Reja: Tarmoq tapologiyalari haqida tushuncha. Tarmoq topologiyasi turlari. “Xalqa” topologiyasi Tarmoq tapologiyalari haqida tushuncha


Download 78.27 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi78.27 Kb.
#1496917
1   2   3   4
Bog'liq
tarmoq topologiyasi

Xalqa” topologiyasi
«Xalqa» topologiyasi – bu xar bir kompyuter aloqa yо‗llari faqat ikkita boshqa kompyuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Xar bir aloqa yо‗llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu xolat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Xalqa» topologiyasining muxim xususiyati shundan iboratki, xar bir kompyuter о‗ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya‘ni repiter vazifasini xam bajaradi, shuning uchun butun xalqa bо‗ylab signalni sо‗nish muammosi bо‗lmaydi. Muximi xalqadagi ikki kompyutor о‗rtasidagi sо‗nishdir. Bu xolatda aniq ajratilgan markaz yо‗q, tarmoqdagi xamma kompyuterlar bir xil bо‗lishi mumkin. Kо‗pincha xalqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Malumki tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning mustaxkamlik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvni shu zaxotiyoq tо‗xtatadi.
Jiddiy qilib aytganda, kompyuterlar xalqada tо‗liq teng xuquqli emaslar (shina topologiyasi kabi). Ayni vaqtda axborot qabul qilayotgan bir kompyuter axborotni boshqa kompyuterlarga nisbatan oldin, qolgan kompyuterlar esa axborotni keyin qabul qiladi. Maxsus «xalqa» topologiyasi tarmoqning aynan shu mо‗ljallangan axborotni tarmoqda almashinuvini boshqarish usullari, xususiyatiga asoslangan bо‗ladi. Bu usullarda axborotni navbatdagi kompyuterga uzatish xuquqi davrida ketma-ket joylashgan kompyuterlarga navbati bilan beriladi.
«Xalqa»ga yangi abonentni ulash odatda oddiy, lekin albatta ulash vaqtida butun tarmoqni ishdan tо‗xtatish lozim bо‗ladi. «Shina» topologiyasi kabi xalqada xam abonentlarni tarmoqdagi maksimal soni katta (ming va undan xam kо‗p). Xalqa topologiyasi odatda yuklamalarga chidamli xisoblanadi, u tarmoq orqali eng kо‗p axborot oqimini ishonchli ta‘minlaydi, chunki unda konflikt xolati yо‗q (shina topologisida mavjud) shuningdek markaziy obyekt xam yо‗q (yulduz topologiyasida mavjud).
Signal xalqadagi tarmoqning xamma kompyuterlardan о‗tgani uchun, tarmoqdagi kompyuterlarni birontasi ishdan chiqsa, (yoki tarmoq qurilmalaridan biri) butun tarmoqning ish faoliyati tо‗xtaydi. Xuddi shuningdek, tarmoq kabellarining birontasi uzilsa yoki qisqa tо‗qnashuv rо‗y bersa, butun tarmoq ish faoliyatini davom ettira olmaydi. Xalqa topologiyasi kabellari uzilishiga eng sezgir, shuning uchun bu topologiyada odatda ikkita (yoki kо‗proq) parallel aloqa yо‗llari о‗tkaziladi, ulardan biri zaxira uchun mо‗ljallanadi.
Xalqa topologiyaning yirik yutug‗i shundan iboratki, unda xar bir obyekt signalni qayta tiklash imkoniyati butun tarmoq uzunligini keskin oshirishga xizmat qiladi (ba‘zida bir necha о‗n kilometrgacha). Bu ma‘noda xalqa topologiyasi boshqa barcha topologiyalardan yuqori ustunlikka egadir.
Xalqa topologiyasida tarmoqdagi xar bir kompyuterga ikkitadan kabel о‗tkazilishini kamchilik (yulduzga nisbatan) deb xisoblashimiz mumkin.
Ba‘zi xollarda «xalqa» topologiyasida ikkita aloqa yо‗li о‗tkazilib, bu aloqa yо‗llarida axborot qarama-qarshi tomonga uzatiladi. Bunday yechimning maqsadi axborot uzatish tezligini ikki marotaba oshirish. Shuningdek kabellardan biri shikastlanganda tarmoq ikkinchi kabel xisobiga ish faoliyatini davom ettirishi mumkin (lekin kam tezlik bilan).
Boshqa topologiyalar. Yuqorida kо‗rib о‗tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, ―daraxt‖ topologiyasidan xam kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir necha ―yulduz‖ topologiyasidan xosil bо‗lgan deb qarash mumkin. Yulduz topologiyasidek daraxt topologiyasida xam aktiv (5.6–chizma) va passiv (5.7– chizma) topologiya bо‗lishi mumkin. Aktiv daraxt topologiyasida bir necha aloqa yо‗llarining birlashgan markazida–markaziy kompyuterlar, passiv daraxt xolatida esa–konsentratorlar (xablar) joylashgandir.

16.5-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi.

16.6-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K–konsentrator
Odatda turli topologiyalarni elementlaridan xosil bо‗lgan Yulduz– Shina (16.7-rasm) va Yulduz–Xalqa topologiyalar xam qо‗llanadi.

16.7-rasm . Yulduz – Shina topologiyasiga misol.

16.3-rasm. Yulduz–xalqa topologiyasiga misol.
Yulduz–Shina (Star - bus) topologiyasi shina va passiv yulduz topologiya elementlaridan foydalanib xosil qilingan. Bu xolda konsentratorga aloxida kompyuter va shuningdek shina sigmentlari ulanadi. YA‘ni, ayni vaqtda butun tarmoq kompyuterlarini о‗z ichiga oladi va ―shina‖ ning jismoniy topologiyasi amalga oshiriladi. Keltirilgan topologiyada biri biri bilan ulangan va magistral deb atalgan tayanch shina xosil qilingan bir necha konsentratorlar xam ishlatilishi mumkin.
Download 78.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling