Reja: Tarixiy ma’lumotlar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1024801
Bog'liq
MURODJON



Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari
Reja:
1. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Freym va freymli modellar haqida.
3. Freymlarning tuzilmasi.
4. Freymlarning turlari.
Tayanch iboralar:
Freym (frame), slot (slot), freymli model (frame
model), dasturlash tillari (programming languages), LISP, KEATS, ACQUIST,
FLIK, GIS, ERI, TRI, Tables, CS, TMS, predikatlar hisobi (predicate calculus),
semantik tarmoq (semantic web), mantiqiy tizim (logic system),atomarli
simvol (atomic
symbol), karkas (frame), freymlar-strukturalar(frame-
structure,), freymlar-rollar
(frames-role), freymlar-senariylar (frames-
scripts),freymlar-vaziyatlar
(situation-frames),
freym-ekzemplyar(frame-
instance), freym-namuna (frame-sample), freym-sinf (frame-class), freym
nomi (name of the frame), slot nomi (slot name), slot qiymati (slot value),
orislik ko’rsatkichi (inheritance pointer), atributlar ko’rsatkichi (index
attributes), protofreym (protofreym), ekzofreym (exoframe), xossalar
vorisligi (property inheritance), slot AKO (A-Kind-Of = это), FRL (Frame
Repre¬sentation Language), KRL (Knowledge Representation Lan¬guage),
ANALYST, МОДИС, TRISTAN, ALTERID.
1. Tarixiy ma’lumotlar
Olamning mashinali modelini yaratishning murakkabligini asosiy
sababi - bu ushbu olamning xilma-xilligidir. Marvin Minskiy psixologik va
amaliy jihatdan eng qimmatli modellarni taklif qildi. Marvin Minskiy –
AQShdagi Massachuset texnologiya va texnika institutida kompyuter fanlari
professori. Tyuring mashinasi uchun dasturlash, sun'iy intellekt, bilimlar
psixologiyasi sohasida mutaxassis, geometrik hisoblash, semantik
hisoblash, mashinali idrok etish, simvolli o’rganish sohalarida ishlagan.
Robototexnika va masofadan boshqarishni asoschilaridan biri, shaxsan,
sensorli va vizual datchiklarni, birinchi robotlarning mexanik qismlarini
ishlab chiqargan. 1951 yilda u birinchi neyron tarmoqlardan birini yaratdi va
“Sun’iy intellekt” labaratoriyasini tashkil etdi. 70-yillarda u intellektning
psixologik nazariyasini yaratdi. 1974 yilda "Bilimlarni taqdim etish uchun
freymlar" nomli kitobi chop etildi.
Inson psixikasining (ongda boqealrning aks etishidan hosil bo’lgan
ruhiy kechinmalar) freymlar nuqtai nazaridan talqini 10.1-rasmda keltirilgan.


Inson
ko’zi
Idrok etish
Anglash
jarayoni
jarayoni
10.1-rasm. Psixikaning freymlar nuqtai nazaridan talqini.
Bizni o’rab
turgan olam
O’ylash
jarayoni
Tasavvur
jarayoni
Turli masalalarni echishga qarab inson har bir vaqtda fazoda mo’ljal
olishga, mansab pillapoyalarida yuqoriga chiqishga, she'riyat ma'nosini
tushunishga, kerakli ma'lumotlarni izlashga va boshqalarga imkoniyatlar
yaratuvchi freymlarning turli global tizimlariga (10.2-rasm) ega bo’ladi.
10.2-rasm.
Freymlarning keng qo’llaniladigan sohalari
Fazoli
ko’rinishlarn
i tahlil qilish
Freymlarning keng
qo’llaniladigan sohalari
Olamnin
g modeli
O’rganuv-
chi model
Tabiiy tildagi
gaplarning
mazmunini
Axborotlarni
izlash tizimini
tashkillashtiris
Sun'iy intellektning bu yo'nalishi mavjud kompyuter modellari asosida
intellektual masalalarni echishning algoritmlarini izlashga qaratilgan edi.
Yangi ilm-fanni tashkil etishda Makkarti (Sun’iy intellekt masalalari uchun
birinchi dasturlash tili-LISPning muallifi), Minskiy (Freym g'oyasining va
bilimlarni taqdim etishning freymli modelining muallifi), Nyuell, Saymon,
Shou, Xant va boshqalar o’zlarining salmoqli hissani qo’shdilar.
2. Freym va freymli modellar haqida
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o`ziga bog`lovchi tasvirlashlarni
ishlab chiqishga intilish, freymli tasvirlashlarni paydo bo`lishiga olib keldi.
Freymlar nazariyasi 1975 yilda M. Minskiy tomonidan chop etilgan.
Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash oynasini va
"Freym" terminini 1975-yilda M.Minskiy taklif qilgan [1-3]. "Freym" so`zi
ingliz tilidan olingan bo`lib, paycha, panjara, ichki skelet kabi mazmunlarda
ishlatiladi. Freymlar nazariyasining mohiyati quyidagicha. Inson yangi
holatga tushib qolgan paytda, u o`zining xotirasidagi freymlar deb
nomlanuvchi asosiy strukturasiga murojaat qiladi. Ya’ni bunday holatda
to`g’ri yechimni qabul qilish uchun namunalarga murojat qilish kerakligini
eslaydi.
Sun’iy intellektda freymlarning turli ta’riflari mavjud. Quyida ularning
bazi birlarini keltiramiz [1-3, 6-8]:
Freym –
bu ba’zi tushuncha yoki obyektni tavsiflovchi dinamikli, to’liq
aniqlanmagan minimal struktura.


Freym –
bu sun’iy intellektda haqiqiy vaziyatlarning harakat sxemasini
o’zida aks ettiruvchi bilimlarni tasvirlash uslubi.
Freym –
bu qandaydir obyekt, hodisa, vaziyat va jarayonning mohiyatini
minimal tavsiflovchi mavhum timsolning modeli.
Freym –
bu idrok etishning qandaydir andozasini tasvirlashning
mavhum(abstrakt) timsoli.
Freym –
bu slotlar(maydon)dan iborat ma’lumotlar strukturasi.
Freym –
bu qandaydir konseptual obyektni tasvirlashning ma’lumotlar
bazasi bo’lib, freymga tegishli axborotlar uning tahkil etuvchilari bo’lgan
slotlarda saqlanadi.
Slot
(inglizcha - slot- (teshik, kovak, tirqish, yoriq) terminalli
(ierarxiyaning beti) bo’lishi yoki freymning quyi bosqichini o’zida namoyon
qilishi mumkin.
Freymli model
haqiqiy olam obyektlarining ierarxiyasini yaxshi
tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Freymli modellar
strukturalashgan semantik tarmoqlar hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda obyektlar va hodisalar freymlar ko’rinishida
tavsiflanadi.
Freymli modellar
insonnig predmet soha haqidagi fikrlash jarayonini
tasvirlash uchun qo’llaniladi.
Freymli model
tarmoqli modelga nisbatan ancha maxsuslashtirilgan
bo’lib, bilimlarni klasterlash (fragmentlash) prinsipiga asoslangan bo’ladi.
Boshqa turdagi modellardan farqli ravishda freymli modellarda
axborot birliklarning qat’iy strukturasi qayd qilinadi. Bu yerda slotning
qiymati (strukturasi) bo`lishi mumkin. Slotning qiymati sifatida freymni
tasvirlashda ichkima - ichki tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi,
freymni aniqlashtirishda unga va slotlarga aniq nom beradi va slotlarni
to`ldirish sodir bo`ladi.
Freymli modellarning yutuqlari
ularning kompaktliligi, ko’rgazmaliligi,
egiluvchanligi, modulliligi va axborot birlilklarni yozishda birxilliligi bilan
xarakterlanadi.
Freymli modellarning asosiy kamchiliklari-
bu ularda xulosalashni
boshqarish mexanizmlarining etishmasligi hisoblanadi. Ba’zi hollarda bu
kamchilik tizimning foydalanuvchisi tomonidan
slotlar-freymlar
sifatida
foydalaniladigan protseduralar yordamida tuzatilishi mumkin.
3. Freymning tuzilmasi
Predikatlar hisobi va semantik tarmoqlar
bilimlarni tasvirlashda kuchli
vositalar hisoblanadi, lekin ular murakkab strukturalashgan obyektlarni yoki
hodisalarni etarlicha yaxshi tavsiflay olmaydi. Chunki, murakkab
strukturalashgan obyektlarda yoki hodisalarda qo’llaniladigan qoidalar
nabori-bu bir-biri bilan aniq shaklda bog’liq bo’lmagan yozuvlarning chiziqli
ro’yxatidan iborat [1-3].
Mantiqiy tizimlar
ham qandaydir strukturaga birlashmagan formulalar
bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ushbu
formulalarga kirivchi


mulohazalar, predikatlar yoki
obyektlar oddiy o’zgaruvchilardan iborat
bo’ladi.
Semantik tarmoqlarda
tugunlar holati fazoda qayd qilinmaydi, ya’ni
tarmoq tugunlarini izomorfli almashtirishganda biz butunlay boshqa
ko’rinishdagi tarmoqni hosil qilamiz, likin tarmoqning shakli o’zgargani bilan
ushbu tarmoqdagi tugunlar orasidagi bo’g’lanishlar o’zgarmaydi [1-3].
Shunung uchun freymli modellarda obyektni va hodisalarni to’liq
tasvirlashga alohida e’tibor beriladi.
Har bir freym bilan quyidagi
ma’lumotlar bog`langan bo’ladi:
1) Freymdan qanday foydalanish haqida;
2) Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi;
3) Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning bilimlarni tasvirlash modeli sifatidagi asosiy yutuqlari
–bu model inson xotirasining fikrlash asosini tashkillashtirishni hamda
uning egiluvchanligi va ko’rgazmaliligini aks ettiradi. Shuningdek, boshqa
tarmoqli modellardan farqli ravishda, freymli modellarda axborot birliklar
orasidagi aloqalar qat’iy tuzilishga ega bo’ladi. Amaliy jihatdan freymli
modellardan sun’iy intellektda, ya’ni exspert tizimlarda bilimlarni
tasvirlashda keng foydalanildi.
Freym bir qator tavsiflangan slotlardan tashkil topgan strukturalardan
iborat bo’ladi. Slot ikkita elementdah iborat: slot nomi va slot qiymati.
Slotlarning
nomlaridan
tushunchalarning
o’xshashligini
aniqlashda
foydalaniladi. Slotlarning qiymatlari sifatida boshqa freymlarning nomlari
ham qatnashishi mumkin.
Freymning tuzilmasi.
Freym tuzilmasi deganda - tipik harakatlar ketma
-ketligi, freymni joylashish modifikatsiyasidan iborat sxemalardan
foydalanish uslublari tushuniladi. Freymlar bilimlar bazasida obyektlarni,
hodisalarni, vaziyatlarni va boshqa tushunchalarni hamda ular o’rtasidagi
o’zaro bog’lanishlarni tavsiflashda foydalaniladi.
Rasmiy ravishda freym – bu ma'lumot turi [6-8]:


3
2
1
,
,
,
S
S
S
N
F
N - ob'ektning nomi;
S
1
- freymning deklarativ semantikasini aniqlovchi faktlardan iborat
slotlar to’plami;
S
2
- boshqa freymlar bilan bog'lanishlarni (kauzal, semantik va h.k.)
ta'minlovchi slotlar to’plami;
S
3
– freymning protsedurali semantikasini aniqlshda almshtirishlarni
ta’minlovchi slotlar to'plami.
Freym - bu qandaydir standart vaziyat uchun mo`ljallangan
ma’lumotlarni deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq ko`rinishida ham
ko`rsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma’nosini tasvirlaydi va
har qanday sharoitda chin qiymatga ega bo`ladi. Quyi tabaqa haqiqiy
axborot bilan to`ldirilgan slotlar bilan to`ldiriladi. Har bir slotni shart-
sharoitining ta’siri bo`ladi. Freymlarni quyidagi konstruksiya bilan ham
ifodalash mumkin [6-8]:











n
n
b
r
b
r
b
r
F
,
,...,
,
,
,
2
2
1
1
,
bu yerda,
F
-freym nomi,
i
r
-slot nomi,
i
b
-slotning qiymati.
Freym nom va alohida birliklardan tashkil topgan slotdan iborat
bo’ladi [6-8]:
(Freym nomi:
1-slotning nomi (1-slotning qiymati);
2- slotning nomi (2-slotning qiymati);
.................................................. .....
K- slotning nomi (K- slotning qiymati)
)
Xuddi shu yozuvni ikkita qo’shimcha ustunni qo'shib 10.1- jadval
ko’rinishida berish mumkin.
10.1-jadval.
Slot nomi
Slot
qiymati
Qiymatlarni olish
uslubi
Birlashtirilgan
protsedura
Kiritilgan qo'shimcha ustunlar slotlarning qiymatlarini olishning
uslublarini tavsiflash va freymlar nazarisida ruxsat etlgan maxsus
protseduralarni u yoki bu slotga birlashtirishga mo'ljallangan.
Freym tizimlari axborot qidiruv tizimlari bilan bog’langan
. Agar
muammoga bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa
freymni o`z ichiga olib, 2-freym bu muammoga javob beradi.
Freymlarning
asosiy xossalarini ko`rib chiqamiz:
1)
Bazali tip.
Berilgan predmetning juda zarur obyektlarini o`z ichiga
oladigan freym. Lekin holatini o`zgartirganda yana yangi freymlarni
qurishga to`ri keladi.
2)
Ierarxik strukturaga ega bo`lgan freymlar tizimosti
. Ierarxik
strukturaning yaxlitligi atributlari haqidagi axborot yuqori bosqichda
joylashgan bo`lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog`q bo`ladi.
3) Freymli tizimlarda xulosalarni chiqarish.
Freymli tizimlarda uch turdagi xulosa chiqarish bosqichi ishlatiladi.
1)O`xshash qoidalar to`plamini aniqlaydigan, qoidalar to`plamiga
o`zgartirish kiritishda yoki qoidalar o`rtasidagi munosabatlarni aniqlashda
foydali bo`ladigan qoidalar moduliga asoslangan ETlar. Ular bilimlar
bazasini hosil qilishda to`sqinlik qiladi.
2)Uzunligi bir jinsli, ko`p hollarda, bilimlarning har xil turlarini bir
qatorda tasvirlashga majbur qiladi va oqibatda tizimlarning bilimlari
zaiflashadi.
3)Freymlar – ekspert tizimlarning bilimini ko`rsatishning keng
tarqalgan shakllaridan biridir. Freym o`zini slot yacheykalari to`plamidan
iborat struktura kabi ko`rsatishi mumkin. Har bir slot nomdan va unga
biriktirilgan qiymatdan iborat. Qiymat ma’lumotlar, protseduralar, boshqa


kompyuterga yuboriladigan ma’lumotlardan iborat bo`lishi mumkin yoki
bo`sh bo`lishi mumkin.
Bunday ko`rinish analogli modellashtirish, bir xil turdagi aloqali
sohasini yozish va h.k.lar uchun juda qulaydir.
Freymlarni tavsiflashga misollar.
Freym ma’lumotlar tuzilishini
eslatadi, uning yordamida, masalan, sizning xonangizdagi holatni tasvirlash
mumkin. Har bir freym har xil axborotlar bilan to`ldirilishi mumkin. Agar
oqibat kutilgan natijani bermasa, bu axborot - qurilayotgan freymning
qo`llanish usullariga aloqador bo`lishi mumkin. Quyida tushunchalarni
freymlar ko`rinishda taqdim etishga namunalar keltirilgan (10.3-rasm).
Modem
1.
Vazifasi:
A-R-O’, R-A-O’.
2.
Tarkibi:
koder, dekoder,
kuchaytirgich...
3.
Maqsadi:
Internetga ulash.
Mobil telefon
1.
Vazifasi:
nutqni uzatish va
qabul qilish.
2.
Tarkibi:
radioblok, raqam
tergich, koder, decoder, ....
3.
Maqsadi:
Nutqiy so’zlashish.
4.
Aloqa:
WAP,GPRS, 3G
Kompyuter
1.
Vazifasi
: Axborotni qayta ishlash,
saqlash,
....
2.
Tarkibi
: monitor, prosessor,
sichqoncha,
klaviatura, ....
3.
Maqsadi
: inson ishini yengillashtirish.
10.3-rasm. Tushunchalarni freymlar ko`rinishda taqdim etish.
Freym ko`p jihatdan o`zining tuzilishiga ko`ra semantik tarmoqqa
o`xshash bo`ladi. Freym iyerarxik tuzilgan tugun va munosabat(aloqa)lar
tarmoqdir. Bu yerda yuqori tugunlar umumiy tushunchalarni ifodalasa, quyi
tugunlar
esa
bu
tushunchalarning
xususiy
hollaridir.
Semantik
tarmoqlardan farqli o`laroq freym tizimlarda har bir tugundagi tarmoqlar
tushunchasi atributlar to`plami (masalan, ism, rang, o`lcham, shakl) va bu
atributlarning qiymatlari (masalan, Rustam, qora, kichkina, dumaloq) bilan
beriladi. Atributlarni esa slotlar (tirqishlar) deyiladi. Slot nomi freym ichida
axborotning aniq joyini ko`rsatadi.
Misol. Talabani tavsiflovchi freym.
Talaba;
Familiyasi, Axmedov;
Jinsi, erkak;
Kurs, 4;


Mutaxassisligi, matematika;
O’zlashtirishi, yaxshi.
Xuddi shu yozuvlarni 10.2 -jadval ko’rinishda ifodalash mumkin.
10.2 -jadval. Freym nomi: Talaba.
Slot nomi
Slot qiymati
Familiyasi
Axmedov
Jinsi
Erkak
Kursi
4
Mutaxassisligi
Matematika
O’zlashtirishi
Yaxshi
Bu qarashlarga slotlarning hozirgi ahamiyatini tasvirlovchi ayrim
obyektlar joylashadi. Munosabat(aloqa)lardan tashkil topgan freymlar
to`plamini yig’ib freymlar tizimostini qurish mumkin. Ular freymlar orasidagi
munosabat aloqalarini tanlaydi. Agar boshqa freymlarga murojaat
qilinayotganda slotlar nomlari hisobga olinmasa, u holda bir jinsdagi
freymlar tarmog’i hosil bo`ladi. Aks holda bog’lanishlar qaysi slotlardan
hosil bo`lgan bo`lsa, shu slotlarning nomlari bilan ataladi va freymlar bir
jinsli bo`lmaydi. Bundan ko`rinadiki freymlar tarmog’ida biror bir semantik
tarmoqqa o`tish va teskarisiga o`tish ham mumkin.
Bunday freymlar bilimlar ko`rinishiga ega. Biz biror obyektni
aniqlashni hoxlaymiz deb faraz qilaylik. Buning uchun bir nechta bo`lgan
"Odam" freymlardagi slotlar va bu slotlarga tegishli atributlarni ko`rib
chiqamiz.
Misol.
Biror kishini tasvirlaydigan freym.
Odam;
Sinfi, hayvon;
Tuzilmaviy elementlari, bosh, bo'yin, qo'llar, ...;
Balandligi, 30 - 220 sm;
Og'irligi, 1 - 200 kg;
Dumi, Yo'q;
Til, rus, ingliz, ...;
Bog’liqligi, maymun.
Xuddi shu yozuvlarni 10.3-jadval ko’rinishda ko’rinishda ifodalash
mumkin.
10.3-jadval. Freym nomi: Odam.
Slot nomi
Slotning qiymati
Sinfi
Hayvon
Tuzilmaviy elementlari
Bosh, bo'yin, qo'llar, ...
Balandligi
30- 220 sm
Og’irligi
1 - 200 kg
Dumi
Yo’q
Tili
O’zbek, rus,ingliz, ...
O’xshashligi
Maymun


Muvofiqlashtirishni protseduralardan boshlaymiz. Buning uchun
xotiradan odam xarakteristikalarni tasvirlovchi "Odam" freymini chiqaramiz.
Hamma slotlarning shartlarini kiyofalantiradigan ma’lumotlar olinganda
obyekt odam sifatida aynan tenglashtiriladi. Aytaylik, EHMga kiradigan
ma’lumotlar "Odam" freymda berilgan shartlarga mos kelmasin. Masalan,
obyekt (subyekt)ning massasi 300 kg va obyektning dumi bor deyilsa, bu
ma’lumotlardan xulosa shuki, ko`rilayotgan obyekt odam emas. Shundan
so`ng o`xshashlik freymining ko`rsatkichidan foydalanib va xotiradan
"Maymun" freymni chiqarib shunga o`xshash muvofiqlashtirish o`tkaziladi
(10.3-jadval).
Misol. Jadvallarni freymlar orqali ifodalashda avval freym nomi bo`lib,
ustun nomlari freym slotlariga mos qo`yiladi. MBBTda jadvallarning
maydonlararo bolanishlari freym-texnologiya asosida taqdim etiladi.Jadval
korinishida berilgan ma’lumotni freym modelida taqdim etish. Masalan, 2.5-
bo’limdagi 10.4-jadvalni olaylik.
10.4-jadval.
Xodimlar
Familiyasi
Tug’ilgan yili
Mutaxasisligi
Staji
Axmedov
1959
Matematik
5
Ganiev
1960
Elektronshik
20
Axrorov
1957
Токарь
30
Bo’ronov
1960
Fizik
25
Jadval nomi freym nomiga beriladi, ustun nomlari freym slotlari
nomlariga aylanadi (10.5-jadval) .
10.5-jadval.
Freym nomi: Xodimlar
1-slot-Familiyasi:
Axmedov, Ganiev, Axrorov, Bo’ronov
2-slot-Tuilgan yili:
1959, 1960, 1957, 1960,
3-slot-Mutaxassisligi:
Muxandis,
O`qituvchi,
Shofyor,
Duradgor
4-slot-Staji (yil):
5, 20, 30, 25
Freymning kengaytirilgan tuzilmasi .
Har qanday freym nom va
quyidagi tuzilmadan tashkil topadi (10.6-jadval):
10.6-jadval.
Freym nomi.
1-slot nomi
Meros
ko’rsatkichi
Atribut
ko’rsatkichi
Slot qiymati
Demon
…………...
N-slot nomi
10.6-jadvalda ko’rsatilganindek, har bir freym ixtiyoriy sondagi
slotlardan iborat bo’lib, ulardan bir nechtasi maxsus funksiyalarni bajarish
uchun odatda tizimning o’zi yordamida aniqlanadi, qolganlari esa
foydalanuvchi tomonidan aniqlanadi.
10.6-jadvalda:


1) F
reym nomi
– bu freym uchun belgilangan identifikator. Freym
berilgan freym tizimostida noyob nomga ega bo`lishi kerak.
2) S
lot nomi
– bu slotga tayinlangan identifikator. Freymga tegishli slot
yagona nomga ega bo'lishi kerak. Odatda slot nomi hech qanday yuklash
ma’nolarini olib kelmaydi va berilgan slotning identifikatoridir, lekin ba’zi
hollarda u maxsus ma’noga ega bo`ladi. Bu nomdagilarga strukturalashgan
obyektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan
IS-A, HASPART, RELATIONS,
FIND BY, COMMENT
va hokazolarni kiritish mumkin. Bu slotlar tizimli
deyiladi va bilimlar bazasini tahrirlash va chiqarishni boshqarishda
ishlatiladi;
3) M
eros ko’rsatkichlari
- bu ko`rsatkichlar faqat “mavhum-aniq
(abstrakt-konkret)” muomalasiga asoslangan iyerarxik tipdagi freym
tizimlarga tegishlidir, ular quyi darajadagi xuddi shunday nomli freymlarga
ega bo`lgan yuqori darajadagi freymning slot atributlari haqidagi qandaydir
axborotni ko`rsatadi. Tipik meros ko`rsatkichlari quyidagilar:
U
(Unique) – noyob. Slot qiymati meros qoldirmaydi, Nasl-
freymlarning bu slotida turli noyob qiymatlar bo’ladi;
S
(Same) – xuddi shunday. Barcha nasllarla bu slotning qiymati
dastlabki nasl-freym slotiga mos bir xil bo’lishi lozim;
R
(Range) – interval. Slot qiymati ayrim chegarada yotadi;
O
(Override) – e’tiborga olmaslik. U va S ko’rsatkichlarning
funksyalarini bir vaqtda bajarish.
U
freymning har xil qiymatli slotga ega bo`lish mumkinligini ko`rsatadi,
S – hamma slotlar bir xil qiymatga ega,
R
– quyi darajali freym slotining
qiymati, yuqori darajadagi freym slotining qiymatlari bilan ko`rsatilgan
oraliqda bo`lish kerak,
O
– yuqori darajadagi freym slotining qiymati
ko`rsatilmaganda past darajadagi freym slotining qiymatini qo`yish, lekin
quyi darajadagi freym slotining yangi qiymati aniqlanganida slot
qiymatining sifatini ko`rsatadi.
4)
Attributlar (ma’lumotlar tipi) ko'rsatkichi
– bu slotning son
qiymatiga egaligini ko`rsatadi yoki boshqa freymga ko`rsatkich bo`lib
xizmat qiladi
.
Ma’lumotlar tipiga quyidagilar kiradi: FRAME (ko`rsatkich),
INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul toifali), Linked (bolangan
protsedura), TEXT (matn), LIST (ro`yxat), TABLE (jadval), EXRRESSION
(ibora) va boshqalar.
5)
Slot qiymati
– bu slotdagi ma'lumotlar turiga mos keluvchi va
meros shartlarini qanoatlantiruvchi qiymat bo’lib, u slot qiymatini kiritish
punktida slot ma’lumotining ko`rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi va
shajara shartlarini bajarishi kerak.
6)
Demon
– bu qandaydir shart bajarilganda avtomatik ravishda ishga
tushadigan protsedura. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda
avtomatik yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga
murojaatda
yuklanadi.
Bundan
tashqari
demon
bog’langan
protseduralarning turli xilligidir. Demonlar freym modelining muayyan
slotiga murojaat bo’lganda ishga tushadi.
Misol uchun
, demon IF-NEEDED


ishga tushadi, agarda uning qiymati slotga kirish vaqtida o'rnatilmagan
bo'lsa; IF-ADDED ishga tushadi, agarda slotga qiymat qo’yilsa; IF-REMOVED
ishga tushadi, agarda slotning qiymati o'chirilgan bo'lsa.
7)
Bog’langan protseduralar.
Slotning qiymati sifatida protsedura
tipidagi dasturni ishlatish mumkin. Freym qiymatlarini ko`rsatish modelida
protsedurali va deklarativ qiymatlar birlashadi deganimizda demonlar va
bolangan protseduralarni protsedura qiymatlar deb hisoblaymiz.
Freymlarni tashqi tasvirlash.
Freymlarni tashqi tasvirlash formati
quyidagicha bo’ladi [6]:
FRAME () = 
PARENT: < freym nomi- ota>
<1-slot nomi> () [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
<2-slot nomi> () [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
 () [?] {}:
(<1-qiymat>; <2-qiymat>; ...; )
ENDF
Bu erda:
- фрейм, ota freymi va slot nomlari
– simvollar (kirilcha va/yoki
lotincha harflar, raqamlar, probellar, ta’kidlash belgilari) ketma-ketligidan
iborat bo’ladi;
-
slot turi
– simvolli, raqamli yoki lingvistik o'zgaruvchilardan iborat
bo’lib, sonli tipdagi slot va lingvistik o'zgaruvchilarning tavsifi zarur
hosoblanadi, tavsiflanmagan slot jimlik qoidasi bo’yicha simvolli
o’zgaruvchi sifatida qabul qilinadi, slot turlarining tavsifi aylana () qavsga
olinadi;
-slot savoli
– kvadrat [] qavsga olingan ixtiyoriy simvollar ketma-
ketligidan iborat bo’ladi (slot savolining bo’lishi shart bo’lmasligi ham
mumkin, bu holda unung o’rniga «Qiymatni tanlang» yoki «Qiymatni kiriting»
kabi ifodalardan foydalanish mumkin);
-slotga tushuntirishlar
– figurali {}qavsga olingan matnli nom (*.txt)
yoki grafikli fayl (*.bmp) bo’lishi mumkin (slotga tushuntirishlar bo’lmasligi
ham mumkin);
-s
lotning qiymati
–simvollarning ixtiyoriy ketma-ketligidan iborat bo’lib,
slotning qiymatlari bir-biridan nuqta-vergul (;) bilan ajratiladi (slotning
qiymatlar ro’yxati bo’lmasligi ham mumkini), freym-ekzemplyar sloti
bittagina qiymatga, freym-sinf va freyn-nusxa slotlari chegaralanmagan
qiymatlarga ega bo’lishi mumkin;
Freymlarga misollar:
Mevalar [(“Baxmal” olmasi: 10T), ("Ro’zimat ota” uzumi: 10T), (olcha:
200 kg)].
Yetkazib berish [(nimani ...) (qayerdan ...) (qayerga ...), (nima bilan...),
(qachon ...)].


Safarga [(Kim), (qachon), (qayerga), (nega)].
Keling, "Safar" freymining misolini ko'rib chiqaylik, unda kim, qachon,
qayerga va nima uchun safarga jo’natilganligi haqida ma'lumotlar mavjud.
Bunday freymni yozish va saqlash uchun avvalo freymning tuzilishini, ya’ni
ushbu freym qanday slotlardan tashkil topganligini aniqlaydigan freym-
prototip yaratiladi. Freym-prototiplarda slotlar sifatida: Kim, qachon,
qayerda, nima uchun o'zgaruvchilari mavjud.
Xodimlar safari bilan bog'liq bo'lgan muayyan hodisalar uchun ularning
qiymatlari freym-prototip bilan almashtirilishi mumkin. Freym-protipni
to'ldirgandan keyin biz
freym-ekzemplyar
ko’rinishiga ega bo’lamiz:
Safarga [ (Saidov O’.M.), (10.01.18-20.01.18) (Toshkent), (kitoblarni
olib kelish bo'yicha shartnoma imzolash)].
To'ldirilmagan freym
protofreym
va to'ldirilgan freym esa
ekzofreym
deb ataladi.
Protofreymlar
qoidaga ko’ra faqat slotlarning ro'yxatini emas,
balki jimlik qoidasiga asosan ular uchun ba'zi bir qiymatlarni ham o’zida
aks ettiradi. Shunday qilib, protofreym ob'yekt yoki holatning ma'lum bir
andozasini tasvirlaydi.
Agarda aniq ob'yekt yoki vaziyat kuzatilganda slotlarning boshlang’ich
qiymatlari jimlik qoidasi bo’yisha o’rnatilsa, u holda freym ekzemplyari -
ekzofreym
yaratiladi. Ba'zi bir slotlar standart qiymatlarga ega bo'lmasligi
mumkin. Misol uchun, mashina yoki kiyimlarda odatiy rang yo'q [6-8].
Freymni konkretlashtirishda, freymga va slotlarga maxsus nomlar
beriladi va slotlar to'ldiriladi.
Protofreymlardan freym – ekzemplyarlar
hosil
qilinadi.
Freym ekzemplyari
- bu slotlarining qiymatlari aniqlangan freym
hisoblanadi. Boshlang’ich protofreymdan freym-ekzempyarga o’tish
slotlarning qiymatlarini ast-sekinlik bilan aniqlashtirish hisobiga ko'p
bosqichli bo'lishi mumkin.
Slotning qiymatlari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin
[6-8]:
raqamlar, munosabatlar, matematik munosabatlar, tabiiy tildagi matnlar,
dasturlar, xulosalash qoidalari, mavjud freym yoki boshqa freymlarning
boshqa slotlariga havolalar, "Ichkima-ichki joylashish" tamoyilini ifodalovchi
quyi darajadagi slotlar nabori.
Freym-ekzemplyarda
slotlarning qiymatlarni olishining bir necha
uslubi
mavjud
[6-8]:
▪ freym-namunadan jimlik holati bo'yicha (Default-qiymat);
▪ freymning AKO slotida ko’rsatilgan meroslik xossalari yordamida;
▪ slotda ko'rsatilgan formuladan foydalanib;
▪ birlashtirilgan protsedura yordamida;
▪ foydalanuvchilar bilan muloqat jarayonida;
▪ ma'lumotlar bazasidan.
Slot
sifatida boshqa freym ham qatnashishi mumkin va u boshqa
obyektlardan tashkil topgan strukturalashgan obyektlarni tavsiflashni
ta’minlaydi
.
4. Freymlarning turlari


Odatda freym tizimlari kiritilgan freymni ma’lum bir holatga mos
keltirib bo`lmaydigan hollarda foydalaniladigan axborot qidiruv tarmog`i
ko`rinishida namoyon bo`ladi, agarda slotlarga ushbu slot bilan bog`liq
bo`lgan shartlarni qoniqtira oladiganlar biriktirilmasa.
Bunday hollarda tarmoq boshqa freymni qidirish va taklif etish uchun
xizmat qiladi. Freymlar ma’lumotlar omborida saqlanadigan freym-
namunalar yoki prototiplar va kelib tushayotgan ma’lumotlar asosida
haqiqiy holatlarni ko`rsatish uchun yaratiladigan freym-ko`chirmalarga
bo`linadi.
Freym modeli yetarlicha universal hisoblanadi, chunki u dunyo
haqidagi turli xildagi bilimlarning hammasini quyida keltirilgan freymli
modellarning tiplari orqali ko`rsatib berish imkonini beradi [6-8]:
- freymlar-strukturalar –
obyektlar va tushunchalarni (kiritma (zayem),
garov, veksel) belgilash uchun foydalaniladi
- freymlar-rollar
(menedjer, kassir, mijoz);
- freymlar-senariylar
(inqiroz,
yig`ilish,
aktsionerlar,
bayramlarni
o’qkazish, ovqatlanish);
- freymlar -vaziyatlar
(trevoga, halokat, qurilmaning ishchi rejimi).
- freym-экземпляр
– predmet sohaning joriy holatini tavsivlovchi aniq
freymdan foydalanish;
- freymм-namuna
- predmet sohaning etarli holatlarini yoki obyektlarni
tavsiflash uchun shablondan foydalanish;
- freym-sinf
– namunalar freymlarining majmuasini tasvirlash uchun
yuqori darajadigi freymlardan foydalanish;
Ierarxik tipdagi freymlar.
Bu tipda freymlar ierarxiyani tashkil etadi.
Freymli modellarda ierarxiya obyektni (agar slotlar faqat obyektning
xossalarini tavsiflasa), vaziyatni yoki jarayonni (agar alohida slotlar freymga
birlashtirilgan bo’lsa va freymning faollashuvi bilan chaqiriladigan
protseduralarning nomlari hisoblansa) tavsiflashning alohida ko’pbosqichli
strukturasini vujudga keltiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling