Reja: Texnik nivelirlashdagi ish tartibi > Piketlash jurnali, trassa piketlari bo`yicha geometrik nivelirlash
Dala o'lchash natijalarini hisoblash
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
22.03 guruh talabasi 1
Dala o'lchash natijalarini hisoblash
Hisoblash ishlari. Nivelirlash ishlari natijalarini hisoblash dala jurnalidagi hamma yozuvlarni va betma-bet tekshirishlarni diqqat bilan qarab chiqishdan boshlanadi. Bu ikki qo'lda, ya'ni ikki ishni ko'rib chiqadi. Betma-bet tekshirish quyidagi ishlarni o'z ichiga oladi: har bir betda 3, 4-ustun sanoqlarining yig'indisi va 6-7 ustunning algebraik yig'indisi hisoblanadi. Chunki ∑ 3 - ∑ 4 yarim farqining yig'indisi ∑ 6 ning yarim yig'indisiga va bir vaqtda ∑ 7 algebraik yig'indisiga teng bo'lishi kerak: (∑ 3 - ∑ 4 )/ 2 =∑ 6 /2 = ∑ 7 Betma-bet tekshirishini bajargandan keyin yo'lning bog'lanmaslik xatosini topishga kirishiladi. Agar nivelir yo'li mutlaq belgisi ma'lum bo'lgan ikkita reper orasida o'tkazilgan bo'lsa, nivelirlash natijasida olingan nisbiy balandliklar yig'indisi ∑h oxirgi R oxlr va boshlang'ich R bosh reperlar mutlaq balandliklari farqiga teng bo'lishi kerak. PK 4 5948 239 238 148,476 6 PK 4 2346 148,476 7034 2092 254 -2 PK 5 6782 252 253 148,727 42206 51950 506 10250 253 5125 -4884 42206-51950= -10250+506= -5125+253= =-9744:2=- 4872 =-9744:2=- 4872 =-4872 ∑h naz = H oxir - H boshl Bunda bog'lanmaslik xatosi: 𝑓 ℎ = ∑ amal -(H oxlr - H boshl ) = ∑h amal - ∑h naz Yopiq nivelir yo'lida nisbiy balandliklar yig'indisi nolga (2h=0) teng bo'ladi va bog'lanmaslik xatosi: 𝑓 ℎ =∑h=0 Dala ishlari tugagandan keyin bog'lanmaslik xatoligi 𝑓 𝑛 ning chekdan oshgan, oshmaganligini tekshirib ko'riladi. Agar chekdan oshgan bo'lsa, ish qaytadan bajariladi. Texnik nivelirlashda yo'l qo'yiladigan xatolik quyidagidan oshmasligi kerak: 𝑓 ℎ = ±50√𝐿 𝑚𝑚 bu yerda L -yo'l uzunligi, km da. Nivelir yo'lining mutlaq balandliklarini hisoblash; Agar bog'lanmaslik xatosi yo'l qo'yilgan chekdan oshmagan bo'lsa, uni hamma nisbiy balandliklarga teng qilib teskari ishorada tarqatiladi.Nisbiy balanliklarga tuzatmalar 1 mm dan kam bo'lsa, ular keyingi nisbiy balandliklarga 1 mm aniqlikda kiritiladi. Tuzatmalar yig'indisi bog'lanmaslik xatoligiga teskari ishora bilan teng bo'lishi kerak. Xatoliklar tarqatilib bo'lingandan keyin piket (oraliq va ko'ndalang) nuqtalarining mutlaq balandliklari quyidagi formula bilan topiladi: H i = H i-1 + h Bu yerda- Hr hisoblanadigan mutlaq balandlik; h- nuqtalar orasidagi tuzatilgan nisbiy balandlik Mutlaq balandliklarni hisoblashning to'g'riligini tekshirish H oxir - H bosh = ∑h teng Bizning misolimizda tuzatilgan o'rt acha nisbiy balandlik ∑h teng = -4872 mm, farq: H PK5 – H Rp10 =- 4884 mm. Demak bog'lanmaslik xatoligi +12mm. ekan. Bu xatolik teskari ishora bilan o'lchangan nisbiy balandliklarga teng tarqatiladi.Hamma nuqtalarning mutlaq balandligini topgandan keyin oraliq nuqtalar va ko'ndalang nuqtalarining asbob balandligi (gorizonti) topiladi. Jadvalda 2 va 4- stansiyalar shunday nuqtalardir. Asbob balandligi H c (gorizonti) quyidagi formula bilan topiladi: H c = H A + a ' Bu yerda, a- orqa reykanning qora tomonidan olingan sanoq. Misol, 2- stansiyaning asbob balandligi H c = 152,581 +0,481 =153,062 m., 4- stansiyaning H c4 =149,283 + + 1,246=150,529 m. Asbob balandligi aniqlagandan keyin oraliq nuqtalarning mutlaq balandligi topiladi: H oraliq =H c -c Xuddi shunday qilib PK2+65 ko'ndalang nuqtalarining ham mutlaq balandliklar asbob balandliklari (gorizonti) orqali topiladi. Ko'k belgilar. Qizil chiziqning qora chiziq bilan kesishgan nuqtalari nol ish nuqtalari deyiladi. Bu nuqtalarda yer ishlari bajarilmaydi, ya'ni ish belgilari bu yerda nolga teng. Trassada bu nuqtalarning joylashishini bilish kerak, chunki shu nuqtalardan yer ishlari boshlanadi. Nol ish nuqtalari belgilari qizil belgi katagiga ko'k tushda yoziladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling