Reja: Teng bog‘lovchilar Ergashtiruvchi bog‘lovchilar мттда ота оналар билан ишлаш йиллик режаси
Download 45 Kb.
|
BOG\'LOVCHILAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Inkor bog‘lovchisi
- 2-§. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
- Bordiyu
3. Ayiruv bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni yoki gap bo‘laklarini bir - biridan ajratib, ta’kidlab bog‘laydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘p qo‘llanadigan ayiruvchi bog‘lovchilar: yo, yoki, yoxud, yoinki, yo..., yo..., goh..., goh; dam..., dam; bir..., bir; ba’zan...., ba’zan; xoh., xoh.
Bulardan yo, yoki, yoxud, yoinki bog’lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. U ham ko‘p o‘tmay yo injener, yoki o‘qituvchi bo‘lib ishlashi mumkin. (O.) goh..., goh; dam..., dam; bir..., bir; ba’zan..., ba’zan bog‘lovchilari esa, uyushgan bo‘laklarning yoki qo‘shma gan tarkibidagi sodda gaplarning oldida takrorlanib kelib, ularni ayiruv yo‘li bilan bog‘laydi: Dam qor yog‘adi, dam yomg‘ir tomchilaydi. 4. Inkor bog‘lovchisi na so‘zidan iborat bo‘lib, uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni inkor ma’nosi orqali bog‘lab, takrorlangan holda qo‘llanadi: U hozir na odamlarni, na ularning gapini pisand qilardi. Unda na insof bor, na diyonat. 2-§. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi qismlarni ergashtirish, tobelash yo‘li bilan bog‘laydi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Aniqlov bog‘lovchilari (ya’ni, -ki(-kim) ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun ishlatilib, bosh gapda ifodalangan fikrni aniqlab, izohlab ko‘rsatadi: Deydilarkim, oyda ham dog‘ bor (U). 2. Sabab bog‘lovchilari chunki, shuning uchun ergash gaplarni bosh gapga bog‘lab, sabab, natija ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Biz o‘z vatanimizni sevamiz, shuning uchun uning tarixini yaxshi bilmog‘imiz zarur. 3. Shart bog‘lovchilari agar, gar, agarda, basharti, mabodo, garchi shart va to‘siqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatidagi shartni, shu bilan birga, to‘siqsizlik ma’nolarini anglatadi: Gar shu eshitganim bo‘lmasa ro‘yo, Sen ona emassan, dorsan tabiat (A.O). 4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari go‘yo, go‘yoki bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi: Oppoqqina nozik yuzi quyoshda shunday tiniq ko‘rindiki, go‘yo u nurdan yaratilganday (O.) Bulardan tashqari, boshqa turkumga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi. Masalan: bordiyu shart bog‘lovchi vazifasida (Bordiyu hayotda uchratolmasam, uylab xayolimda yaratardim); deb maqsad bog‘lovchisi vazifasida (Hosilimiz mo‘l bo‘lsin deb, tinimsiz mehnat qildik) ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar ham vazifadosh bog‘lovchilar deb yuritiladi. ADABIYOTLAR М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978. Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980. М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992. А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т., «Укитувчи» 1981. Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993. У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979. N. Turniyozov A.Rahimov O‘zbek tili (ma’ruzalar matni)www.ziyonet.uz Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling