Reja: Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalar


Download 109.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.06.2023
Hajmi109.78 Kb.
#1650447
Bog'liq
Mamatxonova Dinoraxon 15-variant 1-savol (1)



MAVZU: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mohiyati va maqsadi.
REJA:
1.
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalar
i
2.
Tarbiya jarayoni mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Tarbiya prinsiplari. Unga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Kirish
Pedagogika
tarixidan
ma’lumki,
ta’lim
tarbiyadan,
tarbiya
rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib
Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari
uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi
bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb
ta’kidlaydi I.Tursunov.
O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya
- ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan
holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro
amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya
- tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga
singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli
ta’sir ko’rsatish jarayonidir».
Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov
O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy
boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya
masalasiga
davlat
siyosatining
ustuvor
yo’nalishi
sifatida
yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy
dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga
qaratilgan.
Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz?
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va
muayyan
qonuniyatlarda
namoyon
bo’ladigan
ichki
aloqa
va
munosabatlarni aks ettiradi.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun
uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni -
o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida
o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari


rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga,
jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari
mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga
qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar
hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) ,
hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni
uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib
boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi)
e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
1.
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va vazifalari
Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy
jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda
tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.
Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon –
harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-
sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni
rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy
dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan
shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan
iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.
Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod
tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan
kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.
Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan
narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.
Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod,
ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato
etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim


jarayonida shakllanadi.
Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga
muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha
ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”).
Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta
qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya
deb tushuntiriladi.
Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy
qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga
kiradi.
Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va
qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va
ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.
Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham,
uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat
jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta
avlodga
xos
ijtimoiy
tajribani
o’zlashtirib
olish
orqali
shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.
Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv
va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish
jarayonidir.
Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va
vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:
a) o`quvchi – talabaning
qaysi
xislatini
shakllantirish
yoki
yo’qotish
maqsadida rejalashtiriladi:
b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi
manbaalar
izlab topiladi:


v) belgilangan
maqsad uchun
xizmat
qiladigan
nazariy
va
amaliy
manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:
Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.
Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash
emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan
iborat.
Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi
o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya
esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos
keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni
tarkib toptirishdan iborat.
Pedagogik jarayon agar tarbiya ta‘limda oldin yursagina yaxshi
samaralar beradi. Tarbiya ta‘limga nosbatdan ustivor bo’lishi kerak.
Bilim boshqa, tarbiyalanganlik boshqa. Bilimli bo’lish degani shaxs
tarbiyalandi, degani emas. Shaxs bilimli, ammo tarbiyasiz, axloqsiz,
ma‘naviyatsiz, madaniyatsiz bo’lishi mumkin.
“Bilimlar yaxshi xulq bilan bezalishi kerak”, degan edi buyuk mutafakkir
A.N.Farobiy. Xalqimiz ham “Olim bo’lish oson, odam bo’lish qiyin”, maqolini
bekorga yaratmagan.
Tarbiya jarayoni o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ular
quyidagilar:
ta‘lim jarayoni ta‘limga nisbatdan murakkab jarayon hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni davomli uzluksizdir. XVIII asrda yashagan frantsuz
ma‘rifatparvari K.A.Gelvetsiy (1715-1771) tarbiyaning davomli jarayon
ekanligi haqida gapirib bunday degan edi: Men hali ham o’rganishni davom
ettirmoqdaman; mening tarbiyam hali ham tugallangani yo’q. Qachon u
tugallanadi? U qachon men unga qobilyatsiz bo’lib qolganimda; o’limimdan
keyin tugallanadi. Hayotimning barchasi, aslini olganda, faqat birgina
davomli tarbiyadir.


- tarbiya jarayoni ham ikki tomonlama jarayondir:
- tarbiya jarayoni dialektik xususiyatga ega:
- tarbiya natijalarining bir xil bo’lmasligi:
- tarbiyaning komleks ya‘ni yaxlit xususiyaiga ega ekanligi.
Oila, turli jamoa tashkilotlari, fan-texnika, adabiyot, san‘at, ommaviy
axborot vositalari, radio, televidenie va boshqalar ham tarbiyaga kuchli
ta‘sir ko’rsatadi.
Tarbiya jarayonida shaxsning turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy
aqliy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy
qarashlari tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustakamlanadi. Tarbiya-
O`zbekiston mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlanishida,
jamiyatimiz ijtimoiy taraqqiyotida, har tomonlama barkamol avlodni
shakllantirishda xal qiluvchi qudratli omildir.
Tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri yoshlarning ongi, qalbiga
milliy
istiqlol
g’oyalarini
singdirish,
ularda
milliy
ong,
g’ururni
shakllantirishdir.
Hozirig kunda tarbiya jarayonida yoshlarda o’zbek xalqiga xos
ma‘naviy-axloqiy sifatlarni ayniqsa, iymon-e‘tiqod, yangicha dunyoqarash,
Vatanga muhabbat, unga fidoyilik, vatanparvarlik, boshqa millat kishilariga
hurmat, insonparvarlik, mehr-muruvvat, sharm-hayo, mehnatsevarlik,
mehmondo’stlik
kabi
fazilatlarni
tarbiyalash
ta‘lim
maskanlari
jamoalarining, o`quvchi-murabbiylarimizning muhim vazifasidir.
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida emas,
mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi, deydi
davlatimiz boshlig’i I.A.Karimov. Bugungi mafkuraviy Xuruj juda xafli. Bu
xuruj insonlar ongini buzuq g’oyalar bilan zaharlashga intilmoqda. Bunday
mafkuraviy xurujlardan yoshlar ongini, o’zbekning o’zligini asrashimiz kerak.
Yoshlarga bunday buzug’ g’oyalar, mafkuraviy xurujlarning maqsad-
mohiyatini tushuntirib berishimiz zarur.
Bu-tarbiya yo’li bilan, mafkuraviy tarbiya yo’li bilan amalga oshali, deydi


yurtboshimiz.
Tarbiya jarayonining tuzilishi. Tarbiya jarayoni quyidagi bosqichlarni
o’z ichiga oladi:
tarbiyaviy vazifalarni belgilash;
Uning mazmuning, shakl va metodlarini aniqlash;
O`quvchi-talabalarini umumiy talablar, me‘yorlar bilan tanishtirish;
Ularda ilmiy dunyo qarash va e‘tiqodlarni shakllantirish;
Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish;
O`quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, uni taxlil qilish
ya‘ni monitoringini olib borish va boshqalar.
Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari
Mashhur Shaxslarning Tarbiya Haqidagi Fikrlaridan.
Bilim, ma‘rifat yaxshi hulq, axloq bilan bezanmog’i lozim.
(Abu Nasr Farobiy)
“Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko’ra chuqurroq
mushohada, undan ham chuqurroq donoshmandlik kerakligiga ishonch
qildim”
(Amir Temur)
“Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘lim-tarbiyasini ko’rgan shaxslar
kerak”
(Islom Karimov)
“Tarbiya uch narsa ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga va mashqqa”
(Arastu)
“Yaxshi tarbiya-millat ichidan buyuk insonlarni ko’paytirishga,
qolganlarni esa sog’lom fikr yurituvchi fuqarolarga aylantirishga qodir”
degan edi ma‘rifatparvar Gelvedtsiy
“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot, yo najod, yo halokat, yo saodat,
yo falokat masalasidir”.
(Abdulla Avloniy)
Tug’ub tashlov bila bo’lmas, bola bo’lg’ay balo sizga,


Vujudi tarbiyat topsa, bo’lur ul rahnoma sizga.
(Abdulla Avloniy)
Bordir inson zotiga ancha sharaf,
Yomon hulqini etsa bartaraf.
Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o`quvchilar, sinf rahbarlari
tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda
vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar.
Tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari
bilan o’zaro bog’liq.
O`quvchi shaxsi tarbiya ob‘ektigina emas, yeng muximi u tarbiya
sub‘ekti hamdir. Tarbiyaning asosiy turlari ikkitadir: Oila tarbiyasi va ijtimoiy
tarbiya. “Ijtimoiy tarbiya” iborasini ancha tor ma‘noda shaxsga ta‘sir
ko’rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarida, ya‘ni ta‘lim
maskanlarida amalga oshiriladigan jarayonini ifodalash uchun ishlatiladi.
Ijtimoiy tarbiya jarayonida yosh avlod o’tmish tajribalarini o’zlashtirib,
yanadaboyitadi. Tarbiya shaxsni axloqiy-ma‘naviy, aqliy, jismoniy, huquqiy
kamolotida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra ijtimoiy tarbiyaning bir necha
turlari: aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik mehnat, huquqiy tarbiya kabi turlari
bor. Bulardan tashqari diniy tarbiya, harbiy tarbiya ham mavjud.
Bugungi kunda O`zbekiston jamiyati Prezidentimiz boshchiligida bosh
tarbiyachi vazifasini o’tamoqda. Tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyatini
ko’pgina omillar belgilaydi. Bu omillar quyidagilar: Ta‘limning tarbiyaviy
imkoniyatlarni kengaytirish, maktab o`quvchilari bajaradign ijtimoiy-foydali
mehnatni aniq rejalashtirish, maktab, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy
ta‘sirini birlashtirish, maktabda turli xildagi tarbiyaviy ish shakllari (Yakka
tartibdagi, guruh, ommaviy ish shakllari) ni, tarbiyaviy tadbirlarini
jonlantirish, o`quvchilar faolligini oshirish, tarbiyalashni qayta tarbiyalash
bilan birga qo’shib olib borish va boshqalar.


2.Tarbiya jarayoni mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim
xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.Zamonaviy talqinda tarbiya
jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida
tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik
jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning
faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar
asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari,
qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa
shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal
etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni,
yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib
kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi.


Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi
faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari,
hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom
etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida
insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga
yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi,
dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida
insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu
bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya
berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim
xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va
o‘qituvchining
birgalikdagi
uzluksiz,
tizimli
harakatlari
jarayonidir.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi
tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim
muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy
tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa
ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum
muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan
vaqtning asosiy hismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi,
qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab,
o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni
tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan
tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular
o‘qituvchi
yoki
tarbiyachining
tarbiyaviy
ta’siri
va
nazoratidan
uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini
susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til


davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni
vaqtda,
respublikada
o‘quvchilarning
ta’lim-tarbiya
muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik
maqsadida
qo‘shimcha
ta’lim
muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida
o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika
va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga
ega bo‘lishlari mumkin. qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil
etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va
suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam
xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli
tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi,
mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari
navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois
pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi
mumkin.Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim
pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi
hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.Ikki tomonlama
aloqa
ikki
yo‘nalishda,
ya’ni,
o‘qituvchining
o‘quvchiga
nisbatan
ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga
nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq
endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan,
subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi
o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar,
axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa,
shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz
yakunlanadi.Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati
– tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu


qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo
bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar
bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi
uchun zamin yaratadi.
Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan
xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning
o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri,
qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi
oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
- aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
- ko‘p qirrali jarayon;
- uzoq muddatli jarayon;
- yaxlit tizimlilik jarayon;
- ikki tomonlama aloqa jarayoni;
- qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi.
Tarbiya mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari
mohiyati va darajasi shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalaridan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g‘oyalar yotadi:
1.Tarbiya maqsadining aniqligi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy -
siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada amalga
oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, tarbiya maqsadi aniq belgilab olingan edi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni g‘oyalariga ko‘ra
ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi
bo‘lgan komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu
maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vosita bu, shaxsda umumiy


madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy,
estetik, iqtisodiy, ekologik, Huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat
madaniyatini tarbiyalash kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish
imkoniyatini yaratish ko‘zda tutiladi.
2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchining bolalar
bilan ma’naviy ma’daniyati eng yaxshi namunasini izlashi, shu asosda
tarbiyachi insonning hayotiy meyor va qadriyatlarini ishlab chiqishi
o‘quvchini
tarbiya
jarayonida
faolligini
ta’minlashga
olib
keladi.
Dunyoqarashi hali to‘la – to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning
hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namunalari katta tarbiyaviy
ta’sirga ega.
3. O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va
hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng
muhim jihatlaridan biri – bu insonning hayotida o‘z-o‘zini anglashi inson o‘z
shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi.
Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash g‘oyalarga
tayanib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.
4. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi. Mazkur g‘oya maktab (ta’lim
muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi,
tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o‘quvchi turganligini
anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari,
qiziqishlari, o‘ziga xos tavsifi o‘z qadr-qimmatini anglash tuyo‘ulari
rivojlantirilib borilishi zarur.
5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari
mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona
tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi va o‘quvchi ma’naviyatining
boyitilishiga ham xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o‘qituvchi) o‘quvchining
qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka
intilish tuyo‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning shaxsiga ta’sir
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.


6. Jamoat yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan
ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsning har
tomonlama taraqqiyoti unda dunyoni anglash va uni to‘laqonli talqin etish,
insonparvarlik va hamkorlik tuyo‘ularining yuzaga kelishi va rivojlanib
borishi amalga oshiriladi.


3.Tarbiya prinsiplari. Unga qo‘yiladigan talablar tavsifi.
Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning
yo‘nalishi,
mazmuni,
metodlari va tashkiliy
shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari
orasidagi munosabatlarga ko‘yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan
dastlabki koidalardir.
Ular:
1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy xayot bilan boglab olib borish prinsipi.
2.Mexnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida
tarbiyalash prinsipi.
Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada o‘kuvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy
xususiyatlariga bardosh berish prinsipi.
5.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
6.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarni
xisobga olish prinsipi.
7.Tarbiyaviy ta’sirlarni muntazam olib borish va ketma - ketligi prinsipi.
Endi tarbiya prinsiplarining mazmunini taxlil qilishga o‘tamiz.
Tarbiyani turmushning ijtimoiy xayoti bilan boglab olib borish prinsipi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib ulgayishiga va
shaxsining shakllanishiga xayot va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir
tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolalarni tarbiyalashdan maksad uni
turmush uchun, ijtimoiy - iktisodiy xayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan,
maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari
turmush bilan mustaxkam boglangan bo‘lishi kerak. Tarbiyaning bu
prinsipi o‘tmish avlodlarning ko‘rsatmalaridan kelib chikadi: «Agar ta’lim -
tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina olib borilib,
mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas
edik» deb yozgan buyuk mutaffakkirlardan biri.


1.O‘quvchilarni xayot bilan tanishtirish yo‘llari va shakllari xilma - xildir.
Avvalo o‘kuvchilarni mamlakatimizda va chet ellarda ro‘y berayotgan
ijtimoiy - siyosiy va iktisodiy vokealar bilan muntazam ravishda tanishtirish
zarur. O‘kuvchilar orasida siyosiy axborotlar o‘tkazish, gazeta materiallari
bilan tanishtirishni yo‘lga ko‘yish, radio eshittirishlari, teleko‘rsatuvlaridan
foydalanish lozim.
2. Mehnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayoniga tayyorlash
prinsipi.
Mexnatning tarbiyaviy ta’sir kuchi goyat kattadir. Mexnatda ishtirok
etish va unumli mexnat qilish bilan shaxs o‘z kobiliyati va iktidorini
namoyon kiladi va kamolga yetadi. Demak mexnat yosh avlodning tarbiyasi
uchun juda katta vositadir.
O‘quv faoliyati va ijtimoiy foydali mexnat o‘kuvchi shaxsiga ijobiy ta’sir
etadi. Bu ikki faoliyatning ko‘shiluvi bolani aktivlashtiradi, tashabbuskor
kiladi va xukuk birligini ta’minlaydi.
Mexnatda va mexnat orkali tarbiyalash prinsipi o‘kuvchilarning
psixologik va yosh xususiyatlarni xisobga olishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yoshlar serharakat bo‘ladilar va faoliyatga intiladilar. Ular o‘z kuch va
kuvvatlarini turli mashgulotlarga, avvalo mexnatga sarf kiladilar. Passivlik,
sustkashlik, ishsiz o‘tirish o‘kuvchi tabiati uchun yoddir. Mexnatda
insonning kuchi, imkoniyati, xarakteri, o‘z bilimini amalda ishlatish
ko‘nikmasi ro‘yobga chikadi va rivojlanadi.
3.
Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida
tarbiyalash
prinsipi.To‘gri tashkil etilgan jamoa odamlarning kobiliyat va
iste’dodning rivojlanishi uchun keng yo‘l ochib beradi. Fakat jamoagina xar
tomonlama rivojlanish uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. O‘z manfaatini
jamiyat manfaati bilan ko‘sha bilish, bir - biriga o‘zaro yordam berish kabi
kimmatli fazilatlar avvalo jamoda tarbiyalanadi va mustaxkamlanadi.
O‘kuvchilar jamoasida xar bir shaxsning kamolga yetishi uchun xamda


gurux, umuman kollejda do‘stlik alokasini mustaxkamlash uchun juda
yaxshi sharoit vujudga keladi.
O‘qituvchi va tarbiyachi o‘zining tarbiyaviy ishlarida xamma vakt
o‘kuvchilar jamoasiga va ular orasida faol o‘kuvchilarga tayanmogi,
o‘kuvchilarni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga odatlantirilib jamoda
yashash va ishlashga o‘rgatib borish lozim.
4.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
Bolalarni tarbiyalashda akl bilan ish ko‘radigan moxir pedagoglar
tarbiyalaridagi bolalarning shaxsiy fazilatlarini juda yaxshi biladilar va
bundan keyin uning xakida nimalarga erishmokchi ekanliklarini anik
tasavvur ztadilar.
Ba’zi murabbiylar, o‘kituvchilar va sho‘x bolalarning salbiy xislatlariga
ortikcha urgu berib, katta xatoga yo‘l ko‘yadilar. Bolalarning zaif tomonlari
va nuksonlari doim tankid kilinaversa, bolaning o‘ziga ishonchi yo‘koladi,
umidsizlikka tushadi. Ayni chogda unda o‘kituvchi va tarbiyachiga nisbatan
kandaydir bir nafrat xissi paydo bo‘ladi. O‘kuvchilardagi nuksonlar, xato va
kamchiliklarni tuyadek bo‘rttirib, ularning yaxshi fazilatlarni kadrlamaydigan
murabbiy va o‘qituvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar.
5.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlar
xisobga olish prinsipi.Bolalarning yoshi ulgaygan sari ularga talab xam
orta boradi. Shu tufayli o‘rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda
ularning mustakilligiga suyanib ish ko‘rish yaxshi
Tarbiya jarayonining moxiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan
muayyan
konuniyatlarda
namoyon
bo‘ladigan
ichki
axlok
va
munosabatlarni aks ettirishidir.
Milliy pedagogika o‘kituvchi, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi shaxsiga
oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilarning anik bir maksadga
karatilgan o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligini ta’kidlaydi. Zero, tarbiya
mukammal shaxsni kuvvatini, kobiliyatlarini, mafkuraviy, ma’naviy -madaniy
sifatlarini, ongi va axlokini shakllantirishni nazarda tutadi.


Tarbiya jarayonida kishining turli kobiliyatlari rivojlanadi, xarakter
xislatlari, goyaviy - axlokiy, irodaviy, estetik, sifatlari shallanadi, olamga,
tabiatga, jamiyatga ilmiy karashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy, akliy,
kuchlar mustaxkamlanadi, xarakat sifatlari va ko‘nikmalari rivojlanadi. Xar
tomonlama garmonik rivojlangan barkamol inson tarbiyasi uchun imkon
yaratiladi.
Tabiat yoki jamiyatdagi xar kanday murakkab xodisa obyektiv ravishda
mavjud bo‘ladigan alokalar kuzatiladi. Bu alokalar konuniyat deb ataladi. Bu
konuniyat tarbiya jarayonida xam mavjud bo‘lib, u birinchi tomondan
ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan
shaxsning rivojlanishi bilan boglik.
Tarbiya printsiplari deb, tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini o’zida aks
ettiruvchi, tarbiyachi tarbiyaviy ishda amal qilishi zarur bo’lgan asosiy
qoidalarga aytiladi. Printsip so’zi lotincha bo’lib, asos, hatti-harakatning
asosiy qoidasi, yetakchi g’oya, talab ma‘nolarini anglatadi. Tarbiya printsip-
lari bu tarbiya jarayoniga qo’yiladigan talablar yig’indisidir.
Tarbiya printsiplari Sharq va Markaziy Osiyoning faylasuflari,
donishmandlar, pedagoglarning fikrlari, milliy pedagogika erishgan yutuq-
larga asoslanadi.
Tarbiya printsiplari quyidagilar:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi;
- shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash printsipi;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik prin-tsipi;
- tarbiyada o`quvchilarningyoshi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga
olish
printsipi;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, tizimliligi, hamda birligi printsipi.
Tarbiya g’oyat murakkab jarayon bo’lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy,
madaniy hayotini o’zida aks ettiradi.
Uning vosita omillari asrlar davomida shakllanib, takomillashadi.


Tarbiyada har bir xalqning o’z udumi, tarixan shakllangan va tajribada
sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo’ladi. Shuning uchun tarbiya
milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.
Mustaqil O`zbekiston sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyoti yo’lidan
bormoqda. Bu yo’l milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash,
rivojlantirish, milliy g’ururimizni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan mafkura negizida kamolatga erishish yo’lidir. Bu
esa milliy ong, g’urur, milliy odob, milliy etiqod, iymon-diyonat kabi
fazilatlarni yosh avlodning shaxsiy sifatlariga aylantirishni dolzarb vazifa
qilib qo’ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi
yangi pedagogik yo’nalish yuzaga keldi. Milliy tarbiya-O`zbekiston milliy
mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir.
Milliy tarbiya O`zbekiston davlat mustaqilligini mustahkamlash va
amalga oshirishga tayyor shaxslarni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Milliy tarbiya nima? Milliy tarbiya bu har bir xalqning o’z milliy madaniyati,
tili,
tarixi,
urf-odatlari,
an‘analari,
hayot
tarzi
asosida
tarbiyalashdir.O`zbekiston maktablari o`quvchilarini milliy tarbiyalash
mezonlari mustaqillik tufayli dolzarb ahamiyat kasb etgan, shaxsning
milliyligiga aloqador bo’lgan fazilatlarni singdirish tamoyillaridan kelib
chiqadi.Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O`zbekistonning
ijtimoiy buyurtmasi bo’lgan ijobiy sifatlar:


Xulosa
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan
saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko’nikmasini o’zgalarga
berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy
normalarga
bo’ysunish va o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti harakatlardan
o’zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va
amaliyot asosiy rol o’ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush
qonuniyatlari ham katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning
fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli
bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to’g’rilik,
adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do’stlik va hamkorlik, mehnat, poklik,
go’zallikka intilish kabilardir.
Istiqlol sharofati bilan ko’plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda
ilgari surilgan adolat to’g’risidagi g’oyalar atroflicha o’rganish zamon talabi
bo’lib qolmoqda. Ayniqsa , O’zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy
bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko’nikma-
malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli
yoshlarda ijtimoiy adolat to’g’risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun
zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo’lib yetishuvchi kadrlar,
bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini
to’g’ri baholay oladigan,
chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot
sohalari ichki qonuniyatlari to’g’risidagi tushunchalarni egallab borishlari
zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar
rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar,
ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari
lozim.
Mazkur
tushunchalarni
shakllantirishda
uzluksiz
ta’lim
tizimi
shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo’g’in bo’lib


hisoblanadi.
Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy,
ma’naviy-ruhiy jarayondir. Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin
bo’lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar
insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.“2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatalar strategiyasi”. –T.: “Adolat”, 2017 y.
2..Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 y. – 491 b.
3.Abdullayeva Sh., Asqarov A. Umumiy pedagogika. Nopedagogik oliy
ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. -T: Fan va axborot
texnologiyalari, 2019. -280 b.
Internet saytlari
1. www.Ziyonet.uz
2.www.edu.uz

Download 109.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling