Reja: Til leksikasining o‘zgaruvchaligi. Leksika xalq tarixi ko‘zgusi


Download 460.5 Kb.
bet52/68
Sana02.01.2022
Hajmi460.5 Kb.
#189397
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
Bog'liq
12-MAVZU

Turkiy tillarda singarmonizm. Turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘g‘in (yoki bo‘g‘inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra moslashuvidir. A.M. Sherbak ta’kidlaganidek, bir bo‘g ‘inli so‘zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g ‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo‘g‘inga muvofiqlashadi. Masalan, bar -gan -lar, kol-ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari), yiiksciltmak (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi - palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g ‘in unlisi mustaqil bo‘lib, keyingi bo‘g ‘indagi unlilar unga tobe bo‘ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi. Palatal yoki tanglay singarmonizmi qadimiy bo‘ lib, turkiy bobo til davriga oiddir.

Turkiy tillar o‘llasiga mansub bo‘lgan hozirgi uyg‘ur tilida singarmonizmning boshqa ko‘rinishi ham mavjud. Bu tilning o‘ziga xos xususiyati asl turkiy bir bo‘g‘inli so‘zlarda (ba’zan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda ham) keyingi bo‘g‘indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo‘g‘indagi keng a unlisi torayadi va e tovushiga o ‘tadi: bas-besi, bala-belesi. Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg‘ur tilidan tashqari, o‘zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: belik “baliq ”, jeyim "joyim”, tern it] “toming”, yerji “yangi”.

O‘zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, ba’zan bir turkiy til doirasida ham, birxil bo‘lavermaydi: ayni bir so‘zning birinchi bo‘g ‘inida bir turkiy tilda yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda (shevada) orqa qator unlisi kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada singarmonistik variantlar deb yuritiladi. Masalan, qadimgi u y g \ turna - tima, qirg‘ .comul - comiil, qoz. say-say, ozarb. okuz-okuz.


Download 460.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling