Reja: Sun’iy intellektning asosiy tushunchalar va yo’nalishlarlari
Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari
Download 0.73 Mb.
|
Mavzu 1 AI
Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari
1200 yillardayoq, sun'iy odam va uning aqlini yaratish uchun urinishlar bo'lgan. Ixtirochi Raymond Lullius turli tushunchalarni, tabiiy hodisalani, sub’yektlar va ob’yektlarni ramzlarini anglatuvchi harflar bilan belgilangan va turli ranglarga bo’yalgan doiralardan tashkil topgan mashinani ishlab chiqqan [4]. Mantiqiy amallar yordamida ularning turli kombinatsiylaridan "bilimlar formulalari" hosil qilindi. 20-asrning 40-yillarida, elektron hisoblash mashina(EHM)larning paydo bo'lishi, sun'iy intellektning rivojlanishiga sezilarni ta’sir ko’rsatdi. SIsohasidagi tadqiqotlar ikkita maqsadga yo’naltirilgan [4]: Tabiiy intellektning mohiyatini tushuntirish (inson intellekti); 2) Yangi bilimlarni qayta o’zgartirish va intellektual masalalarni echish uchun mashina intellektini qo'llash. Birinchi maqsadni psixologlar amalga oshiradilar. Ular masalani echishda inson harakati modelini nazorat qiladi va uni tuzatadilar. Ikkinchi maqsadni tadqiqotchi bajaradi. U odamlar foydalanadigan usullardan qat'iy nazar, tizimning intellektual xatti-harakatini sintez qiladi Bu maqsadlarga muvofiq, sun'iy intellekt, ikki asosiy qismga bo'linadi: neyrokibirnetika va kibernetika "qora quti" [4]. Birinchi yo’nalish ta’kidlaydiki, faqat inson miyasi fikrlash qobilyatiga ega, shuning uchun ixtiyoriy mashina inson miyasining strukturasi va unug ishlash prinsipini bajarishi lozim. 1950-yillarning oxirida Amerika olimlar U. Mack Kalok, U. Pitts, F. Rosenblatt tomonidan birinchi neyrotarmoqlar va neyrokompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi va ular hozirgi davrda SITning neyrokompyuterlar yo’nalishini tahkil etadi. Ikkinchi yo'nalish fikrlaydigan qurlmalaning hatti-xarakati prinsiplarini emas, balki ularning ishlashini modellshtirish, ya’ni intellektual masalalarni echish algoritmlarini izlash, boshqacha qilib aytganda qurilmalar inson miyasi kabi fikrlashi emas, balki shaxsiy fikrlash modellariga asoslanishi lozim. Sun'iy intellektning shakllanishi [4]. SIsohasidagi ishlar neyrokibernetikaning paydo bo’lishidan boshlandi. Inson miyasi ko'p nerv hujayralari - neyronlardan iborat bo'lganligi sababli, tadqiqotchilar neyronlarning birgalikdagi harakatlarini takomillashtirib, intellektli mashina qurishga harakat qilishdi. Neyrokibirnetikaning asosiy g'oyasini quyidagicha ifodalash mumkin. Fikrlashi mumkin bo'lgan yagona narsa - inson miyasi hisolanadi. Shuning uchun har qanday o'ylaydigan qurilma inson miyasi strukturasi va hatti-harakati kabi bajarilishi kerak, uning tuzilishini, harakat tamoyilini takrorlaydi. Shunday qilib, neyrokibirnetika inson miyasining tuzilishi va uning faoliyatini modellashtirish bilan bog'liq. 1943 yilda У. Мак Колак va U.Pits ikkita turg’un holatda turuvchi neyronlar uchun formal mantiqiy modelni taklif qildilar. D.Hebb 1949 yilda neyronlarni o’ganish maqsadida neyronlar orasidagi bog’lanishlar vaznini o’zgartirishning oddiy qoidalarini ishlab chiqdi. 1951 yilda M. Minskiy va D. Edmonds 40 ta neyronlardan iborat neyrokompyuter yaratdi. SI borasida olib borilayotgan tadqiqotlarni shartli ravishda uch bosqichga bo`lish mumkin [11-13]. Birinchi bosqichda (1956-1970 yy.) olimlarning harakati evristik (mutaxassisning tajribasi natijasida) izlash nazariyasini yaratishga va faoliyat yoki intellekt darajasiga tegishli bo`lgan «masala yechuvchilar»ni yaratish bo`yicha muammoni hal qilishga qaratilgan. Tadqiqot uchun instrument (asbob) bo`lib EHM xizmat qilgan, har xil o`yinlar, boshqotirmalar, oddiy musiqa asarlari, matematik masalalar o`ylab topilgan. Shunga o`xshash masalalarni tadqiqot uchun tanlash, muammo muhitning oddiyligi va aniqligini, yetarli darajada oson tanlab olish imkoniyatini va usulga qarab sun’iy konstruktsiyani tuzishni talab qiladi. Bu yo`nalishda bir qancha yutuqlarga erishildi. Xususan shaxmat dasturlari hozir juda yuqori takomilga yetkazildi. Asosiy qiyinchiliklar masalani yechish uchun yaratilgan usullarni sun’iy muhitlarda emas, balki haqqoniy muhitda qo`llashga urinish jarayonida sodir bo`ldi. Bu qiyinchiliklar tashqi dunyo to`g`risidagi bilimlarni ifodalash muammolari bilan, bu bilimlarni saqlashni tashkil qilish va ularni yetarli darajada izlash, EHM xotirasiga yangi bilimlarni kiritish hamda eskirib qolganlarini olib tashlash, bilimlarning to`laligi va bir-biriga zidligini tekshirish va shunga o`xshashlar bilan bog`liq. Ko`rsatilgan muammolar bugungi kunda ham to`la yechilmagan, lekin hozirgi paytga kelib shu narsa ravshan bo`lib qoldiki, muammolarni yechish - samarali SI tizimini yaratishning kaliti ekan. 1956 yilda Dartmut kolleji (AQSh) seminarda "sun'iy intellekt" atamasi taklif etildi [1-4]. SI bo’yicha birinchi ishlar M.Minskiy va J. Makkarti rahbarligida Massachussets Texnologiya Institutida va G.Saymon va A. Nyuell rahbarligida Carnegie Mellon Universitetida olib borildi. Ular S.I.ning "otalari" hisoblanadilar. SI sohasidagi evristik izlash va teoremalarni tasdiqlash (1956-1969) bo’yicha tadqiqotlarning boshlanishi (50-yillarning oxirlari) turli muammolarni hal qilish jarayonlarini tekshirgan Nyuell, Sayman va Shoylarning ishlari bilan bog'liq [1-4]. Ularning natijalari "MANTIQCHI-NAZARIYOTCHI" deb nomlangan dasturlar bo'lib, ular teoremalarni isbotlash uchun mo'ljallangan va "MASALANI UNIVERSAL ECHUVCHI " bo’lgan. Ushbu ishlar SI sohasidagi tadqiqotlarning birinchi bosqichining boshlanishi bo'lib, u turli xil murakkab usullarni qo'llagan holda muammolarni hal qiladigan dasturlarni ishlab chiqish bilan bog'liq. Allen Nyuell Xerbert Saymon Jon Klifford Shoy (1927-1992) (1916-2001) (1922-1991) 1957-yilda Amerikalik fiziolog F. Rozenblatt tomonidan ob’yektlarni idrok etuvchi va tanuvchi modeli - perseptron taklif qilindi (1.1-rasm) [4]. Pertseptron yoki obyektlarni tanib oluvchi dastur ikki rejimda ishlaydi: tanishni o’rgatish rejimida va tanib olish rejimida. Tanishni o’rgatish rejimida, kimdir (odam, mashina, robot yoki tabiat), o'qituvchi kabi, mashinaga ob’yektlarni taqdim etadi va ularning har birining qaysi sinfga qarashli ekanligini oldindan ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar asosida hal qiluvchi qoidalar quriladi. Tanib olish rejimida mashinaga yangi ob’yektlar kiritiladi va ular hal qiluvchi qoidalar yordamida imkoniyat darajasida to’g’ri sinflashtiriladi yoki tanib olinadi. Timsollarni anglash muammosi matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish va mashinalarni tilga o’rgatish muammolari bilan chambarchas bog’liq. Lug’atdan foydalanish qoidalari va asosiy grammatik qoidalarni sinflash va etarlicha qayta ishlashga asoslangan holda ilmiy yoki ishchi matnlarni tarjima qiladigan algoritmni yaratish mumkin. 1960-yillar oxirida ba’zi tillar uchun shunday tizimlar yaratildi. Mantiqiy fikrlashni modellashtirish masalasiga kelsak, bunda eng yaxshi masalalar modeli sifatida teoremalarni isbotlashni avtomatlashtirish masalasi hisoblanadi. 1960 yildan boshlab birinch tartibli predikatlar mulohazasida teoremalarni isbotlashni amalga oshiradigan bir qator dasturlar ishlab chiqildi. Bu daturlar SI da deduktiv xulosalashda qo’llanilgan. Bunday dasturlar K.Grin va Xao Vanga tomonidan ishlab chiqilgan. Amerikalik kibernetik A.Samuel tomonidan mashinada shashka o’ynaydigan dastur yaratildi. 1962 yilda bu dastur asosida mashina AQShning eng kuchli shashkachisi R. Nili bilan o’ynadi va uni yutib chiqdi. SI asosiy yo’nalashlaridan biri-robototexnika hisoblanadi [4]. Birinch yartilgan robotlarni intellektual deb hisoblab bo’lmaydi. Faqat 1960 yillarda universal kompyuterlar bilan boshqariladigan sezuvchi robotlar yaratila boshladi. Misol sifatida 1969 yilda Yaponiyada “sanoat intellektual roboti” yaratish loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyihaning maqsadi - yig’ish-montaj ishlarini bararuvchi sezuvchi manipulyatsiyali robotni yaratishdan iborat edi. Shunday qilib, 1960 -yillarning oxirida SI sohasida asosiy e’tibor masalalarni tavsivlash va holatlar fazosida echimlarni izlash usullariga, hususan, masalalarni mantiqiy shaklda tavsiflash va rezolyusiyalar usuli asosida teoremalarni avtomatik isbotlash qaratildi. Semantik tarmoqlar 1967 yilda M. Quillian tomonidan taklif qilingan [1-4]. Tabiiy tilni tushunish tizimini yanada takomillashtirish R. Shenk va W. Wuds nomlari bilan bog'liq. E. Feygenbaum, B. Bukhenenom, E. Liderbergom tomonidan 1969 yilda ishlab chiqilgan dastur bu - DENDRAL [1-4] hisoblanadi. DENDRAL - murakkab organik molekulalar strukturalarini tanish uchun qo’llaniladigan ekspert tizim Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling