Reja: To'langan foizlar va undirilgan foizlar o'rtasidagi farq
Download 26.11 Kb.
|
ta`lim kreditini moliyalashning xususiyatlari
Mavzu: Ta`lim kredetini moliyalashning hususiyatlari Reja: 1.To'langan foizlar va undirilgan foizlar o'rtasidagi farq 2. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kreditga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash 3. Davlat dasturi asosida ajratiladigan imtiyozli kreditlar Kredit - bu kredit tashkilotlari, masalan bank tomonidan ajratiladigan qarz mablag'laridir. Banklar pullarni bir tashkilotdan qarz olib boshqasiga ma'lum bir muddatga qarzga beradi. Pulni qarz sifatida olib ishlatgani uchun foiz to'laydi va mijozlariga qarzga bergani evaziga esa foiz undiradi. To'langan foizlar va undirilgan foizlar o'rtasidagi farq bankning daromadi hisoblanadi. Demak, bankka tadbirkor sifatida qaraydigan bo'lsak, u o'z biznesi uchun "xom-ashyo" sotib oladi, "mahsulotni ishlab chiqaradi" va daromad ko'rish uchun mijozlariga "sotadi". Bu yerda, Xom-ashyo – bu pullarni depozitga foizlar evaziga jalb qilish; Tayyor mahsulot – bu bank xizmatlari; Sotuv – bu kredit va boshqa bank xizmatlari. Kredit asosan ma'lum bir maqsadga, muddatga, ta'minot ostida, uni so'ndirish grafigi asosida va qarzdorning to‘lay olish qobiliyatiga qarab ajratiladi. Bu kreditning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Chunki bank kredit berish uchun jalb qilgan mablag'larini omonatchi va depozit egalariga foizi bilan birga o‘z vaqtida qaytarishi, o'z xarajatlarini qoplashi va kreditni qaytish yoki qaytmaslik riskini oldindan baholashi lozim. Shundan kelib chiqib, har bir bank kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi. Kredit aholiga, xususiy tadbirkorlarga, yirik korxonalarga va hattoki davlatlarga berilishi mumkin. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kreditga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va to‘xtovsiz faoliyat olib borishi uchun banklarga doim pul resurslari zarur. Banklar pullarni o‘z ta’sischilaridan; aholi va yuridik shaxslardan; davlatdan yoki xalqaro moliya tashkilotlaridan olishlari mumkin.. Yuqoridagi resurs manbaalaridan kelib chiqib, kreditlarning turi va shartlari belgilanadi: Iste’mol kreditlari.Mijoz tomonidan ma’lum bir iste’mol tovar va xizmatlari, masalan maishiy texnika, avtotransport sotib olish uchun uy-joyni ta’mirlash, to‘y marosimlari, dam olish va davolanish kabilarga yo‘naltirilgan qarz mablag‘lari olinishi misol bo‘ladi. Iste’mol kreditlarini ajratishda bank o‘z sa’y harakati bilan resurs jalb qiladi. Tabiiyki, bunday resurslarni bank ma’lum bir “narxda” sotib oladi. O‘z-o‘zidan “mahsulot ishlab chiqarish”dagi xarajatlarni qoplash maqsadida bank bunday kreditlarni nisbatan balandroq “narxda” sotadi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladigan kreditlar.Bunday kreditlar boshlang‘ich sarmoya, aylanma mablag‘ni to‘ldirish, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi maqsadlar uchun qisqa va uzoq muddatlarda ajratiladi. Bunda kredit foizlari davlat dasturi asosida imtiyozli ravishda yoki bankning o‘z mablag‘lari hisobidan, lekin imtiyozli kreditlarning foizlaridan farqli ravishda ajratilishi mumkin. Imtiyozli kreditlar.Davlat dasturi asosida ajratiladigan imtiyozli kreditlar. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun davlatning maxsus fondlari yoki xalqaro moliya tashkilotlari hisobidan turli xil imtiyozlar bilan ajratiladigan kreditlar. Ushbu kredit shartlari bevosita resursni taqdim etayotgan tashkilot tomonidan o‘rnatiladi. Ipoteka kreditlari.Uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan kredit turi bo‘lib, belgilangan shartlar asosida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan yoki davlat dasturlari asosida maxsus davlat fondlari hisobidan imtiyozli ravishda ajratilishi mumkin. Yodda tuting! Davlat dasturlari asosida shartlari qat’iy belgilangan imtiyozli kreditlardan tashqari har qanday bank xizmatlari bo‘yicha foiz va komission to‘lovlarni belgilashda banklar mustaqildirlar. Kredit mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish ikki karra mas’uliyatni talab etadi. Shunday ekan, kreditni olish, ishlatish va qaytarishda mas’uliyatni his etib, tartibli qarzdorlardan bo‘lishga harakat qilaylik. Chunki kredit bu sovg‘a emas, u moliyaviy maqsadlarimizga erishish uchun imkoniyat. Bu imkoniyatdan mas’uliyatsizlik bilan foydalanib, o‘z vaqtida qaytarilmasa kredit tarixiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001 yildagi “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida"gi 318-sonli qarori Kredit miqdori: talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan toʻlov-kontrakt shartnomasi miqdorida Muddati: bakalavr bosqichi uchun - 10 yilgacha, magistratura bosqichi uchun - 5 yilgacha. Foizi: ikki xil kategoriya boʻyicha turli foizlarda beriladi: a) chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga - nol foiz stavkasi (foizsiz kredit); b) talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorda (hozir 14%). imlarga beriladi: OTMlarga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻzlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga. Kredit taʼminoti Kredit taʼminoti sifatida quyidagilardan biri yoki bir nechtasi taqdim etilishi mumkin: a) mol-mulk yoki qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyish; b) bankning kafolati; v) uchinchi shaxsning kafilligi; g) sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi xavfi sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi; d) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari va kam taʼminlangan oilalardan chiqqanlar uchun). Qanday hujjatlar kerak? Taʼlim kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va OTM oʻrtasidagi shartnoma (kontrakt); v) mahalladan yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotnoma: g) kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat; d) imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tegishli tasdiqlovchi hujjat. Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqilishi kerak? Ariza bank tomonidan 10 ish kunida koʻrib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar kredit berilmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga kredit berishning rad etilishi sababi koʻrsatilgan yozma xulosa berishi lozim. Sizga shunchaki ogʻzaki rad javobi berishlariga yoʻl qoʻymang. Albatta asoslangan yozma javob berishsin. Bu kelgusida asossiz rad qilinganlik uchun shikoyat qilish huquqini beradi. Kredit qachon toʻlanadi? Taʼlim kreditlari boʻyicha mablagʻlar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha toʻlanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan toʻlanadi. Kam taʼminlanganlar uchun imtiyoz bormi? Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadi. Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim uchun ham taʼlim krediti olsa boʻladimi? Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat kunduzgi boʻlimlarda oʻqiyotgan talabalarga beriladi. Shunga koʻra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi boʻlimlar uchun taʼlim krediti ajratish nazarda tutilmagan. Xorijlik fuqarolar ham taʼlim krediti olishi mumkinmi? Yoʻq. Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat Oʻzbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan. Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olish mumkinmi? Taʼlim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qoʻshimcha kontrakt degan narsa yoʻq edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq koʻrsatilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga koʻra, taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqishi uchun berilishi mumkin. Bu yerda muhim joyi - “qabul qilingan" soʻzi. Qoʻshimcha kontraktda avval 100% lik toʻlov amalga oshiriladi, undan keyin oktyabr oylariga borib oʻsha abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror chiqadi. Toki toʻlovni amalga oshirmaguncha ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi. Shunga koʻra, super-kontrakt uchun taʼlim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Agar mabodo boʻlgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimcha. Chunki taʼlim krediti qayta moliyalash stavkasi boʻyicha, yaʼni yillik 14% ga beriladi. Bu degani taʼlim kreditlari banklar uchun “nevigodno". Shuningdek, taʼlim krediti uchun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday sharoitda banklar bir necha yuz millionlab mablagʻini 14% lik kreditga ajratishni xohlamasdi albatta. Lekin banklar super-kontrakt uchun kattaroq foizlarda oddiy kredit berishi mumkin. Buni bankning o‘zi hal qiladi. Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima boʻladi? Agar talaba oʻqish davri tugamasdan talabalar safidan oʻchirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyrugʻi chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa oʻz navbatida uch oy muddatda taʼlim krediti va unga qoʻshilgan foizlar boʻyicha qarzlarni toʻliq qaytarishi lozim. Agar OTM oʻz vaqtida bankni ogohlantirmasa nima boʻladi? Talabaning talaba safidan chiqarilishi OTM tomonidan bankka oʻz vaqtida maʼlum qilinmagan taqdirda, OTM ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka toʻlashga majbur. Faqat ushbu shartlar shartnomada aks etgan boʻlishi kerak. Kreditni muddatidan oldin yopsa boʻladimi? Ha, kreditni muddatdan oldin qaytarish mumkin. Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi. Ta’lim kreditlari bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari talabalariga kontrakt to‘lovlari uchun ta’lim kredit ajratiladi! Ta’lim kreditlari uchun quyidagi foiz stavkalari belgilanadi Ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishi mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak. Kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha foizlarning 50 foizi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi. Buning uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish lozim. Ta’lim kreditlari, qoida tariqasida, qarz oluvchining (talaba, ota-ona yoki vasiy) ya Taʼlim kreditlari boʻyicha mablagʻlar har yarim yilda yillik kontrakt miqdorini ikki teng qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda, 1-kurslar uchun 1-yarim yillikda 1 oktyabrgacha, 2-yarim yillikda 15 martgacha toʻlanishi mumkin. 2-kursdan boshlab sentyabr va mart oyining 5-sanasidan kechiktirilmasdan toʻlanadi. Kam taʼminlanganlar uchun imtiyoz bormi? Kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanadi. Maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim uchun ham taʼlim krediti olsa boʻladimi? Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat kunduzgi boʻlimlarda oʻqiyotgan talabalarga beriladi. Shunga koʻra, maxsus sirtqi, kechki va sirtqi boʻlimlar uchun taʼlim krediti ajratish nazarda tutilmagan. Xorijlik fuqarolar ham taʼlim krediti olishi mumkinmi? Yoʻq. Nizomga koʻra, taʼlim krediti faqat Oʻzbekiston fuqarolariga beriladi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham Nizomda nazarda tutilmagan. Super-kontrakt uchun taʼlim krediti olish mumkinmi? Taʼlim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qoʻshimcha kontrakt degan narsa yoʻq edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq koʻrsatilmagan. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qaroriga koʻra, taʼlim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqishi uchun berilishi mumkin. Bu yerda muhim joyi - “qabul qilingan" soʻzi. Qoʻshimcha kontraktda avval 100% lik toʻlov amalga oshiriladi, undan keyin oktyabr oylariga borib oʻsha abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror chiqadi. Toki toʻlovni amalga oshirmaguncha ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi. Shunga koʻra, super-kontrakt uchun taʼlim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan. Agar mabodo boʻlgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimcha. Chunki taʼlim krediti qayta moliyalash stavkasi boʻyicha, yaʼni yillik 14% ga beriladi. Bu degani taʼlim kreditlari banklar uchun “nevigodno". Shuningdek, taʼlim krediti uchun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday sharoitda banklar bir necha yuz millionlab mablagʻini 14% lik kreditga ajratishni xohlamasdi albatta. Lekin banklar super-kontrakt uchun kattaroq foizlarda oddiy kredit berishi mumkin. Buni bankning o‘zi hal qiladi. Agar talaba talabalar safidan chetlatilsa nima boʻladi? Agar talaba oʻqish davri tugamasdan talabalar safidan oʻchirilsa, OTM rahbariyati rektor (direktor)ning buyrugʻi chiqqan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida bu haqda bankka xabar berishi kerak, qarz oluvchi esa oʻz navbatida uch oy muddatda taʼlim krediti va unga qoʻshilgan foizlar boʻyicha qarzlarni toʻliq qaytarishi lozim. Agar OTM oʻz vaqtida bankni ogohlantirmasa nima boʻladi? Talabaning talaba safidan chiqarilishi OTM tomonidan bankka oʻz vaqtida maʼlum qilinmagan taqdirda, OTM ushbu davr uchun hisoblangan foizlarni bankka toʻlashga majbur. Faqat ushbu shartlar shartnomada aks etgan boʻlishi kerak.shash joyida joylashgan bank filiallar Ta’lim krediti shartnomasi kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnoma (kontrakt)da ko‘rsatilgan 1 yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi. Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda 4 qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda o‘qishning yarim yil yoki to‘liq bir yil uchun to‘lov summasini biryo‘la amalga oshirishi mumkin. Kredit oluvchi ta’lim kreditini ta’lim krediti shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin Ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi. Unga ko‘ra, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin. Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun tasdiqlovchi ma’lumotnoma; birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot. Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi hamda u Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, yoki asosiy stavka oshirilgan taqdirda ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi. Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Shuningdek, abaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi. Joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi 33 ta bankning 15 tasi ta’lim kreditlarini taqdim etadi. Shundan 11 ta bank oliygoh shartnomasida ko‘rsatilgan summaning 100%ini to‘lab beradi. Download 26.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling