Reja Terrorizmning mazmun-mohiyati


Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish


Download 23.37 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1416840
1   2   3   4
Bog'liq
Terrorizm tushunchasi, shakllari sabablari va unga qarshi kurash

Yoshlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish

Terrorchi-xudkushning 2009-yil 28-dekabr kuni Karachi shahri markaziy ko‘chalaridan birida «Ashuro» motam marosimini o‘tkazayotgan minglab shia mazhabi vakillari orasida o‘zini portlatishi natijasida 43 kishi vafot etdi va 60 dan ortiq shaxslar jarohatlandi. Ushbu teraktni amalga oshirilishini Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi. Pokistonning Kvetta shahrida 2010-yil 3-sentyabrda «Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash xalqaro kuni» doirasida o‘tkazilayot­ 87 gan mitingda portlash amalga oshirildi. Natijada 54 kishi halok bo‘ldi va 200 ga yaqin kishi jarohat oldi. Ushbu terakt amalga oshirilishini ham Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi. Pokistonning Doro Odamxil shahrida 2010-yil 5-noyabrda terrorchi-xudkush masjidda juma namozi vaqtida o‘zini-o‘zi portlatishi oqibatida 50 kishi vafot etdi, yuzdan ortiq insonlar turli darajada jarohatlandi. Ushbu qo‘poruvchilik harakatining amalga oshirilishini Pokiston toliblariga aloqador bo‘lgan guruh o‘z zimmasiga oldi. 2010-yil 11-noyabrda Pokistonning Karachi shahri politsiyasi binosi oldida mina o‘rnatilgan yuk mashinasi portlatildi. U yerda 20 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ziyod insonlar jarohat oldi.
2011-yil 31-oktyabrda Afg‘onistonning Qandahor shahrida terrorchi-xudkush o‘zini portlatishi natijasida BMTning 3 vakili hamda mahalliy politsiya boshlig‘i va bir necha kishi vafot etdi. 2012-yil 4-sentyabrda Afg‘onistonning Nangarxar provinsiyasida janoza vaqtida terrorchi-xudkush amalga oshirgan portlash natijasida 20 kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.
Ta’kidlash lozimki, hujumdan jabr ko‘rganlarning barchasi tinch aholidan iborat bo‘lgan. 2014-yil 17-yanvar kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida restoran yonida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuboradi. Jami 21 kishi (4 tasi BMT vakili) vafot etadi. 2015-yil 19-oktyabr kuni Afg‘onistonning shimolidagi Faryob provinsiyasida «Tolibon» tomonidan portlash sodir etilishi natijasida, 5 kishi vafot etdi, 25 kishi jarohatlandi.
Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi 2006-yilda «Tolibon» harakatini «terrorchi tashkilot» deb e’lon qildi. AQSH hukumati 2002-yildan boshlab, «Tolibon» harakatini «terrorchi tashkilot» deb tasdiqlash masalasini bir necha bor ko‘targan bo‘lsa-da, faqatgina 2009-yilning aprelida AQSH Davlat Departamenti tomonidan terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan. «Al-Qoida» va «Turkiston islom harakati» «Tolibon»larning eng yaqin ittifoqdoshlari hisoblanadi.
88 XXI asr boshlarida Yaqin Sharqda faoliyati kuzatilgan terrorchi guruhlar. Hozirgi kunda diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib, islom ta’limotining ayrim g‘oya hamda tamoyillari mazmun-mohiyatini bir yoqlama, taassubga berilib noto‘g‘ri izohlashga va odamlarni hidoyat yo‘lidan adashtirishga urinmoqda. Bunday holat, ayniqsa, bugungi kunda butun dunyoga tahdid solayotgan «Iroq va Shom islom davlati», «Jabhatu fathi biladish-Shom» kabi bir qator terrorchi guruhlar misolida o‘z aksini topmoqda. Iroq va Shom islom davlati. «Iroq va Shom islom davlati» tashkil topishida «al-Qoida» tashkiloti muhim o‘rin tutgan. Dastlab, 2004-yilda xalqaro miqyosdagi terrorchi Abu Mushab Zarqoviy Iroqda «Tavhid va jihod harakati»ni tuzadi va «al-Qoida»ning Iroqdagi bo‘limi sifatida faoliyat olib boradi. Iroqdagi harakat doirasini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Keyinchalik unga «Jaysh al-fotihin», «Jaysh as-sahoba» kabi bir qator terrorchi guruhlar qo‘shilishi natijasida Zarqoviy 2006-yilda Abdulloh Rashid Bag‘dodiy boshliq «Mujohidlar maslahat kengashi» tuzilganini e’lon qiladi. Buning natijasida Yaqin Sharqdagi bir necha terrorchi guruhlarni birlashtirgan tashkilot 2006-yil 15-oktyabrda «Iroq islom davlati» nomi ostida Iroqda tashkil topadi va unga Abu Umar Bag‘dodiy ismli shaxs rahbarlik qiladi. 2010-yil 19-aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Abdullo Ibrohim as-Samariy (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Ibrohim Avvad al-Badriy al-Husayniy) rahbarlik qiladi. Suriyada kechayotgan mojarolarga mustaqil armiya sifatida kelib qo‘shilgandan so‘ng, 2013-yil aprel oyida tashkilot «Iroq va Shom islom davlati» (IShID) deb nomlandi. «Al-Qoida» tashkiloti «IShID»ning Suriyadagi mojarolarga aralashganidan so‘ng, 2014-yil fevral oyida mazkur tashkilotning «al-Qoida»ga aloqasi yo‘q deb bayonot berdi.
BMT Xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng xavfli hisoblangan «al-Qoida» faolligining kamayishi undan­ 89 da kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan «Iroq va Shom islom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 2014-yil 29-iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag‘dodiy xalifa ekani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom davlati» deb nomladi. Tashkilotning bosh maqsadi islom «xalifaligi»ni qayta tiklash va islom shariatini amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, Suriya mamlakatlari negizida sunniy musulmonlarning yagona davlati «xalifalik»ni barpo etib, bosqichma-bosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirishni e’tirof etadi. Hozirgi kunda «IShID» tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladigan qonunlar joriy qilinmoqda.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYoTLAR RO‘YXATI

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling