Reja: Suv va suvdan foydalanib to’grisidagi qonuni yerlarning meliorativ holati


Download 32.9 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi32.9 Kb.
#1311838
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Melioratsiya


Mavzu:O’zbekiston Respublikasi yer kodeksi suv va suvdan foydalanish

Reja:
1.Suv va suvdan foydalanib to’grisidagi qonuni yerlarning meliorativ holati
2.Suv taqchili sharoitlarda qishloq xo’jalik ekinlarni sug’orishda suvdan tejamli foydalanish
3.Mevali bog’lar va uzumzorlardan tomchilatib sug’orish usullini qo’llash

Yer kodeksi — yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat koʻrsatmalari asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Ye.k. 1927 yilda qabul qilingan, 1929 yilda esa Ye.k. oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970 y. 25 sentabrda yangi Ye.k. qabul qilinguniga qadar amalda boʻldi. 1990 y. 20 iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Yer toʻgʻrisida"gi yangi qonuni 1991 y. 1 yanvardan amalga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 y. 30 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k.ni tasdiqladi (1998 y. 1 iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k. 91 moddani oʻz ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Ye.k. va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi.Shu jumladan yangi yer kodeksi 1998 yilda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi suvga doir munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun suvlardan oqilona foydalanishni ta’minlash, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlash, suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish, suv obyektlarining holatini yaxshilashdan, shuningdek suvga doir munosabatlar sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 32.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling