Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Download 460.5 Kb.
bet42/68
Sana02.01.2022
Hajmi460.5 Kb.
#189397
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Bog'liq
12-MAVZU

Turkiy tillarda olmoshlar. Olmoshlar ayrim turkiy tillarda va oltoy tillarida bir-biriga to‘la mos kelmaydi. Qadimgi turkiy tilda ko‘pgina olmosh turlari farqlanmagan yoki umuman bo‘lmagan, ularning vazifasini ayrim fe’l shakllari, ko‘makchi, yuklamalar bajarganligi ma’lum. Olmoshlarda maxsus so‘z yasovchi qo‘shimchalar yo‘q. Turkiy tillarda olmoshlar egalik qo‘shimchalari va fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan genetik aloqada bo‘lganligini qadimgi til materiallari tasdiqlaydi. Barcha turkiy tillarda olmoshlar yagona turlanish tizimiga ega. Ammo ayrim kishilik olmoshlari va turlangan ko‘rsatish olmoshlari bilan tub o‘zak qurilishida jiddiy farqlar kuzatiladi: chuvashcha: epa (men), mana (menga), val (u)ana (unga) kabi.

Turkiy tillarda olmoshlarning 7 ta ma’no turi o‘z funksional belgilariga ega. Bular orasida chuvash tili olmoshlari ancha farqlidir.

Ma’lumki, olmoshlar kelib chiqishi, tarixiylik darajasi va ma’nosiga ko‘ra turkiy tillarda ikki katta guruhga ajratiladi:

1. Olmoshlar (kishilik, ko‘rsatish va so‘roq olmoshlari).

2. Olmosh so‘zlar (belgilash, bo‘lishsizlik, gumon va jamlash olmoshlari).

Bunday guruhlantirishning asosiy sababi ularning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishdagi o‘ziga xoslikka asoslanadi. Xususan, shaxs ma’nosidagi 1-guruh olmoshlarining turlanishi shaxs ma’nosini ifodalaydigan olmoshlarnikidan sezirarli darajada farqlanadi. N.Poppe bu hodisaning mo‘g‘ul tiliga ham xosligini ta’kidlagan.




Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling