Reja: Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari


Tadbirkorlikni kreditlash shakllari va ularni


Download 147.96 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi147.96 Kb.
#1625502
1   2   3   4   5   6
4. Tadbirkorlikni kreditlash shakllari va ularni
jalb etish mexanizmi


Kredit munosabatlari haqida tushuncha
Tadbirkorlik subyektlarining taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri–uning moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasidir.
Tadbirkorlik subyektlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va kengayishida moliyalashtirishning tashqi manbalari ham muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tashqi yoki chetdan jalb qilingan moliyaviy resurslar, ular orasida esa bank kreditlari muhim o‘rin egallaydi.
Kredit uzoq vaqtlargacha subyektning moliya-kredit institutlari bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini ifodalovchi yagona moliyaviy shakli bo‘lib keldi.
Shunga ko‘ra, kredit munosabatlari qiymatni pul shaklining va moliyaviy resurslar bozorida taqsimlanmagan pul mablag‘larining muhim ko‘rinishidir. Kredit munosabatlari kredit resurslari bozori qatnashchilari o‘rtasidagi asosiy, lekin yagona bo‘lmagan moliyaviy aloqalar shaklidir. Iqtisodiy adabiyotlarda kreditning mohiyatini mamlakat ssuda fondi harakatining shakli sifatida tushunish alohida o‘rin egallaydi. Biroq, ma’muriy boshqarish tizimi sharoitida kredit o‘zining bir xo‘jalik subyektidan boshqasiga mablag‘larining oqib o‘tishida moliyaviy vositalik qilishdek maqsadli vazifani bajara olmadi.
Bozor sharoiti kredit munosabatlari jarayonida uning asl mazmunini shakllantirdi. Bunday shakldagi pul mablag‘lari mulk obyekti bo‘lib, tovarlilik tabiatini, ularning bozordagi erkin joylashish harakatini ko‘zda tutuvchi, tovar bahosi unga bo‘lgan talab va taklifning nisbati orqali o‘rnatilishini ko‘rsatadi.
+arz beruvchi tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari tomonidan manfatlarning mos kelishi kredit shartnomalarining tuzilishini ta’minlaydi. Kredit munosabatlarini rivojlatirishda banklar kreditning asosiy harakterli belgilari va ularning harakatida muhim shartlar va qonunlarga assoslangan holda kreditlash jarayonlarini amalga oshirishlari zarur.
Kredit (lot. Creditum - qarz, credo - ishonaman) – pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatlarga qarzga berish. Kreditning mohiyatini yanada mukamalroq yoritishda uning ba’zi muhim tomonlariga etibor beramiz. qarzga mablag‘ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, subyekt, xususiy shaxs va b.), qarz oluvchi tomon esa debitor deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi– qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit bo‘la olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablag‘ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq (kelishilgan foizda) to‘lanishi, muddatli, ma’lum tovar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlangan bo‘lishi, maqsadli ishlatilishi shart.
Tijorat banklari tomonidan kredit berish muddatlilik, qaytarishlik, to‘lovlilik va ta’minlanganlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Muddatlilik tamoyili shuni bildiradiki, kredit beruvchidan olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarib berish muddati ularni qanday muddatlarda berilganligi bilan harakterlanadi. Mana shu tamoyilga asoslanib, kreditlar so‘ndirish muddatiga ko‘ra, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli kreditlarga ajratiladi.
+isqa muddatli kreditlar, odatda, subyektning joriy faoliyatini aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida, nisbatan yuqori foizlarda va bir yilgacha muddatda qaytarish sharti bilan beriladi.
O‘rta muddatli kreditlar 1 yildan 5 yilgacha muddatga, ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra, sarflangan investitsiyalarni shu muddat ichida to‘la qoplash imkoniga ega bo‘lgan sohalarga beriladi. Mazkur kreditlarga bo‘lgan ehtiyoj ishlab chiqarish davriyligining o‘ziga xos xususiyatlari va bitimlar (shartnomalar)dan yuzaga kelib chiqqan holda belgilanadi. O‘rta muddatli kreditning amal qilish muddati 5 yildan oshmasligi lozim.
Uzoq muddatli kreditlar 5 yildan ko‘p muddatga, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun, odatda, ishlab chiqarishni texnik qurollantirish, qayta qurish va kapital ta’mirlash maqsadlariga beriladi.
+aytarishlik tamoyili qarzdorning kreditni to‘liq hajmda kreditorga qaytarilishi bo‘yicha javobgarligini anglatadi. +aytarishlik tamoyilining asosida banklar bergan kreditlarni qaytarilishining iqtisodiy jihatdan asoslanganligi va mablag‘larni uzluksiz doiraviy aylanishi yotadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qaytarishlik tamoyili bilan uzviy bog‘liq.
Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama hususiyatga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishini bildiribgina qolmay, balki ular qaytariladigan aniq muddatlarning belgilanishini ham taqoza etadi.
Kredit iqtisodiy munosabatlarning belgilangan tizimi sifatida boshqa pulli munosabatlardan farq qiladi. Bunda pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan amalga oshadi.
To‘lovlilik tamoyiliga ko‘ra, kreditlar qarzdorga ma’lum bir foiz to‘lovlarini to‘lash sharti bilan beriladi. qarzdorning kreditdan foydalanganlik uchun to‘laydigan foiz to‘lovlari kredit muassasasining daromadini tashqil etadi. Kreditning to‘lovliligi u egasiga summada to‘liq qaytarilishinigina emas, olingan shu kredit resurslari uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ham ifodalaydi.
Bu tamoyil kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan barcha talablarni, kreditor uchun bergan kreditini va u mablag‘ni qarzga berganligi uchun muayyan to‘lovni talab qiladi.
Ta’minlanganlik tamoyili, kreditlash shartlariga ko‘ra, qarzdor kreditorga kreditni qaytarish kafolatini ta’minlashi lozimligidan kelib chiqadi. Chunki, qarzdor kreditni qaytarishdan bosh tortganda, kreditor qarzdorning (yoki unga kafolat, kafillik bergan yuridik shaxsning) mol-mulkidan tegishli miqdordagi mablag‘larni o‘z tasarrufiga olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan, bankning hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, bu ta’minot turlarini talab qilmay, blankali (ishonchli) kredit berishlari mumkin. Shuni alohida takidlash lozimki, kreditning bosh tamoyili uning maqsadga yunaltirilishidir. Bunda aniq xo‘jalik jarayonlarining kredit bilan bog‘liqligi ta’minlanadi. Kreditlar biznes-reja asosida beriladi. Kreditlarning berilishi va resurslarning rejali taqsimlanishida ta’minlanganlik tamoyili muhim o‘rin tutadi. +isqa muddatli kreditlarning amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan ssuda bo‘lib, uni muddatining uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlarni utkazish muddati, ularning qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
+isqa muddatli ssudalar kreditlarning boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi.
Kreditning quyidagi shakllari mavjud:
tijorat krediti bir xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan beriladi va odatda, vasika bilan rasmiylashtiriladi. Tijorat krediti asosan ikki holatda amalga oshiriladi. Birinchi holatda sotib oluvchi tovar hujjatlarini olganidan so‘ng o‘tkazilish sotuvchi tomonidan qo‘yilgan vasikani (trattani) talaffuz etadi yoki oddiy vasika rasmiylashtiriladi. Ikkinchi holatda ishlab chiqaruvchi haridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo‘yicha hisob ochadi;
bank krediti jismoniy va yuridik shaxslarga pul shaklida banklar tomonidan beriladi. Bank kreditining obyekti pul mablag‘larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bank kreditining forfeyting, faktoring, haridorga qarz berish kabi ko‘rinishlari bor;
davlat krediti davlatning qarz beruvchi va qarz oluvchi sifatida ishtirokini nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi sifatidagi bank tizimi orqali budjetdan tarmoq, hudud, subyetlarni kredit ajratib, moliyalashtiradi. qarz oluvchi sifatida aholiga davlat zayomlarining, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi, natijada davlatning ichki qarzi paydo bo‘ladi. Chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan davlatning tashqi qarzi yuzaga keladi;
iste’mol krediti aholiga iste’mol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy qurilishi xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o‘zaro yordam kassasi va boshqa ko‘rinishlarda beriladi. Bu kreditni shakli aholining iste’mol talabini qondirish maqsadida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi va tavar yoki pul shaklida tashqil qilinadi;
xalqaro kredit muddatli, qaytimli va foiz to‘lash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo‘yish.
Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi. Ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy o‘rinda turadi. Kredit yordamida kapitalning bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan ikkinchisiga oqib o‘tishi ta’minlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablag‘larni kapital qo‘yishning eng foydali va istiqbolli yo‘nalishlarida to‘plash imkoniyatlari yuzaga keladi.
O‘zbekistonda tijorat banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan yangi ishlab chiqarish subyektlarini barpo etishga ajratilmoqda. Shuningdek, mamlakatning tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishda o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan holatlarda chetdan qarzga mablag‘ jalb etishga ehtiyoj yuzaga keladi. Chetdan jalb etiladigan bunday qarz mablag‘larini quyidagi moliyaviy muassasalar yordamida va boshqa manbalar evaziga olish mumkin:
Tijorat banklarining kreditlari.
Budjetdan tashqari jamg‘armalarning kreditlari.
Xalqaro moliya tashqilotlarining mablag‘lari (tijorat banklarining loyihalari orqali).
Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan kreditlar.
Kredit ittifoqlari va shunga o‘xshash subyektlarning kreditlari.

  • Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subektlarini kreditlash ular faoliyatini moliyalashtirishning eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Subyektlar va kredit tashqiloti o‘rtasida tegishli shartnomaviy munosabatlarni shakllantirish orqali o‘rnatiladigan moliyaviy munosabatdir. Bu munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini kredit shartnomasi bo‘lib, u kreditning ta’minlanganligi, kreditlar o‘z vaqtida foizi bilan qaytarilishining huquqiy asoslarini ta’minlaydi.

  • Bank kreditlari loyihaning xususiyatiga ko‘ra, imtiyozli yoki imtiyozsiz shartlarda berilishi mumkin. Imtiyozli kreditlar ustuvor yo‘nalishlar uchun, odatda, davlat dasturlari doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlariga xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekistonda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat dasturlariga kiritilganligi tufayli hukumatning pul-kredit siyosatida tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar tizimi joriy etilgan.

  • Ayrim hollarda davlat ba’zi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirishga imkoniyat yaratadi. Xususan, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadidagi qisqa muddatli kreditlar, odatda, 1 yilgacha muddatga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashqil etish uchun fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.

  • Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, kredit shartnomasi asosida belgilanadi.

  • Kreditlarni olish uchun qarz oluvchilar bankka quyidagi hujjatlar (kredit paketi)ni:

  • kredit buyurtmasi;

  • qarz oluvchining bank hisob varag‘idagi pul tushumlari taxmini (pul oqimi) ko‘rsatilgan biznes-rejasi;

  • oxirgi hisobot sanasiga davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi;

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma, shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikning solishtirma dalolatnomalari;

  • moliyaviy natijalar haqida hisobot;

  • ta’minot shakllaridan birini taqdim etadilar.

  • Olingan kreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. +arz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarining birini taqdim etish huquqiga ega:

  • mulk yoki qimmatli qog‘ozlarning garovi;

  • bank yoki so‘g‘urta tashqilotining kafolati;

  • uchinchi shaxsning kafilligi;

  • so‘g‘urta suyuyektining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini so‘g‘urta qilgani to‘risidagi so‘g‘urta polisi;

fuqarolar yig‘inlari mahalla, qishloq, ovul kengashlarining kafilligi.
Kreditlarni qaytarilish ta’minotining shakllaridan biri sifatida mol-mulk garovi xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Garov to‘risida"gi qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho buyumlar, zargarlik buyumlari, erkin ayirboshlanadigan valyuta va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan mulk, mazkur kredit bo‘yicha shu mulk qiymatining 80 foizi miqdorida garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 7 martda ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash to‘risida»gi 907-sonli tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur tartib tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari, kichik va o‘rta biznesning boshqa subyektlari hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklariga kredit berishni tartibga soladi. Bu tartib kichik va o‘rta biznes subyektlarini, fermer va dehqon xo‘jaliklarini hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni banklar tomonidan mikrokreditlashga tatbiq etilmaydi.
Berilayotgan kreditlarning muddati kreditlanayotgan tadbirning qoplanishiga bog‘liq chunonchi:
biznes subyektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlar, odatda, 1 yilgacha muddatga;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladitan kreditlar, odatda, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi;
biznesning barcha subyektlariga, shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun beriladigan kreditlar, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz, 5 yilgacha muddatta berilishi mumkin.
Biznes subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida berilgan kreditlarning qaytarilish muddati, ularning qaytarilishining uzaytirilishini hisobga olgan holda, fors-major holatlarini istisno qilganda, 12 oydan;
dehqon na fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallangan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun berilgan kreditlarni qaytarish muddati, bu muddat uzaytirilishini hisobga olgan holda, fors-major holatlarini istisno qilganda, 30 oydan;
fermer va dehqon xo‘jaliklarining o‘z aylanma mablag‘larini to‘ldirish maqsadida, qishloq xo‘jaligiga bog‘liq bo‘lmagan faoliyati uchun olingan kreditdan foydalanish muddati, uni qaytarish muddati uzaytirilishini hisobga olgan holda, 12 oydan oshmasligi kerak.
Investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha banklar imtiyozli davr belgilashlari mumkin. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalarining miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish uchun ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holdagi buyurtma bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu kredit bo‘yicha bank xulosasini berishgacha bo‘lgan muddat tijorat banklari bo‘limlari, tarkibida bo‘limlari bo‘lmagan tijorat banklari, shuningdek, xususiy banklar uchun – 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo‘limlari uchun – 15 ish kunidan va bosh (respublika) banklar uchun – 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit so‘rab berilgan kredit buyurtmalarini banklar tomonidan ko‘rib chiqish muddati, mos ravishda, ko‘pi bilan 2 baravar oshirilishi mumkin.
Subyektlarni moliya-kredit tizimi orqali qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, imtiyozli kredit berish mexanizmini qo‘llash hamda kafolatlash jarayonini rivojlantirish bilan harakterlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 19 maydagi «Tijorat banklarining kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida»gi 195-sonli qarori bilan tijorat banklarining kichik biznesni rivojlantirishga faol qatnashishlarini ta’minlash maqsadida «Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi» tashqil etildi. Jamg‘arma mablag‘lari banklar foydasining 25 foizgachasini ajratish hisobiga shakllantirilmoqda.
Tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi resurslarini ko‘paytirishiga yunaltiriladigan va jamg‘armaning berilgan kreditlari hisobiga olingan daromadlari daromad (foyda) solig‘idan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Tijorat banklarining daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarishda soliqqa tortiladigan baza jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari (depozitlari)ning ko‘paygan summasiga kamayadi, bunda bo‘shaydigan mablag‘larda ko‘rsatilgan omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishga maqsadli yo‘naltirilishi shart.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan kreditlarni berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirlarning o‘zini qoplashiga bog‘liq, chunonchi:
ishlab chiqarish zahiralarini harid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni xom ashyo materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqalarga kreditlar kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga ko‘ra, 1 yil muddatgacha;
qishloq, xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashqil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga, qoidaga ko‘ra, kamida 2 yil muddatga beriladi;
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi barcha subyektlarga, shu jumladan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog‘liq bo‘lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatini tashqil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun xususan:
- ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;
- mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, hayvon va parrandalarni sotib olish;
- xom ashyo va materiallar, shu jumladan, hayvonlar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlarni sotib olish uchun ajratiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalan- ganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kunda belgilagan stavkaning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Tijorat banklari «Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi»ni ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik va o‘rta subyektlarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida imtiyozli kredit berish uchun tashkil etadilaр.
Tadbirkorlik subyektlarini kreditlash shakllaridan biri mikrokreditdir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2000 yil 29 fevralda 902- raqam bilan ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidai yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgai yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarini milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash tartibi» va 2000 yil 29 fevralda 903-raqami bilan ro‘yxatga olingan, «Tijorat banklari tomonidai yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa subyektlarini milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash tartibi» O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olib yoki olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlariga mikrokreditlar berish tartibini belgilab berdi.
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga beriladigan mikro-kreditlar deganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit beriladigan kundagi kursi bo‘yicha 5000 (besh ming) A+SH dollariga ekvivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kreditlar tushuniladi. Mikrokreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarigagina beriladi.
Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar va kichik biznesning boshqa subyektlariga beriladigan mikrokreditlar deganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 10000 (o‘n ming) A+SH dollariga ekvivalent miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valyutasida beriladigan kreditlar tushuniladi.
Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Mikrokreditlar 50 foizgacha miqdorini 1,5 yil (18 oy) gacha bo‘lgan muddatda qaytarish sharti bilan, naqd pulda berilishi mumkin.
Banklar kichik tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar, shuningdek, mikrokreditlar berish uchun «Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi»ni tashkil etadilar.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi hisobidan beriladigan mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari Markaziy bankning mikrokredit berilgan kundagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan 50 foizdan ortiq bo‘lmagan darajada belgilanadi.
Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
kichik(mini) uskunalarni harid qilish;
xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug‘lik, chorva mollari, parranda, yem-xashak va omixta yem, veterinariya dori-darmonlari, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o‘g‘itlarni sotib olish;
xom ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
mehnat qurollari, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va yordamchi ashyolarni harid qilish;
xalq, badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish;
xunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik)ni tashqil qilish;
servis xizmati va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish;
sog‘liqni asrashni rivojlantirish;
sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
kichik ko‘lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari.
Mikrokreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni qoplash, tamakichilik va spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish, savdo-vositachilik faoliyatini amalaga oshirish, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan, shaxsiy mulkni harid qilish maqsadlari uchun berilmaydi.
Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalarining miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra kredit shartnomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasman o‘rnatilgan qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda kredit so‘rab berilgan ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan xulosa berish muddati bu ariza bankka kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kunidan oshmasligi lozim.
Kreditlar mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobraqami joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Kreditlar alohida kredit hisob raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha miqdorida naqd pul shaklida faqat dehqon na fermer xo‘jaliklariga, ular tomonidan taqdim etilgan pul cheklariga naqd pul berish yo‘li bilan beriladi.
Naqd pulda beriladigan mikrokreditlar va ularga hisoblangan foizlar belgilangan tartibda naqd pulda qaytariladi.
Tijorat banklari o‘z Nizomlariga va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyada belgilangan huquqlarga muvofiq, faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, hom ashyo va butlovchi qismlarni import yo‘li bilan harid qilishga chet el valyutasida mikrokreditlar berishlari mumkin.
Chet el valyutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalarida belgilanadigan tijorat shartlari asosida naqdpul shaklda beriladi. Chet el valyutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi, to‘lov sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
So‘nggi paytlarda moliyalashtirishning yangi shakllaridan biri sifatida banklarning faoliyatiga overdraft kirib kelmoqda. Overdraft qisqa muddatli kreditlash shakli bo‘lib, banklar amaliyotida ishlatiladi. Uning shundaki, bank o‘z mijozi hisob raqamida vaqtincha mablag‘ bo‘lmagan holatlarda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun overdraft shartnomasini tuzadi. Mijoz o‘z hisob raqamiga mablag‘ tushishi bilan overdraft sharti bilan olgan qarzlarini bankka ma’lum bir foizlar evaziga qaytaradi. Overdraft, odatda, bankning eng ishonchli mijozlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan ma’lumki, tadbirkolik faoliyati rivojlanmasdan turib, bozor iqtisodiyotining barcha ichki va tashqi bo‘g‘inlarini harakatga keltirish ancha mushkul. Tadbirkorlik shakllarining kengayib kichik tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy rivojlanishning muhim bo‘g‘iniga aylanib borayotgan hozirgi sharoitda bu shaklni mamlakatimizda ham qo‘llashning ahamiyati katta omillariga aylanib bormoqda.
Tadbirkorlik subyeklarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli banklar (davlat banklari, davlat-aksiyadorlik tijorat banklari, aksiyadorlik-tijorat banklari, xususiy banklar, chet el ishtirokidagi banklar) va boshqa jamg‘armalar tomonidan yangi kredit yo‘nalishlari orqali kichik tadbirkorlik subyeklarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
+ishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari ta’sirida doimiy ravishda moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezadilar. Chunki, ekinlarni ekish va parvarishlash davri uzoq davom etib, hosil yig‘ib olingunga qadar pul tushumi bo‘lmaydi. Bu holat ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga mablag‘ izlashni talab etadi. Bunday holatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida qo‘llaniladigan fyuchers operatsiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Fyuchers operatsiyalarida mahsulotni sotib oluvchi haridor yil boshidan kelgusi hosil uchun bo‘nak (hosil qiymatining bir qismini oldindan to‘lab qo‘yish) sifatida mablag‘ berib turadi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari bo‘naqdan foydalanib, joriy ishlab chiqarishni moliyalashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o‘rnatilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq kichik biznes korxonalari davlat buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida Moliya Vazirligining «Davlat ehtiyojlari uchun harid etiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan bo‘nak puli (transh) olish imkoniyatiga ega edi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 6 yanvar 1295- son bilan ro‘yxatga olingan «Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizom» tartiblaridan kelib chiqib va Vazirlar Mahkamasining maxsus qabul qilingan qaroriga ko‘ra 2003 yil hosilidan boshlab Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida amaldagi tayyorlov subyektlari orqali bo‘nak berish mexanizmi o‘rniga fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan paxta hom ashyosi va g‘alla yetishtirish bo‘yicha xarajatlarini ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash mexanizmi sinov tariqasida joriy qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2004 yil hosilidan boshlab Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga va 2005 yil hosilidan boshlab qoraqalpog‘iston Respublikasi, +ashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan kredit berish mexanizmini joriy etish belgilandi.
Tadbiq etilayotgan yangi mexanizmning afzalligi quyidagilarda ko‘rinadi:
xarajatlarning ayrim turlari bo‘yicha to‘lovlarga ehtiyoji bo‘lmagan fermerlarga mazkur mablag‘larni texnologik kartalarda belgilangan boshqa xarajatlarni qoplash uchun, masalan, o‘z traktoriga ega bo‘lgan fermerga mashina traktor parklari ko‘rsatadigan xizmatlar uchun belgilangan mablag‘larni yonilg‘i-moylash materiallari yoki mineral o‘g‘itlarni sotib olish uchun yo‘naltirishga ruxsat etiladi;
uzoq masofada joylashgan fermer xo‘jaliklarining transh mablag‘larini yo‘naltirish uchun har oyda bir necha marta bankka kelishlariga ehtiyoj qolmaydi va ularning ixtiyoriga qarab mavsumiy to‘lovlarning har oyda bir marta o‘tkazish imkoniga ega bo‘linadi.
tijorat banklari ajratgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmay qolishi xatari kamayadi va moliyalashtirishning transh (bo‘nak) tartibidagi tayorlov korxonalari tomonidan ajratilgan bo‘nak mablag‘larining bir qismi xo‘jalik tomonidan mahsulot yetkazib berish bilan qoplamay qolishi muammosi yechiladi.
Kreditlar fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan g‘alla va paxta xom ashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi. Fermer xo‘jaligi tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati "O‘zpaxtasanoat" uyushmasi va "O‘zdonmahsulot" DAK subyektlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi.
Nizomga ko‘ra, kreditning miqdori tayyorlov subyektlari tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib beriladigan urug‘lik mahsulotning qiymatiga kamayadi. Kreditning miqdorini aniqlash uchun kredit shartnomasini tuzish vaqtidagi harid narxlari asos qilib olinadi. Harid narxlari tasdiqlangach, kreditning miqdori qayta hisoblab chiqilishi lozim.
Imtiyozli kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
mehnat haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash uchun;
mineral o‘g‘it va o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini harid qilish uchun;
yoqilg‘i-moylash materiallarini harid qilish uchun;
MTPlar, muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchi uyushmalari) va boshqa shaxslarning xizmatlariga to‘lovlar uchun;
xo‘jalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlarni sotib olish uchun;
moliyaviy lizingga berilgan texnika vositalarining lizing to‘lovlari uchun;
elektroenergiya to‘lovlari uchun;
plyonka ostiga eqiladigan paxtaga polietilen plyonkasini harid qilish uchun;
kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xizmatlariga to‘lovlar uchun;
yagona yer solig‘i to‘lovlari uchun.
Bunda, beriladigan kreditning miqdorini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari tomonidan agrotexkartalardan kelib chiqqan holda, har bir qishloq xo‘jaligi ekini bo‘yicha har bir xarajat turining eng ko‘p me’yori (qishloq xo‘jalik yilining tegishli davrlari yoyilmasi bilan) har yilgi hosil uchun tasdiqlanadi. Kreditlar ushbu me’yorlar doirasida ajratib borilishi lozim.
Kreditlar tegishli qishloq xo‘jalik mahsuloti bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Fermer xo‘jaliklarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 5 foiz miqdorida belgilanib, uning 2,5 foizi bank marjasini tashqil etadi.
Kredit olish uchun fermer xo‘jaliklari ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tayyorlov tashqilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining nusxalari;
biznes reja;
so‘ngi hisobot davri uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), debitor va kreditor qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl), muddati 90 kundan oshgan qarzdorliklarga solishtirma dalolatnomalar, moliyaviy natijalar to‘risida hisobot (2-shakl).
Imtiyozli kreditlar qaytishini ta’minlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan paxta homashyosi va g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida fermer xo‘jaliklariga berilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishi bo‘yicha o‘zining tadbirkorlik xavfini so‘g‘urta qilishi mumkin. "O‘zagrosug‘urta" kompaniyasining imtiyozli kreditlarning qaytmasligi xavfini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha so‘g‘urta badallarining hajmi olinayotgan kredit summasining 1,25 foizi miqdorida bqladi va tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Bunda, taqdim etilayotgan kreditning miqdori "O‘zagrosug‘urta" DASK bilan kelishilgan sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmasligi zarur.
Barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, bank fermer xo‘jaligining arizasini ko‘rib chiqishi va 5 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
+ishloq xo‘jaligi subyektlarini imtiyozli foiz stavkalarida kreditlashda tijorat banklarining manfaatdorligini oshirish maqsadida, ularning imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha kreditlar berish bilan bog‘liq xarajatlarini davlat tomonidan qoplash mexanizmi joriy qilindi.
Ayrim holatlarda fermer xo‘jaliklarida mol yuboruvchilar tomonidan jo‘natilgan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymatini to‘lash uchun vaqtincha mablag‘ning yetishmovchiligi holatlari uchraydi. Bunday holatlarda ular tovar-moddiy qiymatliklarni yuboruvchi subyektlar (kreditorlar) bilan mahsulot qiymatini ma’lum muddatdan so‘ng to‘lash sharti bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Ma’lum bir muddatgacha bunday kreditorlik qarzi to‘lanishi lozim bo‘lgan hisob-kitoblar schetida aks etib turadi. Agar shu muddatda ham kreditorlik qarzini to‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda bu qarz vasika ko‘rinishida (ya’ni qarzni ma’lum bir muddatdan so‘ng foizi bilan qaytarish) rasmiylashtiriladi.
Subyektlar o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari muammosi paydo bo‘lganda, ya’ni tovar-moddiy qiymatliklarni yuborgan subyekt haridordan mahsulotning qiymatini muddatda o‘zaro hisob-kitob qila olmasa yoki bunday qarzlar shubhali, ularni undirish ehtimoli kam bo‘lsa faktoring vositasida qarzni undirish amaliyotda qo‘llaniladi.
Faktoring – subyektlar o‘rtasida qarzlarni undirishda vositachilik faoliyatidir. Faktoringda o‘rtada turuvchi subyekt (odatda bank) qarz bergan subyektdan ma’lum bir komission to‘lov evaziga qarzdordan mablag‘ni undirish huquqini qo‘lga kiritadi. Faktoring shartnomasi tuzilishi bilan subyekt undirolmay turgan qarzning aksariyat qismini faktoring subyekti (yoki bank)dan qo‘lga kiritadi. So‘ngra faktoring subyekti debitor subyektga qarzni undirish bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atadi.
Faktoring–aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta’minlashda o‘rtada turuvchining faoliyati turidir. O‘rtada turuvchi bank ma’lum to‘lov evaziga ishbilarmonlar tarkibidan haridorlardan uning hisobiga olinadigan pul mablag‘ini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Faktoring operatsiyalari kreditning kichik biznes subyektlari uchun qulay shakllaridan biridir. O‘z xususiyatiga ko‘ra, uni kreditning vositaviy shakli deb ham atash mumkin. Faktoringni oldindan to‘lash shaklini oluvchi odatdagi kredit deb hisoblash, uning asosiy maqsadli potensial qarzlarni inkassa qilishidir. Bu narsa kredit resurslari bozoridagi nobarqarorlik sharoitida muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklari operatsiyalarining tarkibida mazkur moliyaviy shakl endigina rivojlanib kelmoqda. Kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida faktoring xizmati tayanch vazifani o‘taydi hamda ular moliyaviy ta’minotning yaxshilanishiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Faktoringning afzalligi shundaki, u noto‘lovlar muammosini qisman bo‘lsada yechishga imkon beradi.
Tayach iboralar: kapital, o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari, kapital qiymati, moliyaviy leveraj, kapitalning tarkibi, nizom jamg‘arma, qo‘shilgan kapital, rezrv kapital, taqsimlanmagan foyda, sof foyda, mooliyaviy lizing, operativ lizing.
Download 147.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling