Tabiatda bolalar mehnati.
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo‘lgan munosabatlar shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondoshishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo‘lishtari, o‘z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnat maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish, narsalarni sensor belgilarini nazarda tutishga o‘rgatadi. Masalan, o‘simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun uning holatini — barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so‘lg‘inligi, yumshoqligini, tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim.
Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holatining yorug‘likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilishiga bog‘liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o‘zgarishi, qonuniy tarzda o‘simliklar holatini ham o‘zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o‘zlashlirishlari ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham ta’sir etadi — mehnat ongli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |