Reja: Тemirbeton ko’priklarning qo’llanish sohasi, asosiy tizimlari va materiallari
Download 0.66 Mb.
|
mustaqil ish (3)
Cyv o’tkazmaslik bo’yicha beton markasi sinalayotgan namunadan suv sizib o’tishi kuzatilmaydigan bosimni ifodalaydi. Suv o’tkazmaslik markalari – W2; W4; W6; W8; W10; W12, bunga mos qeladigan suv bosimlari – 0,2; 0,4; 0,6; 0,8; 1,0; 1,2 MPa. Zo’riqtirilgan beton uchun W12 dan kam bo’lmasligi kerak.
Zichlik bo’yicha beton markasi uning quritilgan holatdagi o’rtacha zichligini ifodalaydi. Yengil betonlarning zichlik bo’yicha markasi D800 dan D2000 ga qadar har 100 oraliqda o’zgarib boradi. Zichligi 2000 – 2200 kg/m3 bo’lgan betonlar o’rta vaznli, 2200 kg/m3) dan ortiq bo’lganlari esa og’ir betonlarga kiradi. Me’yoriy qarshiliklar. Beton bir jinsli bo’lmaganligi va turli xil omillarning ta’sir etishi natijasida xossalari keng miqyosda o’zgaruvchan bo’ladi, lekin, shunga qaramay, hisob ishlarida ma’lum darajada ishonarli bo’lgan mustahkamlik ko’rsatkichlaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Betonning me’yoriy kubik mustahkamligi (me’yoriy qarshilik) deganda quyidagi formuladan aniqlanadigan miqdor tushuniladi: Rn=Rm(1 – 1,64V), (1.2) bu yerda Rm – betonning o’rtacha statistik mustahkamlig’i; V – beton mustahkamligining o’zgaruvchanlik koeffitsiyenti bo’lib, og’ir va yengil betonlar uchun o’rtacha 0,135 ni tashkil etadi. Betonning hisobiy qarshiliklari. Chegaraviy holatlarning birinchi guruhi uchun beriladigan betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt ning ishonchlilik darajasi 0,997 ga teng. Ularning qiymatlari me’yoriy qarshiliklarni ishonchlilik koeffitsiyentiga bo’lish orqali aniqlanadi: siqilish uchun Rb=Rbn/bc; cho’zilish uchun Rbt=Rbtn/bt, bu yerda bc va bt betonning siqilish va cho’zilishdagi ishonchlilik koeffitsiyentlari me’yoriy xujjatlardan olinadi. Lozim bo’lgan hollarda betonning hisobiy qarshiligi ish sharoiti koeffitsiyenti bi ga ko’paytiriladi. Beton deformatsiyasi. Materialning deformatsiyasiga baho berishda ikkita miqdordan: normal kuchlanish va nisbiy deformatsiya dan foydalanamiz (1.3-rasm). Umumiy holda betonning to’liq deformatsiyasi elastik va plastik qismlardan tashkil topadi: b=el + pl, bu yerda el – elastik deformatsiya; pl – plastik deformatsiya. Betonning ko’p karrali yuklanishi va yukdan bo’shalishi holatida ep – yuk to’liq olingandan so’ng elastik qaytish deformatsiyasi (1.3-rasm). Betonning siqilishidagi boshlang’ich elastiklik moduli (kuch bir zumda quyilgan hol uchun) quyidagicha ifodalanadi: Eb=tgo =b/el. (1.3) Egri chiziqqa o’tkazilgan urinma yoki kesuvchi bilan gorizontal o’q orasidagi burchak tangensi tg materialning deformatsiya modulini ifodalaydi. 1.3-rasm. Betonning «kuchlanish – deformatsiya» umumiy diagrammasi B20...B50 sinfli oddiy betonning elastiklik moduli 27000...39000 MPa oralig’ida bo’ladi, bu po’latning elastiklik modulidan 5...8 marotaba kam. Beton uchun Puasson koeffitsiyentining boshlang’ich qiymati v=0,2 bo’lib, bu qiymat kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Betonnig siljish moduli G=Eb/2(1+v) ga yoki 0,4 Eb ga teng. Beton deformatsiyasining chegaraviy qiymatlari. Betonning sinishi oldidan sodir bo’lgan deformatsiya miqdori chegaraviy deformatsiya deyiladi. Ular betonning mustahkamligiga, tarkibiga va yukning qo’yilish muddatiga bog’liq bo’ladi. Mustahkamlik oshishi bilan u kamayadi, yukning qo’yilish muddati oshishi bilan esa u ham oshadi. Тajribalar asosida betonning chegaraviy siqilish deformatsiyasi εbu=(0,8...3)x10–3. Hisoblashlarda εbtu=2x10–3 , yukning uzoq ta’sir etishida esa 2,5x10–3 qabul qilinadi. Betonning chegaraviy cho’zilishi 10...20 marta siqilishidan kichik va u o’rtacha 1.5x10–3 qabul qilinadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling