Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi - Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodi ta`lim oluvchi va o’qituvchining o’qitish jarayonidagi o’zaro aloqa shaklidir. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi jarayon aslida o’quvchini u yoki bu bilim ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish maqsadida bog’lab turganligini ko’rsatib turadi. Agar keng ko’lamda oladigan bo’lsak, o’qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o’qituvchi va o’quvchi
- orasidagi keng ma`noda uch hil bog’lanish shakllangan bo’lib, u o’z tasdig’ini topgan. Ko’rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o’qituvchining barcha metodini uch guruhga bo’lishiimiz mumkin:
- 1. Nofaol metod.
- 2. Faol metod.
- 3. Interaktiv metod
- Ko’rsatib o’tilgan har bir uslubiy yondashuv o’ziga xos xususiyatga ega. Quyida biz uslubiy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz. SHu bilan birga asosiy diqqatimizni o’qituvchining interaktiv usullariga qaratamiz. Nofaol uslubiy yondashuv-bu o’quvchi bilan o’qituvchi orasidagi bog’liqlik shaklidir. Bunda o’qituvchi darsning asosiy xarakatlanuvchi figurasi hisoblanadi, o’quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur metod darslardagi tezkari mustaqil savol-javoblarda, nazorat ishlarida, test va boshqa usullarda aks etadi
- Nofaol metod o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishlaridagi eng samarasiz usul hisoblanadi, lekin uning o’ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Bu hildagi darslarga ko’p
- mehnat talab qilinmaydi. CHegaralangan vaqt oralig’ida katta miqdordagi o’quv materialini topishga imkon beradi. Bu dars turi oliy o’quv muassasalarida keng tarqalgan bo’lib, keng yoyilgan shakli ma`ruzadir. Faol uslubiy yondashuvda o’qituvchi bilan o’quvchi bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Dars jarayonida o’quvchi nofaol tinglovchi emas, balki darsning faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar nofaol darsmetodida asosiy xarakat qiluvchi figura o’qituvchi bo’lgan bo’lsa, bu metodda o’quvchi va o’qituvchi teng xuquqqa egadir. Nofaol darslar o’qitishning avtoritar uslubiga ega bo’lgan bo’lsa, faol metodlar demokratik uslubga egadir. Faol va interfaol yondashuvlarda esa umumiylik ko’proq ko’zga tashlanadi. Umuman olganda interaktiv metodni ko’proq zamonaviy faol metodlarning shakli sifatida ko’rishimiz mumkin. Faol metodlardan farqli o’laroq, interaktiv metodlar o’qituvchi va o’quvchining o’zaro aloqasini, balki o’qitish jarayonida ularning o’zaro bir-biri bilan faol munosabatda bo’lishlariga yo’naltirilganligi bilan ham ahamiyatlidir. Quyida biz mazkur metodni atroflicha ko’rib chiqamiz:
- Interaktiv (“inter”-vzaimniy, “akt”-deystvie-“o’zaro ta`sir” ma`nosini bildiradi) uslubiy yondashuvda o’quvchilar bilish va o’rganish jarayoniga butunlay sho’ng’ib ketadilar, ular o’zlari bilgan va o’ylayotganlari xususida baxslashishilari ham mumkin. Interaktiv darslarda maqsadga erishish uchun yetarli zamin yaratadi. O’qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo’yicha interaktiv mashq va topshiriqlar o’quvchi o’zlashtirayotgan material bilan o’zaro bog’liq bo’ladi). O’quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interaktiv mashq va topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi. Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish jarayonida o’ragilgan material nafaqat mustaxkamlanadi, balki yana yangilari ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interaktiv yondashuvga mo’ljallangan bo’lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zahirasi to’plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |