Reja: Tarkibida eyuk va tok manbalari bo`lgan bir necha parallel tarmoqlarni bir ekvivalent tarmoq bilan almashtirish


Download 149.04 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi149.04 Kb.
#1637217
Bog'liq
IKKI TUGUN USULI VA EKVIVALENT GENERATOR USULI


Ikki tugun usuli va ekvivalent generator usuli.
Reja:


1. Tarkibida EYUK va tok manbalari bo`lgan bir necha parallel tarmoqlarni bir
ekvivalent tarmoq bilan almashtirish.
2. Ikki tugun usuli (tugunlararo kuchlanish usuli).
3. Ekvivalent generator usuli.
4. O`zarolik printsipi va shu asosda hisoblash usuli.

Tarkibida EYUK va tok manbalari bo`lgan bir necha parallel tarmoqlarni bir
ekvivalent tarmoq bilan almashtirish.


Murakkab elektr sxemalarini tahlil qilish va hisoblashda,tarkibida EYUK,tok manbalari va qarshiliklardan iborat bo`lgan bir necha parallel tarmoqlarni ekvivalent bo`lgan bir tarmoq bilan almashtirish hisoblashlarni ancha yengillashtiradi.





I a I a I a
I1 I2 I3 E1I


REK R2


R1 R2 R3 IK1 IK2 IK R1 R4 EEK R3


E1 E2 E3 E1II E2


b b b
a ) b) v)
1– rasm.
34 -rasmda tasvirlangan zanjirning qismi (qolgan sxema ko`rsatilmagan), 34b -rasmdagi zanjir qismiga ekvivalent hisoblanadi, agarda tok I ning har qanday qiymatida a va b tugunlarda kuchlanish Uab ikki sxemada ham bir xil bo`lsa. Ekvivalent Ee va Re nimaga teng bo`lishini aniqlash uchun ikkala sxema uchun tenglamalar tuzamiz.
34 a -rasmdagi sxema uchun Kirxgofni I- qonuniga asosan
I1 + I2 + I3 + Ik2 =I


Biroq I1 = ( E1 – Uab ) / R1 = (E1 – Uab) g1
I2 = ( E2 – Uab ) / R2 =(E2 – Uab) g2
……………………………………
In =( En – Uab ) / Rn = (En – Uab) gn
Demak
(j)


bu yerda m - tarkibida EYUK manbasi bo`lgan bir tarmoq soni
q - tarkibida tok manbasi bo`lgan tarmoqlar soni
34 b -rasmdagi sxema uchun
I = Ee ge – Uab ge (z)
bu yerda ge = 1/ Re
34a,b-rasmlardagi sxemalarda I toklarining tengligi Uab kuchlanishlarning istalgan qiymatlarida bo`lishi kerak, bu faqat (j) dagi Uab oldidagi koeffitsiyent (z) dagi Uab oldidagi koeffitsiyentga teng bo`lganda bajariladi.
Demak, ge= (k)
(j) va (z) ifodalarda Uab oldidagi qo`shiluvchilar va toklar I bo`lsa ekvivalentlik shartiga asosan
= Ee ge
bundan
(l)
(k) formula ge o`tkazuvchanlikni va bu orqali Re ni topish imkonini beradi. (k) formuladan ko`rinib turibdiki ge o`tkazuvchanlik tarmoqlarda EYUK bor-yo`qligiga bog`liq emas.
(l) formuladan foydalanayotganda quyidagiga e'tibor qilish kerak: agar qaysidir tarmoqda EYUK bo`lmasa (l) formulani suratdagi mos keluvchi qo`shiluvchi tushib qoladi, lekin shu tarmoqning o`tkazuvchanligi maxrajda qoladi. Agar qandaydir EYUK boshlang`ich sxemada yo`nalishi 34 -rasmda tasvirlangan sxemada teskari yo`nalishda bo`lsa, u vaqtda mos keluvchi qo`shiluvchi (l) formulani suratiga manfiy ishora bilan kiradi.
34 a -sxemadagi tarmoqlar va 34 b -sxemada tarmoq sxemasining rasmda ko`rsatilgan qismiga nisbatan ekvivalentlardir, lekin quvvatlari jihatidan ekvivalent emas.
Sifatan buni, quyidagicha tushuntiramiz. 34 a -sxemada I = 0 bo`lsa ham tarmoqlardan tok o`tishi mumkin, biroq 34 b -sxemada I = 0 da ab tarmoqda energiya qabul qilish bo`lmaydi.
Ikki tugun usuli (tugunlararo kuchlanish usuli).
Ko`pchilik hollarda faqat ikki tugundan iborat sxemalar ko`p uchraydi. Shunday sxemalardan biri 35 -rasmda tasvirlangan. Toklarni eng qulay hisoblash usuli bunday sxemalarda ikki tugun usuli hisoblanadi.

a
I1 I2 I3 I4
Uab = R1 R2 E3 R4
E1 R3


b 35 - rasm


Ikki tugun usuli deganda elektr zanjirlari shunday hisoblash usuli tushuniladiki, qaysikim, izlanayotgan noma'lum sifatida ikki tugunlar orasidagi kuchlanish tushuniladi va shu orqali tarmoqlardagi toklar aniqlanadi. Bu usulni hisoblab formulalarini (l) va (l) formulalar asosida va yana juda oddiy ko`proq umumiyroq usul-tugun potentsiallar usulidan olish mumkin. 34 a -rasmdagi sxemadan farqli 35 -rasmda sxemada a va b tugunlarga tok I oqib kelmaydi. Shu uchun (l) formulada I = 0 deb olsaq, u vaqtda ikki tugun orasida Uab kuchlanishni topish mumkin:
Im = ( Em – Uab ) / Rm = (Em – Uab) gm
Tugunlararo Uab kuchlanish aniqlangandan keyin istalgan (m) tarmoqdagi tokni Om qonuni formulasidan aniqlash mumkin.
Ekvivalent generator usuli.
a) Aktiv va passiv ikkiqutbliklar.Ekvivalent generator (ekvivalent manba) usuli aktiv ikki qutblik teoremasiga asoslanadi. Shu uchun ikki qutbliklarni ayrim xususiyatlarini ko`ramiz.
Istalgan elektr sxemasida fikran bitta tarmoqni ajratib olib, sxemani qolgan qismini tuzilishi va murakkabligidan qat'iy nazar shartlik ravishda to`rtburchak shaklida ifodalash mumkin. (36 a -rasm).
Ajratilgan tarmoqqa nisbatan qolgan to`rtburchak shaklida ifodalangan butun sxema ikki qutblik deb nomlanuvchi tushunchani hosil qiladi



I I1 I11
a a a a
R R R
R E1
I
E2 E1=Uabxx E2=E1 b b b


a) b) v) g)
36 –rasm.
Ikki qutblik - bu istalgan sxemani umumlashgan nomi bo`lib, ajratilgan ikki uchlarga yoki qutblarga nisbatan aytiladi.
Agar ikki qutblikda bir-birini kompensatsiyalamaydigan tok yoki EYUK manbalari bo`lsa, bunday ikki qutblikka aktiv deyiladi.Bu hollarda to`rtburchakka 36 a,b,v A-harfi qo`yiladi.
Agar ikki qutblikda tok yoki EYUK manbalari bo`lmasa, u vaqtda passiv ikki qutblik deyiladi.Bu holatda to`rtburchakni P harfi qo`yiladi yoki umuman hech narsa qo`yilmasligi mumkin (36 g -rasm).
b) Ekvivalent generator (manba) usuli. Ajratilgan tarmoqqa nisbatan hisoblashlarda ikki qutblikni ekvivalent generator bilan, ya'ni qaysikim, EYUK si ajratilgan tarmoq qutblarini salt ishlash kuchlanishiga, ichki qarshiligi esa shu ikki qutblikning kirish qarshiligiga teng deb, almashtirish mumkin.
Qandaydir sxema berilgan deylik va uni faqat bitta tarmog`ini tokini aniqlash kerak bo`lsin. Fikran qarshiliklari va EYUK lari bo`lgan sxemani to`rtburchakka joylashtiramiz va I tok aniqlanishi lozim bo`lgan tarmoq av ni undan ajratib olamiz (36 a rasm). Ajratilgan tarmoqda I tok o`zgarmaydi, agarda kattaliklari o`zaro teng belgan E1 va E2 EYUK larni qarama – qarshi ulasaq (36 b –rasm). O`rniga quyish usuliga asosan I tokni ikkita toklarni yig`indisi I( va I( deb olish mumkin.
I = I΄ + I΄΄
I΄ tok deganda E1 EYUK va aktiv to`rtkutblik ichiga olingan barcha tok va EYUK manbalari hosil qiladigan tok deb, I΄΄ tokni esa faqat EYUK E2 hosil qiladi deb tushunamiz. Shunga asoslangan holda I΄ va I΄΄ toklarni aniqlash uchun 36 v,g -rasmdagi sxema P to`rtburchakda EYUK lar yo`q,lekin manbalarning ichki qarshiliklari qoldirilgan.
E1 EYUK Uab kuchlanishga qarama-qarshi yo`nalgan. Tarkibida EYUK bo`lgan zanjir uchun Om qonuniga asosan
I΄΄ = (Uab -E1) / R
E1 EYUK ni shunday tiklaymizki, I΄ tok nolga teng bo`lsin, av tarmoqda tokni yo`qligini shu tarmoqni uzilganligi (salt ishlashi) bilan teng kuchlidir.
Shu tarmoqdagi av qutblardagi salt ishlash kuchlanishini Uab.xx deb belgilaymiz.
Bundan, agar Uab.xx =E1 ,deb tanlasaq, u vaqtda I΄ =0. I = I΄ + I΄΄ bo`lgani uchun I΄ =0 da I tok I =I΄΄ bo`ladi. Lekin I΄΄ tok 36 g -rasmdagi sxemaga asosan quyidagicha aniqlanadi
I ΄΄= E2 / (R + Rkir ) = Uab.xx / (R + Rkir ) (m)

a a

RKIR


R Uavxx
Uavxx IK=Rkir Rkir R
b b

  1. b)

37-rasm
bu yerda Rkir - av qutblarga nisbatan ikki qutblikning kirish qarshiligi. R - av tarmoqning qarshiligi (m) tenglamani 37 a -rasmdagi ekvivalent sxema tasdiqlaydi, bu yerda ikki qutblik o`rniga qarshiligi Rkir bo`lgan E2 = Uab.xx EYUK tasvirlangan. (Gelmgolts-Tevenen sxemasi) EYUK E2 = Uab.xx va Rkir kuchlanishi xuddi ekvivalent generator kabi qarash mumkin. (Rkir -uni kirish qarshiligi, Uab.xx -esa uni EYUK).
Shunday qilib, ajratilgan tarmoqqa nisbatan (36 a –rasmdagi av tarmoq) sxemani to`liq qolgan qismini parametrlari bo`lgan ekvivalent generator bilan almashtirish mumkin.
Ajratilgan tarmoqdagi tokni hisoblash usuli aktiv ikkiqutblik ekvivalent generatorga almashtirishga asoslangan usul, ekvivalent generator usulini, aktiv ikki qutblik usuli yoki salt ishlash va qisqa tutashuv usuli deb nomlash qabul qilingan.
v) Ekvivalent generator usulida hisoblash tartibi.
Aktiv ikki qutblikni kattaliklarini topish undan keyin tekshirilayotgan tarmoqdagi tokni aniqlash bu usulni asosiy maqsadidir. Bu usul ayniqsa, tekshirilayotgan tarmoqni qarshiligi o`zgaruvchan bo`lganda juda qo`l keladi.
Bu usulda hisoblash tartibining ketma-ketligi quyidagicha;
1) ochik av tarmoqdagi kuchlanishni aniqlash;
2) sxemada EYUK lar qisqa tutashtirilib (ichki qarshiligi sxemada qoladi) va qutblarga nisbatan butun sxemani kirish qarshiligi Rkir aniqlash;
3) izlanayotgan tokni quyidagi formula bilan hisoblash
I = Uab.xx / (R + Rkir ) (n)
Agar av tarmoq qarshiligi (R q 0) nol bo`lsa, u vaqtda qisqa tutashuv rejimi bo`ladi, shu tarmoqdan o`tayotgan tok qisqa tutashuv ( Ik.t ) tokidir. (n) formuladan R = 0 da
Ik.t = Uab.xx / Rkir
yoki
Rkir = Uab.xx / Ik.t (1)
(1) formula yordamida Rkir qarshilikni oddiy tajriba yo`li bilan aniqlash mumkin, bu uchun ochiq qutblardagi salt ishlash kuchlanishi (Uab.xx ) va qisqa tutashuv (Ik.t ) o`lchash kifoyadir.
Salt ishlash usuli va qisqa tutashuv usuli deb nomlanishi quyidagicha tushuntiriladi, ya'ni Uab.xx aniqlashda av tarmoqni salt ishlashidan va kirish qarshiligini aniqlashda av tarmoqni qisqa tutashuvidan foydalanganligi uchundir.
O`zarolik printsipi va shu asosda hisoblash usuli.
a) O`zaro qarshiliklar va o`tkazuvchanliklar. Bir tarmoqni EYUK ni ikkinchi tarmoq toki orasidagi o`zaro bog`liqlarni, o`zaro qarshilik va o`tkazuvchanliklar tushunchalari orqali aniqlash mumkin.
n va k tarmoqlarning o`zaro qarshiligi deganda k tarmoqdagi Ek EYUK, n tarmoqdagi tokka nisbatiga aytiladi, bu zanjirda boshqa manbalar bo`lmagan holda:
Ruznk = Ek / In

  1. va 1- tarmoqlarning o`zaro qarshiligi 36 b –rasm

Ruz21 = E2 / I2

  1. va 2- tarmoqlarni o`zaro qarshiligi 36 v –sxema

Ruz21 = E2 / I1
O`zaro qarshiliklarni EYUK va toklarga bog`liq emasligi faqat qarshiliklarga va ularni sxemada qanday ulanganliklariga bog`liqligini isbotlaymiz
Ruz21 = E2 / I2΄ = Rkir1 I1΄ / (I1΄/ R3/(R2 + R3)) = R1+ R2+ R1 R2/ R3
O`zaro qarshilik Ruz21 ni aniqlaymiz.
E2 EYUK ni kirish qarshiligi orqali E2= Ruz21 I1΄΄ va I1΄΄ tok I2΄΄ tokni bir qismi bo`lgani uchun
I1΄΄ = I2΄΄ R3/(R1 + R3)
u vaqtda
Ruz12 = E2 / I1΄΄ = Rkir2 I2΄΄ / (I2΄΄ / R3/(R1 + R3)) = R1+ R2+ R1 R2/ R3
Bir xil sxema uchun, masalan 38 a -rasmda ekanligini e'tiborga olamiz.
Ruz21 =Ruz12
Tarmoqlarning o`zaro o`tkazuvchanligi o`zaro qarshilikni teskari kattalik sifatida aniqlanadi.
guznk = In / Ek
O`zaro o`tkazuvchanlik o`zaro qarshilik kabi shu sxemadagi passiv elementlarni va qarshiliklarni sxemada qanday ulanganligiga bog`liq. Masalan 38 a -rasmdagi sxema uchun
guz12 =guz21 = R3 / (R1R2 +R1R3 + R2 R3)


O`zaro qarshilik va o`tkazuvchanliklarni tajriba yo`li bilan ampermetr va vattmetr yordamida aniqlash mumkin. O`zaro qarshilik va o`tkazuvchanliklarni indeksatsiyalash tarmoqlarni nomeriga qarab amalga oshiriladi: birinchi - o`rinda tokli n nomerli tarmoq, ikkinchi - tokni vujudga keltiradigan EYUK , bo`lgan k tarmoq.
Kirish va o`zaro qarshiliklar va o`tkazuvchanliklar faqat hisoblashlarda emas (masalan, o`rniga qo`yish usulida) balki elektr zanjirlarini umumiy xususiyatlarini tekshirishda ham foydalaniladi.
b) O`zarolik printsipi. Istalgan chiziqli elektr sxemasida agar k tarmoqda E EYUK ta'sir qilib, n tarmoqda I tokni hosil qilayotgan bo`lsa, n tarmoqqa ko`chirilgan shu EYUK, K tarmoqda shu I tokni hosil qiladi.

I1 I2 I11 I21 I1΄΄ I2΄΄


I3 I3΄ I3΄΄
E1 E2 E1 R2 R3 R1 R2 E2


R3
R1 R2 R1 R3


a) b) v)
38 –rasm.


O`zarolik printsipi 39 a b -rasmlardagi sxemalarda tasvirlangan. EYUK ko`chirilganda tarmoqlarda toklarni bir xil o`zgarmasligi hisobiy isbotlangan.





E I I E
a) b)
39-rasm
O`zarolik printsipiga asoslangan hisoblash usuliga, o`zarolik hisoblash usuli deyiladi.
Ayniqsa bu usul bir manba bo`lgan elektr sxemalarida EYUK ko`chirganda sxema soddalashadigan paytlarda qo`l keladi.
Download 149.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling