Reja: Tashkiliy hujjatlar(Guvohnoma,yo’riqnoma, izom-Ustav) Shartnomaning o’ziga xos xususiyatlari. Faroyish hujjatlari(biyruq, buyruqdan ko’chima) Ko’rsatma, Farmoyish. Mashg`ulot maqsadi


Download 367.5 Kb.
bet11/18
Sana31.03.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1314303
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
5-dars 7YOZISH VA TAQDIMOT - копия

Shartnoma namunalari
2019 yil 2 yanvar Toshkent shahri
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi pre­zidenta (I.O.Familiyasi) (keyingi urinlarda «Prezi­dent») va filologiya fanlari doktori, (I.O.Familiya- si) (keyingi urinlarda «Institut direktori») mazkur SHARTNOMAni quyidagilar haqida tuzdik:
Filologiya fanlari doktori (I.O.Familiyasi) UzR FA Uzbek tili, adabiyoti va folklori instituta direktori lavozimiga tayinlanadi.
Shartnoma bo’yicha ishlash muddati bir yil, ya’ni 2019 yil 2 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha.
Institut direktorining majburiyatlari:
a) UzRFA hamda Uzbek tili, adabiyoti va folklori instituti nizomlari, mehnat va texnologiya intizomi (Ichki mexnat tartibi koidalari va Intizom tugrisidagi koidalar)ga rioya qilish;
b)Akademiya prezidentining qonuniy farmoyishlarini bajarish;
v)institut faoliyati uchun shaxsan javob berish va uning tuzilmasini zamon talablariga binoan takomillashtirish;
g) uzining asosiy faoliyatini ilmiy-tashkiliy ishlarni bajarishga safarbar qilish;
d) mexnatni muxofaza qilish, institut olimlarining o’z ustida ishlashini muntazam nazorat etish, xavfsizlik texnikasi va xizmat sanitariyasi talablariga rioya qilishni tashkil etish;
e)lavozim yo’riqnomalariga rioya qilish;
yo) qonuniy hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etish;
j)jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish, insti­tut xodimlarini nobyudjet mablag’lari hisobidan ijtimo­iy himoyalash;
z) fan taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ustuvor muammolarni tanlash, ilmiy, ijtimoiy-tashkiliy va xo’jalik ishlarining yuqori darajada bajarilishini tashkil qi­lish;
i) tayanch doktorantura va doktorantura orqali yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejalarini bajarib borish;
y) iqtidorli yosh olimlarga chet tillarni o’rgatish va ularni tajriba orttirish uchun xorijiy davlatlarga safarlarga yuborishni ta’minlash;
k) xalqaro ilmiy aloqalar bo’yicha ishlarga rahbarlik qilish va belgilangan tartibda hamkorlik ishlarini olib borish;
l) ilmiy natijalarning amalda ko’llanishini ta’minlash, institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, asosiy fondlar va boshqa mol-mulklarning saklanishini ta’minlash;
m) Fanlar akademiyasi Xariya boshqarmalari va bo’limlariga institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to’g’risida hisobotlar taqdim etib borish.
Akademiya prezidentining majburiyatlari:
a) Institut direktori mehnatini tashkil etish, uni mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa me'yoriy huj­jatlar bilan tanishtirish;
b) ish xaqini o’z vaqtida to’lash;
v) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish;
g) malakasini oshirish;
d) har oyda yagona tarif setkasining 16-darajasiga muvofiq mansab maoshi to’lash va belgilangan tartib asosida xizmatda erishgan yutuqlari uchun pul mukofoti to’lash;
e) har yili 48 ish kunidan iborat mehnat ta'tili berish;
yo) xo’jalik ishlari va tanlov ishlari muddati davomida belgilangan tartibda uo’indoshlik (0,5 mikdorda) asosida institut shtatida ishlashga ruxsat berish.
Ish kuni tartibi - soat 8.30 da boshlanib, soat 18-00da tamom bo’ladi.
Mexnat shartnomasi uning muddati tugashi bilan bekor qilinadi.
Mexnatga oid nizolar mazkur mehnat shartnomasi va amaldagi qonunlar asosida hal etiladi.
Tomonlarning mas’uliyati:
Tomonlar ushbu Mexnat shartnomasining barcha bandlariga rioya qiladilar.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling