Reja: Suyak singanda. Birinchi tibbiy yordam
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
HFX SI 2-19 Ummatqulov Ulug\'bek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Suyak singanda ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam Tinchlik sharoitida eng ko‘p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat , kuyish
Reja: 1. Suyak singanda. 2. Birinchi tibbiy yordam 3. Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa Tayyorladi: SI 2-19 guruh talabasi U.Ummatqulov Qabul qildi: R.Xudayberdiyev Guliston 2023 y 1. Suyak singanda ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam Tinchlik sharoitida eng ko‘p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat, kuyish, issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiy muzlash, cho‘kish va yer bosib qolishi tufayli bo‘g‘ilish, is gazidan zaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi. Bu holatlarda birinchi tibbiy yordamning asosiy vazifalari shikastlanganlar hayotini eng zarur chora-tadbirlar bilan saqlab qolish, ularning azoblanishini kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish hamda kasallik va jarohat kechuvini yengillashtirishdan iborat. Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo‘lgan joyda shikastlanganning o‘zi (o‘z-o‘ziga yordam) yoki boshqa kishi (o‘zaro yordam) hamda maxsus o‘rgatilgan shaxslar ko‘rsatadi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba (faktor)ni aniqlash, uni yo‘qotish, har bir jarohatda tavsiya ilinadigan tibbiy yordam choralarini qo‘llash, vrachni chaqirish yoki jarohatlanganni yaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba’zi hollar (kuchli qon ketishb, og‘ir suyak sinishlari, hushini yo‘qotish, nafas olish va yurak faoliyatining to‘xtashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joining o‘zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatmay turib, ularni tashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas. Bunday hollarda reanimatsiya chora-tadbirlari kerak bo‘ladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish voqea sodir bo‘lgandan so‘ng, iloji boricha erta muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Kuchli qon ketishi, elektrdan shikastlanish, cho‘kish, bo‘g‘ilish, yurak faoliyatining to‘xtashi va boshqa qator holatlarda birinchi tibbiy yordam zudlik bilan, kechiktirmay ko‘rsatilishi lozim. Agar bir paytda bir necha kishi jarohat olsa, ko‘rsatiladigan yordam muddati va ketma-ketligi aniqlanadi. Bolalarga va shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga kerakli yordam birinchi navbatda ko‘rsatiladi. Ko‘p sonli va qo‘shimcha jarohat olgan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda amalga oshiriladigan choratadbirlarning ketma-ketligi aniqlanishi kerak. Birinchi tibbiy yordamning hamma usul-amallarini ehtiyot bo‘lib va avaylab bajarish lozim. Qo‘pol harakatlar qilinadigan bo‘lsa, bu shikastlangan kishiga zarar qilishi va uning ahvolini yomonlashtirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, balki ikki yoki bir necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, u holda kelishib ish ko‘rish kerak. Bunda yordam ko‘rsatayotganlarning biri boshliq bo‘lib, birinchi tibbiy yordamning barcha usul-amallari bajarilishiga rahbarlik qilib turishi lozim. Аrteriyadаn qоn оqishi eng хаvfli hisоblаnаdi. Bundаy jаrоhаtlаnishdа qоnni to’хtаtish uchun jаrоhаt jоyidаn yuqorirоqdаn аrteriyani mаhkаm qisib bоg’lаsh, аgаr bu bilаn qоn to’хtаmаsа jgut yoki burаmаdаn fоydаlаnish kerak bo’lаdi. Buning uchun rеzinа quvur, ip, qаyish, rumоl vа bоshqаlаrdаn fоydаlаnilаdi. Jgut bilаn аrteriyaning jаrоhаtlаngаn jоyini yuqorisidаn mа’lum no’qtаlаrdаn tаnаgа mаhkаm qisib bоg’lаnаdi. Tаnаdаgi jаrоhаtlаngаn jоylаrdаn qоnlаrni оqishini to’хtаtish no’qtаlаri yuqoridagi rаsmdа ko’rsаtilgаn ETIBOR UCHUN RAHMAT! Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling