Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash


SUYUQLIK VA GAZLAR MIQDORINI O‘LCHASH


Download 1.65 Mb.
bet6/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#262807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
xisob

SUYUQLIK VA GAZLAR MIQDORINI O‘LCHASH

Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi.

Vaqt oralig‘i t1 — t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi ifodaga muvofiq bajaradi:

Q = ∫ g dt

bu erda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda mikdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.

Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi.



Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga — porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi.

Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir.

Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotasion, porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi.

Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 11-rasmda ovalsimon shesternyali hisoblagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.





Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling