Reja: Tayyorlamalarni to`g`rilash
Download 194.24 Kb.
|
1-маъруза
MA`RUZA № 1 DETALLARNING ELEMENTAR YUZALARIGA MEXANIK ISHLOV BERISH USULLARI. Reja:
Mashinasozlik korxonasining tayyorlov bo`limi yoki sexida chiviq ko`rinishidagi prokatlar to`g`rilanadi, yo`niladi, kesiladi va markazlashtiriladi. Pokovka va shtampovkalar ham tayyorlov operatsiyalaridan o`tkaziladi: torets qismlari frezerlanadi va markazlarishtiriladi, teshiklar dastlabki yo`niladi. Chiviqlar uchun tayyorlov operatsiyalari odatda quyidagi ketma - ketlikda bajariladi: 1) to`g`rilash; 2) markazsiz yo`nish; 3) qirqish; 4) markazlashtirish (agar chiviq keyinchalik revolg`verli dastgohda yoki avtomatda ishlov berilmaydigan bo`lsa, chiviqni markazlashtirilmaydi); 5) bajarilgan operatsiyalarni nazorat qilish. Mexanik ishlov berishdan avval chiviq materiallar va vallarning tayyorlamalari o`qining qiyshiqligini sovuq holatda to`g`rilanadi. Pokovka va shtampovka ko`rinishidagi tayyorlamalar, agar katta diametr va uzunlikka ega bo`lsalar, issiq holatda bolg`a zarbasi ostida to`g`rilanadi. Chiviq va vallarning tayyorlamalarini dastaki, vintli, ekstsentrikli, gidravlik, pnevmatik va friktsion presslarda to`g`rilash mumkin. Vallarni to`g`rilashdan avval markazlarda tekshiriladi va to`g`rilanadigan joyi aniqlanadi; shundan so`ng ularni prizma yordamida presslarda to`g`rilanadi. Chiviqlar maxsus to`g`rilash dastgohlarida to`g`rilanadi (1-rasm, a). Bunday dastgohning sxemasi 1-rasm, b da ko`rsatilgan. Bu dastgohlarda to`g`rilash 1, 2 va 3 uchta juftli roliklar yordamida amalga oshiriladi. Barcha roliklar baraban 5 o`qiga nisbatan burchakda joylashgan. Baraban aylanganda roliklar ham chiviq 4 atrofida sirpanib, o`z o`qi atrofida aylanadi va shuning xisobiga to`g`rilash jarayoni amalga oshadi. Chiviq barabanga kirishidan avval maxsus stoyka 6 ga maxkamlanadi va roliklar 7 da harakatlanadi. Chiviq o`qining qiyshig`lanish darajasiga ko`ra 1 martadan 6 martagacha barabandan o`tkaziladi. Chiviqning ilgarilanma harakati - surish 5–30 m/min atrofida bo`ladi. Civiqni to`g`rilashning asosiy vaqti quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: bu erda lchiv - chiviqning uzunligi, mm; lp - rolikning uzunligi, mm; SM - chiviqning bo`ylama yo`nalish bo`yicha minutli surilishi; S - ramaning bir marta aylanishiga chiviqning surilishi, u ga teng; d - chiviqning diametri, mm; - baraban o`qiga nisbatan roliklarning o`rnash qiyalik burchagi; i - to`g`rilanadigan chiviqlarning roliklar orasidagi yurishlarining soni; np - rolikli ramaning minutiga aylanishlari soni; 0,8 - roliklar orasidagi chiviqning sirpanishini xisobga oluvchi koeffitsient Qo`zg`almas barabanda uchta rolikka ega bo`lgan va chiviqqa aylanma harakat uzatuvchi to`g`rilovchi dastgohlar mavjud (1-rasm, b). Ko`pgina korxonalarda qo`zg`almas barabanda joylashgan va chiviqqa aylanma xarakat beradigan uchta rolikli to`g`irlash dastgohlari ham uchraydi (1.1.-rasm v). Bunday dastgohlarda faqat uchta rolik mavjudligi uchun oltita rolikli dastgohlarga nisbatan unumdorlik past bo`ladi. Diametri 3 mm dan 20 mm gacha bo`lgan chiviqlar uchun bir juftli rolikli, uncha katta bo`lmagan to`g`rilash dastgohlari qo`llaniladi. Chiviqlarni yo`nish uchun markazsiz - yo`nuvchi dastgoh qo`llaniladi (1.2.– rasm) Bu dastgohlarda diametri 15 mm dan 80 mm gacha, uzunligi 7 m gacha bo`lgan chiviqlarni yo`nish mumkin. Dastgohda yo`nish jarayoni quyidagicha amalga oshadi. Markaziy tishli g`ildirak 3 ikkita keskich kallagini aylantiradi. Keskichli 2 bitta (chap) kallak qora yo`nishni, ikkinchisi (o`ng) keskich 4-yarim toza yo`nishni amalga oshiradi. Chiviq 6 ning kesishni tashkil qiluvchi kuchlarining xosil bo`lishi natijasida egilishidan suharilar 5 saqlaydi. Chiviqni surish maxsus roliklar 1 yordamida amalga oshiriladi. Rolikning aylanishlar soniga bog`lik holda chiviqni surish 175 dan 600 mm/min gacha bo`lishi mumkin Yo`nishning asosiy vaqti quyidagicha aniqlanadi: bu erda lchiv - chiviq uzunligi, mm; lk - keskich kallaklaridagi keskichlar orasidagi masofa, mm; Schiv - keskich kallagining bir aylanishiga to`g`ri keladigan chiviqning surilish, u teng; Dp - uzatuvchi roliklar diametri, mm; np - roliklarning minutiga aylanishlar soni; nk.k - keskichli kallaklarning minutiga aylanishlari soni; i-o`tishlar soni. Nazorat savollari
Tayanch so`z va iboralar: Tayyorlov operatsiyalari, Chiviqni to`g`rilash, Chiviqni to`g`rilash uchun asosiy vaqt, Chiviqlarni yo`nish, Yo`nish uchun vaqti Download 194.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling