Reja: Ta’lim va tarbiya vazifalari haqida tushuncha
Jismoniy tarbiyadagi asosiy yo‘nalishlar
Download 25.7 Kb.
|
1 2
Bog'liq1- ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqa nizomi
Jismoniy tarbiyadagi asosiy yo‘nalishlar
Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo'nalishni ajratish mumkin: umumiy jismoniy tayyorgarlik, professional jismoniy tayyorgarlik, sport tayyorgarligi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni mustahkam- Iashga, harakat qila bilish va malakalarni keng doirada o ‘zlashtirib olishga, asosiy harakat sifatini rivojlantirishga, keying maxsus tayyorgarlikni tezroq o'zlashtirib olishga qaratilgandir. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida, jismoniy tarbiyaning xilma-xil manbalaridan: jismoniy mashqlar, tabiatdagi tabiiy sogMomlashtirish kuchlaridan va gigiyenik faktorlardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikda, jismoniy tarbiyaning hamma bosqichlari amalga oshirilib boriladi, ammo maktab jismoniy tarbiyasida, ommaviy jismoniy tarbiya ishlarida guruhli va alohida jismoniy mashqlar shakllaridan ko‘proq foydalaniladi. Professional jism o n iy tayyorgarlik bu — jismoniy tarbiyaning maxsus jarayonidir, ya'ni yoshlarni aniq mehnat turiga va mudofaa faoliyatiga tayyorlashdan iborat. Bu yerda faqat professionallikka qaratilgan jismoniy mashqlar berib boriladi. Umumiy va professional jismoniy tayyorgarlikni bir-biridan ajratish shartlidir, chunki ular bir-birini o‘zaro to‘ldirishga, kengaytirishga, boyitishga qaratilgan (XII bobga qaralsin). Sport tayyorgarligi — jismoniy tarbiyada asosiy yo‘nalishdan iborat. Uning vazifasi odam tanlab olgan sport bo‘yicha yuqori mahoratlarga erishuvini ta’ininlashdir. Jismoniy tarbiyada sport tayyorgarligi keng qo'llash bosqichiga ega. Bu organizmning funksional imkoniyatining takomillashuvi bilan bogliq. Jismoniy tarbiya yana bir spetsifik yo‘nalishga ega — bu ham bo‘lsa, davolash jismoniy mashg‘ulot reabilitatsiyasi, ya’ni sog‘liqning tiklanishidir. Uning vazifasi — ba’zi ish faoliyatini yo'qotgan kasal a'/.olarni jismoniy mashqlar orqali sog‘aytirish, tiklashdan iborat. Jismoniy ta’lim — jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi hamda pedagogik jarayon bo'lib, mazmuni harakatga o‘rgatish va jismoniy madaniyat bilimlarini o‘zlashtirishdir. Atamani birinchi marta P. F. Lestgoft (1837—1909) kiritgan. Sobiq Ittifoq davrida, ya’ni 30- yillarning boshida jismoniy tarbiya bo‘yicha metodik qo'llanmalarni ishlab chiqarish bosqichi bo‘ldi. И.М.Кариконский tahriri ostida (1940- y.) „Методика физического воспитания11 qo‘Hanmasi chiqdi. 1945-yil jismoniy tarbiya haqidagi fan, ayniqsa, gurkirab rivojlandi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bo‘yicha nashr etilgan katta darsliklar, qo‘llanmalar vujudga keldi. V.V.Belinovicli,K.X.Grantin, A.D.Novikov, L.P.Matveyev, fiziologiya bo'yicha A.N.Krestovikov, A.G.Gandelsman, V.S.Farfel, psixologiya bo‘yicha A.S.Puni, P.A.Rudik. Abdulla Avloniyning, „Turkiy Guliston yoxud Axloq“, Abdurauf Fitratning, ,,Oila“ asarlarida ham jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor berilgan. Jismoniy tarbiya tizimining dastur-normativ asosi, jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqildi.Jismoniy tarbiya dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasalarda (yasli, bog‘cha), umumta ’lim va maxsus maktablarda, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari, mudofaa qurolli kuchlari va boshqalar mavjud. Davlat dasturi muntazam ravishda takomillashib borib, har xil guruhlar uchun jismoniy tayyorgarlik darajasini belgilabboradi. 1935- yilda sobiq SSRI da birinchi bor jismoniy tarbiya' tasnifl yaratildi, uning mazmuni va tarkibi ma’lum darajada o‘zgartirildi, takomillashib bordi, uning normalari har to‘rt yilda o ‘tkaziladigan olimpiada o ‘yinlaridan so‘ng an’anaviy ravishda o‘zgarib kelmoqda. Oxirgi to‘rt yilda mo‘ljallangan tasnif xalqaro sport turlarining mavjudligi bilan birga, MDHda yashayotgan xalqlarning an’anaviy milliy sport turlarining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Yagona sport tasnifining talablari va normalariga asosan, sportchilarga quyidagi sport razryadlari va unvonlari beriladi:o ‘smirlarning (uchinchi, ikkinchi va birinchi) bosqichlari. Katta sportchilar oliy kategoriya bo‘yicha klassiflkatsiyalanadi: „IIIrazryadli sportchi“ , „II razryadli sportchi“ , „ I razryadlisportchi“ , „Sport ustasiligiga nomzod“ , „Sport ustasi“ ,„Xalqaro toifadagi sport ustasi“ , ,,Grossmeyster“ (shaxmatda). Sport unvonlari yuksak faxrli unvonlar bo‘lib, umrbod birmarta beriladi (prinsip, qoida buzilsa , olib ham tashlanadi). Razryad normalari esa, har yilda bir marta takrorlanib turilishi kerak, agarda takrorlanib turilmasa, u holda razryad o‘z kuchini yo‘qotadi. Musobaqaning turlari quyidagilar: a) territorial (chegaralangan) musobaqalar — bu musobaqaga tashkilotlar boshchilik qiladi; b) maxsus idoralar (mahkamaviy) musobaqalar — bunga ko‘ngilli sport jamiyatlari boshchilik qiladi. Territorial musobaqada — sportchi o‘z shahri va tumanining shon-sharafini himoya qiladi. Masalan, sportchilar bir shaharda yashab turib, biri yoshlar va o‘smirlar sport maktabida, ikkinchisi, boshqa jamoada, uchinchisi ,,Paxtakor“ yoki ,,Jar“ sport majmuyida va hokazolarda shug‘ullanadilar; musobaqada esa bir-birlariga qarshi bellashadilar. Majmuiy musobaqa bu — spartakiadadan iborat. Musobaqalar yutish xarakteriga qarab quyidagilarga bo‘linadi: a) ochiq musobaqalar (bunda xohlagan sport tashkiloti qatnasha oladi); b) berk musobaqalar (bunga musobaqani tashkil etgan tashkilotdan tashqari hech kim qatnasha olmaydi). Jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asosi ijtimoiy va tabiiy fanlardan iborat jismoniy tarbiya haqidagi fanni shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin. 20- yillar ilmiy g‘oyaga qarshilar bilan g‘oyaviy kurash bosqichi, tarixiy-ijodiy merosni o'zlashlirish bosqichi bo‘ldi. Har bir o‘tkaziladigan musobaqa o'z oldiga vazifa va maqsad qo‘yadi: tashviqot tartibida, o'rtoqlik uchrashuvlari, saralab olish, tekshirish, tasnifli hamda ko'rgazmali boladi. Natijalarni aniqlash uchrashuvlari uch sistemada olib boriladi: doiraviy sistema, olimpiya sistemasi, aralash sistema. Musobaqani o ‘tkazish ucluin tashkiliy komitet (komissiya) tuziladi, bu komissiya musobaqa nizomini tuzadi, musobaqaning maqsad, vazifasini, qachon, qayerdaligini va boshqa komissiyalarning vazifalarini belgilaydi. I. Xo‘jalik komissiyasi — musobaqaga joy, asbob-anjomlarni tayyorlaydi va qatnashchilarni yotoq, oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. II. Tashkilotchi komissiya — musobaqa to‘g‘risidagi afisha, e’lonlarni tarqatadi. Musobaqa dasturini, taklif biletlarini Musobaqa natijalarini, matbuot orqali ommaga yetkazadi. III. Mandat komissiyasi — musobaqa qatnashchilarining soni va hujjatlari bilan birma-bir tanishib chiqadi, so‘ng sportchiga musobaqada qatnashishiga ruxsat beradi. IV. Shifokorlar komissiyasi — musobaqa qatnashchilarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi. Bu komissiyalar musobaqa davomida va undan so'ng bosh hakam kollegiyasiga axborot beradi. Musobaqa nizomi — bu hujjat asosida hamma uchrashuvlar (musobaqalar, spartakiadalar va hokazolar) olib boriladi. Unda musobaqani tashkil qilish, o‘tkazish, qatnashuvchilar soni, qachon kelishi, sinov normalari qachon, qayerda boshlanishi ko‘rsatiladi hamda g‘oliblarni aniqlash, mukofotlash tartiblari va hokazolar belgilab qo‘yiladi Download 25.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling