Reja: Tilshunoslikning mohiyati


Download 40.97 Kb.
bet2/2
Sana28.01.2023
Hajmi40.97 Kb.
#1136890
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish tilshunoslik (1)


Tilshunoslik tabiiy fanlardan biologiya, fizika, kimyo, geografiya,
geologiya, tibbiyot kabilar bilan qaysidir jihatlari yuzasidan bog'langandir.
Biz tilshunoslikni tabiiy fanlar sirasiga kiruvchi inson fiziologiyasi va antropologiyasi fanlari bilan aloqalarini ko‘rib o'tamiz. Tilshunoslik uchun eng
muhim jihat reflektor holatdagi inson nutqi faoliyati nazariyasi bo‘lib,
uning asoschilari I.M.Sechenov hamda I.P.Pavlovdir. Inson ko‘rish5 eshitish, sezish orqali dunyoni idrok etadi, o‘z hayotiy faoliyati davomida ana
shu fiziologik holatlar — signallar sisternasi orqali voqeliklarni anglayai,
tafakkuri orqali ularning analiz-sintezini amalga oshiradi. Bularning barcha-
sida fiziologik asoslar yetakchilik qiladi. Fonetikaning anatomik-fiziologik
aspekti fonetik birliklaming biologik asosini — inson organizmidagi ayrim
a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va
faoliyatini o‘rganadi. Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin: 1) nutq a’zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining
fiziologiyasi; 3) nutq a’zolorining ijro kechimi (Jamolxonov H. Hozirgi
o‘zbek adabiy tili. —Т.: Talqin, 2005. 26-b.).
Tilshunoslar va antropologlarning o ‘zaro qiziqish xususiyayatlari ikki
holatda to‘qnashadi: birinchidan, tillami tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqishi masalalarini o‘rganishda. Qolaversa, inson nutqiga oid
jihatlar bevosita fizikaning tadqiqot obyekti sanalgan akustikaga bog‘lab
o‘rganiladi. Chunki fizikaning akustika bo’limi bilan tilshunoslikning
fonetika bolim i o‘zaro bogliqdir. M a’lumki, akustika har qanday tovushning eshitish bilan aloqador xususiyatlarini o‘rganadi. Tilning tovush tomoni murakkab jarayon bo‘lib, uning fizik-akustik tabiati, biologik asosi (nutq a’zolarining harakati), talaffuz etilishi va eshitilishi kabi xossalaribor. Tovushning sifat belgilari sanalgan tovush balandligi, tovush kuchi,
tovush tembri, shuningdek, tovushning miqdor beigisi ko‘rsatkichi bo’lgan tovush cho‘ziqligi tilning fonetik birliklarining fizik tabiati hisoblanadi.
Shu bilan birga, har qanday tovushning paydo bolish o‘rnini, lab va burunning ishtirokini aniqlash uchun fizik asboblardan foydalaniladi. Fizikadagi magnit maydon, atomning tuzilishi singari masalalar tilshunoslikdagi leksik-semantik maydon, eng kichik til birliklarining bolinuvchanligi singari nazariyalarning kelib chiqishiga zamin yaratdi. Bularning barchasitilshunoslik bilan fizika fanining uzviy aloqador ekanligini ko‘rsatadi
(Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiv fanlar. —Toshkent,
2001.78-b.).
Aytish kerakki, tilshunoslik bilan aloqador fanlar tilning shu fanlar
nuqtayi nazaridan eng ahamiyatli aspektini o‘rganadi. Masalan, sotsiolingvistika tilning ijtimoiy hodisa ekanligini, til va jamiyat munosabatlarini,
ya’ni tilning kommunikativ vazifasini o‘rganadi. M antiq fani bilan
tilshunoslikning o‘zaro aloqadorlik tomoni til biian tafakkur munosabatlarida
yaqqol ko‘rinadi. Chunki tilshunoslikning o'rganish obyekti bolgan til tafakkur bilan bevosita bogliqdir. Mazkur qollanmaning maxsus bir bolim i
til va tafakkur munosabatlariga baglshlanganligi ham bejiz emas.
Tilshunoslik va matematika o‘rtasidagi munosabat masalasini ochib
berish ancha murakkab. Shunday fikrborki, har qanday fanni «fan» deb
atash uning ichiga matematikaning qanchalik kirib borganligi, unda q’ol-
lanish darajasining qay darajada ekanligi bilan belgilangan. Bu - bejiz
emas, albatta. Chunki matematika aniqlikni yoqtiradi. Matematikada har
qanday masala aniq o‘z yechimiga, natijasiga ega. XX asrga kelib ko‘pgina
matematiklar hamda yaratilgan matematika maktablari matematikani
nafaqat aniq fanlarda, xususan, fizika yoki texnikada, balki ijtimoiy fanlarda
ham qo‘llay boshladilar. Buning natijasi o ‘laroq tilda ekonometrika (iqtisodiyotda matematik metodlarni qo‘llash), matematik mantiq, matematik
lingvistika, kompyuter lingvistikasi
kabi terminlar paydo bo‘ldi. Aytilganidek, XX asrda matematik mantiq fani mustaqil bir fan sifatida ish ko'rdi.
Unmman, matematik mantiq matematikaning o‘ziga xos birbo‘limi sifatida
shakllandi. Matematik lingvistika haqida ham shunday fikrlami aytish mumkin. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, matematik lingvistikaga maxsus yoki o‘ziga xos lingvistika sifatida qaramaslik kerak. Bunda til hodisalarida matematik
usullardan foydalaniladi. Eng muhimi, bu bevosita tilga emas, balki nutqqa
oiddir. M arian, ehtimollar nazariyasi yoki matematik statistikaning qo‘llanishi.
Hozirgi kunga kelib kompyuter lingvistikasi keng rivoj topmoqda.
Hatto, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida maxsus predmet
sifatida o‘qitila boshlandi.
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil fan bo‘lib, uning obyekti
tildir. Shuningdek, u tilshunoslikdan tashqari yana bir necha fanlar tomonidan o‘rganilishni talab qiladigan murakkab sohadir. Tilning mohiyatini
o‘rganish va tilshunoslik fanining predmetini aniqlash o‘z navbatida tilni
o‘rganadigan boshqa fanlarning yutuqlarini nazarda tutishni va tilshunoslikning asosiy masalalarini hal qilishda ularni inobatga olishni taqozo etadi.
Tilshunoslik boshqa fanlar bilan qanchalik aloqada bo‘lmasin, uning o‘z
tadqiqot obyekti va tadqiqot chegarasi mavjud va mustaqil fan sifatida fanlar sistemasida qat’iy o ‘rniga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar;


1O’lmas Sharipovaning va Ibrohim Yo’ldoshev “Tilshunoslik asoslari” Toshkent 2006
2 M.T Irisqulov “Tilshunoslikka kirish”

1 O’lmas Sharipovaning va Ibrohim Yo’ldoshev “Tilshunoslik asoslari” Toshkent 2006 6-bet

2 O’.Sharipova va I.Yo’ldoshevning ’’Tilshunoslik asoslari’’ Toshkent-2006 6-bet

3 O’. Sharipova va I.Yo’ldoshevning ‘’Tilshunoslik asoslari’’ Toshkent 2006 6-bet

4 M.T Irisqulov “Tilshunoslikka kirish” 13-bet

5 I.Yo’ldoshev, O’.Sharipov “Tilshunoslik asoslari”

6 O’lmas Sharipova va Ibrohim Yo’ldoshev “Tilshunoslik asoslari” 2006-yil 7-8 betlar.

7 I.Yo'ldoshev va O'.Sharipova “Tilshunoslik asoslari” 39-bet

Download 40.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling