Reja: «Texnologiya va dizayn» yo'nalishida yog’ochlarga, metallarga ishlov berish. «Servis xizmati» yo'nalishida gazlamalarga ishlov berish va buyumlarni ta’mirlash


Download 25.65 Kb.
bet6/14
Sana30.04.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1408299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-7-SINFLARDA TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO\'NALISHLARI NING QIYOSIY TAHLILI TAYYORLASH

Elektrotexnika ishlari: elektr montaj ishlarida ish o ‘rnini tashkil qilishni, elektr o'tkazish simlarining turlarini elektr o'tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlarini, elektr asboblarini, sohaga oid kasb-hunarlar to'g'risida ma’lumotni, elektr o'tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini bilish.
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta'mirlash: pol qoplamalari hamda mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ishlarini, oyna romlarini kichik ta'mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullarini, xizmat ko'rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlarini bilish.
«Texnologiya va dizayn» yo'nalishi bo'yicha o'quvchilar quyidagiko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: metallarning turlari, xossalari, sifatlari, shakllari, o'lchamlari, qo'llanilishi va ishlatilish texnologiyalari bo'yicha ma’lumotlar asosida laboratoriya ishlarini; metallga ishlov berishda ishlatiladigan qo'l asboblarini turlarga ajratish va ularning ishga yaroqliligini aniqlay olish; asboblarni ishga tayyorlash va ular bilan ishlav olish; metallga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo'li, stanokni ishga tayyorlay olish; detallar va buyumlarning konstruktiv yechimlarini topa olish; metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
Yog'ochga ishlov berish texnologiyasi: mahalliy hududda o'sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog'och turlarini farqlay olish; yog'ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini; asbob-uskuna va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlay olish; yog'ochga ishlov berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yo'li. stanokni ishga tayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog'ochga ishlov berish jarayonlari bilan uyg'unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.

Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling