Reja: Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli
Download 48 Kb.
|
maruz turlari
O'QUV FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI Reja:
1. Ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. 2. Ma’ruza o`qishga qo`yiladigan asosiy talablar. 3. Ma’ruza turlari: kirish, axborot, muammoli, vizual aloqa, binar. 4. Ma’ruzaning tuzilishi. Ma’ruzani tashkil etish shakllari. Ta'limni tashkil etishning asosiy shakJi maktabda dars va oliy maktabdagi ma'ruza hisoblanadi. Biror bir ta'limni tashkil etish shakli o'quv ishlari masalasi va usullariga qarab tuzilishini va modefikatsiyasini o'zgartirishi mumkin. Misol uchun, dars — o'yin, dars - konferensiya, dialog, amaliyot va muammoli ma'ruza, binar, ma'ruza — telekonferensiya va boshqalar. Maktabda darslar bilan birga boshqa tashkiliy shakllar ham qo'llaniladi (laboratoriya praktikum, mustaqil uy ishi, fakultativ, to'garak). Ma'lum nazorat shakllari ham mavjud bo'lib ular: og'zaki va yozma imtihonlar, nazorat va mustaqil ishlar, nazorat, test topshirish, suhbat o'tkazish shular jumlasidandir. Oliy maktabda ma'ruzadan tashqari o'qitishning boshqa tashkiliy shakllaridan ham foydalaniladi — seminar, laboratoriya ishi, amaliy mashg'ulot talabalarning mustaqil ishi, ishlab chiqarish amaliyoti, boshqa o'quv yurtida yoki chet el o'quv yurtida stajirovkada bo'lish va shu kabilar. Ta'limning natijalarini baholash va nazorat qilish shakli sifatida imtihonlar, nazoratlar, baholash reyting tizimidan, referat, kurs ishlari va diplom ishidan foydalaniladi. Dars tiplari quyidagilardan iborat: Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o'rgatish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish. Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars — konferensiya, kino dars, dars — tadqiqot. Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinishida olib boriladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi,
Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qo'llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun moijallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi. Maktab amaliyotida darsning boshqa turlaridan — dars muso-baqa, maslahat, bir-birini toidirish ma'ruzasi, fanlararo dars, o'yin kabilardan foydalaniladi. Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi. Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi, odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi. Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari. Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va asoslanganligi. Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va hujjatlarning yetarlicha boiishi. Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi. Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni
Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish. Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati. Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'Ilash. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi: Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasawurni beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi. Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri, amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo'yicha qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy xususiyatlari ko'rsatib beriJadi hamda talabalarga tavsiya etiladigan o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli va muddati belgilanadi. Axborot-ma'ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo'lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma'lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo'lgan turdir. Obzorli ma'ruza — bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma'lumotlarni anglab yetish jarayonida ko'p sonli assotsiativ bogiiqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda, bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo'limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi. Muammoli ma'ruza. Bu ma'ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o'qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo'li bilan yoki an'anaviy va zamonaviy nuqtayi nazarlarni qo'shish va tahlil qilish yo'li bilan ochib
Ma'ruza-vizual-aloqa. Ma'ruza materiallarini O'TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko'rsatib yetkazib berishdan iborat boiadi Bituday ma'ruzani o'qish ko'rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo'ladi. Binar ma'ruza — bu ma'ruzani ikki o'qituvchi suhbati shaklida
Oldindan xatolar ko'zda tutilgan ma'ruza — talabalarni berilayotgan ma'lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag'batlantirishga mo'ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik, orfografik). Ma'ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi. Ma'ruza-konferensiya - oldindan qo'yilgan muammo 5-10 minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg'ulot sifatida o'tkaziladi. Har bir chiqishi o'qituvchi taklif etgan dastur doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat boiadi. Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib beradi. Ma'ruza yakunida o'qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va chiqishlarini toidirib yoki taklif etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritib yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi. Ma'ruza-konsultatsiya — turlicha ssenariyda o'tkazilishi mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulidc tmalga oshiriladi. Ma'ruzachi butun ma'ruza vaqti davomida bir bo'lim /old bir kurs bo'yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi. Bunday ma'ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o'tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma'ruzachi yangi o'quv ma'lumotlarini bayon etadi, savol qo'yiladi, qo'yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi. Maktabda o'quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko'pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko'rinishi ma'lum didaktik masalalar to'plamini hal etadi va o'z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o'quv yurtlari o'qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o'z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko'ra o'quv ma'ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma'lumot berishi lozim. I. O'quv ma'ruzasining tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo'yicha) 1.Ma'ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash. 2.Mavzuning butun kurs tizimidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash (konspekt). 3.Mavzu bo'yicha adabiyotlarni tanlab olish (o'qituvchi uchun adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar). II. Ma'ruzani tashkil etish shakllari 1. Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi). Ma'ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini birlashtiruvchi) ma'razaning mazmuni, asosiy g'oyalari. Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma'ruzaning vazifalari: a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi; b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvcni, muammoli; d) ko'rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo'lgan
e) qo'yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o'qituvchi yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari. 4. Ma'ruzani tashkil etish shakli: a) fikrni monologik bayon etish; b) evristik suhbat elementlari bilan monolog; v) evristik suhbat; g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog; d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo'yicha ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarni ifoda etuvchi ikki o'qituvchining tortishuvi). III. Ma'ruza mazmuni 1.Ma'ruza mazmuni rejasi va konspekti. 2.Yaxlitligi,'tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta'minlovchi o'quv vositalari va didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko'rsatiladi). IV. Ma'ruza davomida o'qituvchining yaxlitlik obrazi 1.Ma'ruza mazmunining har bir bo'limi bo'yicha masalalarni yechish jarayonida o'qituvchining talabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik). 2.Bayon etishning tipik shakli (leksika, grammatika, stilistika). 3.O'qituvchining auditoriya bilan emotsional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora, mimika, patomimika, vokal mimika, intonatsiya, ovozi balandligi, sur'ati, tezligi, pauzasi). I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi I. Mashg'ulot mavzusi Mavzu tanlashni asoslab berish. Kurs dasturidagi o'rnini aniqlash. Mashg'ulot maqsadi, vazifalari: ta'limiy, tarbiyaviy, metodik. Adabiyotlarni o'qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini
II. Seminarni tashkil etisb shakli 1. Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog'liq seminar o'tkazish shaklini tanlashni asoslab berish: - savol-javobli; - reja asosida keng suhhat; - o'zaro tanqidiy baholab axborot berish; - yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish. - guruhli muhokama: yo'naltirilgan, erkin o'quv-rolli o'yin. 2. Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg'ulot xususiyati, muhokama ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli va xususiyatiga dastlab yo'naltirish dasturi. III. Mashg'ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash Mashg'ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo'limlari, uning vazifalari, ko'rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy qarama-qarshiliklarni qayd etish. Dastur bo'limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko'rilayotgan nuqtayi nazarlarni asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni aniqlashni ta'minlovchi didaktik uslublarni ko'rsatish. Guruhli muhokama shaklini ko'zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko'rsatish. Mashg'ulotning turli bosqichlarida guruhlar aloqalari uslublari. Seminar mashg'ulotida muhokama etilgan mavzu bo'yicha xulosalar, Seminar mashg'uiotini o'tkazgandan keyin uning borishini o'rganib chiqish. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotiar psixologiya kursini o'qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularda rns'ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotiarning oddiy usullari va ko'nikmalarini o'zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo'ladi. Bu yerda ular o'tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va ularni mustaqil o'tkazishga o'rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini yechish talabalarda alohida qiziqish uyg'otadi, chunki bu ularga o'zlarini anglab yetishga, mavjud psixologik sifatlarini o'rganishga, o'zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi. Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o'z bilimlarini amalda ko'rsatishlari mumkin. Shunga o'xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo'lajak amaliy ishlari uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg'ulotlarda masalalardan foydalanish o'qituvchiga ham o'quv materialini o'zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi. Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta'minlaydi, bu talabani o'ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda qo'llanilishi mumkin boigan ishlarning turli xillari mavjud. Ularning har biri aniq mashg'ulotni tanlab olish, mashg'ulot mavzusini va o'qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan, texnik imkoniyatlarga ham bog'liq bo'ladi. Umumiy talablar esa o'qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg'ulot oldidan tekshirish kiradi. Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo'lishlari kerak: ish davomida yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchun kerak bo'ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olingan ma'lumotlar asosida mashg'ulotlarni maktab materiallarida o'tkazsa yaxshi bo'ladi. Bu psixologiya bo'yicha o'quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling