya chaqiruvchi satrning pos1 o‘rnidan boshlab n1 ta belgili satr qismi va str satrdan ros2 o‘rnidan boshlab n2 ta belgili satr qismlari o‘zaro solishtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling