Sug’urta qoplamasi limiti - sug’urta kompaniyasining filiali, bo’limi, shu’ba korxonasi tomonidan bitta sug’urta hodisasi bo’yicha mustaqil to’lanadigan sug’urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug’urta kompaniyasi boshqaruvi joylardagi sug’urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Sug’urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug’urta shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug’urta kompaniyasining mumkin bo’lgan eng yuqori darajadagi javobgarligi. Sug’urtalovchining javobgarlik limiti sug’urta polisida o’z aksini topadi.
O’zaro sug’urtalash jamiyati - foyda olishni ko’zlamaydigan notijorat shaklidagi sug’urta kompaniyasi. Sug’urta qilishning tashkiliy shakli. O’zlarining mulkiy manfaatlarini sug’urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O’zaro sug’urtalash jamiyati yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug’urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi bo’ladi. AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug’urtasi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar o’zaro sug’urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda Yaponiyada o’zaro sug’urtalash jamiyatlari hayotni sug’urtalash bozorining 89,4%ni tashkil etadi.
Shaxsiy sug’urta - sug’urta ob’ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’ligi va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog’liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug’urta tarmog’i. Shaxsiy sug’urta hayot sug’urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug’urtaga va tibbiy sug’urtaga bo’linadi. U riskli va jamg’arma funktsiyalariga ega. Chet el tajribasida shaxsiy sug’urta to’rtta sug’urta klassidan iborat bo’lib, inson hayotidagi ro’y berish mumkin bo’lgan hodisalar (tug’ilish, o’lim, voyaga etish, nikohdan o’tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog’liq barcha sug’urta turlarini o’z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug’urta-bu uzoq muddatli hayot sug’urtasi, aralash sug’urta va annuitetlardir.
3. Xalqaro darajada qo‘llaniladigan sug‘urtaga oid atamalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Abandon - to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |