Reja: Tilning o‘rganish metodlari va metodologiya


Download 37.54 Kb.
bet4/6
Sana06.02.2023
Hajmi37.54 Kb.
#1171003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nigora Xakimova 10 seminar

STRUKTURALIZM (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matematikalashtirish elementlaridan foydalanish bilan bogʻliq yoʻnalish; 20-a. ning 20y. larida paydo boʻlgan. Strukturalizmning tadqiqot obyekti belgi tizimlari (til, fan, sanʼat, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. Strukturalizmning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struktura)lar tashkil etadi. Sdan ibtidoiy kabilalar madaniyatini oʻrganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi (k,. Strukturaviy tilshunoslik).

  1. Statistik tahlil metodi qanday?

Ushbu metod lisoniy birliklarning nutq faoliyatidagi, asosan matndagi qo‘llanish miqdorini tadqiq qiladi. Mazkur metod til sathlarining barchasiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Biroq uning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi leksikologiya va leksikografiya hisoblanadi. Statistik tahlil asosida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar yordamida eng faol va eng passiv so‘zlar, so‘zlarning me’yoriy va me’yoriy bo‘lmagan qo‘llanishi belgilanmoqda, tarqalish chegarasi, ko‘lami aniqlanmoqda.
Bu metod nazariy va amaliy tilshunoslik uchun qimmatli ma’lumotlar beradigan chastotali lug‘atlar tuzish, lug‘at minimumlari yaratishda qo‘llanadi. Shuningdek, so‘z shakllari, fonema, morfemalarning qanday taqsimlanishi, o‘zaro birikuvda qanday faollikka egaligini ham aniqlashga yordam beradi.

  1. Transformatsion tahlil metodi qanday metod?

Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning
muayyan qoidalar 
asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni
transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish
ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod”
tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin. Ushbu metod yordamida
transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon
bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi.

13. Avtomatik tahlil metodi qanday metod?

Download 37.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling