Reja: Ta’lim to’g’risidagi qonun 3-modda haqida. Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi Davlat ta’lim standartlari hususida Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi
Download 7.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqTa’lim tog’risidagi qonun modda haqida O‘zbekiston Respublikasin-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ta’lim standartlari hususida
Ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligiTa’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurti o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda o‘zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq faoliyat olib borayotgan uzluksiz ta’lim tizimi mazmuniga ko‘ra bir tipdagi o‘quv yurtlarining biridan ikkinchisiga o‘tib o‘qish imkoniyati mavjud. Chunonchi, ta’lim oluvchilar bir maktabdan ikkinchi maktabga, bir akademik litseydan ikkinchi akademik litseyga bir shaharda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtidan ikkinchi shaharda joylashgan oliy o‘quv yurtiga o‘tib ta’limni davom ettirish huquqiga egalar. Umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining majburiyligi tamoyili o‘zida, birinchidan, fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bililar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash va kasb tanlash ko‘nikmalari shakllantirish; ikkinchidan, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabahalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlash; uchinchidan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkoniyatini yaratishni ifodalaydi. Davlat ta’lim standartlari hususidaDavlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma’nosi shuki, har bir ta’lim turi uchun alohida davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko‘zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta’lim muassasalaridan birday talab etiladi. Ammo davlat ta’lim standarti asosida ta’lim muassasalari o‘zlarining o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bu ta’lim olish maqsadi yagona bo‘lgani holda, unga erishish yo‘llari turlicha ekanligini ko‘rsatadi. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi. Bunday rag‘batlantirishlar sirasiga iste’dodli o‘quvchilarni faxriy yorliqlar, stipendiyalar hamda mukofotlar bilan taqdirlashni kiritish mumkin. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish tamoyili ta’limni tashkil etish va uning sifatini oshirishda davlat va jamiyatning ta’lim muassasalarini boshqarishda hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. E’tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org Download 7.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling