Reja: Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi


Download 116.38 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2020
Hajmi116.38 Kb.
#166232
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu Bank passivlari


4-Mavzu. Tijorat banklari passivlari tarkibi va ularnijoylashishi

Reja:


1.Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi.

2.Tijorat bankining kapitali uning tarkibi va yetarliligiga qo‘yilgan talablar. Bank kapitali va uning samaradorligini oshirish yo‘llari. Bank kapitali yetarliligi bo‘yicha xalqaro talablar

3.Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari. Tijorat banklarining depozit va nodepozit operatsiyalarining tavsifi. Tijorat banklarining talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlar bo‘yicha operatsiyalarining mohiyati.

4.Tijorat banklarining kredit potensiali va uning ahamiyati. Banklararo kredit resurslari, uning ahamiyati va uni o‘tkazish tartibi.

5 Xo‘jalik yurituvchi sube’ktlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi. Tijorat banklarining resurslari va ularni boshqarish masalalari.

Tayanch so‘zlar: kredit salohiyati, passiv operatsiyalar, bank resurslari, kredit resurslari, bankning o‘z mablag‘lari, jalb qilingan mablag‘lar, depozitlar, nodepozit operatsiyalar, banklararo kreditlar, muddatli depozitlar, bank balansi.

1. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Banklarning yetarli resursga ega bo‘lishi o‘ta dolzarb vazifalardan biri bo‘lganligi uchun banklar passiv operatsiyalarini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha o‘z siyosatiga ega bo‘ladi.

1-jadval


Bank balansining boshlang‘ich sxemasi

Aktiv

Passiv

Aktivlar

Majburiyat + Kapital

Jami (A=P)

Jami (A=P)

Ma’lumki bank faoliyati etarli bank resurslarini talab qiladi. Bank resurslarini mukammal tashkil etish va tejamkor foydalanish har qanday banklarning samarali ishlashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Yaratilgan resurslar tijorat banklarning iqtisodiy faoliyati ni oqilona amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Resurs bazasini shakllantirishda yangi mijozlarni jalb qilish resurs bazasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Resurs – fransuzcha "Resurs", so‘zidan olingan bo‘lib, pul mablag‘lari, imkoniyat, zahira, daromad manbai, xom-ashyo va boshqalar anglatadi. Iqtisodiy manbalarda "resurs" so'zi ko'pincha turli xil ma'nolarda uchraydi.Masalan: tabiiy resurslar, moliyaviy resurslar, iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar. Shunga asoslanib, iqtisodiy resurslarniiqtisodiy imkoniyatlarning asosiy elementlaridan biri sifatida qarash mumkin .U jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida taqsimlanadi. Resurs iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarning aksariyati-bu moliyaviy resurslar bo‘lib, ularni pul va soliq resurslari tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib vaqtinchalik bo‘sh mablag'lar, soliqlar, jismoniy shaxslarning mablag'lari,chek omonatlarini berish bilan bog'liq mablag'lar va boshqalar hisoblanadi.Moliyaviy resurslarning ajralmas qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib chiqamiz. Dastlab banklarning majburiyatlari va ularning resurslari bir xil tushunchalar emasligiga e’tibor qaratish lozim. Bank passivlari bank resurslarining manbai hisoblanadi. Demak Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi.

Ularning o‘lchami quyidagilarga bog‘liq:


  • o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan bank faoliyati;

  • Markaziy bankning pul-kredit siyosati va banklardan qarz mablag'lari va ularning tuzilishi;

  • tijorat bankining Markaziy bankdagi majburiy zahira miqdori;

  • boshqa passivlar;

Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larini shakllantirish bo'yicha tadqiqotlarda turli xil talqinlarini topishingiz mumkin.Jumladan "Bank resurslari", "kredit resurslari","depozit resurslari", "Bank majburiyatlari" kabi tushunchalarni keltirish mumkin. Rus olimi Lavrushinning fikriga ko'ra, tijorat banklarining resurslari yoki "Bank resurslari" bu o'z va qarzga olingan resurslarning yig'indisi bo‘lib, bankda aktiv operatsiyalarni o'tkazish uchun foydalaniladi1. Bank resurslariga bo'lgan ehtiyoj banklarni shakllanishida va bank faoliyatini amalga oshirishda paydo bo‘ladi. Banklarni tashkil etishning dastlabki bosqichlarida banklar o'z kapitaliga ega bo'lishi va kelgusidagi faoliyati uchun resurslarni jalb etishi zarur.

Banklarning o‘z mablag‘lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan ablag‘lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb qilingan mablag‘lar – depozitlar, jamg‘armalar, qarzga olingan mablag‘lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o‘z ifodasini topadi.Tijorat banklari, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar singari, ma'lum miqdordagi pul mablag‘lari, ya'ni tijorat va xo‘jalik faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun resurslari bo'lishi kerak. Bundan tashqari, faol operatsiyalar ko'lami resurslarning hajmi bilan bog'liq.Resurslarni jalb qilishning bunday holati banklar o'rtasida raqobatning paydo bo'lishiga olib keladi. Shunga asoslanib, bank resurslari tijorat banklari faoliyati uchun asos bo'lib xizmat qiladi hamda u bank uchun zaxira va foyda olish imkoniyatidir. Bankning asosiy vazifalaridan biri bu ko'proq darajada bo'sh pul jalb qilish va ularni boshqa maqbul aktivlarga joylashtirish orqali daromad olishga yo‘naltirishdir. Bank resurslari banklarning passiv operatsiyalar yordamida yaratiladiva qisman ikkita katta guruhga bo'lish orqali o‘rganiladi.Bank balansining passivlari quyidagilardir: o'z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bank resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag'lari tashkil etadi.Tijorat banklarining resurs bazasini resurs turlari bo'yicha quyidagi guruhlarlarga bo'lish mumkin: Bu o'z mablag'lari, jalb qilingan va bankning qarz mablag'lari.

2-jadval

Tijorat banklarining resurs bazasini quyidagicha tasniflanish mumkin:



Tijorat banklari resurslari

O’zlik resurslari:

Jalb qilingan resurslar

Ustav kapital

Depozitlar

Zahira kapital

Banklararo kreditlar

Taqsimlanmagan foyda

Boshqa kreditorlar

Sof foyda

Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi

3-jadval

Tijorat banklari resurslari manbalarining tasnifi



Resurlar tasnifi

Resurslar turi

Izoh

Manbaiga ko‘ra

O’zlik mablag‘lari

Ustav kapital, Zahira kapital, foyda va zarar

Jalb qilingan va qarz mablag‘lar

Mijozlar va vakil banklar depozitlari

Tegishligiga ko‘ra

Bankka tegishli

Taqsimlanmanan foyda, sof foyda,emisiya daromadlari

Bankka tegishli bo‘lmagan

Banklararo kredit, jalb qilingan depozitlar

Muddatiga ko‘ra

Uzoq muddatli

O’zlik mablag‘lari, uzoq muddatli depozitlar

Qisqa muddatli

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar

Ishonchligiga ko‘ra

Ishonchli

O’zlik mablag‘lari, uzoq muddatli depozitlar

Ishonchsiz

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar

Passivlar va aktivlar bg‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu bois bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini kg‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga bg‘linadi. Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta‘minlaydi.

Bank resurslarining aylanish bosqichlari:. 

1. Pul mablag’lari.

2. Kredit ajratish.

3. Kredit va foiz to’lovi.

Tijorat banklari tomonidan passiv operatsiyalarni amalga oshirishdan maqsad:



  • bank faoliyatini resurslar bilan ta‘minlash;

  • iqtisodiyotga yg‘naltirilishi mumkin bg‘lgan qg‘shimcha mablag‘lar manbalarini shakllantirish;

  • jalb qilingan mablag‘larga bank foizlarini tg‘lash yg‘li bilan aholi va yuridik shaxslar daromadlarini oshirish;

  • o‘z kapitali hajmini oshirib borish;

  • bank operatsiyalarini riskdan himoya qilish uchun rezerv fondlarni tashkil qilish.

Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to‘rt guruhga bg‘lish mumkin:

1. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni yig‘ish.

2. Bank foydasi hisobidan har hil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish.

3. Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag‘lar jalb qilish.

4. Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarning balansida passivlarning joylashish tartibi


Talab etilguncha depozitlar

Jamg‘arma depozitlar

Muddatli depozitlar

Qarz mablag‘lari (MB, TB va boshqalardan)

Boshqa majburiyatlar

Jami majburiyatlar

Kapital

Jami majburiyat va kapital

2.Bank passivlari orasida muhim o'rinni bankning o'z kapitali egallaydi. Banklar ham tashkil topishi jarayonida o‘z mablag‘lari- kapitalini shakllantiradi. Bank kapitali bank barqarorligini ta'minlashning muhim bazasi hisoblanadi. Bank uchun o‘z mablag'lari moliyaviy resurslar manbai hisoblanadi. Bank va uning faoliyati barqarorligini ta'minlash omili bu bankning ustav kapitali bo‘lib, shu bilan birga bank resurslarining tarkibi muhimhisoblanadi. Bu avval bank dastlabki xarajatlarni (faoliyatida (masalan,erni olish, jihozlarni o'rnatish, ish haqini to'lash xodimlar va boshqalar) amalga oshirishda juda muhimdir. Keyingi bosqichlarda bankning o'z kapitali bank operatsiyalarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Bank kapitalining yana bir muhim xususiyatii - bu himoya kafolatlash hisoblanadi. Bank kutilmagan yo'qotishlar va qo'shimcha xarajatlarni o'z kapitali bilan qoplaydi. Bankning o‘z mablag‘lari bank kapitalini ham qamrab oladi. Bank kapitali - bu bank muassislari tomonidan qo'yilgan mablag'lar bo‘lib, u kapital va zaxira fondlaridan shuningdek taqsimlanmaganfoydadan iborat. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bank kapitali - bank muassislarining yig‘ilgan mablag'lari bo‘lib, turli zahiralar va taqsimlanmagan foyda bank kapitalini kengayishini ta’minlaydi.

2017 yilning 1 oktyabridan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi lozim.

Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim.

Bank ustav kapitalining tarkibi turlicha bo‘lib, aktsiyadorlik kapitali quyidagilardan iborat:


  • oddiy aktsiyalar;

  • imtiyozli aktsiyalar;

  • qo‘shimcha kapital;

  • taqsimlanmagan foyda.

4-jadval

Tijorat banklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida 2020 yil 1 avgust holatiga



(banklar kesimida) ma’lumot2



Bank nomi

Kapital

summa

ulushi, foizda

Jami

55 364

100%

Davlat ulushi
mavjud banklar

47 218

85%

1

O’zmilliybank

13 670

24,7%

2

O’zsanoatqurilishbank

6 685

12,1%

3

Asaka bank

6 277

11,3%

4

Ipoteka bank

4 040

7,3%

5

Agrobank

4 632

8,4%

6

Xalq banki

4 753

8,6%

7

Qishloq qurilish bank

2 334

4,2%

8

Mikrokredit bank

1 679

3,0%

9

Aloqa bank

1 466

2,6%

10

Turon bank

1 161

2,1%

11

Aziya Alyans bank

316

0,6%

12

Poytaxt bank

118

0,2%

13

O’zagroeksportbank

86

0,2%

Boshqa banklar

8 146

15%

14

Xamkor bank

1 310

2,4%

15

Ipak yo‘li bank

882

1,6%

16

Kapital bank

727

1,3%

17

O’zKDB bank

632

1,1%

18

Oriyent Finans bank

1 033

1,9%

19

Invest Finans bank

580

1,0%

20

Trast bank

706

1,3%

21

Davr bank

260

0,5%

22

Savdogar bank

178

0,3%

23

Turkiston bank

157

0,3%

24

Tenge bank

349

0,6%

25

Universal bank

157

0,3%

26

Ziraat bank

295

0,5%

27

Ravnaq bank

135

0,2%

28

Xay-Tek bank

139

0,3%

29

Eron Soderot bank

353

0,6%

30

Madad invest bank

140

0,3%

31

TBC bank

112

0,2%

Tijorat bankining kapitalining yetarliligiga qo‘yilgan talablarTijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (AV №2693 6.07.15) asosida tartibga solinadi.

Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitalining milliy valyutadagi ekvivalenti O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi bo‘yicha aniqlanadi.



Regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlanadigan bank kapitali hisoblanadi.

Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yig‘indisidan iborat. Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz bo‘lmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartlar (tashkil qilinadigan jamg‘armalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas. I darajali kapital regulyativ kapitalning 75 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining uchdan bir qismidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qo‘shimcha kapitalni o‘z ichiga oladi.I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam bo‘lmasligi va o‘z ichiga quyidagilarni olishi zarur:

a) bankning to‘liq to‘langan oddiy aksiyalari yoki bank aksiyadorlik jamiyatidan boshqa shaklda tashkil etilganda oddiy aksiyaga tenglashtirilgan vositalar. Bunday aksiyalar yoki vositalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

bank tugatilganda ular bo‘yicha talablar bankning barcha talablaridan (depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari, subordinar qarz, imtiyozli aksiyalar va boshqalar) so‘ng qondirilishi;

egalari bank tugatilganda barcha talablar qondirilgandan so‘ng bank ixtiyorida qoladigan aktivlarning o‘zlariga tegishli ulushga muvofiq qismini olish huquqiga ega bo‘lishi;

muddatsiz va bankni tugatilishidan boshqa holatlarda to‘lab berilmasligi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan qayta sotib olish holatlari mustasno;

chiqarilishida bank uni qayta sotib olish yoki bekor qilish bo‘yicha harakat qilmasligi hamda qonuniy va shartnomaviy talablar bunday holatni keltirib chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lmasligi;

emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va ta’minlanmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning to‘lash navbati (subordinatsiyasi) o‘zgartirilmagan bo‘lishi;

b) qo‘shilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;

v) taqsimlanmagan foyda (zarar):

bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);

to‘lanmagan dividend summasidan tashqari o‘tgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;

o‘tgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari;

g) ozchilik ulush egalarining bank yig‘ma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush sho‘‘ba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. Bunda ushbu ulushlar mazkur bandning «a» kichik bandi ikkinchi-oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarga javob berishi lozim;

d) devalvatsiya zaxirasi. Bu zaxira sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘lardan shakllanadi.

I darajali qo‘shimcha kapital o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

a) to‘liq to‘langan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bunday aksiyalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:

muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega bo‘lmasligi;

egasining xohishiga ko‘ra sotib olinmasligi;

bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar bo‘yicha talablari bajarilgandan so‘ng qondirilishi;

emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan ushbu aksiyalar boshqa aktivlarga kafolat va ta’minot sifatida qo‘yilmagan bo‘lishi;

bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar to‘lanmasligi mumkinligi;

ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi olinmagan dividendlar to‘lanmasligi;

bank faqat O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan oldindan olingan ruxsati bilan va chiqarilganiga 10 yildan kam bo‘lmagan aksiyalar va sotib olinadigan summani kapitalning o‘sha turi yoki boshqa undan yuqoriroq turiga almashtirgandan so‘ng yoxud bank kapitalining monandligi kapitalga qo‘yilgan minimal talabdan yuqori ekanligini ko‘rsatgandan so‘ng, ularni sotib olinishi mumkinligi;

b) qo‘shilgan kapital — imtiyozli aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori to‘langan summa;

v) I darajali qo‘shimcha kapitalga qo‘shilish shartlariga javob beruvchi sho‘‘ba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida bo‘lgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar.

Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar I darajali kapital hisob-kitobiga kiritilmaydi.

II darajali kapital quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

a) joriy yildagi sof foydasi, bankning oraliq moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan o‘tgan bo‘lsa — tasdiqlangan moliyaviy natijalaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, aks holda bank hisobotidagi sof foydaning 50 foizi;

b) chegirmalardan so‘ng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori bo‘lmagan miqdordagi standart kreditlarga (aktivlar) yaratiladigan zaxiralar;

v) chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega bo‘lgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritiladi:

to‘liq to‘langan;

garov bilan ta’minlanmagan;

bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan so‘ng qondiriladigan;

aksiya egasining tashabbusi bilan va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz to‘lanishi mumkin bo‘lmagan;

bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni to‘lovga qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermaydigan;

agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar (foizlar) to‘lamaslik to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni to‘lash muddati emitent xohishiga ko‘ra kechiktirilishi mumkin bo‘lgan aksiyalar;

g) subordinar qarz — bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:

garov ta’minotiga ega bo‘lmasligi;

bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan so‘ng amalga oshirilishi;

boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan keyin bo‘lishi;

qarzdor bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan boshqa aktivlarga kafolat va ta’minot sifatida qo‘yilmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning to‘lash navbati (subordinatsiyasi) o‘zgartirilmagan, ya’ni bank depozitorlari va kreditorlari talablariga tenglashtirilmagan bo‘lishi;

muddatidan avval O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan qaytarilishi.

Subordinar qarzni bankning II darajali kapitali sifatida tan olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

boshlang‘ich to‘lov muddati yetib kelgunga qadar 5 yildan oshgan muddatda — to‘liq hajmda;

boshlang‘ich to‘lov muddatidan oldingi 5 yil davomida:

1-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 80 foizi;

2-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 60 foizi;

3-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 40 foizi;

4-yilda — subordinar qarz qoldig‘ining 20 foizi;

5-yilda — 0.

d) aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.

Kapitalning monandligining hisoblanishi tartibini ko‘rib chiqamiz.

Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi.

2015 yil 1 sentyabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:

TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);

OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining o‘rtacha summasi X 15 foiz);

Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar — foizsiz xarajatlar).

Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy ko‘rinishda bo‘lganda, o‘rtacha ko‘rsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.

BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).

Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa ko‘rsatkichlari yig‘indisining mutloq ko‘rsatkichining eng kattasi olinadi.

Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 12,5 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:



Download 116.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling