Reja: Tanaffus vaqtida otkaziladigan oyinlar


Download 22.59 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi22.59 Kb.
#1382459
Bog'liq
DARSDAN TASHQARI HARAKATLI O‘YINLARNI OTKAZISH.


Darsdan tashqari harakatli o‘yinlarni otkazish.
reja:

1. Tanaffus vaqtida otkaziladigan oyinlar.
2. Tanaffus vaqtida o‘ynash uchun taxminiy o‘yinlar.
3. Maktab seksiyalarida sport turlari bo‘yicha otkaziladigan oyinlar.
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati

1. Tanaffus vaqtida otkaziladigan oyinlar.


Harakatli o‘yinlar o‘quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda tarbiyaviy-sog‘lomlashtirish ishlarini olib borishda, ayniqsa, kichik va o‘rta yoshdagi maktab o‘quvchilari orasida katta o‘rin egallaydi. Ular tanaffuslarda maktab jismoniy tarbiya jamoasida, maktab bayramlarida, «Salomatlik kunlarida», yig‘ilishlarida, ekskursiyaga, sayrga chiqqanda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sinflar va maktablar o‘rtasida o‘yin bo‘yicha maxsus musobaqalar tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar sog‘lomlashtirish vazifasini yechishga yordam berishi kerak. Salomatlik holati bo‘yicha 1 va 2 tibbiy guruhlarga kiritilgan, o‘quv- chilar o‘yinni barcha turlari bilan shug‘ullanishga qo‘yiladi. Yurak bilan kasallangan asab sistemasi buzilgan o‘quvchilar uzoq davom etadigan uzluksiz yugurish, kuchli taranglashish, uzluksiz sakrashlar va boshqa tez harakatlanishlarga chegara qo‘yish bilan qatnashishlari mumkin. Darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan o‘yinlarga o‘quv- chilar ixtiyoriy ravishda jalb qilinadi. O‘qituvchilar, tarbiyachilar, yetakchilar va katta sinf o‘quvchilari o‘yinni tayyorlashga va o‘tka- zishga rahbarlik qiladilar.
Harakatli oyinlarni sinfdan tashqari mashgulotlarda oquvchi- larni umumjismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya darslarida ma- teriallarini mustahkamlash va takomilashtirishda, shuningdek, «Alpomish» va «Barchinoy» test meyori normativlarini topshirishga tayyorlash va egallash uchun zarur bolgan sifat malakalarini tar- biyalashga yordam beradi. Bundan tashqari, ular umumiy tarbiyaviy vazifalarga yordam beradi: oqituvchiga, yetakchiga ozlarining bolalarini yaxshilab bilib olishiga imkoniyat beradi, bolalarda jasurlikni, epchillikni, ortoqchilikni, uyushqoqlikni tashkiliyligi va boshqa axloqiy irodaviy xarakterdagi sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Tanaffus vaqtlarda oyinlar otkazish tarbiyaviy va gigiyenik jihatdan katta ahamiyatga egadir. Uzoq davom etgan statik holatdan va sinfda qizgin ishdan yoki darsdan keyin (ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun) oquvchilar faol dam olishlari zarur.
Bolalarda harakatli oyin ijobiy ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi, ularning harakat faolligini kuchaytiradi. Oyinchilarda shunday asab markazlarini qozgatadiki, ular sinfda otkazilgan mashgulotda tormozlanib qolganligi hisobga olinadi. Bunday asab markazlarini ishlashga otishi, oquvchilarni yaxshi dam olishga va keyingi darslarda oquv materiallarini engilgina qabul qilishiga imkon beradi.
Oyinni tashkil qilish va otkazish uchun kamida 8—10 daqiqa vaqt talab qilinadi. Shuning uchun, odatda, katta tanaffusda otka- ziladi.
Oquvchilar oyinni mustaqil ravishda, shuningdek, oqituvchi- lar, yetakchilar, jismoniy tarbiya oqituvchilari rahbarligida otkaza- dilar. O‘quvchilarning mustaqil ravishda o‘tkazayotgan o‘yinlarini kattalar kuzatib turishlari shart.
Tanaffus vaqtlarida o‘tkazilishi tavsiya qilingan o‘yinlar bilan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘qituvchilarni, yetakchilarni o‘quvchi- larga tanishtiradi.
O‘quvchilar yozda maktab yonidagi maydonchada, qishda esa yaxshilab shamollatilgan sport zalida va keng koridorlarda o‘tkaziladi. Chunki tanaffus paytida har xil sinflardan o‘quvchilar yig‘iladilar shuning uchun tanaffusda o‘tkaziladigan o‘yinlar mazmuni jihatidan juda sodda va har xil yoshdagi o‘quvchilarning qo‘lidan keladigan hamda qisqa muddatli bo‘lishi shart.
Tanaffus vaqtida o‘tkaziladigan o‘yinlar o‘quvchilarni kuchli qo‘zg‘atuvchan yoki charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Xuddi shunday o‘yin qatnashchilarni jamoalarga bo‘lib, musobaqa tarzida o‘ynaladigan o‘yinlar xush ko‘rilmaydi, chunki ularni tashkil qilish juda murakkab bo‘lib, keyingi darslarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Bunday o‘yinlarga quyidagilar kiradi: «Xo‘rozlar jangi», «Qorovul va izlovchilar» va boshqalar.
Guruhga oid o‘yinlaridan shundaylaridan foydalanish kerakki, unda xohlagan paytda o‘yin qoidasini buzmasdan, o‘yindan chiqishi va kirishi mumkin («Bo‘sh o‘rin», «Kim keldi?», «Bo‘ri zovurda» va boshqalar).
Tanaffus vaqtlarida o‘yin-attraksionlarini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yinda 1—2 kishi qatnashadi, qolganini faol kuzatadilar. Har bir attraksionli o‘yin qatnashchilari tez-tez almashadilar, natijada 8—12 daqiqa davomida bir necha 10 kishi qatnashishi mumkin bo‘ladi. O‘yin-attraksionlar mazmuni jihatidan turli-tuman bo‘lishi shart, chunki u tezlikni va chaqqonlikni, merganlikni, fazoda mo‘ljalni ola bilishni talab qiladi va hokazo.


Tanaffus vaqtlarida 1—2-sinf o‘quvchilari bilan kuy chalib, ashula aytib, kuy sadosi ostida ritmik yurish bilan o‘yinlar o‘tkazish mumkin. Bunday vaqtda kam harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Tanaffus vaqtlarida harakat qilish vaqtida navbat bilan qatnasha- digan, kam harakatli o‘yinlarni tashkil qilish mumkin: «Bo‘sh o‘rin», «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Kim keldi?», «Ikkinchisi yoki uchin- chisi ortiqcha» va boshqalar. To‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar tavsiya qilinmaydi, chunki ular bolalarni qo‘zg‘atadi va tartibsizlikni kelib chiqaradi.


O‘yinni navbatchi o‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha darsga qo‘ng‘iroq chalguncha tamomlash kerak, chunki o‘qituvchilar sinfga tashkiliy ravishda kiradilar va bo‘lajak darsga tayyorgarlik ko‘radilar.
2. Tanaffus vaqtida o‘ynash uchun taxminiy o‘yinlar
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar o‘rganib olgan ko‘proq harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. 1—2-sinf o‘quvchilari uchun quyidagi o‘yinlarni kiritish mumkin: «O‘ylab top, bu kimning ovozi?», «Kim yaqinlashdi?», «Hamma o‘z bayroqchasiga», «Bo‘sh o‘rin», «Sakrab-odom chumchuqlar», «Polizdagi quyonlar», «Taqiqlangan harakat» va boshqalar.

  1. 4-sinf o‘quvchilari uchun: «Guruh, tik tur!», «Xo‘rozlar jangi», «Qorovul va izlovchilar», «Chiqib ketish bilan qarmoqchi» o‘yini.

  1. 9-sinf o‘quvchilari uchun: «Juft-juft bo‘lib tortishish», «Doiraga tort», «Taqiqlangan harakat» va hokazo.

Maktab kechalari va bayramlarda o’tkaziladigan o’yinlar
Maktabda o‘tkaziladigan sport kechalari va bayramlari o‘quv- chilarda tetik hamda quvnoq kayfiyat yaratish uchun eng ta’sirli tadbir bo‘lib hisoblanadi. Maktab sport kechalari va bayramlarida foydalaniladigan harakatli o‘yinlar bolalarni tezda tashkil qiladi, ular yengil ruh va quvnoq kayfiyatni vujudga keltiradi.
Bayramda, odatda, juda ko‘p bolalar bo‘ladi, shuning uchun ommaviy o‘yinlardan foydalanish tavsiya qilinadi, musiqa jo‘rligida bajarilsa yana ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musiqa sadolari ostida o‘tkaziladigan o‘yinlar qiziqarli, ularni tashkil qilish va o‘tkazish yengil bo‘ladi.
Ommaviy o‘yinlardan tashqari o‘yin-attraksionlarni ham, shu bilan birga yaxshisi, asosiy tadbirlarni boshlashdan oldin-o‘tkazish mumkin (konsert, spektakl). O‘yin-attraksionlar bayramda maktab o‘quvchilarini tashkil qilishga yordam beradi. Lekin ommaviy o‘yinlar va raqslarni asosiy tadbirlardan keyin o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular bilan bir vaqtda sinf hakamlarida va koridorlarda o‘yin-attraksionlarni ham tashkil qilish mumkin, chunki ommaviy o‘yinlar va raqsga qiziqmaydigan bolalar, o‘zlarini kuchli, epchillik, merganliklarini u yoki bu attraksionda sinab ko‘rishlari mumkin.
O‘yin-attraksionlari katta sinf o‘quvchilari uchun eng yaxshi «Uch kurashchi» yoki «Besh kurashchi» musobaqasini tashkil qilish mumkin. Bunday maqsad uchun mazmunan har xil bo‘lgan kuch yoki merganlikni, epchillikni, muvozanat saqlash yoki fazoda mo‘ljal olishni bilishni namoyon qilishini talab qiladigan, 3 yoki 5 attraksion tanlab olinadi: «Uch kurashchi» yoki «Besh kurashchi» bo‘lishni xohlaganlar barcha attraksion musobaqalarida qatnashishlari majbur g‘oliblarni eng yaxshi 3 kurashchi yoki 5 kurashchi deb e’lon qiladilar va mukofotlaydilar.
O‘rta yoki yuqori sinf o‘quvchilari uchun bayramda yakkama- yakka olishuv o‘yini (xohlagan ikki kishi epchillik, merganlikda, kuch sinashadilar) musobaqalarini tashkil qilish mumkin. Bunday musobaqalarni ommaviy o‘yin va raqslar o‘rtasidagi tanaffuslarda tashkil qilishni tavsiya qilinadi.
Bayramda harakatli o‘yinlar o‘tkaziladigan musobaqalarga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin hozirgi vaqtda juda ham om- maviylashib ketgan o‘yinlar «Quvnoq startlar», «Bizlar bilan bajar», «Bizga o‘xshab bajar», «Hammadan yaxshi bajar» va boshqalar.
Musobaqalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uncha ko‘p bo‘lmagan o‘yin qatnashchilarining sonini hisobga olgan holda hech qanday tayyor- garlikni va trenirovka qilishni talab qilmaydigan ommaviy o‘yin yoki o‘yin attraksionlardan foydalanib harakatli o‘yinlar bo‘yicha om- maviy musobaqalar tashkil qilish mumkin.
Maktab kechalari va bayramlari eng yaxshisi dastlabki tayyor- garlikni ko‘rishni talab qiladigan o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga mu­vofiq bo‘ladi, ularda qatnashish uchun barcha bolalarning jalb qilinishi shart. O‘yin qatnashchilarining biri attraksion uchun o‘yin- choqlar tayyorlaydilar (qum solingan xaltacha, misli rasmlar) boshqalari esa attraksion o‘yinining g‘oliblarini mukofotlaydilar, 3- chilari esa o‘yinni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar.
Maktab seksiyalarida sport turlari bo‘yicha otkaziladigan oyinlar
Harakatli o‘yinlar, estafeta o‘yinlari va maktab sport seksiyasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Harakatli o‘yinlar basketbol, futbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika va boshqa seksiyalarda ko‘proq qo‘llaniladi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o‘yinlardan foydalaniladi.
Seksiyalarda har xil o‘yinlardan muntazam ravishda o‘rinli foydalanish o‘quvchilarning jismoniy jihatdan o‘smirlarga orttirgan malakalarning takomillashuviga anchagina yordam beradi.
O‘quvchilarda zaruriy xislatlarni taraqqiy ettirish uchun jismo­niy tarbiya darslarida ilgari o‘tilgan o‘yinlarni qaytarib turish mumkin. Bunda ilgari o‘tqazilgan o‘yinni yangi qoidalar asosida yangi variant- larda o‘tkazish lozim. Ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan guruhlarda o‘yinlar kamroq o‘tkaziladi. Bizning respublikamizda bahor, yoz, kuz fasllarida ayniqsa voleybol, basketbol, futbol, qo‘l to‘pi, tennis va yengil atletika seksiyalari ishlab turishi lozim. Bunday vaqtlarda «Chillak» o‘yini, «Qoziq» o‘yini, «Oqtosh» o‘yini singari milliy xalq o‘yinlaridan foydalanish mumkin. Turli harakatli o‘yinlar va sport harakatlaridagi o‘yinlardan, shuningdek, har xil yengil atletika mashqlaridan foydalanish paytida o‘quvchilarda musobaqalarga qiziqish uyg‘otish lozim.
Bunda eng muhimi, yaxshi yutuqlarga erishishga yordam beradi. O‘quvchilar ko‘pincha o‘yinga berilib ketib, uni o‘zgartiradilar, eski qoidalarni yig‘ishtirib qo‘yib, yangilarini o‘ylab chiqaradilar, maqsadga erishish yo‘lini qiyinlashtiradilar va shu tariqa yangi o‘yinni vujudga keltiradilar. Ana shuning uchun ham o‘yinni qaytarishdan (ayniqsa bu qaytarish bolalarning istagi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda) sira ham qo‘rqmaslik kerak.

Xulosa.
Darsdan tashqari harakatli o`yinlarni o`tkazish mavzusini mustaqil o`rgandim, Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha, tanafus vaqtida o`ynaydigan taxminiy o`yin to`g`risida bilimga ega bo`ldim. Kelgusi ish faoliyatimda shulardan foydalanaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Usmonxojayev T.S., Xojayev F. Harakatli o‘yinlar. Toshkent, 1992.
2. Xo‘jayevF.va boshqalar. Xalq milliy o‘yinlari 1-qism. Toshkent, 2001.
3. Normurodov A.N. O‘zbek milliy o‘yinlari. Toshkent, 1999.
4. Usmonxojayev T.S., Xojayev F. «1001» o‘yin. 1990.
5. Былеева А. В., Коротнов И.М. Подвижные игры (пособия для физ. культуре) 2000
6. Яковлаев Т. С. Подвижные игры. М, 1997.
7. Xojayev F, Usmonxojayev T.S. «Kuni uzaytirilgan maktablarda jismoniy tarbiya». T. «Медицина»
Download 22.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling