Reja: Temperament haqida tushuncha


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1504645
Bog'liq
axror



Mavzu: Temperament va uning kasbiy faoliyatdagi ahamiyati
Reja:
1. Temperament haqida tushuncha.
2. Temperamentning asosiy xususiyatlari.
3. Temperament va uning kasbiy faoliyatdagi individual xususiyatlari.
4. Xulosa.
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:
Introversiya - Ayzenk tomonidan shaxs tipini ifodalash uchun kiritilgan tushuncha
bo`lib, 
kamgaplik
, odamovilik, boshqalarga e`tiborsizlik, o`z-o`zini tahlil qilishga moyil
kishilarga nisbatan qo`llaniladi.
Melanholik - temperament tipi, tez ta`sirlanuvchan, arzimagan hodisalar haqida,
chuqur qayg`uradigan kishilar.
Oliy nerv faoliyati tipi - oliy nerv faoliyati xususiyatlarining (kuchi, harakatchanligi,
muvozanati) barqaror yig`indisi.
Sangvinik - temperament tipi, harakatchan, taassurotlari tez o`zgarishga moyil,
muloqotga kirishuvchan, faol kishilar.
Temperament - shaxs faoliyati, xulq -atvorining tezligi va hissiy tomonini ifodalovchi
shaxsning barqaror xususiyatlari yig`indisi.
Flegmatik - temperament tipi, hissiy holatlari 
kuchsiz ifodalanadigan
, barqaror, sekin
harakat qiladigan kishilar.
Xolerik - temperament tipi, kuchli his-hayajon, tez - tez o`zgarib turuvchi kayfiyat,
muvozanatsiz asab tizimi va umumiy harakatchanlikka ega kishilar.
1. Temperament haqida tushuncha
Tevarak - atrofimizdagi hayot faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va engillik bilan, bir
xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo`ladilar, yana bir
xillari keskin va g`ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo`ladilar.
Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo`ladigan
individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki qismlarning nisbati,
degan ma`noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo`zg`aluvchanligi va umumiy
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig`indisi. Temperament - inson
faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo`lishi. Temperament his -tuyg`ularning
paydo bo`lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon
bo`ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli
individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari:


1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o`zida faoliyatning
har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo`ladi;
2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma`lum bir
qismida barqaror va o`zgarmasdir;
3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy
birlashgan bo`lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog`langan bo`lib, bu xususiyatlar
temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi.
Temperamentning 
xususiyatlari deganda
, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi
psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli
mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o`zgarmaydi, hamda
temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi.
2. Oliy nerv faoliyati tiplari va temperament
I.P.Pavlov ta`limotiga ko`ra, shartli reflekslar hosil bo`lishining xususiyatlari asab tizimining
xususiyatlariga bog`liqdir. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlardan uchtasini ajratgan:
1) qo`zg`alish va tormozlanish jarayoni kuchi;
2) qo`zg`alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o`rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
3) qo`zg`alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining
harakatchanligi.
Bu xususiyatlar doimo qo`shilib kelgan, uni I.P.Pavlov asab tizimining tipi deb atagan
va
to`rtta asosiy tipga ajratgan:
1) kuchli, muvozanatli, epchil. 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil. 3) kuchli, muvozanatli,
sust. 4) kuchsiz, muvozanatsiz, sust.
Hozirgi paytda temperamentning yaxlit tavsifi bilan uning alohida xususiyatlari
bo`lgan asab tizimining o`z davrida hayvonlarda I.P.Pavlov tomonidan ajratilgan 4 ta
tipi o`rtasida aloqa borligi aniqlangan. Temperament bog`liq bo`lgan asab tizimining
ochilgan tiplari inson va hayvonlar uchun umumiy bo`lib, ular umumiy tiplar deb
ataladi. 
SHunday qilib
, temperamentning fiziologik asosini asab tizimining umumiy
tiplari tashkil qiladi. Ayrim chet el olimlari - nemis psixologi Krechmer, amerika
psixologi SHeldon fikriga ko`ra, temperament asab tizimining umumiy tipiga emas,
balki tana, gavda tuzilishining nisbatiga bog`liq deb hisoblaydilar, ya`ni vistserotonik -
semiz, qorin bo`shlig`i kuchli rivojlangan odam uchun shodlik, dilxushlik, yaxshi
ovqatlanishga mo-
yillik xosdir. Skelet muskullari yaxshi rivojlangan odamlar uchun g`ayratlilik, faollik,
somatotoniklarga xosdir. Asab tizimi va xususan bosh miyasi kuchli taraqqiy etgan
odamlar uchun yuksak sezgirlik, tashvishlanish, o`z xayollari bilan band bo`lish -


tserebrotonikka xosdir. Bunday nazariya noto`g`ridir. Temperamentning psixologik
xususiyatlari asab tizimining umumiy tipining fiziologik xususiyatlariga ko`p tomoni
tobedir. SHuning uchun asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqotlar
garchi zarur bo`lsa ham, temperament hosil bo`lishi qonuniyatlarini o`rganish uchun
etarli emas. Asab tizimi umumiy tipi xususiyatlarini fiziologik tadqiqot qilish bilan
birga psixologik jihatdan ham tadqiq qilish kerak.
3. 
Temperament xususiyatlari
Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab ko`rilsa, unda temperamentlarning
xususiyatlari jihatidan o`xshash juda ko`p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda
eramizning 1-asrlarida bir necha turli temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda
temperament tipi deganda, odamlarning qandaydir juda ko`p guruhlarini ifodalovchi psixik
xususiyatlarini yig`indisi tushunilgan. Temperamentni 1 - marta eramizdan oldingi 5 asrda
yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb ataladi.
Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), “Flegmatik”(balg`am),
“Melanxolik” (qora o`t). Hozirgi paytda tushunchalar yangicha mazmun kasb etmoqda.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi:
1. Senzitivlik, ya`ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo`lgan nihoyatda
kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish.
2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta`sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga odam
qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va
ta`sirlanuvchanlik.
3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta`sir etishi va
maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan
engishidir.
4. Reaktivlik va faollikning o`zaro munosabati - bu hakda biz odamning faoliyati ko`p
jihatdan nimaga bog`liqligiga qarab, ya`ni tasodifiy tarzdagi tashqi yoki ichki
sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki maqsadlarga intilish va niyatlarga bog`liqligiga
qarab xulosa chiqarish.
5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o`tish
tezligiga, ya`ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab
xulosa chiqaramiz.
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo`lgan rigidlik (qotib
qolganlik). O`zgaruvchan tashqi sharoitlarga qanday engillik bilan yoki sust va
qoloqlik bilan moslasha olish.
7. ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik .


4. Temperament tiplari
Sangvinik - yuksak reaktivlik. Bo`lar - bo`lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim
bo`lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga tetik va zo`r
qo`zg`alish bilan javob beradi. Imo - ishoralari va harakatlari yaqqol ko`rinib turadi. Uning aft -
basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo`lgan
munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to`playdi. Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik
chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug`lik qo`zg`ovchilarni
payqamaydi. 
Aktivligi yuksak
, juda g`ayratli va ishchan, darslarda tez - tez qo`l ko`tarib turadi,
toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g`ayrat bilan kirishadi. Faolligi va
reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o`z hissiyotlarining namoyon
bo`lishini va o`zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli, nutqi
tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to`playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir.
Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va
intilishlari juda o`zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. YAngi talablar, yangi
sharoitga osonlik bilan o`rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko`cha oladi. Malakalarni tez
o`zlashtiradi va tez qayta o`zgartiradi. Aqli ixcham. ekstrovertirovanlik xususiyatiga ega.
O`tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda ko`proq tashqi taassurotlarga
javob beradi. Xolerik - xuddi sangvinik 
kabi sust senzitivlik
, yuksak reaktivlik hamda faollik
bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. SHuning uchun u tinimsiz o`zini
ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va ko`proq qotib
qolgan. SHuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo`r qat`iylik bor,
diqqatini kuchirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga
etkazadi. Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo`zg`aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish,
kayfiyatini buzish qiyin. Hamma bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha
qolaveradi. Katta ko`ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo -
ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. g`ayrati, ishchanligi bilan ajralib turadi. YUksak faolligi oz,
reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. CHidamliligi, matonati, o`zini tuta bilish bilan ajralib
turadi. Harakatlarining 
tempi va nutqining tempi sust
, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan
to`playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko`chiradi. YAngi sharoitga
qiyinchilik bilan moslashadi. Introvertirovanlashgan. YAngi odamlarga qiyinchilik bilan
qo`shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanholik - yuksak
senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga
ko`ra, ko`zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig`laydi. Samimiy, juda
oz kuladi, faolligi sust. O`ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug`iladigan bo`lsa,
qo`lini yuvib qo`ltigiga urib qo`ya qoladi. g`ayratsiz, qat`iy emas. Diqqati tez chalg`iydi,
barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertirovanlik xususiyatiga ega.
5. Faoliyatning individual uslubi va temperament
Temperament xususiyatlarining o`ziga xos yig`indisi inson faoliyati munosabatlari va bilish
jarayonlarida faoliyatning individual uslubi sifatida namoyon bo`ladi. U faoliyatning
temperament bilan bog`liq dinamik tomonlarini ifodalaydi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga ega emas, balki boshqa
sabablarga shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo`lgan ko`nikma va malakalarga ham
bog`liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug`ma xususiyatlari va


asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. Bunday
moslanish kam kuch sarflab ko`proq natijaga erishish imkonini berishi kerak.
Faoliyatning individual uslubining asosini asab tizimi xususiyatlari yig`indisi tashqil
etadi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi 2 xil xususiyatlar mavjud:
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o`rnini tuldiruvchi tajriba
jarayonida shakllangan xususiyatlar.
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish
imkonini beruvchi xususiyatlar.
6. Temperamentni tarbiyalash
Temperament tiplarining kelib chiqishida irsiyatning roli katta. Masalan, gomozigot (1
tuxumdan ) rivojlangan va geterozigot (2 tuxumdan rivojlangan). egizaqlar temperamentlarini
solishtirib bunga ishonch hosil qilish mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlari hayot
davomida ma`lum bir o`zgarishga uchrashi mumkin. Lekin temperament tipi o`zgarmaydi.
Temperament xususiyatlari ma`lum bir yoshda birdaniga paydo bo`lmaydi. Ba`zan kichik
bolalarda yosh xususiyatlari tufayli to`la darajada namoyon bo`lmaydi. Ma`lum bir
temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi namoyon bo`lmaydi, balki
yoshga qarab sekin - asta asab tizimining voyaga etishi bilan bog`liq holda namoyon bo`ladi.
Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. Umuman yaxshi va yomon
temperament tipi yo`q. Masalan, sangvinik o`zining hissiyligi va ishchanligi bilan ajralib turadi.
Lekin uning mayllari, diqqati beqarordir. Melanholik tez toliqadi, o`ziga ishonmaydi, 
lekin u
noziq sezuvchi
, ehtiyotkor va xushyor odamdir. Agar xolerikning kuch - quvvati, ehtirosliligi
munosib maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lsa, qimmatli fazilatlar bo`lishi mumkin, lekin
etarlicha bo`lmagan muvozanatlik, hissiy qo`zg`aluvchanlik, zarur tarbiya bo`lmaganda o`zini
tuta olmaslikda, keskinlikda, doimo qizishib ketishiga moyillikda ifodalanishi turgan gap.
Flegmatikning vazminligi, sabr - toqatliligi, shoshqaloqlikning yo`qligi, qimmatli
xususiyatlardir. Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini bo`shashtirib hayotining
ko`pgina taassurotlariga befarq qilib qo`yadi. Shunday qilib, temperamentning aynan bir xil
boshlang`ich xususiyatlari ularning qanday - ijobiy va salbiy tomonga rivojlanishini oldindan
belgilab bermaydi. SHuning uchun tarbiyachining vazifasi bir temperamentni boshqasiga
o`zgartirishga o`rinib ko`rishdan iborat bo`lmasligi kerak, balki muntazam ish olib borish yo`li
bilan har bir temperamentning ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko`maklashish va ayni paytda
ushbu temperament bilan bog`liq bo`lishi mumkin, salbiy jihatlardan holi bo`lishga yordam
berishdan iboratdir.
2.
Temperament tipi
- insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi
psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi).
Xolerik
- kuchli, qo’zg’alishi ustun bo’lgan nomutanosib, o’ta harakatchan
tip. S
angvinik
– asab tizimining kuchli, mutanosib, harakatchan tipi.
Flegmatik
– kuchli, mutanosib, harakatsiz tip.


Melanxolik -
kuchsiz, nomutanosib va rigid tip.
Xarakter - 
shaxs xulqining tipik usullar bilan bog’liq faoliyat muomala va
munosabatda namoyon bo’luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror
xususiyatlari majmuasi.
Shaxs

psixologiya
fanining
asosiy
ilmiy
tushunchalaridan
biri
bo‘lib
hisoblanadi.
SHaxsning
nimaligini tushunish va uning
ruhiy
tuzilishini
ta’riflash
imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu
tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida
ko‘rib chiqamiz.
Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda,
aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning
mashhur faylasuflaridan biri YUrgen Xabermas asosiylari sifatida uch
dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo
(«mening
olamim»,
individuallik
va
betakrorlilik
«mening
mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.
Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z
maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat
olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab
etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.
Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy
vositasi 
jismli faoliyat
bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga
nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining
manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda
tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish,
avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi
jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik
organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi
jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki,
shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy
munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .
Agar biz shaxs munosabatlari haqida insonning dunyoga shaxsiy


tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan
bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki
olamim dunyosiga murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy
mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u yoki bunga shaxsiy tegishlilik,
boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la. Bu
dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi
foydali faoliyat, shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki,
«shaxsiy»
faoliyat,
ijodiyot
sifatida
kiradi, ijtimoiy hulq-
atvor esa «mening» dunyosiga
shaxslararo
munosabat,
boshqa
odamlarning ichki dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning
vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib keladi. «Mening» dunyosida
unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki dunyolar
yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.
«Individ» tushunchasini turlicha talqin qilish mumkin. Avvalambor,
individ – bu yagona tabiat mavjudoti sifatidagi odam, Homo
sapiens turiga mansub vakil. Ushbu holatda individ biologik turning
umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam
individ bo‘lib tug‘iladi) sifatida tushuniladi, ya’ni, insonning biologik
mohiyati ta’kidlanadi. Lekin ba’zida «individ» tushunchasi odamni insoniy
umumiylikning alohida vakili, mehnat qurollaridan foydalanuvchi ijtimoiy
mavjudot sifatida belgilash uchun qo‘llaniladi.
Agar «inson» tushunchasi o‘z ichiga odamlarga xos bo‘lgan barcha
insoniy sifatlarning yig‘indisini, ularning ma’lum insonda mavjudligi yoki
mavjud
emasligidan
qat’iy
nazar,
jamlagan
bo‘lsa, u
holda «individ» tushunchasi aynan uni xarakterlaydi va qo‘shimcha
sifatida shaxsiy xislatlar qatori psixologik va biologik xossalarni ham
kiritadi. Bundan
tashqari, ushbu
tushunchaga
ma’lum
odamni
boshqalardan ajratib turuvchi sifatlar bilan birga, aynan shu odamga va
ko‘plab boshqa odamlarga tegishli bo‘lgan umumiy xossalar ham kiradi.
SHaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli
xil
ta’riflar
mavjud.
A.N.
Leontev ta’rifiga ko‘ra:
«SHaxs – faoliyat sub’ekti»,
A.G.
Kovalevning –
«shaxs
ijtimoiy
munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning –
«shaxs – o‘z
o‘rnini
anglovchi
layoqatli
jamiyat
a’zosi»,
S.L.
Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki
sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan


jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga
kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning –
«shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik
tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab
beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan
iborat.
Bizlar
esa R.S.
Nemov tomonidan shaxsga berilgan
ta’rifni
qo‘llaymiz: «SHaxs – bu ijtimoiy asoslangan, ijtimoiy tabiatga ega
bo‘lgan aloqalar va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan, barqaror,
odamning o‘zi va atrofidagilar uchun ahamiyatli bo‘lgan ahloqiy 
harakatlarni belgilab beruvchi o‘zining psixologik xususiyatlari tizimidagi
inson».
SHunday qilib, inson, birinchidan, tirik tabiat vakili, biologik ob’ekt
sifatida, ikkinchidan, ongli
faoliyat sub’ekti
sifatida va, uchinchidan, ijtimoiy mavjudot sifatida o‘rganilishi mumkin,
bu uch darajaning yaxlit uyushmaga birlashishi insonning yig‘indi
xususiyatlarini – uning individualligini shakllantiradi.
Individuallik 
– bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi
nuqtai nazaridan o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy
xususiyatlar yig‘indisi.
Individuallik
– bu ko‘rib chiqilgan tushunchalar ichida mazmuniga
ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa
odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini
jamlaydi. Individuallik turli xildagi tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar,
xarakter
va
temperamentlardagi
farqlar,
o‘zimiz
isbotlaydigan,
tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi. Motivlar,
temperament,
xarakter, layoqatlar – individuallikning
asosiy
ko‘rsatkichlari. «Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos
ruhiy xususiyatlarini emas, balki morfofiziologik (bo‘y o‘lchami, tana
tuzilishi, yuz tuzilishi va h.k.) xususiyatlarini ham aks ettiradi.
Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar tomonidan kuzatilishi
mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir
odamning boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi
mumkin.
SHunday
qilib, bizlar
ko‘rib
chiqqan «odam,


individ, shaxs va individuallik» tushunchalari
hajmiga
ko‘ra
turlichadir. Bular orasida keng ma’no kasb etib, boshqa tushunchalarni
ham o‘zida jo etadigan tushuncha «inson» atamasidir, eng tor atama
esa – «individuallik» tushunchasi.
Temperament muammosiga bo‘lgan
qiziqish 2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu
qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm
biologik va fiologik tuzilish va rivojlanishi
xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish,
ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning takrorlanmasligi xususiyatlari
asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab bo‘ldi. Temperament
shaxsning
biologik
jihatdan
shartlangan
tuzilmalariga
kiradi.
Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy
taassurotlilik, harakatlarning maromi va jadalligi, va boshqa bir qator
dinamikaga ega bo‘lgan xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning
mavjudligini belgilab beradi.
Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab
yondoshuvlar mavjud. Lekin bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay,
ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga ko‘ra, temperament – bu
shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik ustqurma,
temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib
hisoblanadi.
B.M.
Teplov
temperamentga
quyidagicha
ta’rif
beradi:
«Temperament deb, ayni bir odam uchun xos bo‘lgan emotsional
qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir tomondan, hislar paydo bo‘lishining tezligi, va
ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik
xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».
Temperament
– bu inson faoliyati va hulq-atvorining dinamik va
emotsional holatini xarakterlovchi shaxs individual xususiyatlarining
yig‘indi. SHunday qilib, temperament ikki tarkibiy qism – faollik va
hissiyotlilikka ega. Hulq-atvorning 
faolligi
harakatchanlik, intiluvchanlik,
tezlik, yoki, aksincha, sustlik va harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z
navbatda 
emotsionallik
belgi (ijobiy va salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u,
qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan holda emotsional jarayonlar
kechishini xarakterlaydi.



SHaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
Odamlarning o„quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o„ziga xoslikni 
tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor 
masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat 
manfaatdor, qolaversa, o„sha insonning o„zi ham qilgan har bir harakatidan o„zi
uchun naf ko„radi. 
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi 
malaka, ko„nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog„liq. Ayniqsa, biror 
kasbning egasi bo„lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati 
uning malakali mutaxassis bo„lib etishishini kafolatlagani uchun ham 
psixologiyada ko„proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog„lab 
o„rganiladi. Har bir normal odam o„zining aqlli bo„lishini xohlaydi, «Men 
aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi 
bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» 
degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. YAna shu 
narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «o„t

aqlli» yoki «o„ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o„rtacha 
tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o„g„li anchagina aqlli bo„libdi, 
narigining farzandi esa biroz nodon bo„lib, ota-onasini ko„ydirayotgan emish» 
degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik 
sifatlariga aloqadorligini bildiradi. 


Ilm-fandagi an‟analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga 
bog„liq sifatlar juda ko„plab tadqiqotlar ob‟ekti bo„lgan. Olimlar qobiliyatlarning 
rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, 
ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo„lgan 
ko„rsatgichni o„lchashga uringanlar. Ko„pchilik olimlar odam intellektida uning 
verbal (ya‟ni so„zlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), 
fazoviy ko„rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari 
bilan bog„liq jihatlarni ham qo„shganlar.
CH. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o„tilgan 
ko„rsatgichlar o„rtasida bog„liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham 
murakkab tuzilmaga ega bo„lgan psixik xususiyat ekanligini ko„rsatdi. Boshqa bir 
olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operastiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, 
mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikastiya qilish) 
natijasida namoyon bo„ladigan xususiyat sifatida o„rganishni taklif etgan. Bu 
olimlar aql so„zidan ko„ra intellekt so„zini ko„proq ishlatib, bu so„zning o„ziga xos 
talqini borligiga e‟tiborni qaratganlar. CHunki ularning fikricha, intellektual 
potenstialga ega bo„lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual 
potenstial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan -
shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati 
shundaki, u borliqni va bo„ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon 
beradi. SHu o„rinda «intellekt» so„zining lug„aviy ma‟nosini tushunib olaylik. 
Intellekt - lotincha so„z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so„zlari 
negizidan paydo bo„lgan tushuncha bo„lib, u aql-idrokning shunday bo„lagiki, uni 


o„lchab, o„zgartirib, rivojlantirib bo„ladi. Bu - intellekt va u bilan bog„liq 
qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, 
qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, 
yashash davri ta‟sir ko„rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko„rib, his 
qilib turibmiz. YAngi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bog„lagan o„g„il-
qizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi 
bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez 
o„zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko„pchilik uchun muammo 
bo„lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o„zlashtirishda 
qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o„sishiga ta‟sirini hamma bilsa 
kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma‟rifiy muhitda tarbiyalansa, uning 
dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda 
tez va qiyinchiliksiz o„zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o„quv yurtida 
beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o„ta tushunarli, ular yanada 
murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi. 
Qobiliyatlardagi tug„ma va orttirilgan sifatlar 
Ba‟zan o„ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat 
tug„ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san‟atkor yoki mutaxassis 
haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug„ma yoki 
orttirilgan 
ekanligi 
masalasi 
ham 


olimlar 
diqqat 
markazida 
bo„lgan 
muammolardan.
Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma‟noni 
anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta‟minlaydigan 
qobiliyat hamda iste‟dodlar yig„indisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning 
asosiy belgilari:
Muvaffaqiyatni ta‟minlash; 
Faoliyatni mustaqil bajarish; 
Originallikning mavjudligi; 
Qobiliyat va iste‟dodlar yig„indisidan iborat ekanligi; 
Individual-psixologik xislat ekanligi; 


Ijtimoiy turmushni o„zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi. 
Talant qobiliyatlar yig„indisi yoki ularning yig„indisidan iborat bo„lishiga 
qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak 
bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham u bilan tenglashtirish mumkin emas. 
Psixologiyada tug„malik alomatlari bor individual sifatlar
layoqatlar
deb 
yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi 
odamdagi tug„ma xususiyatlardan - oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, 
miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo„l-oyoklarning biologik va 
fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta‟minlovchi sezgi organlari - ko„z, quloq, 
burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan 
genetik tarzda o„tadi), ijtimoiy layoqat - bola tug„ilishi bilan uni o„ragan muhit, 
muloqot uslublari, so„zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur 
shart-sharoitlar (ular ota-ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi - bu 
o„sha individga aloqador bo„lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul 
qiladi. 
Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana shu 
ikki xil layoqat o„rtasida tafovut bo„lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida 
bola tug„ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug„ma, genetik belgilar otasi 
tomonidan berilgan deylik. Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom 
bo„lishini xoxlamasligi, o„ziga o„xshash qo„shiqchi bo„lishini xoxlashi mumkin. 
Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning 
rivoji uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo„q, ijtimoiy layoqat o„sishi uchun esa tabiiy, 
tug„ma layoqat yo„q bo„lgani sababli, bolada hech qanday talant namoyon 
bo„lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki qo„shiqchi bo„lish bilan cheklanishi 


mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug„ma va orttirilgan belgilarni 
o„rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning 
o„zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to„g„ri 
yo„lga qo„yish kerak.
Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko„nikmalarni o„stirish 
borasida harakat qilmasa, eng kuchli tug„ma layoqat ham layoqatligicha qolib,

iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, 
erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan 
tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga chanqoqlik yotgan. SHuni ham 
unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo„lmaydi. Agar shaxs adashib, o„zidagi 
haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo„lsa, tabiiy, u atrofdagilarga 
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko„rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati borligini 
o„z vaqtida to„g„ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. 
SHuning uchun ham har bir ongli inson o„zidagi qobiliyat va zexnni ilk 
yoshlikdan bilib, o„sha o„zi yaxshi ko„rgan, «yuragi chopgan» ish bilan 
shug„ullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o„stirishga imkoniyat topib, 
yutuqlarga erishsa, biz uni
iqtidorli
deymiz. Iqtidor - insonning o„z hatti - 
harakatlari, 
bilimlari, 
imkoniyatlari, 
malakalariga 
nisbatan 
sub‟ektiv 
munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo„lmasligi mumkin, lekin u har 


qanday ishda mardlik, chidamlilik, o„z-o„zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi 
fazilatlarga ega bo„lib, o„zlari shug„ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan 
bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba‟zi o„ta iste‟dodli, lekin kamharakat 
kishilardan ko„ra jamiyatga ko„proq foyda keltiradi. Iqtidorli insonda iste‟dod 
sohibi bo„lish imkoniyati bor, zero
iste’dod
- har tomonlama rivojlangan, 
nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mehnat, o„z qobiliyatini 
takomillashtirib borish yo„lida barcha qiyinchiliklarni engish va irodasi, butun 
imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo„lga kiritiladi. 
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi 
Qobiliyatlar avvalom bor 
umumiy
va
maxsus
turlarga bo„linadi va har birining 
o„z psixologik tizimi va tuzilishi bo„ladi. SHaxsning umumiy qobiliyatlari undagi 
shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida 
ham muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. 
Masalan, texnika oliy o„quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq 
fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o„zlashtira oladi. Bunda unga 
umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi 
qator sifatlar yordam beradi. 
Maxsus qobiliyatlar esa ma‟lum bir sohada yutuqlarga erishish, yuqori 
ko„rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o„z ichiga oladi. Masalan, sport 
sohasi bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo„yicha ishlayotgan ikki kishida o„ziga xos 
maxsus qobiliyatlar bo„lmasa bo„lmaydi. 
Umumiy qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlarga zid tarzda talqin qilish mumkin 


emas. SHaxsning umumiy qobiliyatlari ularni hosil qiluvchi omillar yaqqol 
psixologik hodisa yoki voqelikdir. Maxsus qobiliyatlar ko„lam jihatdan torroq 
bo„lishiga qaramay, chuqurroq mohiyatni o„zlarida mujassamlashtiradi. I.P.Pavlov 
o„z ta‟limotida “badiiy”, “fikrlovchi”, “o„rta” tiplarga ajratilgan shaxslarning 
tavsifini beradi .
“Badiiy tip” uchun bevosita taassurotlar, jonli tasavvur, yorqin 
idrok va emostiyalar natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi hos.
“Fikrlovchilar” uchun esa mavhum mantiqiy, nazariy, metodologik 
mulohazalarning ustunligi xos.
“O„rta” tipdagilarda esa har ikkala toifa xususiyatlarining xos 
ekanligi ko„rinadi.
Har bir qobiliyat o„zining tizimiga ega. Masalan, matematik qobiliyatni 
oladigan bo„lsak, uning tarkibiga umumlashtirish malakalari, aqliy jarayonlarning 
egiluvchanligi, mavxum tafakkur qila olish kabi qator xususiyatlar kiradi. Adabiy 
qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi yorqin va 
ko„rgazmali obrazlar, estetik hislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik 
qobiliyatlarga esa - pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni 
o„zgalarga berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi. Xuddi shunga 
o„xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish 
mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„ladi. 


Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi 
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan 
biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko„ra shaxs 
qobiliyatlari yo„nalishini ochib berishdir. SHuning uchun ham hozirda ko„plab 
intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular 
muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo„llanmoqda.
Qobiliyatlarni o„lchash muammosi X1X asrning oxiri - XX asrning boshlariga 
kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va 
boshqalar tomonidan o„rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o„rganish uchun 
maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda 
topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan 
iborat bo„ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan 
iborat bo„lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o„lchaydi. Bu erda 
vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash -
qobiliyatsizlik 
belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o„ylab topganlar. Ko„pchilik olimlar 
uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o„lchashning ishonchli mezoni - bu 
shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o„zgarishlarni bevosita faoliyat 
jarayonida qayd etishdir. Rus olimi E.A. Kli

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling