Reja: Tarmoq tapologiyalari haqida tushuncha. Tarmoq topologiyasi turlari. “Xalqa” topologiyasi Tarmoq tapologiyalari haqida tushuncha


Download 78.27 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi78.27 Kb.
#1496917
1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq topologiyasi

Tarmoq topologiyasi turlari Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir.

  • shina (bus), xamma kompyuterlar bitta aloqa yо‗liga parallel ulangan va axborot xar bir kompyuterdan bir vaqtning о‗zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (16.1-rasm);

  • yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan xamma tashqi kompyutrlar ulanadi, xar bir kompyuter aloxida о‗z aloqa yо‗llaridan foydalanadi (16.2-rasm);

  • xalqa (kolso, zing), xar bir kompyuter xar doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta oldinda joylashgan kompyuterdan oladi va bu zanjir yopiq ya‘ni xalqasimondir (16.2-rasm).

Amalda ba‘zi xollarda asosiy tologiyalarning kombinatsiyasi xam ishlatilishi mumkin, lekin kо‗pchilik tarmoqlar sanab о‗tilgan uch turdagi topologiyadan foydalanadilar. Endi sanab о‗tilgan tarmoq turlarining xususiyatlarini qisqacha kо‗rib chiqamiz.


16.2-rasm. «Yulduz» tarmoq topologiyasi.

16.3-rasm. «Xalqa» tarmoq topologiyasi.
‖Shina‖ topologiyasi
«Shina» topologiyasi (ba‘zi xollarda «umumiy shina» xam deb ataladi) о‗z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter qurilmalarining bir turda bо‗lishini va barcha abonentlar teng xuquqligini taqazo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladilar, chunki aloqa yо‗li bitta. Aks xolda uzatilayotgan axborot ustma-ust bо‗lishi natijasida о‗zgaradi (konflikt, kolliziya xolatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks ish tartibida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning о‗zida emas, navbat bilan ikki yо‗nalishda xam amalga oshiriladi.
«Shina» topologiyasida markaziy abonent bо‗lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan xolatda, boshqarilayotgan sistema xam о‗z vazifasini bajarishdan tо‗xtaydi. Shina tarmog‗iga yangi abonent qо‗shish ancha oddiydir va yangi abonentni tarmoq ishlab turgan vaqtda xam qо‗shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni xisobga olish kerakki, xar bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa xar doim xam qulay emas.
Mumkin bо‗lgan konfliktlarni xal qilish xar bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir.
Lekin, «Shina» topologiyasida maxalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi xam qо‗rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bо‗lganda ikkita ishga layoqatli aloxida shinaga ega bо‗lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yо‗lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan xolda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya‘ni terminator ulanishi lozim (5.1–chizmada tо‗rtburchak shaklda kо‗rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yо‗lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish xosil bо‗lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bо‗lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish xosil bо‗lganda aloqa yо‗lining moslashuvi buzuladi va xattoki о‗zaro ulangan kompyuterlar о‗rtasida xam axborot almashinuvi tо‗xtaydi. Shina kabelining xoxlagan qismida yuz bergan qisqa tо‗qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati tо‗xtaydi. Shinadagi tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib qо‗yish qiyin, chunki xamma adaptrlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yо‗lidan axborot signallari о‗tish davomida sо‗nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qо‗yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog‗liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qо‗yiladigan qо‗shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish

16.3-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash. uchun kо‗pincha bir necha segmentlar ishlatiladi (xar bir segment aloxida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar о‗zaro maxsus signalarni tiklovchi qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (5.4– chizmada ikki segment ulanishi kо‗rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bо‗lmaydi, chunki aloqa yо‗lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir.

Download 78.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling