Reja: Tola optikasi


Download 17.88 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.88 Kb.
#1561016
Bog'liq
Mavzu 1


Mavzu: Ikki muxit chegarasida yorug'likningning to'la qaytishi va tolalar optikasi.
Reja:
1.Tola optikasi.
2.Nur tola optikasi 
Tola optikasi — yorugʻlik va maʼlumotlarni optik diapazondagi nur oʻtkazgichlar (nur tolalari) da tarqalishini urganadigan optika boʻlimi. Tola optikasi 20-asrning 50-yillarida vujudga kelib, 70-yillarning boshida spektrning koʻrinuvchi va infraqizil sohalarida soʻnish koeffitsiyenti 20 dBGʻkm dan kam boʻlgan kvars shishasi olinishi bilan jadal rivojlana boshlagan. Nur tola sindirish koʻrsatkichlari bir-biridan farq qiluvchi silindr shaklidagi shisha yoki plastik oʻzak va uni oʻrab turuvchi qobiqdan tashkil topgan. Oʻzakning sindirish koʻrsatkichi qobiqnikidan katta bulgani uchun, ular chegarasida yorugʻlikning toʻla ichki qaytish hodisasi yuz berib, uzak ichiga kiritilgan nur tashqariga chiqib ketmasdan nur tola ichida tarqaladi. Hyp tola oʻzagining diametri bir necha mikrondan yuzlab mikrongacha, qobiq qalinligi oʻnlab mikrondan yuzlab mikrongacha oʻzgarishi mumkin.
Tola optikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar nur tolalarning keng koʻlamda optik aloqada qoʻllanilishiga olib keldi. Hozirgi kunda anʼanaviy simli aloqa kabellari oʻrnini axborot uzatish imkoniyatlari katta boʻlgan nur tolali kabellar egallamoqda. Atlantika va Tinch okeanlari suv ostidan oʻtkazilgan nur tolali aloqa kabellari Osiyo va Yevropa davlatlarini Amerika qitasi bilan bogʻlab turibdi.
Optik tasvir muayyan tartib bilan joylashtirilgan nur tolalar dastasi orqali uzatiladi. Dastadagi tolalar soni bir necha ming, hatto, millionlarni tashkil etib, dasta uchlariga maxsus ishlov beriladi. Nur tolalar dastasi tibbiyotda odam ichki aʼzolarini yoritish va kurishda (endoskop), tezkor kinoga olishda, yadro zarralarining yuqori tezlik (trek) larini qayd qilishda va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.
Nur tola optikasi 
Bugungi kunda ma’lumotlarni juda tez va sifatli uzatishda nurtola optikasini 
o‘rni beqiyos bo‘lib, hozircha eng samarali usul hisoblanadi. 
Keling, qadim zamonlarda odamlar orasidagi aloqa vositalariga to‘xtalib 
o‘taylik. 
Masalan, 50-100 ming yillar oldin odamlar o‘rtasidagi aloqa vositalari sifatida 
ularning ovozlari (tovushlari) xizmat qilgan. 
Sizga ma’lumki ovoz havoda tarqalish vaqtida so‘nadi va uning natijasida 
uzoqqa yetib bora olmaydi. Keyinchalik barabanlar va burg‘ular sadosi bilan 
ma’lumotlar uzatilgan.

Agarda bu usullarni akustik usul deb hisoblasak, ibtidoiy odamlar optik usullarni ham yaratishgan. Jumladan, tunda yoqilgan yorqin alangad


kunduzi tutundan foydalanganlar.
Keyinchalik XVIII asrda Quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish 
asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan qurilmalar (semaforlar) yaratildi. Keyinchalik optik usullari televidenie, 
telefon va radio aloqalarini kashf qilinishga sabab bo‘ldi. 
Biroq aloqa texnikasining rivojlanishi, elektronikaning zamonaviy yutuqlari, 
elektromagnit to‘lqinlarning sm va mm diapazonini o‘zlashtirish hozirgi paytda mislsiz 
ko‘payib ketayotgan informatsiya (ma’lumotlar) talablariga javob bera olmay qoldi. 
Elektromagnit to‘lqinlarni havoda tarqalishi jarayonidagi tashqi ta’sirlar, mis kabellari orqali uzatilishi jarayonidagi nuqsonlar axborotlarni uzatishdagi sifatga salbiy ta’sirini 
o‘tkazadi. Shularni va boshqa bir qator omillarni e’tiborga olgan holda olimlar mis 
simlardan voz kechib axborotlarni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida 
uzatishga o‘tish lozimligiga tushunib yetdilar.
Download 17.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling